1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari va aholining keng qatlamlari tomonidan imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanilishini taʼminlash, shuningdek ularni ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-may,
254-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga kiritilayotgan
“Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, asosan uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlarda yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi”;
“Jamgʻarma mablagʻlari, asosan uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
uchinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlarda yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi”;
“xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur boʻlgan aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga koʻra, 18 oygacha boʻlgan muddatga beriladi”;
“9. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 18 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno”;
e) 10-banddagi “1 yil” soʻzlari “18 oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 16-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl), shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“34. Tavakkalchiliklarning yoʻl qoʻyiladigan darajalarini aniqlash, shuningdek kreditlar boʻyicha yoʻqotish ehtimoli uchun zaxiralarni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 18-son, 326-modda)