1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmonida:
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-son qarorining 6-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 13-iyundagi PQ-653-son qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-848-son qarorining 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009-2014-yillarga moʻljallangan davlat dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son qarorida:
b) 5-bandining beshinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son qarorida:
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-son qarorining 9-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi PQ-1385-son qarori 2-ilovasidagi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat va sport ishlari” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016-2020-yillarga moʻljallangan davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qarorida:
a) 3-bandining uchinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 8-bandidagi “Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniyat vazirligi, Davarxitektqurilish, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari”;
sakkizinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi”;
3, 5, 6, 12 va 32-pozitsiyalardagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin;
7, 9, 19, 20, 21, 22, 24 va 29-pozitsiyalardagi “Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10, 25 va 26-pozitsiyalardagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1, 2, 4, 5 va 6-pozitsiyalardan “Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — madaniyat vaziri”;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madjidov M.A. — Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasining masʼul kotibi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — madaniyat vaziri, komissiya raisi”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi “boshqarmalari” soʻzidan oldin “madaniyat” soʻzi bilan toʻldirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarorida:
a) 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 8-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 2-ilovasining “Masʼul ijrochilar” ustunidagi 3, 6, 8, 10, 11 va 13-23-bandlaridagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Davlat sport qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-son qarorida:
a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovasining nomidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda tizimli nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Muratov M.M. — madaniyat vaziri”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son qarori 2-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Madaniyat va sport ishlari” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarorining 1-ilovasi 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Muratov M.M. — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qarorining 2-ilovasi 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Muratov M.M. — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼmuriy binolaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 1-avgustdagi F-2553-son Farmoyishining 1-ilovasi uchinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari” soʻzlari “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)