1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishda oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali xizmat koʻrsatish tizimini shakllantirish, order berish mexanizmini takomillashtirish va toʻliq raqamlashtirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
a) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 1-ilovada roʻyxati keltirilgan davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasalar) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) joriy etiladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Belgilansinki, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni (Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni) ixtisoslashtirilgan muassasalarga davolanishga yoʻllashda:
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PQ-371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 07/23/371/0880-son)
kasallikning ogʻirlik darajasidan kelib chiqib axborot tizimi orqali navbatda turishning shaffof mexanizmlari tatbiq etiladi;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar “Ijtimoiy reyestr” axborot moduliga muvofiq aniqlanadi;
(1-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
bemorlarga oʻzlarining soʻrovlari, murojaatlari hamda navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida olish imkoniyati taʼminlanadi;
bemorlarga, ularning kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) beriladi;
yoʻllanma axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi va davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlar olish huquqini beradi. Bunda, yoʻllanma tasdiqlangandan soʻng 10 kun mobaynida bemor tomonidan tegishli tibbiyot tashkilotiga murojaat qilinmaganda ushbu yoʻllanma oʻz kuchini yoʻqotadi
(1-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
bemor davolanganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi davolagan muassasaga bazaviy narxlar doirasida bemorga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq, sarflangan mablagʻni Davlat budjeti hisobidan oʻtkazib beradi. Bunda, yoʻllanma asosida bemorlarni davolaydigan davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan barcha shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishda qilingan haqiqiy xarajatlar koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(1-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan 2026-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
v) amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2022-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish mumkin;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib joriy etilgunga qadar ushbu davlat tibbiyot muassasalari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimotga muvofiq xarajatlar tasnifining bir satrida moliyalashtiriladi. Bunda, tibbiyot muassasalari tomonidan budjet mablagʻlari hisobidan koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar boʻyicha Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oylik hisobot taqdim etiladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Belgilansinki, mazkur qarorning 2-ilovasi I boʻlimida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarining shoshilinch tibbiy yordam, gemodializ, tugʻruq, bolalar va yuqumli kasalliklar boʻlinmalarini saqlash xarajatlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarajatlar smetasini roʻyxatga olish asosida moliyalashtiriladi, qolgan barcha boʻlinmalarning imtiyozga ega bemorlarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar boʻyicha xarajatlari bazaviy narxlarda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali qoplab beriladi;
(1-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
Mazkur qarorning 2-ilovasi II boʻlimida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarining shoshilinch tibbiy yordam va gemodializ boʻlinmalarini saqlash xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali bajarilgan ish hajmiga bogʻlanmagan holda bir satrda moliyalashtiriladi.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.02 Xususiy tibbiy amaliyot]
d) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar tibbiy xizmat koʻrsatadigan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarini oʻz xohishiga koʻra erkin tanlash huquqiga ega boʻladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
e) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
j) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuziladigan shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib amalga oshiriladi;
z) Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlaydi.
(1-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son qaroriga asosan “d”, “e”, “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
2. Belgilab qoʻyilsinki, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifatini baholash hamda ularning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini, ajratilgan mablagʻlar samaradorligi va natijadorligini nazorat qilish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
3. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga qoʻshimcha 8 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi PQ-5053-son qaroriga muvofiq maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan ajratilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni hamda Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining 14 ta bosh mutaxassisi lavozimlari kiritilsin va ular sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlarida joylashtirilsin.
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. Inoyatov rahbarligida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash va moliyalashtirish bilan bogʻliq huquqiy, moliyaviy va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil etilsin va u mazkur yoʻnalishda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi faoliyatiga koʻmaklashib borsin.
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashiga (L. Tuychiyev), zarur hollarda, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
4. 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalashtirish mexanizmi joriy etilsin.
Bunda, ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan tuziladigan shartnomaning namunaviy shakli, oldindan toʻlov miqdorlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 06/22/136/0425-son)
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (F. Sharipov) bilan birgalikda 2021-yil 15-sentabrga qadar ixtisoslashtirilgan muassasalarni shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib moliyalashtirish tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Moliya vazirligi (J. Abruyev) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlarining 2021-yil 1-oktabr holatiga qoldiq qismini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
a) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlarini shakllantirsin va ularning yangilanib borilishini taʼminlasin;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
b) 2021-yil yakuniga qadar dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq zamonaviy davolash-diagnostika uslub va texnologiyalarni kiritgan holda klinik protokollarni, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
Bunda, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlarni yangilash boʻyicha reja-grafikni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari kesimida tasdiqlasin va ushbu standartlar Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
v) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab axborot tizimini Jamgʻarmaning tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilish orqali yoʻllanmalarni rasmiylashtirishga oid boʻlgan barcha maʼlumotlarni Jamgʻarmaga uzatish choralarini koʻrsin. Bunda yoʻllanmalar tasdiqlanishi ushbu maqsadlar uchun tegishli davrga (oy, chorak yoki yil) rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi koʻzda tutilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan “v” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
6. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan maʼlumotlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov) 2021-yil 1-oktabrga qadar:
a) sogʻliqni saqlash sohasi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan axborot tizimini ishlab chiqsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
b) Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
7. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining boʻsh turgan hududida yangi bino-inshootlar kompleksi (keyingi oʻrinlarda — kompleks) barpo etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
kompleksning quvvati kamida 650 ta statsionar va 100 ta kunduzgi statsionar oʻrinlardan iborat boʻladi va 2023-yilning 1-apreliga qadar foydalanishga topshiriladi;
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kompleks foydalanishga topshirilishi sababli Markazning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiallari faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi hamda ushbu hududlar aholisi uchun hududiy darajada koʻrsatilishi belgilangan tibbiy xizmatlar Markazda koʻrsatiladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 07/25/331/1014-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Koreya Respublikasi tajribasini hamda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashni hisobga olgan holda kompleksni qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, 2021-yilning yakuniga qadar qurilish ishlarini boshlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika gematologiya, onkologiya va radiologiya markazlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B. Musayev)ga:
a) belgilangan muddatlarda kompleksni foydalanishga topshirish, sohadagi ilgʻor xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribasidan kelib chiqqan holda uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bu borada tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa masalalarni oʻz vaqtida hal qilish;
b) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy tibbiy taʼlim muassasalari magistraturasi va klinik ordinaturasida tor soha mutaxassislarini tayyorlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan oʻrta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi (V. Fen) bilan birgalikda Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda onkologiya, gematologiya, radiologiya, klinik immunologiya, yuqori texnologik transfuziologiya, laboratoriya va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkillashtirish vazifalari yuklatilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 1-avgustdan boshlab onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam koʻrsatish boʻlimlari shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozim maoshiga mehnatning sogʻliq uchun oʻta xavfli sharoitlari uchun 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq toʻlash haqidagi taklifi maʼqullansin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (E. Basitxanova) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich:
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻuruq boʻlimlari negizida 4-ilovaga muvofiq tumanlararo perinatal markazlarni amaldagi shtatlar doirasida tashkil etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
onalar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalar uchun hududlarda samarali perinatal, neonatal va pediatrik xizmatlarni olish imkoniyatini yaratish;
mintaqaviy perinatal markazlarni takomillashtirish va 3-darajali akusherlik muassasalarini belgilangan talablarga muvofiq jihozlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar xalqaro moliya tashkilotlarining kredit mablagʻlarini maqbullashtirish hisobiga respublikadagi tugʻuruqqa yordam beruvchi muassasalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazsin.
11. Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
a) 2021-yil 1-sentabrga qadar:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga respublika miqyosida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish, ularning murojaatlarini qabul qilish, maslahat berish va axborot taqdim etishga moʻljallangan yagona qisqa raqamli bepul “tezkor aloqa”ni yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida, Sogʻliqni saqlash vazirligi va ixtisoslashtirilgan muassasalarning rasmiy veb-saytlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordamni koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish hamda targʻibot materiallarini tarqatish choralarini koʻrsin;
b) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarning rasmiy veb-saytlarida boʻlimlar kesimida mavjud oʻrinlar soni, shu jumladan boʻsh oʻrinlar soni, koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar turlari va narxlari joylashtirilishini va muntazam yangilanib borilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
v) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan muassasalarda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash boʻyicha joriy etilayotgan mexanizmlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, press-klub muhokamalarini tashkil etish orqali tezkor yetkazilishi, tushuntirilishi va keng yoritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, uning oʻrinbosarlari A.Sh. Inoyatov, A.A. Azizov, U.Yu. Sobirov, E.I. Basitxanova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qarorning oʻz vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-iyul,
PQ-5199-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga 1-ILOVA
2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
ROʻYXATI
1. Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
5. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
6. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
7. Akademik Yo.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
8. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
9. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
10. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
11. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
12. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
13. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
14. Bolalar milliy tibbiyot markazi.
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga boshqa tibbiyot muassasalarini kiritish vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
ROʻYXATI
I. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
1. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
2. Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi.
3. Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi.
4. Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi.
5. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining koʻp tarmoqli klinikasi.
6. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi.
7. Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi.
8. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi.
9. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi.
10. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi.
11. Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
12. Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi.
Izoh:
Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi tomonidan Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi;
amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2023-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish mumkin;
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlangunga qadar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali bajarilgan ish hajmiga bogʻlanmagan holda vaqtinchalik bir satrda moliyalashtiriladi.
II. 2025-yil 1-iyuldan boshlab oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
1. Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
3. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
5. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi.
6. Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi.
7. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi.
8. Respublika perinatal markazi.
9. Respublika bolalar ortopediyasi markazi.
10. Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi.
11. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi.
12. Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi.
13. Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitali.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga boshqa tibbiyot muassasalarini kiritish vakolati beriladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2027-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladi.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga 3-ILOVA
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan maʼlumotlar roʻyxati
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ginekologik kasalliklar hamda homilador ayollarning patologik holati toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha endokrin kasalliklari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha teri kasalliklari va jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklar toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha tuberkulyoz kasalligi toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 18 yoshga toʻlmagan bolalarning patologiyasi toʻgʻrisida maʼlumot.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha onkologiya kasalliklari toʻgʻrisida maʼlumot.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha gematologiya kasalliklari toʻgʻrisida maʼlumot.
8. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1. Yoshga doir pensiyaga chiqqan, ishlamaydigan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
3. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
3.
Mudofaa vazirligi
1. Baynalmilalchi-jangchilar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Chaqiruv komissiyalarining yoʻllanmalari boʻyicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
1. Bolalikdan nogironlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. I va II guruh nogironlari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida maʼlumot.
4. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam taʼminlangan oilalarga mansub shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga mansub shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
5.
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi
1. Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
2. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi tizimidagi tashkilotlarda xizmat davri boʻyicha pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2.
Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
3.
Qoʻngʻirot shahar tugʻruq majmuasi
4.
Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Andijon viloyati
5.
Qoʻrgʻontepa tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
6.
Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
7.
Gʻijduvon shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Buxoro viloyati
8.
Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
9.
Qorakoʻl tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
10.
Gʻallaorol tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Jizzax viloyati
11.
Zomin tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
12.
Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
13.
Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Qashqadaryo viloyati
14.
Nishon tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
15.
Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
16.
Koson tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
17.
Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Navoiy viloyati
18.
Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
19.
Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
20.
Uychi tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Namangan viloyati
21.
Yangiqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
22.
Chust tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
23.
Pastdargʻom tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Samarqand viloyati
24.
Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
25.
Urgut tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
26.
Payariq tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
27.
Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Sirdaryo viloyati
28.
Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
29.
Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
30.
Boysun tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Surxondaryo viloyati
31.
Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
32.
Qumqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
33.
Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Toshkent viloyati
34.
Yangiyoʻl shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
35.
Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
36.
Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
37.
Quyichirchiq tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
38.
Qoʻqon shahar tugʻruq majmuasi
Fargʻona viloyati
39.
Margʻilon shahar tugʻruq majmuasi
40.
Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
41.
Bogʻot tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
Xorazm viloyati
42.
Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi
43.
Toshkent shahar 1-son tugʻruq majmuasi
Toshkent shahar
44.
Toshkent shahar 2-son tugʻruq majmuasi
45.
Toshkent shahar 6-son tugʻruq majmuasi
46.
Toshkent shahar 9-son tugʻruq majmuasi
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2023-y., 07/23/296/0687-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga 5-ILOVA
Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul tashkilotlar
1.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni yangi tizim asosida davolash boʻyicha keng tushuntirish ishlarini olib borish.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, koʻrsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil 1-sentabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi
2.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni olishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash.
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari boʻlimlari kesimida mavjud oʻrinlar soni, shu jumladan boʻsh oʻrinlar soni, Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan hamda pullik asosda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar turlari va ularning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash.
2. Ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini shakllantirish.
3. Rasmiy veb-saytlarda tegishli maʼlumotlarni joylashtirish va ularni muntazam yangilab borishni taʼminlash.
2021-yil 1-oktabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov)
3.
Aholining ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirish, ushbu xizmatlarga oid maʼlumotlarni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini darajasida yetkazish sifatini oshirish.
1. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni interaktiv infokiosklar orqali yetkazish.
2022-yil davomida
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)
2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boʻyicha targʻibot materiallarini tarqatish (rolik, buklet, risola va boshqalar).
2021-yil 1-noyabr
4.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning sifatini nazorat qilish va aholining bu boradagi murojaatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash.
1. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olgan fuqarolar tomonidan tibbiy yordamni baholash tizimini joriy etish, ular oʻrtasida tibbiy yordam sifati boʻyicha soʻrovlar oʻtkazish.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlarida “tezkor aloqa”ning uzluksiz ishlashini taʼminlash.
3. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni har chorakda umumlashtirish.
4. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijasidan kelib chiqib, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalarining rasmiy veb-saytlarida zarur tushuntirishlar berish, muntazam ravishda aholi tomonidan eng koʻp beriladigan savollarga javoblarni joylashtirish.
2021-2022 ?illar davomida
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Sharipov)
5.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining rahbarlari, buxgalter va iqtisodchilarini imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi boʻyicha oʻqitish.
1. Oʻquv seminarlari va treninglar tashkil etish.
2. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi boʻyicha sharh tayyorlash.
2021-yil davomida
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov),
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Sharipov)
6.
Ixtisoslashtirilgan muassasalarni shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish.
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil 1-sentabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)
2. Ixtisoslashtirilgan muassasalarni shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib moliyalashtirish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlash.
2021-yil 15-sentabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Sharipov),
Adliya vazirligi (Karimov)
3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalarni moliyalashtirishning yangi tartibiga oʻtkazish choralarini koʻrish.
2022-yil 1-yanvar
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Moliya vazirligi (Ishmetov)
7.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash mexanizmini joriy etish.
1. Axborot tizimini ishlab chiqish.
2021-yil 1-oktabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov)
2. Mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar toʻgʻrisidagi axborot bazasini tegishli qismi boʻyicha shakllantirish va ularning axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlash.
Moliya vazirligi (Abruyev),
Mudofaa vazirligi (Xolmuhamedov),
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov)
8.
Davolash va tashxis qoʻyish sifatini oshirish.
1. Xalqaro tajriba hamda dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq klinik protokollarni, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.
2. Klinik protokollarni, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlarini Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
2021-yil yakuniga qadar
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)
9.
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar toifalarini qayta koʻrib chiqish va ularning yagona roʻyxatini tasdiqlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
2021-yil 1-dekabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Moliya vazirligi (Abruyev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish asoslarini yaratish.
1. Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish standartlarini va ularni qoʻllash tartibini tasdiqlash.
2. Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha mustaqil ekspertlarni jalb qilish va ularga haq toʻlash tartibini tasdiqlash.
2022-yil 1-yanvar
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish.
1. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash.
2. Koʻz mikroxirurgiyasi, urologiya, kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya yoʻnalishlarida tibbiy xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmatlar koʻrsatishga qoʻyiladigan talablarni hamda koʻrsatiladigan xizmatlarni moliyalashtirish tartibiga oid maʼlumotlarni yetkazish.
3. Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni koʻrsatishga jalb etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlar narxi bilan tanishish imkoniyatini yaratish.
2021-yil 1-noyabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov)
12.
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishda jalb etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar.
2022-yil 1-noyabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov)
13.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni koʻrsatish borasida davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining hamkorligini taʼminlash va ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish.
1. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishning dolzarb masalalariga oid seminar, trening, davra suhbati, muhokama, press-konferensiya va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni koʻrsatishda eng yaxshi natijalarga erishgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini taqdirlash boʻyicha tanlov oʻtkazish.
2021-2022-yillar davomida
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov)
14.
Tibbiy tashxislarni xalqaro klassifikatorlar asosida kodlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarini jalb etgan holda oʻquv seminarlar oʻtkazish.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tibbiy tashxislarni xalqaro klassifikatorlar asosida kodlash ishlarini amalga oshirish.
2021-yil 1-oktabrdan boshlab
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov),
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Sharipov)
15.
Respublikadagi tugʻuruqqa yordam beruvchi muassasalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.
1. Tugʻuruqqa yordam beruvchi muassasalarning mavjud moddiy-texnika bazasini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va xatlov natijalariga koʻra tugʻuruqqa yordam beruvchi muassasalar uchun talab etiladigan tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati va hajmini aniqlash.
2021-yil 1-oktabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Basitxanova),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Respublikadagi tugʻuruqqa yordam beruvchi muassasalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish.
2021-yil 1-noyabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)
1. Tumanlararo perinatal markazlari xodimlarining malakasini oshirish.
2. Oʻquv-seminarlar va treninglar oʻtkazish.
Reja-grafikka asosan
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Basitxanova)
17.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun 650 ta statsionar va 100 ta kunduzgi statsionar oʻrinlardan iborat bino-inshootlar kompleksini barpo etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar.
2023-yil 1-aprel
Vazirlar Mahkamasi (Musayev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)
18.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini malakali kadrlar bilan taʼminlash.
1. Oliy tibbiyot taʼlim muassasalari magistraturasi va klinik ordinaturasida tor mutaxassislarni tayyorlash.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)
2. Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida oʻrta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.
Reja-grafikka asosan
3. Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda onkologiya, gematologiya, radiologiya, klinik immunologiya, yuqori texnologik transfuziologiya, laboratoriya va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkillashtirish.
Kelishilgan muddatlarda
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2838-son qaroriga 5-ilovaning 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
23.
Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ishi samaradorligini taʼminlash maqsadida tez tibbiy yordam stansiyalari va kichik stansiyalarini, shuningdek tez tibbiy yordamning ixtisoslashtirilgan avtotransporti va brigadalarini kompyuter va telekommunikatsiya uskunalari, aloqa vositalari va GPS-kuzatish bilan jihozlash, shuningdek respublikaning butun hududi boʻyicha tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishning yagona telefon raqami uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Tadbirlar rejasi
2017 — 2021-yillar
15 510,0 ming AQSH dollari
Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar kreditlari va grantlari
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3494-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida 6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
6.
Osnasheniye brigad slujbi skoroy meditsinskoy pomoshi sovremennimi sredstvami radiosvyazi (ratsii) i sistemami GPS-navigatsii, a takje obespecheniye bespereboynim yedinim telefonnim nomerom ekstrennogo vizova skoroy meditsinskoy pomoshi po vsey territorii respubliki.
Do 31-dekabrya 2021 g.
9,6 mlrd. sum
Sredstva mestnogo budjeta
Ministerstvo zdravooxraneniya
(A. Xadjibayev),
Sovet Ministrov Respubliki Karakalpakstan, xokimiyati oblastey i g. Tashkenta
Kompleks mer
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4642-son qaroriga 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Bemorlarning sogʻligʻi va ularni barcha tibbiyot muassasalarida davolash uchun umumiy maʼlumotlarni shakllantirish va saqlashga moʻljallangan “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etish.
1. Loyihaoldi oʻrganishni va maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish.
2020-yil may
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi
2022-yilga kelib 1 mln dona elektron tibbiy kartalarni yaratish. Bemorlarning qogʻoz tibbiy maʼlumotlarini raqamlashtirish va 2020 — 2022-yillar mobaynida “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish.
2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.
2020-yil iyun
3. Loyihani sinov tariqasida ishga tushirish.
2021-yil dekabr
4. Loyihani toʻliq ishga tushirish.
2022-yil dekabr
”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 17.1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
17.1
Bemorlarning sogʻligʻini tiklash va ularni barcha tibbiyot muassasalarida davolash uchun umumiy maʼlumotlarni shakllantirish hamda saqlashga moʻljallangan “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etish.
1. “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida loyihani sinov tarzida amalga oshirish.
2020-yil iyun — 2021-yil dekabr
Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
2. Axborot tizimini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joriy etish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil dekabr
3. “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini tasdiqlangan reja-jadvalga asosan bosqichma-bosqich joriy etish.
2021-yil dekabr — 2022-yil dekabr
”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarori 10-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarmaga 4 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan 3 ta shaxsan biriktirilgan yengil avtomobil va 1 ta navbatchi mikroavtobus sotib olish va saqlashga limit ajratsin.”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4996-son qaroriga 2-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
Inson oʻpkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida koʻkrak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qoʻyish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash.
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.
2021-yil avgust
Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.
2021-yil noyabr
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.
2021-yil dekabr
”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga 2-ilovaning 34-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qarori 5-bandining “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-6221-son Farmoniga muvofiq ajratilayotgan shtat birliklarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 2021-yil davlat budjeti parametrlarida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi, 2022-yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutiladi;”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5130-son qaroriga 4-ilovaning 35-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 133-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼtillar vaqtiga haq toʻlash, ishdan boʻshatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini toʻlash, shuningdek oliy taʼlim tizimida oʻqish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun oʻrtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarib kunidagi tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni oʻn ikkidan birga (olti oy toʻliq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy toʻliq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani oʻndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qoʻshimcha ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ish haqiga qoʻshimcha haqlar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar hisoblanadigan boshqa toʻlovlar kiradi (koronavirus pandemiyasi davrida xodimlarga beriladigan barcha qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari, jumladan maxsus toʻlovlar, kunlik qoʻshimchalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar va zararligi uchun qoʻshimcha ustamalardan tashqari)”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 264-son qarorida:
a) Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash tartibida:
16-bandning uchinchi xatboshisidagi “sarf-xarajatlarini” soʻzlari “koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarini” soʻzlariga, toʻrtinchi xatboshisidagi “xarajatlari” soʻzi “xizmatlarining toʻlovlari” soʻzlariga almashtirilsin;
17-banddagi “xarajatlarni” soʻzi “mablagʻlarni” soʻziga almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bepul tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarini” soʻzlari “koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarini” soʻzlariga almashtirilsin;
V boʻlim nomlanishidagi “xarajatlarini” soʻzi “tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni” soʻzlariga almashtirilsin;
“Bunda Markaz xizmatlari tarkibiga amalga oshirilgan xarajatlar bilan birgalikda, Markazning sof foydasi va qonunchilikda belgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz tomonidan tasdiqlangan standartlar va tariflarga rioya qilmasdan asossiz ravishda soʻralayotgan deb hisoblangan summani ushlab qolishi mumkin.”;
b) Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisidagi nizomda:
II boʻlim nomlanishidagi “xarajatlarni” soʻzi “xizmatlarni” soʻziga almashtirilsin;
7-banddagi “xarajatlari” soʻzi “xizmatlari” soʻziga almashtirilsin;
v) Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3, 13, 17-bandlaridagi “xarajatlarini”, “xarajatlarni” va “xarajatlar” soʻzlari tegishincha “xizmatlarini”, “xizmatlarni” va “xizmatlar” soʻzlariga almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada:
b) III boʻlim quyidagi mazmundagi 3.30-bandi bilan toʻldirilsin:
“3.30. Onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam koʻrsatish boʻlimlari vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida “koʻchirmalar” soʻzidan keyin “(mavjud boʻlsa)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 583-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qoʻshimcha toʻlov oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari amalga oshiriladigan lavozimlar roʻyxati 2a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Sabirov Ulugʻbek Yusupxonovich
—
Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi