toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2236-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 01/11-14/08-sonli ““Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2236-5, 05.08.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyul,
01/19-10/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/14-son qaroriga
ILOVA
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish
‎va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

‎_____________ - sonli

‎RIELTORNING MALAKA SERTIFIKATI

3 x 4‎
Toshkent sh.‎ ‎‎______________________

‎‎(berilgan vaqti)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan

____________________________________________________________________________________________‎‎
‎(kimga — rieltorning F.I.O.)
____________________________________________________________________________________________‎
‎(rieltorning malaka sertifikati berilgan sana va amal qilish muddati)

‎‎Pasport maʼlumotlari: ‎‎____________________________________________________________________
‎‎Vakolatli shaxs‎ _________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

Muhr oʻrni ‎

______________________‎‎‎

‎‎(imzo)‎

‎‎Rieltor malaka sertifikatining muddati 20___ y. “___” __________ dan
20___ y. “___” __________ gacha uzaytirildi.
Imzo‎ ‎‎_____________________________Muhr oʻrni

”.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 748-modda)