1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2118-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 1-iyuldagi 121-sonli “Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3277, 01.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 18-iyundagi 191-son “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 219-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-avgust,
62-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-son buyrugʻiga ILOVA
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 1999-yil 14-yanvardagi 18-son “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:”.
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 1999-yil 14-yanvardagi 18-son “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq barcha davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish tartibini belgilaydi.”;
“3. Davolash-profilaktika muassasalarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash taqiqlanadi.”;
“7. Quyidagi hollarda bemorga tayinlangan dori vositalarining asosliligi davolash-profilaktika muassasasining boʻlim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim:”;
beshinchi xatboshidagi “dori vositalari” degan soʻzlar “dori vositalarining asosliligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “savdo nomi bilan patentlanmagan xalqaro” va “2-ilovasida keltirilgan” degan soʻzlar tegishincha “xalqaro patentlanmagan” va “2-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davolovchi shifokor tomonidan davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan oʻzaro taʼsirlashuvchi dori vositalari (ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatlanishdan keyin) qoʻllanilishi boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatilishi shart emas.”;
e) 16-banddagi “dorilar” degan soʻz “dori vositalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 19-banddagi “uni” va “dorixona muassasasidan” degan soʻzlar tegishincha “uning” va “dorixonadan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 25-banddagi “dorixona muassasasiga” va “dorixona muassasasi” degan soʻzlar tegishincha “dorixonaga” va “dorixona” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) IV bobning nomidagi “Dorixona muassasalari” degan soʻzlar “Dorixonalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k) 30-banddagi “Dorixona muassasalaridan” degan soʻzlar “Dorixonalardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
l) 31-banddagi “dorixona muassasalaridan” degan soʻzlar “dorixonalardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“Retseptda koʻrsatilgan dori vositalari dorixonalar tomonidan ularning xalqaro patentlanmagan nomiga asosan beriladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, dorixonalar tomonidan, birinchi navbatda, mahalliy dori vositalarini taklif etish tavsiya etiladi.”;
“33. Dorixonalar tomonidan retsept asosida dori vositalari berilganda, retsept ushbu muassasaning farmatsevt xodimi tomonidan olib qolinadi, ekstemporal usulda tayyorlab berilgan dori vositalari esa qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga kiritiladi.”;
“34. Dorixonaning farmatsevt xodimi tomonidan retsept olib qolinganda, uning yirtma koreshogiga berilgan dori vositalarining nomi va seriya raqamlari kiritiladi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi yozilib, imzosi hamda dorixonaning shtampi qoʻyilgan holda bemor (bemorning qarindoshlari yoki ishonchli vakillari)ga davolovchi shifokorga taqdim qilish uchun beriladi.
Dorixona tomonidan dori vositalari “stiker” yoki dori vositasi haqida toʻliq maʼlumot (dorixonaning nomi, dori vositasining nomi va seriya raqami)ga ega boʻlgan tovar cheki bilan berilganda, retseptning yirtma koreshogini toʻldirish talab etilmaydi.”;
“Dorixona tomonidan amal qilish muddati bir yilgacha boʻlgan retseptlar asosida dori vositalari berilganida, retseptning orqa qismida dori vositasining miqdori va berilgan sanasi koʻrsatiladi, retseptning yirtma koreshogida esa dori vositalarining nomi, seriya raqamlarini koʻrsatgan holda dorixonaning shtampi qoʻyiladi va bu haqda Dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga qayd qilinadi.”;
ikkinchi xatboshidagi “dorixona muassasasiga” degan soʻzlar “dorixonaga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“36. Bir yilgacha amal qiladigan retseptlarning muddati tugaganida retsept asosida oxirgi dori vositasini bergan dorixona tomonidan “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va ushbu dorixonada olib qolinadi. Bunda retseptning yirtma koreshogiga ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgan holda bemor (bemorning qarindoshlari yoki ishonchli vakillari)ga davolovchi shifokorga taqdim qilish uchun qaytarib beriladi.
37. Retseptda ushbu Nizomga zid ravishda rasmiylashtirilgan yoki bir-biriga nomutanosib dori vositalari koʻrsatilgan boʻlsa, dorixona tomonidan unga “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va bekor qilinadi. Bunda bekor qilingan retsept haqidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish jurnalida qayd etiladi va retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining rahbariga notoʻgʻri yozilgan retseptlar toʻgʻrisida xabar beriladi.”;
s) 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
t) 6-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
u) 7-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Dori-darmon” AK bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2016-yil 23-avgust
“Dori-darmon” AK boshqaruv raisi A. KAMILOV
2016-yil 24-avgust
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisida”gi nizomga 2-ILOVA
Retsept blanki
Izoh:
Retsept blankining oʻlchami — 105 x 148 mm.
Retseptning yirtma koreshogi oʻlchami — 70 x 148 mm.
(retsept qismining orqa tomoni)
ESLATMA
Davolash-profilaktika muassasasining rekvizitlari bosma usulda yoziladi yoki shtamp qoʻyiladi.
Retseptda shifokorning farmatsevt xodimiga dori vositasining tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma koʻrsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qoʻllash usuli esa oʻzbek yoki rus tilida koʻrsatiladi.
Retseptda bitta dori vositasi yoziladi.
Ruxsat etilgan asosiy retseptura qisqartmalaridan foydalanish mumkin.
Retsept davolanish uchun kerakli miqdorda beriladi.
Qattiq va sochiluvchi dori vositalar grammlarda (0,001, 0,5, 1,0), suyuq dori vositalari esa millilitr va tomchilarda belgilanadi.
“Ichish uchun”, “Maʼlum” va h. k., — iboralar bilan chegaralanish man etiladi.
Shifokor imzosi uning shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Dori vositalari berilgandan keyin retsept dorixonada qoldiriladi, retsept yirtma koreshoglari rasmiylashtirib beriladi.
Retseptda tayinlangan dori vositasi boʻyicha tushunmovchilik kelib chiqqan hollarda, retseptda koʻrsatilgan shifokorning telefon raqami orqali shifokor bilan bogʻlanib aniqlik kiritilish mumkin.
Ekstemporal usulida tayyorlangan dori vositalar № ___
Dorixona shtampi
Qabul qilgan dorixona farmatsevt xodimining F.I.O.
Tayyorlagan dorixona farmatsevt xodimining F.I.O.
Tekshirgan dorixona farmatsevt xodimining F.I.O.
Bergan dorixona farmatsevt xodimining F.I.O.
(retsept yirtma koreshogining orqa tomoni)
BEMOR UChUN ESLATMA
Retseptning yirtma koreshogi (stiker, dori vositasi haqida toʻliq maʼlumot beruvchi tovar cheki) dori vositasi bilan davolanish yakuniga yetkuniga qadar saqlanishi lozim.”.
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisida”gi nizomga 6-ILOVA
Dorixonada retseptlarni qayd etish
JURNALI
Dorixona nomi __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
T/r
Sana
Bemorning F.I.O.
Retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining nomi hamda davolovchi shifokorning F.I.O.
Dori vositasining nomi, miqdori va dozasi
Dori vositasining shakli
Dori vositasining narxi
Bemorning manzili, telefon raqami
Izoh
”.
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisida”gi nizomga 7-ILOVA
Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish
JURNALI
T/r
Sana
Retseptdagi xatoliklar (dozasi notoʻgʻri koʻrsatilgan dori vositalari koʻchiriladi yoki undagi yozuvlarning noaniqligi koʻrsatiladi)
Notoʻgʻri retsept bergan shifokorning F.I.O.
Shifokor ishlaydigan davolash-profilaktika muassasasining nomi
Davolash-profilaktika muassasasining rahbariga xabar berilganligi haqida maʼlumot
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 455-modda)