toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarini davlat-hissadorlik kompaniyalariga aylantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 14-avgustdagi PF-1212-sonli Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-sonli Farmonining 9-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz meʼyoriy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-noyabr,
PF-4856-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 575-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-sonli Farmoni 2-bandidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PP-217-sonli qarorida:
a) 2-ilovadagi “F.B. Omonov — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi” soʻzlari “A.S. Kamalov — “Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
“F.B. Omonov — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi” soʻzlari “A.S. Kamalov — “Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ — “Oʻzmarkazimpeks” DATK boshqaruvi raisi”, “ — “Oʻzinterimpeks” DATK boshqaruvi raisi”, “ — “Oʻzsanoatmashimpeks” DAK boshqaruvi raisi” va “F.Sh. Zargarov — “Oʻztashqitrans” DAK boshqaruvi raisi” soʻzlari “J.J. Qodirov — “Oʻzpaxtaeksport” AJ bosh direktori — “Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisining oʻrinbosari” va “Y.S. Xidirov — “Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori — “Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “tashqi savdo kompaniyalari” soʻzlari “tashqi savdo kompaniyalari va “Oʻzpaxtaeksport” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorining 2-ilovasidagi 277 — 281- pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-iyuldagi PP-2374-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasida “Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 47-son, 537-modda; 2017-y., 26-son, 575-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)