1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
UN IShLAB ChIQARUVChI KORXONALARNING BOYITILGAN UNNI SOTIShDAN TUShGAN MABLAGʻLARINING BIR QISMINI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 19-noyabrda 1522-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi PP–153-sonli “Unni boyitish Milliy dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. Ilova* qilinayotgan Un ishlab chiqaruvchi korxonalarning boyitilgan unni sotishdan tushgan mablagʻlarining bir qismini akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.