Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son
Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-maydagi “Motor moylari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1759-son qarorining 6-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2412-son
qarori 2-ilovasining 15 va 16-bandlaridagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-son
qarorida:
a) 2-bandning
uchinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b)
1-ilovaning 8, 21 va 24-bandlaridagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v)
2-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. B.T. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son
qarorida:
a)
1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. B.T. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi”.
b)
2-ilovaning 7 — 10-bandlaridagi “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Abdusamatov B.H.)” soʻzlari “Ekologiya davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov B.T.)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “olib kirish va olib chiqishga” soʻzlari “import va eksportga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15 — 19 bandlardagi “Masʼul organlar” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Abdusamatov B.X.)” soʻzlari “Ekologiya davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov B.T.)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-son
qarorida:
yigirmanchi pozitsiya chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi pozitsiya yigirmanchi pozitsiya deb hisoblansin;
b) 5-ilovadagi “Maxsustrans” DUK” bloki chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2915-son qarorining 1-ilovasi rus tilidagi
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ORGANIZATSIONNAYA STRUKTURA
Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredi