

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;21.05.2022
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3137499" id="onLBC-3137499">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7410"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3137499" id="onLS-3137499">[<b>TSZ:</b><div id="LS3706"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3137501" id="-3137501">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3137502" id="-3137502">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3137503" id="-3137503">Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3137504" id="-3137504"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6032295" id="-6032295">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli “Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-6027121?ONDATE=21.05.2022 00#-6030044">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137505" id="-3137505">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli <a href="/mact/-3077025">Farmoniga </a>muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targʻibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137506" id="-3137506">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137507" id="-3137507">Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/mact/-3137499#-3137517">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137508" id="-3137508">Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/mact/-3137499#-3137662">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137509" id="-3137509">2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qoʻllab yuritishni koʻzda tutuvchi turistik (mehmonxona) yigʻim tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137510" id="-3137510">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son <a href="/mact/-2064740">qarori </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137511" id="-3137511">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3137512" id="-3137512">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3137513" id="-3137513">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3137514" id="-3137514">2017-yil 15-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3137515" id="-3137515">137-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3137516" id="-3137516"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3137517" id="-3137517">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son <a href="/mact/-3137499#-3137517">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3137518" id="-3137518">Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3137519" id="-3137519">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3137520" id="-3137520"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3137521" id="-3137521">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137522" id="-3137522">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137523" id="-3137523">2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablagʻlardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3137524" id="-3137524">2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137525" id="-3137525">3. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3864113" id="-3864113"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3864118" id="-3864118">joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushumlar;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3864121" id="-3864121">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli <a href="/mact/-3857179?ONDATE=08.08.2018 00#-3858995">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137527" id="-3137527">xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137528" id="-3137528">xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137529" id="-3137529">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137530" id="-3137530">turistik (mehmonxona) yigʻim oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun undirilgan penya.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137531" id="-3137531">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137532" id="-3137532">4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4690310" id="-4690310"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4690311" id="-4690311">5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Qoʻmita tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4690312" id="-4690312">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677605">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3137534" id="-3137534">3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137536" id="-3137536">6. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalaniladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4947161" id="-4947161"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947162" id="-4947162">7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947163" id="-4947163">a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947165" id="-4947165">b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947166" id="-4947166">v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim muassasalarida stajirovkalardan oʻtish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947167" id="-4947167">g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni koʻrgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targʻib qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947168" id="-4947168">e) xorijiy turizm yarmarkalarida, koʻrgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947169" id="-4947169">j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga aʼzolik badallari toʻlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947170" id="-4947170">z) Qoʻmita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yoʻli ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947171" id="-4947171">i) Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947172" id="-4947172">k) Qoʻmita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlov; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947173" id="-4947173">l) Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni qaytarish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947174" id="-4947174">m) Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947175" id="-4947175">n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va koʻrgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947176" id="-4947176">o) “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947177" id="-4947177">p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Qoʻmita raisining qarori bilan toʻlab berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947178" id="-4947178">r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bogʻli boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947179" id="-4947179">s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish. Mazkur ragʻbatlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947180" id="-4947180">t) Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablagʻlar oʻtkazish orqali ilgari surish: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947181" id="-4947181">Jamgʻarmaga oʻtgan chorak yakunlari boʻyicha tushgan umumiy mablagʻlarning — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947182" id="-4947182">Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga oʻtgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947183" id="-4947183">Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qoʻshni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan oʻtgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining oʻsishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab oʻzgartirilishi mumkin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947184" id="-4947184">u) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy valyutada poʻl oʻtkazish yoʻli bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5156024" id="-5156024"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5156027" id="-5156027">f) Jamgʻarmaga turistik (mehmonxona) yigʻimdan kelib tushadigan mablagʻlarning 10 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkazish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5156033" id="-5156033">(7-bandning “f” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli <a href="/mact/-5148546?ONDATE=18.11.2020 00#-5149588">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137558" id="-3137558">8. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3137604" id="-3137604">4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137608" id="-3137608">9. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137612" id="-3137612">10. Qoʻmita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137617" id="-3137617">11. Qoʻmita Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137623" id="-3137623">12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137626" id="-3137626">13. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3137631" id="-3137631">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137636" id="-3137636">14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3137656" id="-3137656"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3137662" id="-3137662">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son <a href="/mact/-3137499#-3137662">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3137666" id="-3137666">Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3137669" id="-3137669">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3137671" id="-3137671"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137690" id="-3137690">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137693" id="-3137693">2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3864128" id="-3864128"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3864132" id="-3864132">joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3864133" id="-3864133">(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli <a href="/mact/-3857179?ONDATE=08.08.2018 00#-3858995">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782283" id="-3782283"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782285" id="-3782285">turistik (mehmonxona) yigʻim — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yigʻim. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782287" id="-3782287">Bunda turistik (mehmonxona) yigʻim, shuningdek: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782288" id="-3782288">palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782290" id="-3782290">Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4947188" id="-4947188"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4947189" id="-4947189">mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali toʻlanadi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4947190" id="-4947190">(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli <a href="/mact/-4930291?ONDATE=10.07.2020 00#-4938249">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137713" id="-3137713">Qoʻmita — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4690320" id="-4690320"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4690322" id="-4690322">Jamgʻarma — Qoʻmita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4690324" id="-4690324">(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677612">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4690325" id="-4690325"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4690326" id="-4690326">Jamgʻarma maxsus hisob raqamlari — Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun Qoʻmita tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4690327" id="-4690327">(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677612">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3397821" id="-3397821"></div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3397830" id="-3397830">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli <a href="/mact/-3375682?ONDATE=12.10.2017 00#-3379906">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3397847" id="-3397847"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3397850" id="-3397850">4. Joylashtirish vositalari: </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4691936" id="-4691936"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4691937" id="-4691937">faqat turistik (mehmonxona) yigʻimni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochishga; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4691938" id="-4691938">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677631">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4691939" id="-4691939"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4691940" id="-4691940">mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushadigan tushumlar oʻtkaziladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida koʻrsatishga;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4691941" id="-4691941">(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677631">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4977909" id="-4977909">mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yigʻimning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda mehmonxona xizmatlari koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4977931" id="-4977931"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4977935" id="-4977935">turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4977938" id="-4977938">(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli <a href="/mact/-4930291?ONDATE=10.07.2020 00#-4938249">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4977944" id="-4977944"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4977949" id="-4977949">joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) qoʻllagan holda turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoʻmitaga oʻz vaqtida taqdim qilishga;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4977963" id="-4977963">(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli <a href="/mact/-4930291?ONDATE=10.07.2020 00#-4938249">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782297" id="-3782297"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782299" id="-3782299">Qoʻmitaga taqdim qilingan maʼlumotlarga muvofiq, oʻtgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini, toʻliq hajmda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha oʻtkazilishini taʼminlashga majburdirlar. Bunda koʻrsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablagʻlari hisobidan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini jismoniy shaxslardan toʻliq boʻlmagan hajmda (notoʻgʻri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni toʻlab beradi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3782303" id="-3782303">(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli <a href="/mact/-3757920?ONDATE=01.06.2018 00#-3758223">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782311" id="-3782311"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782314" id="-3782314">Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3782317" id="-3782317">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli <a href="/mact/-3757920?ONDATE=01.06.2018 00#-3758223">qaroriga</a> asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782360" id="-3782360"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782366" id="-3782366">Nizomning mazkur bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi va davolash muassasalari.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3782372" id="-3782372">(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli <a href="/mact/-3757920?ONDATE=01.06.2018 00#-3758223">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782379" id="-3782379"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782382" id="-3782382">5. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qoʻllagan holda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari oʻtgan oy yakunlari boʻyicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻtkazishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni shakllantiradi. Mazkur maʼlumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari boʻyicha shakllantiriladi va Jamgʻarmaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorining toʻliq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3782386" id="-3782386">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli <a href="/mact/-3757920?ONDATE=01.06.2018 00#-3758223">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782387" id="-3782387"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782390" id="-3782390">6. Turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisobraqamiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim oʻtkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782398" id="-3782398">Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻz vaqtida yoki toʻliq toʻlamasa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur maʼlumotlari asosida turistik (mehmonxona) yigʻimning toʻlanmagan qismi uchun oʻn baravar miqdorida jarima toʻlaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3782401" id="-3782401">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli <a href="/mact/-3757920?ONDATE=01.06.2018 00#-3758223">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137790" id="-3137790">7. Qoʻmita Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini toʻliq tushishini taʼminlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorlikni va Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilmagan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori uchun penyalarni undirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3782404" id="-3782404"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3782406" id="-3782406">8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad soligʻi (yagona soliq toʻlovi), boshqa majburiy yigʻimlari hamda toʻlovlar olinmaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3782409" id="-3782409">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli <a href="/mact/-3757920?ONDATE=01.06.2018 00#-3758223">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137794" id="-3137794">9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3864190" id="-3864190"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3864191" id="-3864191">Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3137499?ONDATE=22.03.2017 00#-3137517">nizomga </a><br />ilova </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3864194" id="-3864194">Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan miqdorlari </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3864195" id="-3864195"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4947196" id="-4947196"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4947200" id="-4947200"><div align="center">
<table style="BACKGROUND: white; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%" border="0">
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="64%">
<p align="center"><a name="3782432"><strong>Joylashtirish vositalari</strong></a></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="16%">
<p align="center"><span><strong>Xonalar soni</strong></span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="19%">
<p align="center"><span><strong>Turistik (mehmonxona) yigʻimining miqdori</strong> <br />(bazaviy hisoblash miqdorining foizida)</span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 1cm">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="64%" rowspan="3">
<p align="center"><span><strong>Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari*:</strong> mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, oʻtovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="16%">
<p align="center"><span>40 dan ortiq</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="19%">
<p align="center"><span>15</span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 1cm">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="16%">
<p align="center"><span>11 — 40</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="19%">
<p align="center"><span>10</span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 1cm">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="16%">
<p align="center"><span>10 gacha</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 1cm" width="19%">
<p align="center"><span>5</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span><strong>Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari:</strong> sanatoriylar, pansionatlar, yashash mumkin boʻlgan shifoxonalar va boshqalar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="19%" rowspan="2">
<p align="center"><span>10</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span><strong>Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari:</strong> dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span><strong>Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan</strong></span></p>
<p align="center"><span>(xonalar fondi 5 donagacha boʻlgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, togʻdagi uy, qishloqdagi uy, apartamentlar, xostellar va boshqalar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="19%" rowspan="3">
<p align="center"><span>5</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span><strong>Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti</strong> (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari)</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span>Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan<strong> xorijiy fuqarolar</strong></span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 17.05pt">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 17.05pt" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span><strong>Davolash muassasalari</strong></span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 17.05pt" width="19%" rowspan="3">
<p align="center"><span>2</span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 17.05pt">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 17.05pt" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span>Oilaviy mehmon uylari (oʻrinlar soni 10 tagacha boʻlib, ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan) oʻtov</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="80%" colspan="2">
<p align="center"><span>Notijorat maqsadlardagi <strong>shaxsiy uylar (kvartiralar)</strong></span></p></td></tr></tbody></table></div></div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4947203" id="-4947203">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli <a href="/mact/-4930291?ONDATE=10.07.2020 00#-4938287">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3140106" id="-3140106">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 165-modda, 23-son, 478-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son; 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; 08.03.2019-y., 09/19/198/2728-son, 04.05.2019-y., 09/19/372/3081-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son) </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
