1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.01 Umumiy masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
INTEGRAL MIKROSXEMALAR TOPOLOGIYALARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
1-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
integral mikrosxema — elektron vazifalarni bajarishga moʻljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron buyum boʻlib, undagi elementlarning hech boʻlmaganda biri faol hisoblanadi, buyumdagi bogʻlanishlarning ayrimlari yoki barchasi bu buyum tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtida uzviy shakl topgan boʻladi;
integral mikrosxema topologiyasi — integral mikrosxema elementlarining va ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi;
huquq egasi — integral mikrosxema topologiyasining muallifi, uning merosxoʻri, shuningdek integral mikrosxema topologiyasidan foydalanish mulkiy huquqlarini qonunga yoki shartnomaga asosan olgan va ularga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
3-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti va shartlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Integral mikrosxemaning ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar oʻziga xos deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yigʻindisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga toʻla muvofiq boʻlsagina huquqiy muhofaza beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.06.00 Ochilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish]
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan gʻoyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. Topologiya muallifi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Ijodiy mehnati bilan topologiyani yaratgan jismoniy shaxs shu topologiya muallifi deb eʼtirof etiladi. Agar topologiya ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb eʼtirof etiladi.
Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy xissa qoʻshmagan, biroq muallifga texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam koʻrsatgan yoxud topologiyadan foydalanish huquqini rasmiylashtirishga koʻmaklashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb eʼtirof etilmaydi.
Muallifning topologiyaga boʻlgan huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
5-modda. Topologiyadan foydalanish huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Huquq egasiga topologiyadan oʻz ixtiyoriga binoan foydalanish, shu jumladan uni tayyorlash, qoʻllash va tarqatish mutlaq huquqi tegishlidir.
Huquq egasi topologiyada, shuningdek shunday topologiyani oʻz ichiga olgan buyumlarda “T” harfi yoki aylanadagi “T” harfi yoxud boshqacha tarzda ifodalangan “T” harfini joylashtiradi va bu uning Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinishini koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Bir necha huquq egalariga tegishli huquqlardan foydalanish tartibi ular oʻrtasidagi shartnomaga binoan belgilanadi.
6-modda. Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq]
Muhofaza qilinadigan topologiyani, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni huquq egasining ruxsatisiz qoʻllash, olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash (oʻziga xos boʻlmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.01 Umumiy masalalar]
Quyidagilar topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etilmaydi:
topologiyadan foyda olmagan tarzda shaxsiy maqsadlarda, shuningdek uni baholash, tahlil kilish, tadqiq etish yoki oʻqitish uchun foydalanish;
qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemali buyumni sotib olgan shaxsning harakatlari, agar bu shaxs ularga qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiya kiritilganini bilmagan va bilishi mumkin ham boʻlmagan boʻlsa;
aynan bir xildagi topologiyani mustaqil ravishda yaratgan shaxsga nisbatan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar.
7-modda. Xizmat topologiyasi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.02.00 Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar]
Xodim oʻz xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining topshirigʻini bajarish vaqtida yaratgan (xizmat topologiyasi) topologiyaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olish huquqi, basharti bu ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchiga tegishli boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Xizmat topologiyasi uchun muallifga toʻlanadigan mukofot pulining miqdori, shartlari va tartibi u bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
8-modda.Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli vakil orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) beriladi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish, agar topologiyadan foydalanilgan boʻlsa, undan birinchi marta foydalanilgan sanadan etiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma bitta topologiyaga taalluqli boʻlishi kerak.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlarga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qarori bilan tasdiqlangan Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
9-modda. Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi. Davlat ekspertizasi natijalariga binoan topologiyani roʻyxatga olish yoki uni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarilib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Talabnoma beruvchi Davlat muassasasining soʻroviga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan topologiyani roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallarini toʻldirish, aniqlashtirish va tuzatishga haqlidir.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qarori bilan tasdiqlangan Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 6-bobi.
10-modda. Davlat ekspertizasining xulosasi ustidan shikoyat qilish
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasining xulosasi ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat qilishga haqlidir.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomga qarang.
Davlat ekspertizasining xulosasi ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat qilish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarida (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) belgilangan.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilishga haqlidir.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Davlat ekspertizasining xulosasi asosida Vazirlik patent boji toʻlanganda avtomatik tarzda topologiyani Integral mikrosxemalar topologiyalarining davlat reyestrida roʻyxatga oladi. Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
12-modda. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlik tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
13-modda. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq]
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma huquq egasining topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Guvohnomani berish Vazirlik tomonidan topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin avtomatik tarzda yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli hamda unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
14-modda. Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal qilish muddati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquq oʻn yil davomida amal qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.06 Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi]
Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquq amal qilish muddatining boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi boʻyicha aniqlanadi:
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi boʻyicha, bunda bu topologiya jahonning biron-bir yerida fuqaro muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi;
topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy eʼlon qilingan sana boʻyicha.
Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil topologiya paydo boʻlgan hollarda, topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal kilish umumiy muddati oʻn yildan oshib ketishi mumkin emas.
15-modda. Topologiyaga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish
Topologiyaga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Topologiyaga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va shartlari maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik maqsadlarida huquq egasiga qonunchilikda belgilangan kompensatsiya toʻlagan holda topologiyadan uning roziligisiz foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning bekor boʻlishi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bekor boʻladi.
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma:
(16-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
sud qarori asosida muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji]
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etganlik uchun patent bojlari undiriladi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
18-modda. Topologiyani boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari topologiyani boshqa davlatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga egadirlar.
19-modda. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.06.00 Ochilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish]
Topologiyalarni huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son “Intellektual mulkka oid ishlarni koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-band ikkinchi xatboshisi.
21-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177, 1771, 1772-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
218-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 87-modda; 2002-y.,9-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 555-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)