1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash, malakali kadrlarni tanlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, sud tizimiga yetarli bilim va hayotiy tajribaga ega boʻlgan munosib kadrlarni tanlash va lavozimga tayinlash hamda sudyalar faoliyatini xolis baholash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi bu boradagi ishlar shaffofligining yetarlicha taʼminlanmay qolishiga sabab boʻlmoqda.
Shuningdek, sud hokimiyati tizimida korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni chuqur oʻrganish va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish talab etilmoqda.
Sud tizimini malakali va halol pok kadrlar bilan toʻldirish, sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sud hokimiyatiga boʻlgan ishonchini yanada oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish;
5.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
6.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
1. Sudyalar mustaqilligini taʼminlash va sud tizimida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha kasbiy faoliyatini har qanday koʻrinishdagi tashqi taʼsirlardan samarali muhofaza qilishni taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlarni yaratish;
sudyalikka kadrlarni tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini izchil joriy qilish;
sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yoʻlga qoʻyish hamda sud tizimida aniqlangan har qanday korrupsiyaviy harakatni murosasiz holat deb baholash;
sudyalarning kasbiy malakasi, maʼnaviyati va masʼuliyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yuksak professional sudyalar korpusini shakllantirish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi;
5.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
2. Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) va Oliy sudning quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2021-yil 1-fevraldan boshlab sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Kengash va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida:
ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash boʻyicha imtihon jarayonlarini Internet tarmogʻi (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borishni yoʻlga qoʻyish;
sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti boʻyicha kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi elektron dasturni ishlab chiqish va joriy qilish;
sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni taʼminlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilishi munosabati bilan 2021-yil 1-yanvardan ushbu sudlarning malaka hayʼatlarini shakllantirish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
3. Sudyalarning yuridik javobgarligi masalasini hal etish paytida ularning odil sudlov bilan bogʻliq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab:
sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan kiritilgan taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi yoki qoʻzgʻatish rad etilganligi haqida Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabar beriladi;
sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hayʼatlari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi;
sud hokimiyati mustaqilligini va sudyalar daxlsizligini taʼminlash, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan Kengash raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni boʻyicha axborot taqdim etib boriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
4. Kengashning sudlarda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni tizimli ravishda bartaraf qilish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi quyidagi takliflari maʼqullansin:
(4-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha sud inspeksiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasini tuzish;
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish shuʼbasi negizida matbuot xizmati va birinchi boʻlim, shuningdek ijro apparati negizida axborot-tahlil, murojaatlar bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash tuzilmalari hamda arxiv va devonxona tashkil etish;
Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hayʼatlari bilan birgalikda aniq choralar belgilash vazifasini yuklash;
sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish, “Ibratli sudya” mukofotini, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun “Sud faxriysi” koʻkrak nishonini joriy etish;
Kengash huzurida amaldagi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qoʻllanilishi yuzasidan soʻrovlariga tushuntirishlar berish vakolatiga ega boʻlgan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubini (keyingi oʻrinlarda — Klub) tashkil etish.
Belgilansinki, Klub oʻz faoliyatini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiradi va uning doimiy masʼul aʼzolari tarkibi koʻp yillik ish tajribasiga, chuqur bilim va yuksak obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan amaldagi va faxriy sudyalar orasidan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
5. Kengash (X.B. Yodgorov) bir oy muddatda:
Sudyalar assotsiatsiyasi (U.Q. Mingboyev) va Oliy sud (K.F. Kamilov) bilan birgalikda Klub tashkil etilishi va faoliyatini boshlashi boʻyicha choralar koʻrsin;
“Ibratli sudya” mukofoti hamda “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
6. Kengash raisining doimiy asosda faoliyat yurituvchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilishi munosabati bilan Sudyalar oliy maktabining Ilmiy va axborot-tahliliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.
7. Kengash huzurida sudyalar hamjamiyati organi boʻlgan va oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan sudyalikka nomzodlarning Sudyalar oliy maktabiga kirish va yakunlash imtihonlari natijalaridan norozi boʻlib bergan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha imtihon komissiyasi tuzilsin hamda uning qarorlari ustidan Kengashga shikoyat qilish tartibi belgilansin.
8. Quyidagilar:
Sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, sudyalar daxlsizligini taʼminlash hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/227/1064-son)
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/227/1064-son)
9. Kengash (X.B. Yodgorov) Oliy sud (K.F. Kamilov) va Sudyalar assotsiatsiyasi (U.Q. Mingboyev) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda sud organlari tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik immunitetini shakllantirish borasida kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
10. Kengash manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-dekabr,
PF-6127-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son Farmoniga 1-ILOVA
Sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, sudyalar daxlsizligini taʼminlash hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha
I. Sudyalarning daxlsizligini taʼminlash va tizimda korrupsiyaning oldini olish
1.
Sud tizimida sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish.
1. Sudyalarning daxlsizligini taʼminlash, odil sudlov faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish yuzasidan qatʼiy chora-tadbirlar belgilash.
2. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va sharoitlarini bartaraf etish hamda 2021-yilda sud organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Sudyalar va sud xodimlarining kasbiy malakasi, maʼnaviyati va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, tizimda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan onlayn oʻquv tashkil etish.
4. Tizimda korrupsiyaga yoʻl qoʻyilishiga omil boʻluvchi har qanday holatlarni tahliliy oʻrganib, bartaraf etish choralarini koʻrish.
5. Korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
6. Sohada korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida OAV orqali keng jamoatchilikni xabardor qilib borish.
7. “Sudyaning maʼnaviyati, odobi va masʼuliyati” nomli kitobni tayyorlash va chop etish.
2021-yil yanvar -
2021-yil fevral
2021-yil davomida alohida reja asosida
Doimiy
Doimiy
2021-yil davomida alohida reja asosida
2021-yil mart
Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud
Sudyalar oliy kengashi
Sudyalar oliy kengashi
Oliy malaka hayʼati, Sudyalar oliy kengashi
Sudyalar malaka hayʼatlari, Sudyalar oliy kengashi
Oliy malaka hayʼati, Sudyalar oliy kengashi
Sudyalar oliy kengashi
II. Malaka hayʼatlarini qaytadan shakllantirish
2.
Sudyalarning malaka hayʼatlari tarkibini qaytadan shakllantirish.
1. “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim qilish.
2. “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda kiritish.
3. Tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida malaka hayʼati aʼzolarini saylash.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida yangi tarkibdagi malaka hayʼatlari faoliyatini boshlash.
2020-yil 20-dekabrga qadar
2020-yil 25-dekabrga qadar
2021-yil 10-yanvarga qadar
2021-yil 15-yanvar
Sudyalar oliy kengashi
Sudyalar oliy kengashi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari, Sudyalar oliy kengashi
Viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar malaka hayʼatlari
III. Sudyalik lavozimlariga tanlovning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash
3.
Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash.
1. Kengash faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarni keng joriy qilish.
2. Ilk bor, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash boʻyicha suhbatda beriladigan savollarni avtomatlashtirilgan tizim yordamida tanlashni, shuningdek suhbat jarayonini boshqa nomzodlar monitoring orqali kuzatib turish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish.
3. Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonlarini Kengash veb-saytiorqali onlayn yoritib borish.
2021-yil davomida
2021-yil
yanvar
2021-yil yanvar
Sudyalar oliy kengashi
Sudyalar oliy kengashi
Sudyalar oliy kengashi
4.
Kengash huzurida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan sudyalikka nomzodlarning Sudyalar oliy maktabiga kirish va yakunlash imtihonlari natijalaridan norozi boʻlib bergan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha imtihon komissiyasi tuzish.
Imtihon komissiyasi faoliyatini tartibga solish boʻyicha nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil mart
Sudyalar oliy kengashi
IV. Sudyalar faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirish
5.
Sudyalik lavozimlariga nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi psixologik test tizimini joriy etish.
1. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi psixologik test tizimini joriy etishga doir nizomni tayyorlash va qabul qilish.
2. “Psixologik test” elektron dasturini yaratish.
3. Elektron dasturni yoʻlga qoʻyish.
2021-yil yanvar-fevral
2021-yil mart
2021-yil mart-aprel
Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi psixologlar uyushmasi
Sudyalar oliy kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
6.
Sudyalar faoliyati samaradorligini baholashning elektron tartibini joriy etish.
1. Sudyalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Sudyalar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha elektron reyting dasturini ishlab chiqish.
3. Sudyalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bilan sudyalarni tanishtirish, reytingda ijobiy natijalarga erishish uchun bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha sudyalar orasida seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish.
4. Sudyalarning ish faoliyatini elektron dastur orqali baholanishini taʼminlovchi reyting tizimini sinov tariqasida ishga tushirish va mazkur maʼlumotlardan sudyalar hamjamiyatining barcha aʼzolari erkin tanishish imkoniyatini yaratish.
5. Sudyalar ish faoliyati elektron dasturini yoʻlga qoʻyish.
2021-yil fevral
2021-yil fevral-mart
2021-yil
aprel
2021-yil aprel-may
2021-yil 1-iyuldan
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati
Sudyalar oliy kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sudyalar malaka hayʼatlari
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar malaka hayʼatlari
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar malaka hayʼatlari
Sudyalar oliy kengashi
V. Sudyalar va sud faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish
7.
Sudyalar oliy kengashi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubini tashkil qilish.
1. Sudyalar klubining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Sudyalar klubining masʼul aʼzolari tarkibini shakllantirish.
3. Sudyalar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun elektron platformalarni tashkil qilish.
4. Sud amaliyotidagi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qoʻllanilishi yuzasidan soʻrovlariga tushuntirishlar berib borishni yoʻlga qoʻyish.
2021-yil
yanvar
2020-yil fevral
Doimiy
Doimiy
Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar assotsiatsiyasi
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar assotsiatsiyasi
Sudyalar klubi
Sudyalar klubi
8.
Sudya va faxriy sudyalarni ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish.
1. Odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan hamda nafaqaga chiqib faoliyatini davom ettirayotgan sudyalarni “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalarni yil yakuni boʻyicha “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha nizomlarni tayyorlash va tasdiqlash.
2. “Sud faxriysi” va “Ibratli sudya” mukofotini tayyorlash.
3. Faxriy va ibratli sudyalarning hayoti va ish faoliyatini OAV va televideniye orqali muntazam yoritib borilishini yoʻlga qoʻyish.
2020-yil dekabr
2021-yil yanvar-fevral
Doimiy
Doimiy
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hayʼati
VI. Sudyalik lavozimiga tayinlashga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish
9.
Qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish.
Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/227/1064-son)