1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5018-sonli Farmoniga muvofiq va ichimlik suvdan foydalanishda samarali davlat nazoratini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 17 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
2. 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining ma’muriy binosida joylashtirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hududiy inspeksiyalarni bepul foydalanish huquqi bilan tegishli binolar va xonalarga joylashtirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Davsuvinspeksiya”ni o‘rnatilgan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
6. Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PQ-2899-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining
TAShKILIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalari
Boshqaruv xodimlarining jami cheklangan soni — 73 nafar, ulardan:
markaziy apparat boshqaruv xodimlari soni — 17 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri inspeksiyalarining boshqaruv xodimlari soni — 56 nafar.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati
TUZILMASI
Inspeksiya boshlig‘i
Ichimlik suvni ishlab chiqarish va tashishga qo‘yiladigan texnologik talablarga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi
3
Buxgalteriya
1
Ichimlik suvdan oqilona foydalanish va sotishni nazorat qilish bo‘limi
3
Yuriskonsult
1
Yer osti suvlaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi
3
Kadrlar bo‘yicha inspektor
1
Hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi
3
Maxsus qism
1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar;
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 3-ILOVA
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Bosh inspektor
Ichimlik suv ishlab chiqarish samaradorligini nazorat qilish inspektori
1-2
Ichimlik suv va yer osti suvidan oqilona foydalanishni nazorat qilish inspektori
1 — 3
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 56 nafar, shu jumladan:
Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida — 6 nafardan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida — 4 nafardan;
Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida — 3 nafardan.
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 271-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)