

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3230016" id="onLBC-3230016">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;</span></div><div id="LBC7312"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3230016" id="onLS-3230016">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3230021" id="-3230021">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3230022" id="-3230022">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3230023" id="-3230023">Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230024" id="-3230024"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230025" id="-3230025">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/mact/-2208236">Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son va “<a href="/mact/-3196595">Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son qarorlariga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida modul tizimiga asoslangan oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230026" id="-3230026">1. Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-3230016#-3230035">1-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5366105" id="edi-5366105"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-5366101">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5366105" id="-5366105"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366108" id="-5366108">1<sup>1</sup>. Quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366110" id="-5366110">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son <a href="/mact/-5141332">qaroriga </a>muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki boʻlimlardan tashkil topganligi hamda I boʻlim — tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlaridan iborat boʻlishi belgilanganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366114" id="-5366114">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son <a href="/mact/-4802181">Farmoniga </a>muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda — akademik litsey) barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366117" id="-5366117">1<sup>2</sup>. Belgilansinki: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366120" id="-5366120">Akademik litseyda I boʻlim — tanlangan yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYU tomonidan belgilanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366124" id="-5366124">akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega pedagog va rahbar xodimlarga TDYU magistratura mutaxassisligiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu xodimlarga oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5366126" id="-5366126">akademik litseyga xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744794" id="edi-5744794"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=08.04.2021 00#-5366129">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744794" id="-5744794"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744795" id="-5744795">akademik litsey oʻquvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish adliya vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744797" id="-5744797"><em>(1<sup>2</sup>-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739279">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230027" id="-3230027">2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga <a href="/mact/-3230016#-3230099">2-ilovaga </a>muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230028" id="-3230028">3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ichida mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230029" id="-3230029">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3230030" id="-3230030">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3230031" id="-3230031">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3230032" id="-3230032">2017-yil 2-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3230033" id="-3230033">347-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230034" id="-3230034"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3230035" id="-3230035">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son <a href="/mact/-3230016">qaroriga</a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3230036" id="-3230036">Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3230037" id="-3230037">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230038" id="-3230038"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3230039" id="-3230039">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230040" id="-3230040">1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-16188">Qonuni</a> va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son <a href="/mact/-3196595">qaroriga</a> muvofiq xorijiy davlatlar fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy davlat hududida doimiy ravishda istiqomat qiladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda xorijiy fuqarolar deb yuritiladi)ni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinda TDYU deb ataladi) bakalavriatiga qabul qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230041" id="-3230041">2. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish TDYU bakalavriatiga qabul kvotalaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadigan joylarga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5978530" id="edi-5978530"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230042">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978530" id="-5978530"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978534" id="-5978534">Talabalar oʻqishi qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun nazarda tutilgan toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978548" id="-5978548">(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939141">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5978598" id="edi-5978598"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=12.10.2019 00#-4557899">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978598" id="-5978598"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978599" id="-5978599">Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki “IT-visa” yoxud investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar hamda ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978609" id="-5978609">(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli <a href="/mact/-5962298?ONDATE=15.04.2022 00#-5964683">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230043" id="-3230043">3. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, TDYUda oʻtkaziladigan suhbat natijalariga koʻra va reyting tizimiga muvofiq toʻplangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230044" id="-3230044">4. TDYU bakalavriatida oʻqish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar, ularning dunyoqarashi, kasbiy layoqati va motivatsiyasi, umumiy intellektual va maʼnaviy-axloqiy darajasini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230045" id="-3230045">5. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga <a href="/mact/-3230016#-3230093">ilovaga</a> muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3230046" id="-3230046">2-bob. Hujjatlarni qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230047" id="-3230047">6. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tuzilgan TDYU qabul komissiyasi (keyingi oʻrinda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744800" id="edi-5744800"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230048">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744800" id="-5744800"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744801" id="-5744801">Xorijiy fuqarolarni qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalar Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744803" id="-5744803"><em>(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739283">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230049" id="-3230049">7. TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230050" id="-3230050">Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani toʻldirib, unda: taʼlim yoʻnalishi, taʼlim tili va shakli; xorijiy fuqaro tomonidan oliy taʼlim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy maʼlumoti mavjud emasligi; xorijiy fuqaro suhbat oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230051" id="-3230051">8. Qabul qilish toʻgʻrisidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230052" id="-3230052">xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230053" id="-3230053">belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan taʼlim haqidagi hujjat;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7206749" id="-7206749"><em>Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-5757463">qarori</a><em>.</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744817" id="edi-5744817"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230054">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744817" id="-5744817"><em>(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739288">qaroriga </a><em>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230055" id="-3230055">Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir duymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230056" id="-3230056">Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230057" id="-3230057">Qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va TDYU bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230058" id="-3230058">9. Mazkur Nizomning <a href="/mact/-3230016#-3230049">7</a> va <a href="/mact/-3230016#-3230051">8-bandlarida </a>nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza roʻyxatga olinadi va xorijiy fuqaroga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230059" id="-3230059">Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish vaqti etib arizaga noyob raqam berish payti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230060" id="-3230060">10. Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning <a href="/mact/-3230016#-3230049">7</a> va <a href="/mact/-3230016#-3230051">8-bandlarida</a> nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzil boʻyicha xorijiy fuqaroga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda xorijiy fuqaroga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230061" id="-3230061">Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230062" id="-3230062">11. Roʻyxatga olingan qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalar soni har kuni TDYU saytida joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230063" id="-3230063">12. Xorijiy fuqarolar hujjatlarning asl nusxalarini suhbat oʻtkazilishidan 3 kun oldin taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230064" id="-3230064">Bunda chop etilgan va imzolangan ariza xorijiy fuqaro tomonidan taqdim etiladi, bu hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiyligini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230065" id="-3230065">Hujjatlarning soxta yoki qalbakiligi aniqlangan taqdirda, xorijiy fuqaro suhbatdan (talaba TDYU talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlar esa oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3230066" id="-3230066">3-bob. Suhbat oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230067" id="-3230067">13. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish joylarining soni haqidagi maʼlumot TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish muddatidan bir oy oldin joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230068" id="-3230068">14. TDYU bakalavriatiga qabul qilinishi uchun xorijiy fuqarolar TDYUda taʼlim beriladigan tillarni bilishi kerak. Taʼlim beriladigan tillarni bilmaydigan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan tegishli muassasalarda oʻqiydi va til oʻrganish boʻyicha tayyorgarlikni muvaffaqiyatli tugatish natijalariga koʻra, belgilangan namunadagi guvohnoma (sertifikat) va oʻqishga yoʻllanma beriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744822" id="edi-5744822"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230069">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744822" id="-5744822"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744829" id="-5744829">15. Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744832" id="-5744832">Suhbat oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat oʻtkazilishidan kamida 1 oy oldin eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744834" id="-5744834">Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga koʻra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744840" id="-5744840"><em>(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739291">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230070" id="-3230070">16. Suhbat oʻtkazilishiga qadar maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230071" id="-3230071">17. Suhbat oʻtkazish jadvallari TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi va TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230072" id="-3230072">18. Suhbat TDYU rektori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230073" id="-3230073">Suhbat natijalari xorijiy fuqaroga ballarni qoʻyishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi boʻyicha aniqlanadi hamda maxsus komissiya majlisining TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan bayonida qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230074" id="-3230074">Suhbat oʻtkazish va uning natijalarini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va TDYU bilan kelishilgan holda belgilanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744845" id="edi-5744845"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-5744843">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744845" id="-5744845"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744847" id="-5744847">Masofaviy (onlayn) suhbat kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu kommunikatsiya texnologiyalari abituriyentning shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan texnik talablarga javob berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744857" id="-5744857">Masofaviy (onlayn) suhbat natijalarini baholash umumiy tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744865" id="-5744865"><em>(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739299">qaroriga </a><em>asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230075" id="-3230075">19. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230076" id="-3230076">jadval boʻyicha suhbatga kelmaganda (0 ball qoʻyiladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230077" id="-3230077">suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230078" id="-3230078">20. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbatni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230079" id="-3230079">21. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrilishi mumkin emas.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744869" id="edi-5744869"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230080">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744869" id="-5744869"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744870" id="-5744870">22. Suhbat natijalariga koʻra TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish haqida TDYU rektori tomonidan buyruq qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744872" id="-5744872"><em>(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739302">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3230081" id="-3230081">4-bob. Qabul qilishni rasmiylashtirish, oʻqish uchun toʻlov</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744875" id="edi-5744875"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230082">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744875" id="-5744875"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744880" id="-5744880">23. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish toʻgʻrisidagi TDYU rektorining buyrugʻi, qoida tariqasida, 2-sentabrdan kechiktirmasdan qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744882" id="-5744882"><em>(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739304">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744883" id="edi-5744883"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230083">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744883" id="-5744883"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744884" id="-5744884">24. TDYU rektori tomonidan xorijiy fuqarolarni qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qilingandan keyin TDYU bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744886" id="-5744886"><em>(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739306">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744907" id="edi-5744907"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230084">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744907" id="-5744907"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744910" id="-5744910">25. Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari qabul komissiyasi tomonidan TDYU rektori buyrugʻi qabul qilingan kundan boshlab beriladi va TDYU rektori va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda (yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada) rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744915" id="-5744915"><em>(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739307">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744920" id="edi-5744920"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-5744919">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744920" id="-5744920"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744922" id="-5744922">26. Xorijiy fuqarolar oʻqish uchun toʻlovni har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744923" id="-5744923">27. TDYU rektorining oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinganidan boshlab xorijiy fuqarolarga darslarga qatnashishga ruxsat etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744925" id="-5744925"><em>(26 va 27-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739308">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230087" id="-3230087">28. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan xorijiy fuqarolarga stipendiya toʻlanmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3230088" id="-3230088">5-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230089" id="-3230089"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5744930" id="edi-5744930"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-5744929">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5744930" id="-5744930"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5744931" id="-5744931">29. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq va suhbat natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlariga tikib qoʻyiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5744937" id="-5744937"><em>(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/mact/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739313">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230090" id="-3230090">TDYU bakalavriatiga qabul qilinmagan xorijiy fuqarolarning suhbat natijalari 6 oy davomida saqlanadi va keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5978552" id="edi-5978552"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230091">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978552" id="-5978552"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978556" id="-5978556">30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978563" id="-5978563">(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939141">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230092" id="-3230092"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3230093" id="-3230093">Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida <a href="/mact/-3230016#-3230035">nizomga<br /></a>ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3230094" id="-3230094">Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3230095" id="-3230095">SXEMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230096" id="-3230096"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3230097" id="-3230097"><img src="/files/3233085" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230098" id="-3230098"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3230099" id="-3230099">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son <a href="/mact/-3230016">qaroriga<br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3230100" id="-3230100">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3230101" id="-3230101"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5591385" id="edi-5591385"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230102">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5591385" id="-5591385">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12  avgustdagi 511-sonli <a href="/mact/-5573919?ONDATE=13.08.2021 00#-5577325">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230111" id="-3230111">2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarorining <a href="/mact/-973497?ONDATE=10.02.2006 00#-997339">ilovasida</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 36-mod.):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230112" id="-3230112">a) <a href="/mact/-973497?ONDATE=10.02.2006 00#-997395">10-band </a>quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230113" id="-3230113">“Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida qabul qilinadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230114" id="-3230114">b) <a href="/mact/-973497#-997359">II boʻlim </a>quyidagi mazmundagi 11<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230115" id="-3230115">“11<sup>1</sup>. Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi va katta oʻqituvchi lavozimlariga oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxs (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega boʻlgan hamda bunday daraja va unvonga ega boʻlmagan, biroq oʻqituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinishi mumkin”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230116" id="-3230116">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son <a href="/mact/-1379834">qarorida </a>(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 302-modda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230117" id="-3230117">a) 2-ilovaga izohning <a href="/mact/-1379834?ONDATE=25.07.2016 00#-3009868">ikkinchi xatboshisida </a>“Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan” soʻzlari “Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230118" id="-3230118">b) <a href="/mact/-1379834?ONDATE=01.08.2008 00#-1380091">4-ilovada</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230119" id="-3230119">7-bandning <a href="/mact/-1379834?ONDATE=25.07.2016 00#-3009873">ikkinchi xatboshisida</a> “Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan” soʻzlari “Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230120" id="-3230120"><a href="/mact/-1379834?ONDATE=01.08.2008 00#-1380129">17-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230121" id="-3230121">quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230122" id="-3230122">“Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida yillik shaxsiy ish rejasi faqat oʻquv tusdagi tadbirlarni, ularning soatlar miqdorini koʻrsatgan holda, oʻz ichiga oladi. Ushbu soatlarning eng kam miqdori oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230123" id="-3230123"><a href="/mact/-1379834?ONDATE=01.08.2008 00#-1380131">uchinchi</a> va <a href="/mact/-1379834?ONDATE=01.08.2008 00#-1380132">toʻrtinchi xatboshilar </a>tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230124" id="-3230124">quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230125" id="-3230125">“Mazkur bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshlari talablari qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230126" id="-3230126">4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son <a href="/mact/-1380636">qarorida</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230127" id="-3230127">a) 1-bandning <a href="/mact/-1380636?ONDATE=04.08.2008 00#-1380735">toʻrtinchi xatboshiga</a> “agar” soʻzidan keyin “qonun hujjatlari yoki” soʻzlari qoʻshilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230128" id="-3230128">b) <a href="/mact/-1380636#-1380750">ilovada</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230129" id="-3230129"><a href="/mact/-1380636?ONDATE=04.08.2008 00#-1380769">8-banddagi </a>“agar” soʻzidan keyin “qonun hujjatlari yoki” soʻzlari qoʻshilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230130" id="-3230130"><a href="/mact/-1380636?ONDATE=04.08.2008 00#-1380773">12-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230131" id="-3230131"><a href="/mact/-1380636?ONDATE=04.08.2008 00#-1380773">birinchi xatboshiga </a>quyidagi mazmundagi jumla bilan qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230132" id="-3230132">“Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasida qabul qilinadi”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230133" id="-3230133"><a href="/mact/-1380636?ONDATE=04.08.2008 00#-1380774">ikkinchi xatboshiga </a>“test sinovi” soʻzlaridan keyin “(suhbat)” soʻzi qoʻshilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230134" id="-3230134"><a href="/mact/-1380636?ONDATE=04.08.2008 00#-1380775">uchinchi xatboshiga </a>“Test sinovlari” soʻzlaridan keyin “(suhbat)” soʻzi qoʻshilsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7733749" id="edi-7733749"><a href="/mact/-3230016?ONDATE=13.06.2017 00#-3230135">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7733749" id="-7733749"><em>(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli </em><a href="/mact/-7726569?ONDATE=15.09.2025 00#-7730046">qaroriga</a><em> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230140" id="-3230140">6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorining <a href="/mact/-2057279?ONDATE=22.05.2017 00#-3216901">1-ilovasidagi</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 453-modda) “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimi “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunining 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230141" id="-3230141">“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230142" id="-3230142">7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-dekabrdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarida oʻquv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 337-son qarori <a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2299967">2-ilovasining</a> rus tilidagi matnida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 691-modda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230143" id="-3230143">a) <a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2299996">1-boʻlim </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230144" id="-3230144">“1. Bakalavriat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230145" id="-3230145">Maksimalniy obyem auditornix zanyatiy pri ochnoy forme obucheniya doljen bit ustanovlen v obyeme 30 chasov v nedelyu.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230146" id="-3230146">Pri normativnom sroke obucheniya v 4 goda prodoljitelnost uchebnogo protsessa doljna sostavlyat 204 nedeli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230147" id="-3230147">Obshiy obyem uchebnogo vremeni doljen raspredelyatsya na:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230148" id="-3230148">teoreticheskoye obucheniye — 40 — 55%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230149" id="-3230149">attestatsiyu — 10 — 20%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230150" id="-3230150">kanikuli — 12 — 18%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230151" id="-3230151">Samostoyatelnuyu podgotovku — 6 — 14%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230152" id="-3230152">kvalifikatsionnuyu praktiku — 8 — 12%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230153" id="-3230153">vipusknuyu rabotu — 2 — 4%.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230154" id="-3230154">Obyem vremeni teoreticheskogo obucheniya doljen raspredelyatsya po blokam dissiplin sleduyushim obrazom:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230155" id="-3230155">neprofilnie dissiplini — 10 — 30%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230156" id="-3230156">profilnie dissiplini — 60 — 80%;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230157" id="-3230157">dopolnitelnie dissiplini — 5 — 10%.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230158" id="-3230158">Obshiy obyem kanikulyarnogo vremeni v uchebniy god ustanavlivayetsya 5 — 14 nedel”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230159" id="-3230159">b) <a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2300063">2-boʻlimda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230160" id="-3230160"><a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2300065">ikkinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230161" id="-3230161">“Maksimalniy obyem auditornix zanyatiy i nauchnoy deyatelnosti pri ochnoy forme obucheniya doljen bit ustanovlen v obyeme 30 chasov v nedelyu”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230162" id="-3230162"><a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2300075">beshinchi xatboshidagi </a>“25 — 30” raqamlari “20 — 25” raqamlari bilan almashtirilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230163" id="-3230163"><a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2300078">oltinchi xatboshidagi</a> “4 — 7” raqamlari “8 — 12” raqamlari bilan almashtirilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230164" id="-3230164">quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230165" id="-3230165">“samostoyatelnuyu podgotovku — 6 — 10%”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3230166" id="-3230166"><a href="/mact/2299741?ONDATE=30.12.2013 00#2300084">yettinchi — oʻn oltinchi xatboshilar</a> tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3233012" id="-3233012">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 472-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, <em>23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son</em>)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
