1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 28-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 135-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash yuridik shaxsdir, u Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, xolislik, oʻz aʼzolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir.
Kengash va uning aʼzolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Kengash oʻz faoliyatini faqat qonunga boʻysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi.
Kengash aʼzolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi taʼsirlardan xoli boʻlgan oʻz nuqtai nazarini ifodalaydi.
Kengashning barcha aʼzolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.
Kengash oʻz faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5-modda. Kengashning tarkibi va uni shakllantirish tartibi
Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning aʼzolari va kotibidan — jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.
Kengash raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabini boshqaradi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Kengashning oʻn bir nafar aʼzosi Kengash raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Kengashning ushbu aʼzolaridan bir nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tasdiqlanadi.
Kengash kotibi va uning yetti nafar aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.
Kengashning raisi, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan oʻn bir nafar aʼzosi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan sakkiz nafar aʼzosi, shu jumladan Kengash raisining oʻrinbosari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi oʻn bir nafar aʼzosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning shoʻbalari hamda Sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va vakolatlari
6-modda. Kengashning asosiy vazifalari
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, eng malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirish;
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
sudyalarni kasbiy tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalarning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek ularni ragʻbatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani koʻrib chiqish.
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislarini va sudyalarini lavozimga tayinlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislari va sudyalari lavozimlariga qaytadan tayinlaydi;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga qaytadan tayinlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislari va sudyalarini lavozimidan ozod qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga xulosalar kiritadi;
sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
sudyalar va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboradi;
oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
sudyalarni jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, sudyalarning malaka hayʼatlari raislari hisobotlarini eshitadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalarini buzish masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;
sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan oʻrganadi;
Sudyalarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi;
sudyalarning faoliyatini oʻrganish va baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitadi;
sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bogʻliq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamentini tasdiqlaydi.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabini boshqaradi;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Kengash raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash kotibi:
Kengash aʼzolarini majlislar oʻtkaziladigan sana va vaqt toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Kengash aʼzolarini majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha zarur hujjatlar bilan taʼminlaydi;
Kengash majlislarini tayyorlash boʻyicha tashkiliy masalalarni amalga oshiradi;
Kengash majlislarining bayonnomasini yuritadi;
Kengash qarorlarining koʻchirma nusxalari manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga yuborilishini taʼminlaydi;
Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
Kengashda ish yuritilishini nazorat qiladi;
Kengash raisining topshiriqlarini bajaradi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash kotibi yoʻqligida uning vazifalarini bajarish Kengash raisining topshirigʻiga binoan Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzolaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
12-modda. Kengash aʼzosining huquqlari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzosi quyidagilarga haqli:
Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni oʻrganish va koʻrib chiqishda ishtirok etish;
koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha Kengashga iltimosnomalar kiritish, oʻz dalil-asoslarini bayon qilish va qoʻshimcha materiallarni taqdim etish;
sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan oʻtkaziladigan sudyalar faoliyatini baholash jarayonida ishtirok etish;
Kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur axborot va hujjatlarni davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan soʻrash hamda bepul asosda olish;
Kengashning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni majlislarda koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Kengashning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish va oʻzining alohida fikrini bayon etish.
Kengash aʼzosi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipini roʻyobga chiqarishda, sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish va ularni oʻrganishga doir ishlarda Kengashga koʻmaklashishi;
Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi;
Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;
ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻzini oʻzi rad etishi;
Kengash tomonidan koʻrilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berishi shart.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi oʻz vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi. Kengash majlisi oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengashning qaroriga rozi boʻlmagan Kengash aʼzosi xulosani imzolaydi va u oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli boʻlib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Oʻziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaxs Kengash aʼzosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
15-modda. Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzolarining ovoz berishi yopiq majlisda oʻtkaziladi. Ovoz berish chogʻida Kengash aʼzolaridan boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Kengash aʼzolarining ovozi va ularning fikri sir saqlanadi hamda uning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzolari koʻrsatilgan axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
16-modda. Kengash aʼzosini rad etish va uning oʻzini oʻzi rad etishi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzosi, agar u:
Kengash majlisida nomzodi koʻrilayotgan shaxsga xizmat jihatidan, moddiy yoki boshqa tomondan qaram boʻlsa yoxud uning yaqin qarindoshi boʻlsa;
Kengash majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, Kengash majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Kengash aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar boʻyicha Kengashning boshqa aʼzolari tomonidan,shuningdek sudyalik lavozimiga nomzod tomonidan rad etilishi mumkin.
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Rad etish bildirilgan Kengash aʼzosi rad etish toʻgʻrisidagi masala koʻrilishidan oldin oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Rad etish toʻgʻrisidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yoʻqligida Kengashning qolgan aʼzolari tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Kengash aʼzosi rad etilgan hisoblanadi.
Bildirilgan rad etish qanoatlantirilganligi yoki rad qilinganligi toʻgʻrisida Kengash majlisining bayonnomasiga belgi qoʻyiladi.
17-modda. Kengash qarorlari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:
sudyalik lavozimiga nomzodni zaxiraga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
nomzodning koʻrsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish toʻgʻrisida;
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
sudyalik lavozimiga tayinlash, qayta tayinlash toʻgʻrisida;
Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligini oʻrganayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining va boshqa tashkilotlarning nomzodning ushbu tashkilotlarda ishlagan davrda shaxsiy va kasbiy sifatlari haqidagi fikrini soʻrab oladi. Kengashning soʻroviga soʻrov kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay javob yuborilishi kerak.
19-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish chogʻida sudyalik lavozimlariga nomzodlar huquqlarining tengligi
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi.
Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) shakllantiradi.
Zaxiraga kiritilish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Kengashga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Mazkur ariza ikki oy ichida koʻrib chiqiladi.
Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan yuqori malakali yuristlar orasidan oʻttiz uch yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik ixtisos boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.
Quyidagi shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas:
muqaddam sudlanganlar;
odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklarga yoki jismoniy nuqsonlarga ega boʻlganlar;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi boʻyicha belgilangan tartibda tugatilganlar;
sudyalik lavozimiga munosib emasligi tufayli zaxiraga kiritishni rad etish haqida Kengash xulosasi qabul qilinganidan keyin bir yil oʻtguniga qadar zaxiraga kiritish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganlar.
Zaxiraga kiritish sudyalik lavozimiga nomzodning ushbu Qonunda nazarda tutilgan mezonlarga munosibligini oʻrganish va Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtish natijalariga koʻra, Kengashning qarori bilan amalga oshiriladi.
Sudyalik lavozimiga nomzod quyidagi hollarda zaxiradan chiqariladi:
zaxiradan chiqarish toʻgʻrisida oʻzi ariza berganda;
uning oʻqish natijalari qoniqarsiz baholanganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
unda odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boʻlganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
vafot etganda yoki u sud qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
jinoyat yoki oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiruvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etganda;
uning sudyalik lavozimiga nomunosibligi haqida xulosa chiqarilganda.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
21-modda. Birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Benuqson obroʻ-eʼtibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.
22-modda. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.21.00 Hakamlik sudlari]
Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.
Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni koʻrib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonun hujjatlari normalarini qoʻllash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.
23-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodning tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati Kengashning va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yoʻqligi haqidagi hujjatning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “ Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati” (23.11.2017-y., roʻyxat raqami 2951).
24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi
Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganidan keyin boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress soʻrovlardan foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli oʻziga nisbatan Kengashning zaxiraga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi chiqarilgan shaxs bir yil oʻtgach, zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.
Zaxiraga kiritish boshqa sabablarga koʻra rad etilgan shaxs rad qilish sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
241-modda. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Yangi vakolat muddatiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hayʼatiga beradi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Boshqa sudyalik lavozimiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda Kengashga ariza beradi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Sudyalar oliy malaka hayʼati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.
Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raislari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Agar sudya oʻzi daʼvogar boʻlgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga koʻrib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
25-modda. Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish
Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonun hujjatlaridagi oxirgi oʻzgartishlar hamda zamonaviy huquqni qoʻllash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini oʻrganish va baholash natijalariga koʻra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni
5-bob. Kengash aʼzosining mustaqilligi kafolatlari va maqomi. Moddiy va ijtimoiy taʼminot
26-modda. Kengash aʼzosining mustaqilligini taʼminlash
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzosining mustaqilligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
uning qonunda belgilangan tartibda tayinlanishi (tasdiqlanishi);
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash aʼzosiga nisbatan ushbu moddaning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalar uchun nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari tatbiq etiladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzosi Kengashning roziligisiz jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Kengash aʼzosiga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 64-moddasi.
29-modda. Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzosi moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzosining ish haqi lavozim maoshi, malaka darajasi (mansab darajasi va boshqalar), koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.
Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzolari xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlari olgan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi.
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash aʼzolarining sudyalik maqomi va sudyalar uchun belgilangan barcha imtiyozlari Kengash aʼzosi lavozimida boʻlishi davrida saqlanib qoladi.
30-modda. Kengash aʼzosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
oʻz faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boʻlganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etganda.
31-modda. Kengash aʼzosining vakolatlari tugaganidan keyin uni ish bilan taʼminlash kafolatlari
Kengash raisi va kotibining vakolatlari tugaganidan keyin ularga lavozimga tayinlanishiga (tasdiqlanishiga) qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash aʼzolari oʻz vakolatlari muddati tugaganidan keyin sudyalik faoliyatini avvalgi lavozimida yoki shunga teng boʻlgan boshqa sudyalik lavozimida davom ettiradi.
32-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimining ish haqi lavozim maoshi, mansab darajalari, koʻp yillik xizmat muddati uchun toʻlanadigan ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.15.00 Sudlarning moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti]
Kengash raisining qaroriga binoan Kengash ijro etuvchi devonining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajalari uchun qoʻshimcha haq, koʻp yillik xizmat muddati uchun ustamalar toʻlanadi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.17.00 Sudyalarning malaka darajasi]
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash oʻz ishini oʻzi tasdiqlaydigan Reglamentga muvofiq tashkil etadi.
34-modda. Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash
Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2951-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qarori.
35-modda. Kengash aʼzosining va Kengash ijro etuvchi devoni xodimining guvohnomasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
Kengash raisiga va uning oʻrinbosariga guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Kengashning boshqa aʼzolari va ijro etuvchi devoni xodimlariga esa, Kengash raisi tomonidan beriladi.
36-modda. Ushbu Qonunning ijrosini,yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
37-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
38-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 7-apreldagi 69 (6763)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
OʻRQ-427-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 214-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)