1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
5.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
6.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
7.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
8.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
9.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
11.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
12.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
13.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
14.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
15.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
16.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
17.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish;
18.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar;
20.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;
21.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
22.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish;
23.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;
24.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar;
25.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari;
26.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
4.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli;
7.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
8.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
9.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat;
10.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud-ekspertiza muassasalari. Sudga oid tibbiy ekspertiza;
11.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura;
12.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura;
13.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi;
14.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
15.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
16.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik;
17.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 22-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda maʼqullangan
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi OʻRQ-610-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 15-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 03/20/610/0299-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” degan soʻzlar “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” degan soʻzlar “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Alohida hollarda, prokuratura organlariga xizmatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin”;
5) 50-moddaning birinchi qismi “koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustama haqlardan” degan soʻzlardan keyin “hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
1) 46-moddaning uchinchi qismidagi “yosh bolasini boqish uchun taʼtilda boʻlgan ayollarga” degan soʻzlar “uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 50-modda yettinchi qismining “v” bandi “oʻtab chiqib” degan soʻzlardan keyin “yoki oʻtayotgan chogʻida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 661-moddaning birinchi qismi “140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish)” degan soʻzlardan keyin “1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 1411-modda bilan toʻldirilsin:
“1411-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa;
b) gʻarazli niyatlarda sodir etilgan boʻlsa;
v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) 144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “taʼminlamaganlik yoki” degan soʻzlardan keyin “murojaat munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 157-modda birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish”;
7) quyidagi mazmundagi 1881-modda bilan toʻldirilsin:
“1881-modda. Pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat
Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash, xuddi shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda reklama qilish —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) quyidagi mazmundagi 2591-modda bilan toʻldirilsin:
“2591-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
10) 325-moddaning birinchi qismi “140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlardan keyin “1411-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 342-modda ikkinchi qismining 2-bandi “qamoqqa olish” degan soʻzlardan keyin “yoxud uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 345-moddaning oltinchi qismidagi “2443-moddalarida” degan soʻzlar “2443, 2591-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
1) 46-moddaning dispozitsiyasi “basharti ushbu Kodeksning 461-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 461-modda bilan toʻldirilsin:
“461-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
birinchi qismining dispozitsiyasi “mototsikl” degan soʻzdan keyin “va mopedlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “nosozligi boʻlgan” degan soʻzlardan keyin “yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi qismi “125” raqamidan keyin “(mopedlardan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 128-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan” degan soʻzlar “tashqi yoritish asboblaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “kesib oʻtishi” degan soʻzlardan keyin “piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
6) quyidagi mazmundagi 2101-modda bilan toʻldirilsin:
“2101-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish, yaʼni tegishli ruxsatnomasiz oʻta muhim va toifalangan obyektlarga shaxsning oʻzboshimchalik bilan kirishi, ushbu obyektlarda transport vositalarining harakatlanishi yoki mol-mulkning joyini oʻzgartirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
7) quyidagi mazmundagi 2154-modda bilan toʻldirilsin:
“2154-modda. Arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar koʻrsatishning belgilangan tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 245-moddaning birinchi qismi “46”, “210” va “2152” raqamlaridan keyin tegishincha “461”, “2101” va “2154” raqamlari bilan toʻldirilsin;
9) 248-modda ikkinchi qismining 6 va 7-bandlaridagi “138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 287-moddaning 3-bandi “198-moddalarida” degan soʻzlardan keyin “2101-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 291-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “j” band bilan toʻldirilsin:
“j) ushbu Kodeks 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan soqchilikning mansabdor shaxslari tomonidan”.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim boʻlgan chet ellik investorlar ishtirokida tashkil qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno”;
birinchi xatboshisidagi “depozitariylar” degan soʻz “Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “depozitariylarning” degan soʻz “Markaziy depozitariyning va (yoki) investitsiya vositachisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Aksiyador oʻziga oid maʼlumotlardagi oʻzgarishlar haqida uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investitsiya vositachisini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyador oʻziga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, aksiyadorning oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi buning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi”;
“Aksiyadorga uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga koʻra ikki ish kuni ichida depo hisobvaragʻidan koʻchirma berishi shart”;
“Depo hisobvaragʻidan koʻchirma bergan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi”;
6) 46-moddaning matnidagi “depozitariylardir” degan soʻz “Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 17-yanvardagi OʻRQ-517-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son)
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1611-modda bilan toʻldirilsin:
“1611-modda. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi boʻlgan yoki oʻz vatanida turli sabablarga koʻra farzandlikka olinishi mumkin boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinadi”;
2) 237-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatning vakolatli organi amalga oshirgan farzandlikka olish, basharti ushbu Kodeksning 152, 157 va 1611-moddalari talablariga rioya etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi”.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi 721-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 641-modda) 6-moddasining toʻrtinchi qismi “Qamoqqa olish” degan soʻzlardan keyin “yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
“482-modda. Undiruvni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining va ular mijozlarining pul mablagʻlariga hamda qimmatli qogʻozlariga qaratish xususiyatlari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan hisobvaragʻidagi pul mablagʻlariga qaratilishi mumkin emas.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlariga qaratilishi mumkin emas”;
uchinchi qismi “chiqarilgan sana” degan soʻzlardan keyin “(aksiyalar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “bunday qimmatli qogʻozlarni huquqlarni hisobga olish uchun boshqa depozitariyga topshirish” degan soʻzlar “bunday qimmatli qogʻozlar oʻtkazmalarini amalga oshirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 54-moddaning beshinchi qismidagi “depozitariyga” degan soʻz “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 55-moddaning birinchi qismidagi “Depozitariyga” degan soʻz “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 18-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) Senat majlisida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalalarini qoʻyadi”;
“8) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi”;
quyidagi mazmundagi 9 va 10-bandlar bilan toʻldirilsin:
“9) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi;
10) yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Senat qoʻmitalari qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 18-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fraksiyalar va deputatlar guruhlarining taklifiga koʻra joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini oʻrganadi”;
“davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi;
yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) 7-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy xizmatni oʻtash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt besh yilga tuziladi; kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar (rezervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt besh yilga yoki agar harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetishiga besh yildan kam qolgan boʻlsa, kamroq muddatga tuziladi”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismi “fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlardan keyin “Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat budjeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish chogʻida fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti loyihasi parametrlari bilan bogʻliq qoʻshimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin”;
yettinchi qismi “fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlardan keyin “Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining), Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda u fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining), Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
ikkinchi qismidagi “masʼul qoʻmitaning xulosasi, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflari” degan soʻzlar “fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflari, masʼul qoʻmitaning xulosasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar (deputatlar guruhlari) joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin”;
4) 33-modda quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Fraksiyalar (deputatlar guruhlari), Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
uchinchi qismidagi “Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi” degan soʻzlar “Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumat aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi.
Qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin”;
7) quyidagi mazmundagi 335-modda bilan toʻldirilsin:
“335-modda. Parlament tekshiruvi
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etish.
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Komissiya bajarilgan ish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi”;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senatning qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
2) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Senat qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senatning qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
3) 321-modda quyidagi mazmundagi 321, 322 va 323-moddalar bilan almashtirilsin:
“321-modda. Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi Senat tomonidan qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda hukumat aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senatning qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
322-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuboriladi.
323-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi”;
4) 322, 323 va 324-moddalar tegishincha 324, 325 va 326-moddalar deb hisoblansin;
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Senatning qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq qonunlarning, Senat qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi.
Qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Senat koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishi mumkin.
Senatning qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Senat qoʻmitalarining majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin”;
6) quyidagi mazmundagi 327 va 328-moddalar bilan toʻldirilsin:
“327-modda. Parlament tekshiruvi
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etish.
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Komissiya bajarilgan ish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
328-modda. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuziladi.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi”.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1152-sonli Qonuniga asosan 20-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 13-dekabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1152/0597-son)
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli Qonuniga asosan 21-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
23-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 3 va 12-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 6-moddasining 7-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 24-sentabrdagi 189 (6624)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-sentabr,
OʻRQ-411-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 14.03.2020-y., 03/20/610/0299-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son; 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son; 12.06.2026-y., 03/26/1152/0597-son)