toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
“Oʻzavtosanoat” AK ishtirokchisi (aksiyador) boʻlgan avtomobil sanoatini korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, tashqi bozorlarda kuchli raqobat muhiti va valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish sharoitlarida uning barqaror rivojlanishini taʼminlash, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda tashkilotlarning ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish maqsadida:
1. “Oʻzavtosanoat” AK, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi nomini tashkiliy-huquqiy tuzilishi — aksionerlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Oʻzavtosanoat AJ) qismiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda “Oʻzavtosanoat” AJning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
mahsulotlarning yangi zamonaviy turlari va markalarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini xorijiy investorlarni jalb etgan holda, amalga oshirish hisobiga tashqi va ichki bozorlarda raqobatdosh avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishni taʼminlash;
tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlarni yanada diversifikatsiya qilish, tashqi bozorlardagi oʻrni va mavqeyini mustahkamlash;
butlovchi buyumlar va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan bazaviy xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishi va uning hajmini koʻpaytirish boʻyicha tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga importning ulushini qisqartirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirish;
tashqi bozorlarda qattiq raqobat muhiti va valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish sharoitida tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, “Oʻzavtosanoat” AJ tashkilotlari rentabelligini oshirish va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;
xalqaro zamonaviy standartlarni joriy etish yoʻli bilan “Oʻzavtosanoat” AJ tashkilotlarini korporativ boshqaruvini takomillashtirish;
tarmoqning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, “Oʻzavtosanoat” AJning ishlab chiqarish tashkilotlari bilan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda ilmiy muassasalar oʻrtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish, sohaga yosh va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarning chakana savdosi va aholiga servis xizmat koʻrsatish tizimini tubdan yaxshilash, zamonaviy talablarga muvofiq “Oʻzavtosanoat” AJ tashkilotlari savdolarining shaffofligini va samaradorligini oshirish;
ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga tatbiq qilish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini taʼminlash.
3. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tizimlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil tarmogʻini rivojlantirish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur), 2021-yilda “Oʻzavtosanoat” AJda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshirish, 800 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni oʻzlashtirish, ishlab chiqarish hajmiga nisbatan importning ulushini 12,5 foizga qisqartirish, tarmoq korxonalarida band boʻlganlar soni 1,2 barobarga koʻpayishga erishishni nazarda tutgan holda, maʼqullasin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
2017 — 2021-yillarda “Oʻzavtosanoat” AJning maqsadli rivojlantirish koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda “Oʻzavtosanoat” AJning investitsiya dasturi koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq hamda avtotransport vositalari va texnikasining yangi modellari, “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, avtomobil qismlari va bazaviy materiallarini mahalliylashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2a — 2v-ilovalariga muvofiq.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Oʻzavtosanoat” AJning bozor konyunkturasining oʻzgarishlaridan, avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanishi va investitsiya loyihalarining samaradorligidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida Dasturga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
5. Quyidagi vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlariga:
“Oʻzavtosanoat” AJ va uning tashkilotlari Dasturdagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda, xorijiy hamkorlar va muhandislik markazlarini jalb etgan holda, 2a- 2v-ilovalariga kiritilgan investitsiya loyihalarining loyiha oldi va loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar Dasturni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirishni ochish bilan bogʻliq masalalarni yechishda “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan kiritiladigan hujjatlarni tezkor va sifatli koʻrib chiqilishini va muvofiqlashtirishni taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Dasturda nazarda tutilgan, zarurat boʻlganda, ularning asosiy koʻrsatkichlarini amalga oshirish muddatlari, hajmi va moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda, unga investitsiya loyihalarini oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruv organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda avtomobil sanoati uchun zarur boʻlgan bazaviy materiallar va xom ashyoni, jumladan 6-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha, ishlab chiqarishni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarori bilan tashkil etilgan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Maxsus idoralararo komissiyasiga oʻrnatilgan tartibda kiritsin.
10. 2017-yilning 1-iyunidan boshlab “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarga 27 foiz miqdorida aksiz soligʻi stavkasi belgilansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ-2699-sonli qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritilsin.
Belgilansinki, qarorning mazkur bandi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJda ishlab chiqariladigan avtomobillarga 2017-yilning 1-iyunigacha tuzilgan shartnomalar boʻyicha avtomobilning 85 foizdan kam boʻlmagan miqdordagi toʻlov amalga oshirilgan avtomobillarga tatbiq etilmaydi.
11. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Pskent avtomobil poligonini avtomobillarni tajribadan oʻtkazish hududiy bazasini tashkil etish uchun “Oʻzavtosanoat” AJning ustav jamgʻarmasiga davlat ulushi sifatida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
“Oʻzavtosanoat” AJ Pskent avtomobil poligoni oʻrnida avtomobillarni sertifikatsiya, yoʻl-poligon, iqlim, koʻrgazmali va boshqa laboratoriya tajribalaridan, shuningdek, sport tadbirlari oʻtkazish imkonini beradigan yangi zamonaviy korxona tashkil etsin.
12. 2020-yilning 1-yanvarigacha:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
b) belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirish yigʻimlari mustasno):
“Oʻzavtosanoat” AJ Pskent avtomobil poligoni oʻrnida tashkil etiladigan avtomobillarni tajribadan oʻtkazish hududiy bazasini qurish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan keltiriladigan qurilish materiallari, uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, texnologiya hujjatlari, asboblar va xom ashyolar;
“Oʻzavtosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan eksport qilinadigan transport vositalari uchun butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun, shuningdek, “Samavto” MCHJ va “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ transport vositalari ishlab chiqishda foydalaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar, xom ashyo, uzellar, texnologiya hujjatlari va asbob-uskunalar ozod qilinsin.
13. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 16-fevraldagi “Katta yukli avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1478-sonli qarorini ijro etishda “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan katta yuk avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va boshqa metall buyumlari ishlab chiqarish uchun yuqori qoʻshilgan qiymatli osma va tirkama texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “UzAutoTailer” MCHJ tashkil etildi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga asosan chiqarilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
14. “Oʻzavtosanoat” AJga, istisno tariqasida, 2017 — 2021-yillarda oldindan toʻlovsiz yoki akkreditiv ochmasdan avtobus va yuk texnikasi, osma va tirkama texnikalar, shuningdek, ularga butlovchi buyumlar eksportini amalga oshirishga, xaridorning banklaridan kafolati mavjudligi, koʻrsatilgan mahsulotning rasmiy distribyuter (diler) tashkilotlar yoki boshqa xaridorlar manzillariga eksport qilingan kundan boshlab 180 kun muddatda tushum kelib tushishi yoki qayta keltirilishi sharti bilan, oldindan pul oʻtkazmasdan yoki akkreditiv ochmasdan ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
17. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-iyun,
PQ-3028-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzavtosanoat” AJni rivojlantirishning 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan
MAQSADLI PARAMETRLARI

mln. AQSH dollari ekvivalentida

T/r

Nomlanishi

Oʻlchov birligi

2016-yil

(amalda)

Prognoz*

2021-yilga borib karrasiga (tegishli davr ichida)

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Ishlab chiqarish hajmi

mlrd soʻm

4222

6808

8209

9505

10851

12844

3,0

oʻsish surʼati

foiz

50,6

137,3

119,8

115,7

114,1

118,1

-

2.

Asosiy nomenklatura

yengil avtomobillar

ming dona

88,2

122,0

150,8

175,0

200,0

240,0

2,7

avtobuslar va yuk avtomobillari

ming dona

4,4

5,7

6,0

6,3

6,6

6,9

1,6

yengil tijorat avtomobillari

ming dona

-

-

-

3,0

5,6

6,2

2,1

3.

Investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi

mln. doll.

120,6

67,3

112,9

202,3

242,6

194,6

-

4.

Lokalizatsiya darajasi**

-

yengil avtomobillar

foiz

69,9

70,3

71,0

71,5

72,5

74,2

avtobuslar va yuk avtomobillari

foiz

39,6

40,2

40,9

41,8

42,5

43,3

yengil tijorat avtomobillari

foiz

51,0

53,0

57,0

5.

Tarmoqda band boʻlganlar soni

ming kishi

24,9

25,1

25,5

26,6

28,1

29,4

1,2

6.

Tarmoq boʻyicha rentabellik

foiz

0,01

1,1

1,6

2,5

3,0

3,3

-

* “Oʻzavtosanoat” AJning har yillik biznes-rejasiga muvofiq prognozga aniqlik kiritilishi mumkin.
** Lokalizatsiyaning seriyali mahsulotning korxonada belgilangan narxiga nisbatan oʻrtacha olingan darajasi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzavtosanoat” AJnining 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi
PARAMETRLARI

mln. AQSH dollari ekvivalentida

T/r

Nomlanishi

Loyihalar soni

Hisob-kitob qilingan qiymati*

Jami

oʻz mablagʻlari

tijorat banklarining kreditlari

maqsadli manbalar mablagʻlari**

xorijiy investitsiyalar va kreditlar

Jami

51

834,9

172,1

138,9

381,8

142,1

I.

Avtotransport vositalari va texnikasining yangi modellarini oʻzlashtirish

7

433,7

27,4

17,6

246,6

142,1

II.

Oʻzavtosanoat AJ tashkilotlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash

9

157,1

85,5

19,0

52,6

-

III.

Avtokomponentlar va bazaviy materiallarni lokalizatsiya qilish

35

244,1

59,2

102,3

82,6

-

* Loyihalarning yakuniy qiymatiga biznes-rejalar yoki loyihalarning TIAga muvofiq aniqliklar kiritiladi.
** Mablagʻlarning manbalari va ularni ajratish mexanizmi mazkur qarorning 7-8-bandlarida belgilab berilgan.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son qaroriga
2a-ILOVA
Avtotransport vositalari va texnikasining yangi modellarini oʻzlashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI

mln. AQSH dollari ekvivalentida

T/r

Nomlanishi

Yillik loyiha quvvati

Loyihani amalga oshirish muddatlari

Loyihaning hisob-kitob qilingan qiymati*

Jami

oʻz mablagʻlari

tijorat banklarining kreditlari

maqsadli manbalar mablagʻlari**

xorijiy investitsiyalar va kreditlar

Jami (7 ta loyiha)

433,7

27,4

17,6

246,6

142,1

1.

Uzaytirilgan kuzovga ega “Labo” avtomobil markasini oʻzlashtirish, “GM Oʻzbekiston” AJ

5 ming dona

2017-yil

0,2

0,2

2.

Gazli dvigatel bilan jihozlangan avtobuslar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, “SamAvto” MCHJ

500 dona

2017-2018-yillar

2,3

2,3

3.

Yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil qilish

16 ming dona

2017 — 2019-yillar

100,0

85,0

15,0

4.

Yangi yengil avtomobilni seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish, “GM Oʻzbekiston” AJ

46 ming dona

2018 — 2020-yillar

143,8

10,1

73,2

60,5

5.

Shaharlararo avtobuslar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

400 dona

2018 — 2020-yillar

12,0

3,6

8,4

6.

Yangi yengil avtomobilni seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish, “GM Oʻzbekiston” AJ

43 ming dona

2019 — 2021-yillar

130,8

9,2

55,0

66,6

7.

Katta yukli avtomobillar uchun sigʻim-quyish texnikasi va yengil tijorat avtomobillari ustiga yuk ortish uchun oʻrnatiladigan maxsus ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil qilish***

1800 dona texnika, 1000 tonna kesimlar

2019 2021-yillar

44,6

2,0

9,2

33,4

* Loyihalarning yakuniy qiymatiga biznes-rejalar yoki loyihalarning TIAga muvofiq aniqliklar kiritiladi.
** Mablagʻlarning manbalari va ularni ajratish mexanizmi mazkur qarorning 7-8-bandarida belgilab berilgan.
Loyihalarni ustuvor ravishda investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda moliyalashtirish nazarda tutiladi.
 LexUZ sharhi
2a-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son qaroriga
2b-ILOVA
“Oʻzavtosanoat” AJ tashkilotlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

Yillik loyiha quvvati

Loyihani amalga oshirish muddatlari

Loyihaning hisob-kitob qilingan qiymati*

Jami

oʻz mablagʻlari

tijorat banklarining kreditlari

maqsadli manbalar mablagʻlari**

Jami (9 ta loyiha)

157,1

85,5

19,0

52,6

1.

“GM Oʻzbekiston” AJning Xorazm viloyati Pitnak shahridagi filialini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash

berilgan

20172019-yillar

9,2

9,2

2.

Piskent avtomobil poligonida oʻz sinov bazasini yaratish (I bosqich)

berilgan

20172021-yillar

50,0

10,0

40,0

3.

Eskirgan uskunalar va texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish va almashtirish, “GM Oʻzbekiston” AJ

250 ming dona

20172021-yillar

22,5

22,5

4.

“Oʻzavtosanoat” AJning faoliyat koʻrsatayotgan lokalizatsiya korxonalarini modernizatsiya qilish

berilgan

20172021-yillar

12,0

3,6

8,4

5.

Jizzax viloyatidagi mahalliy xom ashyo bazasida bazalt toladan sendvich-panellar ishlab chiqarish zavodini modernizatsiya qilish,

“Sendvich Panel” MCHJ

500 ming m.kv.

2017-2018-yillar

5,6

1,4

4,2

6.

“Avtooyna” MCHJda avtomobil oynalarini termik qayta ishlash va dastlabki qayta ishlash boʻyicha yangi liniyalar oʻrnatish

70 ming komplekt

2017-yil

10,8

1,0

9,8

7.

“GM Oʻzbekiston” AJ avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish uchun omborxona majmuasini tashkil qilish

87,2 mlrd. soʻmlik xizmatlar koʻrsatish

2017-2018-yillar

32,5

32,5

8.

Avtomobillar sotuvi va sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻyicha yagona interaktiv portalni yaratish

-

2017-2018-yillar

0,5

0,5

9.

“SamAvto” MCHJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish

10 ming donagacha yetkazish

20182021-yillar

14,0

4,8

9,2

* Loyihalarning yakuniy qiymatiga biznes-rejalar yoki loyihalarning TIAga muvofiq aniqliklar kiritiladi.
** Mablagʻlarning manbalari va ularni ajratish mexanizmi mazkur qarorning 7-8-bandarida belgilab berilgan.
 LexUZ sharhi
2b-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son qaroriga
2v-ILOVA
Avtokomponentlar va bazaviy materiallarni lokalizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI

mln. AQSH dollari ekvivalentida

T/r

Nomlanishi

Yillik loyiha quvvati

Loyihani amalga oshirish muddatlari

Loyihaning hisob-kitob qilingan qiymati*

Jami

oʻz mablagʻlari

tijorat banklarining kreditlari

maqsadli manbalar mablagʻlari**

Jami (35 ta loyiha):

244,1

59,2

102,3

82,6

1.

“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish (“Oʻzavtosanoat” AJ ulushi ishtirokida)

3 mln dona avtomobil shinalari va boshqa rezinotexnika mahsulotlari

2017-yil

9,0

9,0

2.

“Damas” va “Labo” avtomobil markalarining plastmassa qismlari, shu jumladan bamperlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

40 ming komplekt

2017-2018-yillar

5,8

0,6

5,2

3.

Lokalizatsiya qilingan butlovchi detallarni validatsiya qilish, “Djeneral Motors Pauertreyn – Oʻzbekiston” AJ

berilgan

2017-2018-yillar

1,5

1,5

4.

“Damas” va “Labo” avtomobil markalarining glushitellari korpusini ishlab chiqarishni tashkil qilish

40 ming komplekt

2017-2018-yillar

0,9

0,9

5.

“Labo” avtomobil markasining benzin bakini ishlab chiqarishni tashkil qilish

5 ming komplekt

2017-2018-yillar

0,9

0,9

6.

“Damas” avtomobil markasining zarbaga qarshi balkalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

40 ming komplekt

2017-2018-yillar

0,1

0,1

7.

“Damas” va “Labo” avtomobil markalarining isitish va havo aylantirish tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

40 ming komplekt

2017 2019-yillar

0,7

0,7

8.

“Damas” va “Labo” avtomobil markalarining shtampovkali detallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

40 ming komplekt

2017 2019-yillar

5,9

5,9

9.

“Damas” va “Labo” avtomobil markalarining shtampovkali kuzov qismlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

40 ming komplekt

2017 2020-yillar

37,0

10,0

11,0

16,0

10.

Yuk avtomobillari uchun butlovchi detallar ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish***

3 ming komplekt

2017 2021-yillar

6,5

3,0

3,5

11.

Yengil avtomobillar uchun oʻt oldirish svechalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish***

5 mln. dona

2018-2019-yillar

1,5

0,8

0,7

-

12.

Yengil tijorat avtomobillari uchun butlovchi detallar ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish***

16 ming komplekt

2018 2020-yillar

10,0

4,5

5,5

13.

Transport vositalarining izometrik panellarini ishlab chiqarishni tashkil qilish***

3000 komplekt panellar

2018 2020-yillar

5,0

0,8

4,2

14.

Choʻyan quyish detallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

32 ming tonna

2019 2021-yillar

90,0

20,0

10,0

60,0

15.

Avtomobillarning yangi modellari uchun interyer detallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

11,7

11,7

16.

Rezinali zichlagichlarning profilli ekstruziyalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

10,0

2,5

7,5

17.

Avtomobillarning yangi modellari uchun shtampli payvandlash detallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

8,5

8,5

18.

Avtomobillarning yangi modellari uchun gʻildirak disklari va shassi uzellari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

6,4

6,4

19.

Avtomobillarning yangi modellari uchun yirik gabaritli shtamp-payvandlash detallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

6,0

6,0

20.

Avtomobillarning yangi modellari uchun faralar va chiroqlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

4,5

4,5

21.

Metall profillar ishlab chiqarishni tashkil qilish***

1000 tonna profil

2019 2021-yillar

3,0

0,6

2,4

22.

Avtomobillarning yangi modellari uchun eshik tutqichlari, spidometrlar va pereklyuchatellar ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

2,5

2,5

23.

Avtomobillarning yangi modellari uchun radiatorlar, havo sovitish, ventilyatsaiya va isitish tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

2,5

2,5

24.

Avtomobillarning ya?gi modellari uchun kompressorlar va generatorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

2,2

2,2

25.

Avtomobillarning yangi modellari uchun avtomobil oʻtirgichlari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

2,1

2,1

26.

Avtomobillarning yangi modellari uchun oyna koʻtargichlari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

2,0

2,0

27.

Avtomobillarning yangi modellari uchun glushitellar ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

2,0

2,0

28.

Avtomobillarning yangi modellari uchun jgutlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

1,6

1,6

29.

Avtomobillarning yangi modellari uchun tutun chiqarish tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

1,2

1,2

30.

Avtomobillarning yangi modellari uchun eksteryer detallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

0,8

0,8

31.

Avtomobillarning yangi modellari uchun oynalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

0,7

0,7

32.

Avtomobillarning yangi modellari eshiklari uchun zarba bruslari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

0,6

0,6

33.

Avtomobillarning yangi modellari uchun asbob panelining tayanch kronshteynlari ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

0,6

0,6

34.

Avtomobillarning yangi modellari uchun shovqindan izolyatsiya qiluvchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

0,3

0,3

35.

Avtomobillarning yangi modellari uchun havo oʻtkazgich ishlab chiqarishni tashkil qilish

89,9 ming komplekt

2019 2021-yillar

0,3

0,3

* Loyihalarning yakuniy qiymatiga biznes-rejalar yoki loyihalarning TIAga muvofiq aniqliklar kiritiladi.
** Mablagʻlarning manbalari va ularni ajratish mexanizmi mazkur qarorning 7-8-bandarida belgilab berilgan.
Loyihalarni ustuvor ravishda investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda moliyalashtirish nazarda tutiladi.
 LexUZ sharhi
2v-ilova nlrasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son qaroriga
6-ILOVA
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlashtirish boʻyicha taklif qilinayotgan avtomobil sanoati uchun zarur boʻlgan bazaviy xom ashyo va materiallar
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

TN TIF kodi

Izoh

Metallar va ulardan yasalgan buyumlar

1.

Avtomobillar uchun listli poʻlat prokat

7208270000

7208908000

7209169000

7209179000

7209269000

7209279000

7210300000

7210490000

7211190000

7211233000

7212300000

“Toshkent metallurgiya zavodi” AJ bazasida ishlab chiqarishni oʻzlashtirish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2874-son qaroriga muvofiq)

2.

Qoʻrgʻoshin

7801100000

“2017 — 2019-yillarda “Olmaliq TMK” AJning “Qoʻrgʻoshin zavodini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-maydagi PQ-2533-son qaroriga muvofiq)

Neft mahsulotlari

3.

Motor moyi

2710199000

2710198200

“Oʻzavtosanoat” AJ avto ishlab chiqaruvchilarining texnik talablariga mos keluvchi moy ishlab chiqarishni oʻzlashtirish masalasini ishlab chiqish

4.

Transmissiya moyi

3403199000

2710198800

Kimyo va neft-kimyo sanoati hamda u bilan bogʻliq tarmoqlarning mahsulotlari

5.

Polivinilxlorid

3904220000

Mavjud tashkilotlar va amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bazasida “Oʻzavtosanoat” AJ avto ishlab chiqaruvchilarining texnik talablariga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish masalasini ishlab chiqish

6.

Polikarbonat

3907400009

7.

Akrilonitrilbutadiyenstirol (ABS)

3903300000

8.

Izotsionat

2929100009

9.

Poliol

3907201100

10.

Kalsiy karbonat

2836500000

11.

Bentonit

2508100000

12.

Fosfor kislotasi

2809200000

13.

Bariy sulfat

2833270000

14.

Etilatsetat

2915310000

15.

Epoksid qatroni

3907300000

16.

Alkid qatroni

3907500000

17.

Melamin qatroni

2833270000

18.

Poliolefin elastomer (EPDM)

3901909000

Qurilish materiallari va oynadan yasalgan buyumlar

19.

Avtomobillar uchun yassi oyna

7005292500

7005212500

Mavjud tashkilotlar va amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bazasida M0-M1 markali yassi oyna ishlab chiqarishni oʻzlashtirish masalasini ishlab chiqish

20.

Talk (koʻk mineral)

2526200000

Yengil sanoat mahsulotlari

21.

Avtomobil oʻtirgichlarini qoplash uchun mato

5903209000

5904209000

5905209000

5906209000

5907209000

“Oʻzavtosanoat” AJ avto ishlab chiqaruvchilarining texnik talablariga mos keluvchi qoplash matolari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish masalasini ishlab chiqish

 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 454-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)