toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-dekabr,
PQ-2700-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2700-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

“Eksport” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojxona rasmiylashtiruvini xodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan va (yoki) bojxona organlarining ishlamaydigan vaqtida boshqa joyda amalga oshirish, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan

Eng kam ish haqi miqdorining 5 foizi

”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 9-modda)