1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1653-1]
“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2, 1-son qarori (roʻyxat raqami 1653, 2007-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash boʻyicha yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yil 17-martdan kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-dekabr,
5-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-dekabr,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2016-yil 28-dekabrdagi 5, 42-sonli qaroriga ILOVA
Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartishlar
“12. Ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch, maxsus vositalar va oʻqotar qurol faqat “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qoʻllaniladi”.
“18. Ijro (harakatlari amalga oshirilganda yoki ularni amalga oshirishning imkoniyati boʻlmaganda) ishi yurituvi tamomlanganidan soʻng, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada ichki ishlar organlari xodimlarining ishtiroki toʻgʻrisida qayd etilib, shuningdek ichki ishlar organi xodimlari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi ichki ishlar organi xodimlariga beriladi”.
3. Mazkur oʻzgartishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
2016-yil 20-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 22-modda)