1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2709-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-iyun,
12/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 10-iyundagi 12/1-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“43. Banklar majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida lahzali va joriy likvidlilik meʼyorlarini bajarishlari lozim.”.
2. Quyidagi tahrirdagi 431 va 432-bandlar bilan toʻldirilsin:
“431. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasini (toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankning likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi va 30 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
432. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari hamda bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvaragʻi va majburiy zaxiralar depozitlaridagi mablagʻlar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi roʻyxatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari — talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Lahzali likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablagʻlar inobatga olinadi.
Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 2017-yil 1-avgustdan boshlab 10 foizdan, 2017-yil 1-noyabrdan boshlab 15 foizdan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab 20 foizdan kam boʻlmasligi lozim.”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 3-ilova bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tijorat banklarining talab qilib olinguncha majburiyatlar hisobvaraqlari
ROʻYXATI
T/r
Talab qilib olinguncha majburiyatlar
Balans hisobvaraqlari
A
B
1.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
20200
2.
Boshqa banklarning hisobvaraqlari
21002, 21008
3.
Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar
22402, 22403, 22405, 22406, 22476
4.
Mijozlarning boshqa depozitlari
22600 minus 22602, 22628
5.
Mijozlarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaragʻlari
23100
6.
Kliring transaksiyalari
23200 minus 23206
7.
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
23400 minus 17500
8.
Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum
23500 minus 17400
9.
Boshqa majburiyatlar
29800 minus 29822, 29826, 29830, 29842, 29846
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 559-modda)