toggle_night_mode
Hujjat 11.01.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2828]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori)”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-sentabr,
66-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-sentabr,
70-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-sentabr,
340-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qaroriga
ILOVA
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-noyabrdagi 260-son “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2013-yil 14-maydagi 129-son “Aholi oʻrtasidagi mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorlariga muvofiq, yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining (bundan buyon matnda Markaziy byuro deb yuritiladi) maxsus hisob raqamida jamlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
mikronutriyentlar — inson organizmining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, oʻrnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar);
qiymat (narx) — mikronutriyent birligi qiymatining puldagi ifodasi;
aylanma mablagʻlar — Markaziy byuroga tuzni yodlash uchun mikronutriyentlarni uzluksiz yetkazib berish jarayonida foydalaniladigan mablagʻlar (maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar, xarid uchun boshqa hisob raqamiga koʻchirilgan mablagʻlar, debitor qarzdorlik mablagʻlari va zaxiradagi mikronutriyentlar qiymati).
2. Markaziy byuro yodlangan tuz ishlab chiqaruvchilarning (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) ehtiyojlarini inobatga olgan holda ular uchun mikronutriyentlar xarid qiladi hamda foyda olishni nazarda tutmagan holda korxonalarni mikronutriyentlar bilan taʼminlaydi.
3. Mikronutriyentlarni uzluksiz yetkazib berish uchun aylanma mablagʻlar hajmi korxonalarning uch yillik ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi.
Mikronutriyentlar boʻyicha aylanma mablagʻlar hisob-kitobi Markaziy byuro tomonidan AQSH dollarida qayd qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tuzni yodlashda qoʻllaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni jamlash maqsadida Markaziy byuroga xizmat koʻrsatuvchi bankda maxsus 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” hisob raqami ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tuzni yodlashda qoʻllaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur aylanma mablagʻlar quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
dastlabki mablagʻlar — boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushgan jamlangan mablagʻlar hisobidan;
keyinchalik — korxonalardan yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi hisobidan.
2-bob. Dastlabki aylanma mablagʻlarni shakllantirish
6. Yodlangan tuz ishlab chiqarish uchun mikronutriyentlarni xarid qilish maqsadida dastlabki aylanma mablagʻlar Un ishlab chiqaruvchi korxonalarning boyitilgan unni sotishdan tushgan mablagʻlarining bir qismini akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1522, 2005-yil 19-noyabr) muvofiq, Markaziy byuroning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, yodlangan tuz ishlab chiqarish uchun mikronutriyentlarni xarid qilish maqsadida ochilgan maxsus hisob raqamga foizsiz muddatli qarz sifatida oʻtkaziladi.
7. Dastlabki aylanma mablagʻlar hajmi ham korxonalarning mikronutriyentlarga boʻlgan uch yillik ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu mablagʻlar boʻyicha Markaziy byuro tomonidan oʻzaro hisob-kitoblar ular yodlangan tuz ishlab chiqarishga mikronutriyentlarni xarid qilish uchun maxsus hisob raqamga koʻchirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan belgilangan kursi (bundan buyon matnda belgilangan kurs deb ataladi) boʻyicha yuritiladi.
8. Dastlabki aylanma mablagʻlarni shakllantirish uchun olingan foizsiz muddatli qarz mablagʻlarini qaytarish ushbu mablagʻlar koʻchirilgan sanadan boshlab uch yildan keyin boshlanadi. Muddatli qarz mablagʻlari yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan 10 yil davomida, yiliga 10 foiz doirasidagi hajmda (pul oʻtkazilgan kundagi belgilangan kurs boʻyicha AQSH dollari ekvivalentida) har yilning 31-dekabrigacha boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushadigan mablagʻlar maxsus hisob raqamiga qaytariladi.
3-bob. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish
9. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar uni qoʻshimcha moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar hamda korxonalardan mikronutriyentlar uchun devalvatsiya darajasini hisobga olgan holda oʻtkaziladigan mablagʻlardan iborat.
10. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
JAM = (M x 3) MQ,
bunda:
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);
M — korxonalarga berilgan mikronutriyentlarning yillik oʻrtacha hajmi (kg);
MQ — mikronutriyentning amaldagi qiymati (narxi) (AQSH dollarida).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Aylanma mablagʻlarni qoʻshimcha moliyalashtirish hajmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
QM = JAM — OʻAM,
bunda:
QM — qoʻshimcha moliyalashtirish hajmi (AQSH dollarida);
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);
OʻAM — oʻtgan yilgi aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida).
Qoʻshimcha moliyalashtirish hajmi oʻtgan yilgi aylanma mablagʻlar hajmining 0 — 10 foizi oraligʻida belgilanadi.
4-bob. Mikronutriyentlarning korxonalarga beriladigan qiymati (narxi)ni shakllantirish
12. Markaziy byuro tomonidan mikronutriyentlarning qiymati (narxi)ni shakllantirishda foyda olish nazarda tutilmaydi.
13. Korxonalarga beriladigan mikronutriyentning qiymati (narxi) quyidagi formula asosida har bir partiya uchun alohida — ushbu partiya omborga qabul qilingunga qadar belgilanadi va mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:

‎‏MQ =

JAM – (Dt – Kt + HR – MBO
‎______________________________________________________

‎PUS

‎‏+ PN
bunda:
MQ — mikronutriyentlar qiymati (narxi) (AQSH dollarida);
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);
Dt — yodlangan tuz jamlamasi boʻyicha debitor qarzdorlik (AQSH dollarida);
Kt — yodlangan tuz jamlamasi boʻyicha kreditor qarzdorlik (AQSH dollarida);
HR — mikronutriyentlar jamlamasi uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi va ularni xarid qilish uchun koʻchirilgan mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);
MBO — tuzni yodlash uchun Markaziy byuro omborida mavjud boʻlgan mikronutriyentlarning har bir partiya kesimidagi hajmi (AQSH dollarida);
PUS — mikronutriyentlar partiyasining umumiy soni (kg);
PN — mikronutriyentlar partiyasining narxi (AQSH dollarida).
Formuladagi koʻrsatkichlar qiymatining AQSH dollaridagi ekvivalenti ularni mikronutriyentlar qabul qilingan kunidagi belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi 129-son “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq, Markaziy byuro huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari mikronutriyentlar xarid qilish uchun jamlanayotgan mablagʻlar hajmining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
5-bob. Markaziy byuroning korxonalar bilan munosabatlari
15. Markaziy byuro tomonidan korxonalarga mikronutriyentlarni yetkazib berish tegishli shartnomalar asosida, oldindan haq toʻlanmasdan amalga oshiriladi.
Korxonalar bilan tuziladigan shartnomalarda mikronutriyentning qiymati (narxi) AQSH dollarida koʻrsatiladi va ushbu shartnoma boʻyicha toʻlovlar toʻlov kunidagi belgilangan kurs boʻyicha milliy valyuta (soʻm)da amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Korxonalar yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan tushumning olingan mikronutriyentlar qiymatiga teng boʻlgan qismini mikronutriyentlarni xarid qilishni uzluksiz taʼminlash uchun Markaziy byuroning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadi. Bunda olingan mikronutriyentning qiymati (narxi) miqdoridagi summa ikki bank ish kuni davomida korxonalarning toʻlov topshiriqnomalari asosida, Markaziy byuroning maxsus 22604 hisob raqamiga koʻchiriladi.
17. Korxonalar va Markaziy byuro rahbarlari jamgʻarilgan mablagʻlar yuzasidan har chorakda solishtirma dalolatnomalar tuzish va ular asosida yodlangan tuz sotishda haqiqatda tushgan mablagʻlar va ishlatilgan mikronutriyentlar miqdoriga asosan toʻlovlarni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
18. Korxonalar tomonidan Markaziy byurodan olingan mikronutrentlar uchun toʻlovlar belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda, Markaziy byuro ushbu mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakuniy qoidalar
19. Mazkur Nizom talablariga muvofiq hisob-kitoblarni toʻgʻri yuritish va toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun javobgarlik korxonalar rahbarlari hamda bosh buxgalterlari (buxgalterlari) zimmasiga yuklatiladi.
20. Markaziy byuro tomonidan mikronutriyentlarni xarid qilish va maxsus hisob raqamga tushgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 16-sentabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 16-sentabr
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

__________________________

(lavozim, F.I.O., imzo)

20____ “___” _________

Partiya soni:________

Mikronutriyent qiymati (narx)ni aniqlash
HISOB-KITOBI*

________________________________________________

(mikronutriyent nomi)

_________________________________________________

(tashkilot nomi)

Sana: 20___yil “___” ____________

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSH dollarining soʻmga nisbatan belgilangan kursi:__________________soʻm

T/r

Koʻrsatkichlar

Satr kodi

Oʻlchov birligi

Summasi

1.

Mikronutriyent qiymati (narxi) ((02 satr — (03 satr — 06 satr + 09 satr + 15 satr) /19 satr) + 20 satr)

01

AQSH doll.

2.

Joriy yil aylanma mablagʻlar hajmi

02

AQSH doll.

3.

Yodlangan tuz jamlamasi boʻyicha debitor qarzdorlik (04 satr + 05 satr)

03

AQSH doll.

3.2

yodli tuz ishlab chiqaruvchi korxonalardan

04

AQSH doll.

3.3

mikronutriyent yetkazib beruvchi kompaniyalardan

05

AQSH doll.

4

Yodlangan tuz jamlamasi boʻyicha kreditor qarzdorlik (07 satr + 08 satr)

06

AQSH doll.

4.2

yodli tuz ishlab chiqaruvchi korxonalardan

07

AQSH doll.

4.3

mikronutriyent yetkazib beruvchi kompaniyalardan

08

AQSH doll.

5

Mikronutriyentlar jamlamasi uchun ochilgan maxsus hisob raqamidagi va ularni xarid qilish uchun koʻchirilgan mablagʻlar hajmi (10 satr + 11 satr + 12 satr + 13 satr + 14 satr)

09

AQSH doll.

5.2

22604 — Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli

10

AQSH doll.

5.3

29801 — Mijozlar bilan hisob-kitoblar

11

AQSH doll.

5.4

22614 — Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablagʻlari

12

AQSH doll.

5.5

22602 — Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari

13

AQSH doll.

5.6

Boshqa mikronutriyentlar xarid qilish uchun koʻchirilgan mablagʻlari

14

AQSH doll.

6

Tuzni yodlash uchun markaziy byuro omboridagi mikronutriyent hajmi (16 satr * 17 satr)

15

AQSH doll.

6.2

Tuzni yodlash uchun mikronutriyentlar soni (partiyasi boʻyicha)

16

kg.

6.3

Mikronutriyent qiymati (narxi) (partiyasi boʻyicha)

17

AQSH doll.

7

Qabul qilinayotgan mikronutriyentlar partiyasi (kontrakt)ni umumiy qiymati (19 satr * 20 satr)

18

AQSH doll.

7.2

Mikronutriyentlar partiyasining umumiy soni

19

kg

7.3

Mikronutriyentlar partiyasining narxi

20

AQSH doll.

*Summalarning AQSH dollaridagi ekvivalenti shu sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSH dollarining soʻmga nisbatan belgilangan kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan belgilanadi.

Markaziy byuro rahbari

_________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Bosh buxgalter

_________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 10/17/2828-1/0125-son; 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)