O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmonini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyun,
391-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladigan davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanadi.
3. Mablag‘larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda qo‘llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarning biznes yuritish asoslariga o‘qishini tashkil etishga yo‘naltirish Jamg‘armaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
b) ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi;
v) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalarini (shu jumladan, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag‘lar;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo‘yicha tushumlar;
protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tendyerlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilishidan tushumlar;
sud qarorlari bo‘yicha tushumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi.
(5-bandning ikkinchi xaboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017 g., № 09/17/810/0095)
6. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash va ulardan foydalanish
7. Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash, ushbu Nizomning 8 va 10-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablag‘lardan tashqari, quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
a) 96,5 foizi — kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish uchun tijorat banklariga;
b) 1,5 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga;
v) 2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shu jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan obyektlar elektron bazasi va reyestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi)ning budjetdan tashqari jamg‘armasiga.
Ushbu bandning “b” va “v” kichik xatboshilarda ko‘zda tutilgan mablag‘lar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan tegishli mablag‘ oluvchilarning hisob raqamlariga yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash va ulardan foydalanish, jumladan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hisobotlar va nazoratni amalga oshirish ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladi, ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar bundan mustasno.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/433/1335-son)
LexUZ sharhi
8-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Bunda:
tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli budjetlarga, Davlat raqobat qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga avval yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/433/1335-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar ularning tushishiga ko‘ra har haftada yo‘naltiriladi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/433/1335-son)
davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 foizi miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning (Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablag‘lar boshqa maqsadlarga to‘liq yoki qisman yo‘naltirilgan taqdirda, mazkur Nizomning 7-bandi mablag‘larning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
Bunda tushgan mablag‘lar nazarda tutilgan maqsadlarga:
sotib olish to‘lovlari (shu jumladan, hisoblangan taqdirda — penyalar) to‘liq to‘langandan keyin yo‘naltiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari va davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotlari hisob raqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bundan mustasno;
davlat aktivlarining tuzilgan va bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha penya va jarimalar summasi, shuningdek ushbu davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegirilgan holda yo‘naltiriladi.
10. Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi — mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq taqsimlanadi.
11. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to‘liq miqdorda Jamg‘arma hisobiga o‘tkaziladi.
12. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bekor qilinganda:
mablag‘larni sotib oluvchiga qaytarish, agar sudning qarorida yoki shartnoma tomonlarining alohida kelishuvi bilan boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘langan mablag‘lardan penyalar yoki jarimalar summasini ushlab qolgan holda davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
(12-bandning uchinchi xaboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017 g., № 09/17/810/0095)
(12-bandning to‘rtinchi xaboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017 g., № 09/17/810/0095)
penyalar va jarimalar summasini taqsimlash mazkur shartnoma (bitim) bo‘yicha ilgari to‘langan va taqsimlanmagan mablag‘lar Jamg‘arma hisob raqamlarida mavjud bo‘lganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar Jamg‘armaga qaytarilganda (undirilganda) mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar mablag‘ oluvchilar tomonidan Jamg‘armaga qaytarilishi lozim, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari va davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotlari hisob raqamlariga yo‘naltirilgan mablag‘lar bundan mustasno.
13. Mablag‘larni mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq taqsimlash quyidagilarni chegirgan holda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Jamg‘armaning umumiy mablag‘lari hisobidan bir yo‘la to‘lovlar;
xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida tashkil etilgan xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish tadbirlarini (simpoziumlar, konferensiyalar, forumlar, seminarlar, trening va o‘quv kurslari, tashriflar, aksiyalar, ko‘rgazma va tanlovlar, ommaviy axborot vositalarida chiqish va yoritishlar va boshqalar) o‘tkazish xarajatlari;
belgilangan tartibda bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xaridorlarga qaytarilgan mablag‘lar;
talabgorlar tomonidan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar;
Jamg‘armaga noto‘g‘ri tushgan va ortiqcha o‘tkazilgan, shuningdek aniqlashtirilgungacha summalar;
davlat aktivlarini sotish, shu jumladan aksiyalarni ikkilamchi ommaviy taklif qilish, davlatga tegishli aksiyalarga bo‘lgan huquq hisobini yuritish bo‘yicha depozitariy xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari buyurtmalariga asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, davlat korxonalarini qayta tashkil etish, davlat aktivlarini xo‘jalik jamiyatlariga operativ boshqarish huquqi bilan va ustav fondiga berish maqsadida hamda davlat manfaatlarini ko‘zlab boshqa hollarda baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlar va mezonlarga asosan jalb qilinganda, amaliy tadqiqotlarni bajarish, normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, ishlab chiqish, davlat aktivlarini sotishdan oldingi tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliya, konsalting, boshqa xorijiy va mahalliy va xorijiy tashkilotlar, mustaqil ekspertlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha xizmatlar haqini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
sud qarorlari asosida amalga oshirilgan xarajatlar.
14. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin:
davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannyerlar va boshqalarda) joylashtirish;
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish;
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish;
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish;
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Privatinformsistem” axborot texnologiyalari markazi” DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reyestrlarini, lokal kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish. Baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi.
15. Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
4-bob. Kichik tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga mablag‘lar ajratish
16. Kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish Jamg‘armadan tijorat banklariga (keyingi o‘rinlarda banklar deb ataladi) mablag‘lar ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
a) kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun ular tomonidan kreditlar berilganda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘pi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar (keyingi o‘rinlarda subsidiyalar deb ataladi);
b) kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga kreditlar berish uchun muddatlilik, to‘lovlilik va qaytarishlik asosida kredit resurslari (keyingi o‘rinlarda resurslar deb ataladi).
17. Subsidiya va resurslar maqsadli hisoblanadi va kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklar tomonidan milliy valyutada kreditlar berishda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi:
tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning, shuningdek xizmat (ish) turlarining yangi quvvatlarini tashkil qilishga;
mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga, shu asosda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar chiqarilishini kengaytirish, mahsulot hajmini oshirish va turlarini kengaytirishni ta’minlashga;
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, boshqa asosiy fondlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga.
18. Subsidiya va resurslar ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan banklarga maqsadli subsidiyalar berish (kredit liniyalari ochish) to‘g‘risida Davlat raqobat qo‘mitasi va bosh bank o‘rtasida tuziladigan Bosh kelishuvga asosan ajratiladi.
19. Bosh kelishuv tuzish uchun banklar Davlat raqobat qo‘mitasiga:
bankning tegishli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlangan Bosh kelishuv tuzish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasini;
hududlar bo‘yicha joriy kalendar yili uchun resurslar (subsidiyalar hajmi)ga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobini taqdim etadi.
20. Davlat raqobat qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Davlat raqobat qo‘mitasi bilan Bosh kelishuv tuzgan banklarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Hududiy idoralararo komissiyalar deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalari ro‘yxatini taqdim etadi.
21. Banklar tanlangan loyihalarning mazkur Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiqligi va ajratiladigan subsidiyalar summasi hisob-kitobining ishonchliligi, shuningdek resurslar va ular bo‘yicha foizlarning Jamg‘armaga o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javob beradilar.
5-bob. Banklarga subsidiyalar ajratish tartibi
22. Banklarning joylardagi filiallari kichik tadbirkorlik subyektlari (keyingi o‘rinlarda loyiha tashabbuskori deb ataladi) tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini mazkur Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha banklarning kredit siyosatida belgilangan mezonlar doirasida ko‘rib chiqadilar.
Ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizidagi investitsiya loyihalarini bank filiallari tomonidan ko‘rib chiqish va tanlash Hududiy idoralararo komissiyalar tasdiqlagan loyihalar jumlasidan amalga oshiriladi.
23. Kredit berish to‘g‘risidagi qaror banklarning tegishli kredit qo‘mitalari tomonidan qabul qilinadi. Bunda kredit shartnomasida foiz to‘lovlarining bir qismi Jamg‘armadan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan qoplanishi ko‘rsatilishi lozim.
Kredit berishni ma’qullash to‘g‘risidagi bankning tegishli kredit qo‘mitasi qarori nusxasi Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organiga taqdim etiladi.
24. Subsidiyalar ajratish uchun banklar har oyda, oyning 25-sanasidan kechikmasdan hududlar bo‘yicha foiz to‘lovlari yuzasidan subsidiya taqdim etiladigan kreditlar ro‘yxatini hamda aniq kredit bo‘yicha subsidiya summasini ilova qilgan holda Davlat raqobat qo‘mitasiga subsidiyalarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadilar.
Taqdim etilgan materiallar Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan ular tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Subsidiyalar ajratish uchun asoslar yetarli emas deb e’tirof etilgan taqdirda, Davlat raqobat qo‘mitasi sabablari izohlangan holda rad etish to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi.
25. Subsidiyalar qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari tomonidan foiz to‘lovlari to‘langanda ajratiladi. Bunda qarz oluvchi — loyiha tashabbuskori kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz to‘lovlarini Jamg‘arma tomonidan qoplanadigan subsidiya bo‘yicha to‘lov qismini chegirgan holda to‘laydi.
26. Jamg‘armadan subsidiyalar har oyda Bosh kelishuvda ko‘zda tutilgan miqdor va Jamg‘arma mablag‘lari qoldig‘i doirasida ajratiladi.
Subsidiya ajratish uchun buyurtmanomalar subsidiya chegirilib, loyihalar tashabbuskorlari tomonidan kreditning haqiqatda qoplangan foizli xarajatlari summasini ko‘rsatgan holda, bosh bank tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Jamg‘arma tomonidan subsidiyalar mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan buyurtmanomalar taqdim etish oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay bosh bank hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.
Qarz oluvchi — loyiha tashabbuskori tomonidan kredit kechikib to‘langan taqdirda, ajratiladigan subsidiyalar summasi tasdiqlangan to‘lov jadvalida qayd etilgan summadan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Foizli xarajatlarni hisoblash va subsidiyalar ajratish bo‘yicha shartli misollar mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan.
27. Subsidiyalar ajratish quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:
qoplangan kreditlar bo‘yicha;
kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
bank kredit shartnomasini bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilganda va undiruvni mulkka (garovga) qaratganda;
ushbu kreditga “foiz o‘stirmaslik” maqomi qo‘llanilganda.
28. Agar:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi o‘zgarganda, ajratilayotgan subsidiyalar summasi kredit rasmiylashtirilgan kunda qayd etilgan darajada o‘zgarishsiz qoladi;
kredit shartnomasi bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu shartnoma bo‘yicha ajratilgan subsidiyalar kredit shartnomasini bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida bosh bank tomonidan Jamg‘armaga qaytariladi.
29. Bosh bank tomonidan foydalanilmagan va Jamg‘armaga qaytarilgan subsidiyalar mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq taqsimlanmaydi va 4-bobda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
6-bob. Banklarga resurslar ajratish tartibi
30. Resurslar tuzilgan Bosh kelishuv va Jamg‘arma qoldiq mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasini yillik ikki foizga kamaytirilganiga teng foiz stavkasida bosh bankka ajratiladi.
Resurslar va ular bo‘yicha foizlar qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlariga kreditlar ajratilishidan va ular tomonidan qaytarilishidan qat’i nazar, Bosh kelishuv shartlariga muvofiq bosh bank tomonidan qaytariladi.
31. Bosh kelishuvni tuzgan banklar mablag‘lar olish uchun har oyda Davlat raqobat qo‘mitasiga hududlar va qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari bo‘yicha kredit ajratish to‘g‘risida kredit qo‘mitasining qarori, kreditning umumiy summasi, kredit bo‘yicha Jamg‘armadan ilgari olingan mablag‘lar summasi va olinadigan mablag‘lar bo‘yicha buyurtmanoma summasi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan buyurtmanoma taqdim etadilar.
32. Banklar ajratilgan resurslar hisobidan loyiha tashabbuskoriga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan stavkada uch yilgacha muddatga kreditlar beradi.
Banklar ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizidagi investitsiya loyihalarini Hududiy idoralararo komissiyalar tasdiqlangan loyihalar tarkibidan ko‘rib chiqiladi va tanlanadi.
33. Qabul qilingan buyurtmanomalarga asosan Davlat raqobat qo‘mitasi banklarga mablag‘larni o‘tkazadi. Davlat raqobat qo‘mitasi bilan Bosh kelishuvlar tuzgan banklar mablag‘ olish uchun kiritilgan buyurtmanomalarning to‘g‘riligi va kreditlarning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha monitoring yuritishga javobgardirlar.
34. Banklar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan ajratilgan resurslari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun berilgan kreditlar to‘g‘risida qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etadilar.
35. Olingan resurslar va ular bo‘yicha foizlar mablag‘larini qoplash Bosh kelishuvlar shartlariga muvofiq banklar tomonidan har oyda amalga oshiriladi.
36. Bosh bank tomonidan Jamg‘armaga qaytarilgan resurslar (ular bo‘yicha foizlar bilan birgalikda) mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq taqsimlanmaydi va 4-bobda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
7-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
37. Jamg‘armani boshqarish Davlat raqobat qo‘mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma:
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonunchilikda ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
38. Davlat raqobat qo‘mitasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish bosh boshqarmasi, Xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini monitoring va tahlil qilish hududiy bo‘limlari va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish hududiy bo‘limlari:
Hududiy idoralararo komissiyalar tasdig‘iga kiritish uchun ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va tanlashda ishtirok etadi;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va resurslar olish to‘g‘risidagi banklarning buyurtmanomalarini va Jamg‘armadan olingan resurslar hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar to‘g‘risidagi banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
kichik tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bo‘yicha tahlil va monitoring olib boradi va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi.
8-bob. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va ulardan foydalanilishi bo‘yicha hisob, hisobot va nazorat
39. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy organlar tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasidagi holatiga ko‘ra, hisobot oyining 5-sanasidan kechikmay Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etiladi.
40. Jamg‘arma hisobotining daromad va xarajat qismidan quyidagilar chegirib qolinadi:
xato va ortiqcha kirim qilingan summalar, shuningdek talabgorlar tomonidan shartnomalar (bitimlar) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan mablag‘lar — ular qaytarilgan davrda;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xato va ortiqcha o‘tkazilgan summalar — ular o‘tkazilgan davrda.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xato va ortiqcha o‘tkazilgan summalar Jamg‘armaga qaytarilishi va mazkur Nizomga muvofiq taqsimlanishi lozim.
41. Davlat raqobat qo‘mitasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
43. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar hisob-kitobining o‘z vaqtida olib borilishini quyidagilar ta’minlaydi:
savdo tashkilotchilari — hisob-kliring xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha;
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari –qonunchilikka muvofiq birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha;
Davlat mulkini ijaraga berish markazlari — davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penyalar va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi bo‘yicha;
mablag‘lar o‘tkazishga javobgar tashkilotlar — boshqa manbalar bo‘yicha.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari Jamg‘arma mablag‘larini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek qonunchilikka muvofiq Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish yuzasidan javob beradilar.
45. Jamg‘armadan mablag‘ oluvchilar mablag‘lardan qonunchilikka muvofiq maqsadli va to‘g‘ri foydalanilishi yuzasidan javob beradilar.
46. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasini Jamg‘armaga yo‘naltirish
SXEMASI
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Jamg‘armaning boshqa manbalari bo‘yicha mablag‘larni jamlash
SXEMASI
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash va ulardan foydalanish, shuningdek hisobot va ulardan foydalanilishini nazorat qilish
SXEMASI
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Foizli xarajatlarni hisoblash va subsidiya ajratishga
ShARTLI MISOLLAR
1-misol Kredit qaytarish jadvaliga muvofiq qaytarilganda
Loyiha tashabbuskoriga 500 000 000,0 so‘m miqdorida 36 oy muddatga, 14% yillik foiz stavkasi miqdorida kredit ajratiladi, shundan subsidiya hisobiga qoplanadigan qismi- 4%.
Kredit qaytarish jadvaliga asosan qaytarilgan holatlarda, loyiha tashabbuskori tomonidan belgilangan stavka miqdoridagi subsidiyalar chegirilgan holda (14% — 4% = 10%) yopilgan asosiy qarzdan kelib chiqib (500 000 000,0 so‘m / 36 oy = 13 888 889,0 so‘m) har oyda foizli xarajatlar to‘lanadi.
Loyiha tashabbuskori tomonidan qaytarish jadvaliga muvofiq to‘langan asosiy qarz va foiz xarajatlaridan kelib chiqqan holda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan har oyda bosh bankka 4% subsidiyalar ajratiladi.
Asosiy qarzni teng ulushlarda har oyda qaytarish jadvaliga asosan qaytarilgan holatlarda har oylik foizli xarajatlarni hisoblash quyidagi jadvalda keltirilgan:
T/r
Sana
Jadvalga muvofiq asosiy qarz
Asosiy qarz qoldig‘i
Jami hisoblangan foizlar
Loyiha tashabbuskori
tomonidan foiz stavkasi bo‘yicha subsidiya chegirilgan holda qaytariladigan
Jamg‘arma hisobidan ajratiladigan subsidiya
Kredit bo‘yicha jami to‘lovlar
a
b
v
g = (d + e)
d
e
j
1.
1-oy
13 888 889
486 111 111
5 753 425
4 109 589
1 643 836
19 642 314
2.
2-oy
13 888 889
472 222 222
5 593 607
3 995 434
1 598 174
19 482 496
3.
3-oy
13 888 889
458 333 333
5 433 790
3 881 279
1 552 511
19 322 679
4.
4-oy
13 888 889
444 444 444
5 273 973
3 767 123
1 506 849
19 162 862
5.
5-oy
13 888 889
430 555 555
5 114 155
3 652 968
1 461 187
19 003 044
6.
6-oy
13 888 889
416 666 666
4 954 338
3 538 813
1 415 525
18 843 227
7.
7-oy
13 888 889
402 777 777
4 794 521
3 424 658
1 369 863
18 683 410
8.
8-oy
13 888 889
388 888 888
4 634 703
3 310 502
1 324 201
18 523 592
9.
9-oy
13 888 889
374 999 999
4 474 886
3 196 347
1 278 539
18 363 775
10.
10-oy
13 888 889
361 111 110
4 315 068
3 082 192
1 232 877
18 203 957
11.
11-�y
13 888 889
347 222 221
4 155 251
2 968 037
1 187 215
18 044 140
12.
12-oy
13 888 889
333 333 332
3 995 434
2 853 881
1 141 553
17 884 323
13.
13-oy
13 888 889
319 444 443
3 835 616
2 739 726
1 095 890
17 724 505
14.
14-oy
13 888 889
305 555 554
3 675 799
2 625 571
1 050 228
17 564 688
15.
15-oy
13 888 889
291 666 665
3 515 982
2 511 416
1 004 566
17 404 871
16.
16-oy
13 888 889
277 777 776
3 356 164
2 397 260
958 904
17 245 053
17.
17-oy
13 888 889
263 888 887
3 196 347
2 283 105
913 242
17 085 236
18.
18-oy
13 888 889
249 999 998
3 036 530
2 168 950
867 580
16 925 419
19.
19-oy
13 888 889
236 111 109
2 876 712
2 054 795
821 918
16 765 601
20.
20-oy
13 888 889
222 222 220
2 716 895
1 940 639
776 256
16 605 784
21.
21-oy
13 888 889
208 333 331
2 557 078
1 826 484
730 594
16 445 967
22.
22-oy
13 888 889
194 444 442
2 397 260
1 712 329
684 931
16 286 149
23.
23-oy
13 888 889
180 555 553
2 237 443
1 598 173
639 269
16 126 332
24.
24-oy
13 888 889
166 666 664
2 077 626
1 484 018
593 607
15 966 515
25.
25-oy
13 888 889
152 777 775
1 917 808
1 369 863
547 945
15 806 697
26.
26-oy
13 888 889
138 888 886
1 757 991
1 255 708
502 283
15 646 880
27.
27-oy
13 888 889
124 999 997
1 598 173
1 141 552
456 621
15 487 062
28.
28-oy
13 888 889
111 111 108
1 438 356
1 027 397
410 959
15 327 245
29.
29-oy
13 888 889
97 222 219
1 278 539
913 242
365 297
15 167 428
30.
30-oy
13 888 889
83 333 330
1 118 721
799 087
319 635
15 007 610
31.
31-oy
13 888 889
69 444 441
958 904
684 931
273 973
14 847 793
32.
32-oy
13 888 889
55 555 552
799 087
570 776
228 310
14 687 976
33.
33-oy
13 888 889
41 666 663
639 269
456 621
182 648
14 528 158
34.
34-oy
13 888 889
27 777 774
479 452
342 466
136 986
14 368 341
35.
35-oy
13 888 889
13 888 885
319 635
228 310
91 324
14 208 524
36.
36-oy
13 888 885
0
159 817
114 155
45 662
14 048 702
JAMI
500 000 000
106 438 355
76 027 397
30 410 959
606 438 355
2-misol Kredit (oldindan) muddatdan oldin to‘langanda
Loyiha tashabbuskoriga 500 000 000,0 so‘m miqdorida 36 oy muddatga, 12% yillik foiz stavkasi miqdorida kredit ajratiladi, shundan subsidiya hisobiga qoplanadigan qismi- 3%.
Kredit muddatidan oldin qaytarilgan holatlarda (qaytarish jadvalidagi muddatdan oldin), loyiha tashabbuskori tomonidan belgilangan stavka miqdoridagi subsidiyalar chegirilgan holda (12% — 3% = 9%) haqiqatda qaytarilgan asosiy qarzdan kelib chiqib har oyda foizli xarajatlar to‘lanadi.
Loyiha tashabbuskori tomonidan kreditlar hisobot oyida haqiqatda qaytarilgan asosiy qarzdan va foizli xarajatlardan kelib chiqqan holda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan bosh bankka subsidiyalar ajratiladi.a
Asosiy qarz muddatidan oldin qaytarilgan holatlarda (qaytarish jadvalidagi muddatdan oldin) har oylik foizli xarajatlarni hisoblash quyidagi jadvalda keltirilgan:
T/r
Sana
Jadvalga muvofiq asosiy qarz
Haqiqatda qaytarilgan asosiy qarz
Asosiy qarz qoldig‘i
Jami hisoblangan foizlar
Loyiha tashabbuskori
tomonidan foiz stavkasi bo‘yicha subsidiya chegirilgan holda qaytariladigan
Jamg‘arma hisobidan ajratiladigan subsidiya
Kredit bo‘yicha jami to‘lovlar
a
b
v
g
d = (e+j)
e
j
z=(v+d)
1.
1-oy
13 888 889
27 777 780
472 222 220
4 931 507
3 698 630
1 232 877
18 820 396
3
2.
2-oy
13 888 889
35 000 000
437 222 220
4 657 534
3 493 151
1 164 384
18 546 423
3.
3-oy
13 888 889
15 000 000
422 222 220
4 312 329
3 234 247
1 078 082
18 201 218
4.
4-oy
13 888 889
17 500 000
404 722 220
4 164 384
3 123 288
1 041 096
18 053 273
5.
5-oy
13 888 889
13 888 890
390 833 330
3 991 781
2 993 836
997 945
17 880 670
6.
6-oy
13 888 889
13 888 890
376 944 440
3 854 794
2 891 096
963 699
17 743 683
7.
7-oy
13 888 889
13 888 890
363 055 550
3 717 808
2 788 356
929 452
17 606 697
8.
8-oy
13 888 889
27 777 780
335 277 770
3 580 822
2 685 616
895 205
17 469 711
9.
9-oy
13 888 889
75 000 000
260 277 770
3 306 849
2 480 137
826 712
17 195 738
10.
10-oy
13 888 889
13 888 890
246 388 880
2 567 123
1 925 342
641 781
16 456 012
11.
11-oy
13 888 889
13 888 890
232 499 990
2 430 137
1 822 603
607 534
16 319 026
12.
12-oy
13 888 889
13 888 890
218 611 100
2 293 151
1 719 863
573 288
16 182 040
13.
13-oy
13 888 889
13 888 890
204 722 210
2 156 164
1 617 123
539 041
16 045 053
14.
14-oy
13 888 889
13 888 890
190 833 320
2 019 178
1 514 383
504 794
15 908 067
15.
15-oy
13 888 889
13 888 890
176 944 430
1 882 192
1 411 644
470 548
15 771 081
16.
16-oy
13 888 889
37 500 000
139 444 430
1 745 205
1 308 904
436 301
15 634 094
17.
17-oy
13 888 889
25 000 000
114 444 430
1 375 342
1 031 507
343 836
15 264 231
18.
18-oy
13 888 889
13 888 890
100 555 540
1 128 767
846 575
282 192
15 017 656
19.
19-oy
13 888 889
13 888 890
86 666 650
991 781
743 836
247 945
14 880 670
20.
20-oy
13 888 889
13 888 890
72 777 760
854 794
641 096
213 699
14 743 683
21.
21-oy
13 888 889
13 888 890
58 888 870
717 808
538 356
179 452
14 606 697
22.
22-oy
13 888 889
20 000 000
38 888 870
580 822
435 616
145 205
14 469 711
23.
23-oy
13 888 889
13 888 890
24 999 980
383 561
287 671
95 890
14 272 450
24.
24-oy
13 888 889
24 999 980
0
246 575
184 931
61 644
14 135 464
25.
25-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
26.
26-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
27.
27-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
28.
28-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
29.
29-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
30.
30-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
31.
31-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
32.
32-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
33.
33-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
34.
34-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
35.
35-oy
13 888 889
0
0
0
0
13 888 889
36.
36-oy
13 888 885
0
0
0
0
13 888 885
JAMI
500000000
500000000
57 890 409
43 417 806
14 472 602
557 890 409
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) 7-bandi beshinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
a) 4-bandning oltinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 32-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-yil, 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda):
a) 3-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “tegishli budjet daromadiga” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan davlat mulki ijarasidan mablag‘lar, shuningdek ijara to‘lovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi har haftada quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “tegishli budjet daromadiga” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7 va 14-bandlaridagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri hokimligining munitsipal mulk obyektlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 6-iyuldagi 199-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 28-son, 314-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) 2-ilovaning 11-bandi, 41, 51 va 88-bandlarining uchinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 2-bandi o‘n sakkizinchi xatboshidagi va 84-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 2-bandi o‘n yettinchi xatboshidagi va 89-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-ilovaning 2-bandi o‘n sakkizinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 7-ilovaning 2-bandi o‘n yettinchi xatboshidagi, 18-bandi birinchi xatboshidagi va 19-bandagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 2-apreldagi 79-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 13-son, 159-modda) 3-bandidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) 4-ilovadagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan mablag‘lari tushayotgan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag‘lari hisobiga” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidan tushadigan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag‘lari hisobiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 22-maydagi 135-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 40-modda) 1-bandi uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 43-son, 549-modda) 6-ilovaning 5-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017 g., № 09/17/810/0095, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 11.06.2018-y., 09/18/433/1335-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)