toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Paxta tolasi eksportini kengaytirish va optimallashtirish, uni sotish samaradorligini oshirish, kontraktlar tuzishning shaffof mexanizmini taʼminlash maqsadida hamda I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini oʻtkazish natijalarini inobatga olib:
1. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, jahonning yetakchi oʻzbek paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarining Toshkent shahrida har yili Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
paxtani qayta ishlovchi xorijiy kompaniyalarni va paxtaning yakuniy isteʼmolchilarini jalb etishni hisobga olgan holda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish;
oʻzbek paxta tolasini sotish boʻyicha tan olingan xalqaro savdo standartlarini joriy etishni davom ettirish;
uzoq muddatli asosda paxta tolasini davlat tomonidan xarid qilishga buyurtmani shakllantirish;
jahon paxta tolasi bozorining rivojlanish istiqbollari va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish va koʻrib chiqish, global miqyosda paxta tolasini ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari boʻyicha muntazam ravishda xalqaro forum oʻtkazish.
3. I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2006-yil yanvar — iyul davrida paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini tayyorlashda I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi natijalarini hisobga olsin.
4. “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasi va “Cotton Outok” jurnali, shuningdek, Toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston paxta va toʻqimachilik yarmarkasining xalqaro maqomini saqlab qolish va uni oktabr oyining ikkinchi oʻn kunligida jahon paxta va toʻqimachilik tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasi tarkiblari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yarmarka savdolariga qoʻyiladigan paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari hajmlari boʻyicha takliflar kiritish;
yarmarka ishi davrida savdolarni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish;
yil davomida tuzilgan yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
reklama kampaniyasini oʻtkazish hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi faoliyati bilan bogʻliq materiallarning xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlash;
Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining asosiy tadbirlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqish va kelishish.
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarini jalb etish.
*3-ilova rus tili matnida berilgan.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi savdo kompaniyalari bilan birgalikda 2005-yilgi hosilning qolgan hajmini kontraktatsiya qilsin va uning belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-noyabr,
PQ-217-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga
1-ILOVA
I xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Vakolatli organlarda kontraktlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish

2005-yil noyabr

Tashqi savdo kompaniyalari,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

Asaka bank,

Davlat bojxona qoʻmitasi

2.

Boʻnak toʻlovini qaytarish boʻyicha bank kafolatlarini rasmiylashtirish va berish

2005-yil noyabr  — 2006-yil yanvar

Tashqi savdo kompaniyalari,

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

Asaka bank

3.

Paxta tolasini ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga yuklab joʻnatish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga buyurtmanoma berish

2005-yil noyabr  — 2006-yil may

Tashqi savdo kompaniyalari,

TIAISV

4.

Paxta tolasini sertifikatlash va yuklab joʻnatish partiyalarini shakllantirish

2005-yil noyabr — 2006-yil may

Oʻzbekiston “Sifat” markazi,

“Paxtasanoat” AJ

5.

Paxta tozalash korxonalari tomonidan paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga joʻnatish

2005-yil noyabr — 2006-yil may

“Paxtasanoat” AJ,

“Paxtasanoat” HAB,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

“Oʻrta Osiyo Trans” MAK,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK

6.

Ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarining yarmarkada tuzilgan kontraktlarga muvofiq xaridorlarga jami 656,85 ming tonna paxta tolasini yuklab joʻnatish

2005-yil noyabr — 2006-yil may

Tashqi savdo kompaniyalari, ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari,

“Oʻztashqitrans” DAK,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK

v tom chisle:

290,3

2005-yil IV chorak

265,7

2006-yil I chorak

100,9

2006-yil II chorak

7.

Yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish

doimiy

Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasining yarmarka qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga
2-ILOVA
Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

V.A. Golyshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri

R.S. Azimov

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

S.U. Ismoilov

Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

S.B. Raximov

Moliya vaziri

E.M. Gʻaniyev

Tashqi ishlar vaziri

B.M. Mustafayev

Adliya vaziri

B.A. Matlyubov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

A.D. Xoʻjayev

“Oʻzbektelevideneradiokompaniyasi” boshqaruvi raisi

Ya.S. Xidirov

“Oʻzpaktasanoat” AJ bosh direktori

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A.X. Quldoshev

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahri hokimi

T.R. Toʻxtaboyev

Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi raisi

R.A. Gʻulomov

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

U.I. Barnoyev

Vazirlar Mahkamasi departamenti boshligʻi, tashkiliy qoʻmita kotibi