toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2939-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
5094-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PF-5094-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni bilan tasdiqlangan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxatining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Baliq lichinkalari va chavoqlarini ishlab chiqarish, baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2125-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chorvachilik, baliqchilik va naslchilik ilmiy muammolarini chuqur oʻrganish”;
b) 3-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chorvachilik va parrandachilik — Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“baliqchilik — Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti”;
beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining
TAShKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi



Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi
va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
(bosh tashkilot)

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
(bosh tashkilot)

Qashqadaryo viloyatidagi
filiali bilan

Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (bosh tashkilot)

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti
(bosh tashkilot)



Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti (bosh tashkilot)

Oʻsimlikshunoslik
ilmiy-tadqiqot instituti


Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti*

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti


Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti



Qoraqalpogʻiston Respublikasi
va viloyat boʻli
nmalari

(13)

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti


Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

* Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish”.
 LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 604-modda)