toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2951]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sudyalar oliy kengashi raisi M. USMONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-noyabr,
SOKQ-374-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-noyabr,
123-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 9-noyabrdagi SOKQ-374, 123-son qaroriga
ILOVA
Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning
ROʻYXATI

T/r

Kasalliklar va nuqsonlar nomi

1.

Qoʻpol harakat buzilishlari bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari:

insult va uning asoratlari;

ogʻir bosh miya jarohati va uning asoratlari;

turgʻun harakat nuqsonlar bilan kechadigan oʻtkir ensefalit, miyelit, ensefalomiyelit, Giyen-Barre-Landri poliradikulonevritlar;

nasliy miyacha ataksiyalar (Pyer-Mari, Fridreyx kasalliklari);

ekstrapiramida tuzilmasining zararlanishi bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari (Parkinson kasalligi, Gentington xoreyasi, gepatotserebral distrofiyasi);

demiyelinuvchi kasalliklar (tarqoq skleroz, yonlanma amiotrofik skleroz, Shilder leykoensefaliti)

2.

Tutqanoq talvasalar bilan kechadigan kasalliklar (epilepsiya va tutqanoq sindromlari).

3.

Kognitiv (aqliy) faoliyati buzilishi bilan kechadigan nerv tizimining degenerativ kasalliklari (Alsgeymer, Pik kasalliklari va boshqalar).

4.

Markaziy nerv tizimi faoliyatining yaqqol buzilishi bilan kechadigan hajmli hosilalar.

5.

Shizofreniya, shizotipik va alahlashli buzilishlar (shizofereniya barcha turlari va boshqalar).

6.

Oʻpka va boshqa aʼzolar sil kasalliklari faol davri.

7.

Moxov kasalligi.

8.

Surunkali alkogolizm.

9.

Giyohvandlik, toksikomaniya.

10.

Faoliyatning turgʻun buzilishi bilan kechuvchi endokrin tizim kasalliklari:

tugʻma yod tanqisligi sindromi;

buqoqsiz tugʻma gipoterioz;

diffuz buqoqli tireotoksikoz, III-IV daraja oftalmopatiya bilan kechuvchi dekompensatsiya holatida, ogʻir shakli;

insulinga muhtoj boʻlgan 1 tur qandli diabet kasalligi, ogʻir shakli, labil kechishi va dekompensatsiya holati;

ogʻir kechuvchi ikkilamchi qandli diabet va koʻp sonli suyak sinishlari bilan kuzatiladigan osteoporozga olib keluvchi Itsenko-Kushing kasalligi;

pangipopituitarizm va ikkilamchi qandli diabetning ogʻir asoratlari bilan kechadigan akromegaliya kasalligi;

gipofizar nanizm;

faoliyatning turgʻun buzilishi bilan kechadigan endokrin aʼzolarining oʻsmalari.

11.

Gemoblastozlar:

surunkali miyeloleykoz blastli kriz davri;

limfogranulomatoz (remissiyadan tashqari)

oʻtkir oq qon (remissiyadan tashqari).

12.

Surunkali yurak yetishmovchiligi III bosqich.

13.

Yurak ishemik kasalligi: zoʻriqish stenokardiyasi FS (funksional sinf) IV.

14.

Gipertoniya kasalligi III bosqich, tez-tez krizli kechishi.

15.

Yurak kasalliklari ritm va oʻtkazuvchanlik buzilishlari bilan:

sinus tuguni zaifligi, AV blokada II-III daraja, yurak urishi sonining 1 minutiga 40 tadan pasayishi yoki xushdan ketish bilan kechadigan holatlar;

paroksizmal qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi (Laun boʻyicha IV a, b gradatsiya);

paroksizmal qorinchalar usti taxikardiyasi (WPW sindrom, boʻlmachalar fibrillatsiyasi, tugunli taxikardiya va boshqalar) nomuqim gemodinamika bilan — arterial qon bosimining keskin pasayishi, bosh miya qon aylanishining buzilishi, oʻpka shishi.

16.

Aorta va arteriyalar anevrizmalari va qatlamlanishi.

17.

Jigar tsirrozi portal gipertenziya bilan.

18.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi II-III daraja.

19.

Muvozanat (vestibulyar) analizator faoliyatining buzilishi, shuningdek, Menyer kasalligi ogʻir shakli.

20.

Asab tizimi rivojlanishining tugʻma nuqsonlari (siringomiyeliya va siringobulbiya).

21.

Eshitishning bir yoki ikki tomonlama turgʻun pasayishi (shivirlashda tovush eshitilishi kamida 3 metr) elektroakustik moslamalarda eshitish oʻzgarmasligi (eshitish moslamasi bilan tovushning eshitilishi kamida 6 metr).

22.

Ikkala koʻzda koʻrlikga olib kelgan koʻz yoki umumiy kasalliklar.

23.

Ikkala qoʻl yoki ikkala oyoqning yoʻqligi.

24.

Nutqning yoʻqligi.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2951/0307-son)