1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish hamda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega boʻlish uchun ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini bajarish doirasida quyidagilar:
Toshkent va Samarqand shaharlarida ishsiz fuqarolarni, shu jumladan taʼlim muassasalari bitiruvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etilganligi va samarali faoliyat yuritayotganligi;
“Shahrisabz shahrida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish va Oʻzbekistonda kasb-hunarga oʻqitish salohiyatini oshirish boʻyicha konsalting” loyihasi amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2017 — 2020-yillar davrida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlaridagi boshqaruv ofislari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda maʼqullangan Chora-tadbirlar dasturi doirasida 2017 — 2020-yillar davrida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etishni (keyingi oʻrinlarda tashkil etilayotgan markazlar deb ataladi) moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlarini jalb etish masalalarini tizimli asosda ishlab chiqishni belgilangan tartibda tashkil etsinlar;
ishlanmalar natijalari boʻyicha, navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan markazlar tashkil etishni moliyalashtirishning tasdiqlangan aniq manbalari boʻyicha har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
4. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish:
tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash boʻyicha — donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlari (keyingi oʻrinlarda grantlar va imtiyozli kreditlar deb ataladi) hisobiga;
ushbu qarorning 6-bandiga asosan berilayotgan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash, shu jumladan ularni saqlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi deb ataladi) mablagʻlari hisobiga;
import qilinadigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish boʻyicha — Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Chora-tadbirlar dasturi doirasida obyektlarni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli budjetlarining qoʻshimcha manbalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar:
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga tashkil etiladigan markazlar obyektlari boʻyicha buyurtmachilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hisoblanadi;
grantlar va imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etiladigan markazlar boʻyicha buyurtmachilar — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy davlatlar yoki xalqaro moliya tashkilotlari oʻrtasida imzolanadigan bitimlarga muvofiq, har bir obyekt boʻyicha alohida aniqlanadi;
loyihachi va pudratchi tashkilotlar — belgilangan tartibda aniqlanadi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tashkil etiladigan markazlar ishlarini tashkil qilishga doir talablarga javob beradigan binolar, inshootlarning tezkor boshqaruv huquqi bilan berilishini;
zarurat boʻlganda, grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda tashkil etiladigan markazlar uchun yangi binolar qurishga yer maydonlari ajratilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda markazlarga ularning faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan obyektlar boʻyicha qurish va rekonstruksiya qilishga oid texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda optimal loyihaviy va texnik yechimlar qoʻllanishini taʼminlasinlar.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etilayotgan markazlar obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Ishsiz va band boʻlmagan aholini fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi toʻgʻrisidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etilayotgan markazlar davlat taʼlim muassasalari hisoblanadi va bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga boʻysunadi, ularning faoliyatiga umumiy oʻquv-metodik rahbarlik qilish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
9. Quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan ishsiz va vaqtincha band boʻlmagan, shu jumladan doimiy ishga ega boʻlmagan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislik va kasblar boʻyicha — 1 yilgacha boʻlgan muddatda kasb-hunarga bepul qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
mehnat organlarida ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha — xodimlarni, har yili oʻqishga olinadiganlar sonining 15 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar va kasb-hunarlar boʻyicha — toʻlov asosida qisqa muddatli oʻqitishni tashkil etish.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
tashkil etilayotgan markazlarning oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadigan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash toʻgʻrisidagi;
tashkil etilayotgan markazlarning pulli, qisqa muddatli kurslar tashkil etish faoliyatidan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan, ushbu markazlarning moddiy-texnik rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda rivojlantirish jamgʻarmasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda, Chora-tadbirlar dasturi doirasida markazlar tashkil etilishiga koʻra belgilangan tartibda:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda — markazlar ustavini va ular ishida qoʻllanadigan zarur oʻquv-metodik dasturlar va materiallarni, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalarining belgilangan pedagogik va oʻquv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda markazlarning shtat jadvallarini;
rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning, unda qisqa muddatli oʻqitish boʻyicha pulli xizmatlar qiymatini belgilash tartibini nazarda tutib ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
12. Belgilab qoʻyilsinki:
tashkil etilayotgan markazlarning rahbarlari, oʻqituvchilari, ustalari va boshqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi;
belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar jumlasidan boʻlgan oʻquvchilarga tashkil etilayotgan markazlarda bevosita bepul oʻqiyotgan davrida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida, 6 oydan koʻp boʻlmagan muddat mobaynida stipendiya toʻlanadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 6-oktabrdagi 75/2023-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglament (roʻyxat raqami 3472, 31.10.2023-y.).
tashkilotlar oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlaydigan haq toʻlanadigan ish joylari berish huquqiga ega.
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Chora-tadbirlar dasturi doirasida tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yoʻl stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining toʻlov undirilmasdan bajarilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmaganda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-aprel,
199-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2020-yillarda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r
Mintaqa nomi
Joylashish joyi
Nazarda tutilayotgan quvvati (oʻquvchilar oʻrni)
Oʻqitish yoʻnalishlari va mutaxassisliklari*
Amalga oshirish muddati
Moliyalashtirish manbai
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus sh.
240
1. Elektr va elektronika.
2. Axborot texnologiyalari.
3. Baliq yetishtirish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.
4. Qurilish ishi.
2018 — 2020-yillar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,
donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari
2.
Andijon viloyati
Andijon sh.
240
1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.
2. Sovutish uskunalariga xizmat koʻrsatish texnologiyasi.
3. Elektrotexnika va elektronika.
4. Axborot texnologiyalari.
5. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.
2019 — 2020-yillar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,
donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari
3.
Buxoro viloyati
Buxoro sh.
240
1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.
2. Axborot texnologiyalari.
3. Qurilish ishi.
4. Payvandlash mutaxassisliklari.
5. Xizmat koʻrsatish va turizm sohasi mutaxassislari (ofitsiantlar, sartaroshlar, gidlar).
2018 — 2020-yillar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,
donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari
4.
Jizzax viloyati
Jizzax sh.
240
1. Payvandlash va chilangarlik ishi.
2. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.
3. Elektr va elektronika.
4. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.
5. Dehqonchilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.
* Tashkil etilayotgan markazlarda kasb-hunarga oʻqitishning yoʻnalishlari va mutaxassisliklari mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarorlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib oʻzgartirilishi mumkin.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
** Dastlabki kelishuvlar yakunlari boʻyicha.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga 2-ILOVA
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
* Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
** Tashkil etilayotgan markazlarning kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalish va mutaxassisliklari boʻyicha boʻlinmalari ushbu markaz tashkil etilayotgan mintaqaning mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
*** Texnik va xizmat kґrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga 3-ILOVA
Tashqi koʻrinishi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
ISHSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI
DIPLOM
Ichki tomoni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI ISHSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI DIPLOM KNM № 000000 ________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yilda _______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ kasbi boʻyicha qayta tayyorlash kursini toʻliq tamomladi. Malaka komissiyasining 20_____ yil “______” _____________________dagi ________________-son qarori boʻyicha ______________________________________________________________________________________________ga ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ixtisoslik(lar) berildi.
Malaka komissiyasining raisi
M.Oʻ.
Direktor Kotib Roʻyxatga olish raqami__________ ____________________________
__________shahri, 20_____ yil “_____” ___________
ISHSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI
KNM- _______ raqamli DIPLOMGA ILOVA (diplomsiz haqiqiy emas) ________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yil _________ dan 20__ yil ______ gacha davrda ___________________shahridagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazida _____________________ ______________________ kasbi boʻyicha oʻqidi. Oʻqish jarayonida quyidagi fanlarni oʻqidi va baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
Oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan soatlar
Olgan reyting ballari
I. UMUM TAʼLIM FANLARI
II. UMUM KASBIY FANLAR
III. MAXSUS FANLAR
IV. OʻQUV VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
V. YAKUNIY MALAKA IMTIHONI
Direktor
M.Oʻ.
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Roʻyxatga olish raqami ___________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga 4-ILOVA
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida qisqa muddatli kurslarni tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikat NAMUNASI
Tashqi koʻrinishi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI ISHSIZVA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI SERTIFIKAT
Ichki tomoni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI ISHSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI SERTIFIKAT KNM №_____________
________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___yil “____”________dan 20___yil “____”________________________gacha _____________________________ ________________________________________________________________________________________________ kasbi boʻyicha malaka oshirish kursini toʻliq oʻtadi.
Direktor Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Roʻyxat raqami _____________ _________________________ __________shahri, 20___ yil “___” ___________
M.Oʻ.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 431-modda):
b) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 253-modda):
b) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 163-modda):