toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli Farmonining ijrosini taʼminlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida ishlab turgan “yagona darcha” xizmatlarining faoliyati 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab toʻxtatiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 1-yanvardan boshlab 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
* 1-ilova rus tilidagi matnda berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga bosqichma-bosqich qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda, qonunchilikda belgilangan tartibni qiyinlashtirishning har xil usullaridan, jumladan roʻyxatdan oʻtish va litsenziya olish tartib-taomillarini, shuningdek xususiy tadbirkorlik faoliyatiga qarshilik qiladigan boshqa byurokratik toʻsiqlardan foydalanishga qatʼiyan yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari zimmasiga barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ushbu talabni soʻzsiz bajarilishi masʼuliyati yuklansin.
6. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
2016-yilning 1-yanvaridan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari Roʻyxatiga kiritilgan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bevosita tadbirkorlik subyektlaridan arizalar qabul qilish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etgan tadbirkorlik subyektlarini ularning arizalarini koʻrib chiqish jarayoniga taklif qilish taqiqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida doimiy ravishda mintaqaviy seminarlar oʻtkazishni taʼminlasin;
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi va muddatlariga rioya etish ustidan nazorat oʻrnatib, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibining buzilishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2015-yilning 1-noyabrigacha:
“yagona darcha” markazlarini belgilangan tartibda kamida 1 Mb/s tezligida boʻlgan Internet tarmogʻining milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻiga, shuningdek bepul foydalanish asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimiga, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali ulanish;
“yagona darcha” markazlari, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun informatsion xavfsizlik talabini oʻrnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillaridan oʻtish jarayonini nazorat qilib, “yagona darcha” markazlarining axborot resurslariga kirish imkonini taʼminlasin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari markazlari, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va ishchilari zimmasiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda informatsion xavfsizlik talablariga rioya etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklasin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, murojaat etish joyi va usulidan qatʼi nazar, Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidan foydalaniladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 1-iyundagi R-4481-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi komissiyasi (R. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda:
joriy yilning 1-oktabridan boshlab, eksperiment tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tanlab olingan 2-3 tumanlarida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yagona markazlarini tashkil etib, faoliyatini yuritsin;
2015-yilning 1-noyabrigacha “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha joylardan olingan barcha fikrlar, tuzatishlar va takliflarni umumlashtirsin;
joriy yilning 6-noyabrigacha “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom va “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
2015-yilning 15-noyabrigacha barcha tashkil etilayotgan “yagona darcha” markazlarini arizachilarga qulay boʻlgan joylarga barcha muhandislik kommunikatsiya (elektr va suv taʼminoti, telefon aloqasi va boshqalar) tarmoqlariga ulangan holda joylashtirishni taʼminlasin;
2015-yilning 1-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining zamonaviy orgtexnika, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan taʼminlanganlik darajasini inventarizatsiyadan oʻtkazsin va markazlarning samarali ishlashi uchun belgilangan minimal talablarni hisobga olgan holda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha yangi texnikalar bilan toʻldirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi davlat organlarini idoralararo elektron hamkorlik tizimi faoliyatining samaradorligini taʼminlash uchun 2015-yilning 1-oktabrigacha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlarining tuman (shahar) boʻgʻinlariga zarur boʻlgan kompyuter uskunasini xarid qilib, bepul Internet tarmogʻiga ulanishga 2015-yilning IV choragida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-sentabr,
PQ-2412-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga
2-ILOVA
Faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Beriladigan hujjat,

koʻrsatiladigan xizmat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

1.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” shartlari bilan ulash.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash.

Tuman (shahar) hokimligi Foydalanayotgan tashkilotlar

2.

Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga oʻzgarishlarni tasdiqlash.

Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish.

Qurilish vazirligi

3.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish.

Muhandislik taʼminoti uchun yuklama hajmini oʻzgartirmagan holda obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish.

4.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

5.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma.

Yuridik shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Davergeodezkadastr

6.

Bino, inshootlar va koʻp yillik ekinlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganligi toʻgʻrisida guvohnoma.

Yuridik shaxslarning bino, inshootlar va koʻp yillik ekinlarga (shu jumladan yer osti inshootlari) boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

7.

Yuridik shaxslarning bino va inshootlari ipotekasini va ipoteka shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish, shuningdek, ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tasdiqlash.

8.

Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi.

Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish.

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalarini berish boʻyicha maxsus komissiyalar

9.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish.

13.

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalangan paytda buzilgan yerlarni rekultivatsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasi.

Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga tushirishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni olish.

Tuman (shahar) hokimliklari

14.

Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesish uchun ruxsatnoma berish.

Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishni amalga oshirish.

Tuman (shahar) hokimliklari

15.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi

16.

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish.

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, tuman (shahar) hokimliklari

17.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatini berish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi

Izoh. Faqat Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 40-son, 516-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda, 29-son, 682-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/864/0160; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)