toggle_night_mode
Hujjat 29.08.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2822]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2312, 2012-yil 11-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 22-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2312-1, 2012-yil 4-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 554-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
61-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
2016-24-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
121-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-son qaroriga
ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar uchun soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda korxonalar deb yuritiladi), quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini;
mol-mulk soligʻini;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini;
Keyingi tahrirga qarang.
yagona soliq toʻlovini;
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga koʻra ushbu mahsulot ishlab chiqarishdan tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam boʻlmagan korxonalar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi):
a) toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng (ekvivalent) boʻlganda taqdim etiladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha va 3 million AQSH dollari boʻlganda — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha va 10 million AQSH dollari boʻlganda — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga;
b) quyidagi shartlar asosida qoʻllaniladi:
korxonalarni, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy investorlar tomonidan xususiy toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kamida 15 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
mazkur imtiyozlarning qoʻllanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.
4. Keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda, soliq imtiyozlari qancha muddatga berilgan boʻlsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Soliq imtiyozlarini qoʻllash
5. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan korxonalarga soliq imtiyozlari kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.
6. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan yangi tashkil etilgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan oydan keyingi oyning 1-sanasigacha soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Imtiyozga doir huquq faqat qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ustav kapitallarini (fondlarni) shakllantirgan korxonalarga taqdim etiladi. Bunda korxona soliq imtiyozlarini oʻz ustav kapitalini (fondini) shakllantirishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davr uchun qoʻllash huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻz ustav kapitalini (fondini) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda soliq imtiyozlarini berish uchun nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan korxonalarda, Qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda oʻz ustav kapitallarini (jamgʻarmalarini) shakllantirmagan, chet el investitsiyalari qatnashgan korxonalardan soliqlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1144, 2002-yil 27-may) muvofiq imtiyozlar taqdim etilgan soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻliq miqdorda va imtiyozlarni qoʻllamasdan soliq imtiyozlari qoʻllanilgan davr uchun toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. 2016-yilning 1-yanvaridan avval tashkil topgan ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 15 foizdan 33 foizgacha boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari xorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib belgilangan davr uchun soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etiladi. Bunda, soliq imtiyozlaridan foydalanish muddatini hisoblash korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Masalan, ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 20 foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati 2013-yilning 10-iyunida roʻyxatdan oʻtgan. Ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 11 million AQSH dollarini tashkil etadi. U soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga, shu jumladan ustav kapitalida (fondida) xorijiy investitsiyaning hajmiga muvofiq keladi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan 7 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Soliq imtiyozlari 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab berilishini hamda korxona 2013-yilning 10-iyunida roʻyxatdan oʻtganligini inobatga olib, mazkur korxona 2016-yilning 1-yanvaridan 2020-yilning 1-iyuligacha soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar korxona 2009-yilning 1-yanvarigacha roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, bu korxonaga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi, chunki korxonani davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 7 yil oʻtgan.
8. Agar korxona tashkil etilgandan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan) keyingi davrlarda soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelsa yoxud xorijiy investitsiyalar summasini oshirishsa (qoʻshimcha kiritishsa), ular imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab, biroq imtiyozlarni qoʻllash boshlangan kundan boshlab yetti yildan koʻp boʻlmagan muddatga imtiyozni qoʻllash huquqiga ega boʻladi. Mazkur band normalarini qoʻllashning shartli misollari mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
9. Korxona soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan talablariga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, korxona belgilangan talablarga mos kelmagan davr uchun soliqlar va majburiy ajratmalar umumbelgilangan tartibda, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlari maqsadli xarakterga ega hamda soliq solishdan ozod etilgan mablagʻlar:
qayta investitsiyalashga — 50 foizdan kam boʻlmagan;
korxona faoliyati bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga, mazkur mablagʻlarni muassislar (ishtirokchilar) oʻrtasida taqsimlash bundan mustasno, — qolgan qismi yoʻnaltiriladi.
Mazkur Nizomni qoʻllash maqsadida qayta investitsiyalash deganda mablagʻlarni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi texnologik jihozni olish, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish tushuniladi.
Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
11. Soliq imtiyozlarini olgan korxona imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil oʻtmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliq imtiyozlarining summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
3-bob. Soliqlar imtiyozlarini taqdim etish
12. Soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organini yozma ravishda soliq imtiyozlarini qoʻllash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi:
adliya organlari tomonidan berilgan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tasdiqnomasi.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, yuqorida aytilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda, yil mobaynida korxonani roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organining uning toʻliq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korxonaning ustav kapitalida (fondida) xorijiy investorning ulushi toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi yoʻqotilgan taqdirda, korxona soliq davri mobaynida roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda imtiyoz huquqi yoʻqotilgan sana toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
14. Soliq toʻlovchilar taqdim etilgan soliq imtiyozlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish uchun javobgar boʻladi.
15. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
2016-yil 9-avgust
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2016-yil 9-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 9-avgust
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
ROʻYXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish:
XXTUT:
14322 — elektr oʻlchov priborlari ishlab chiqarish (elektron oʻlchov priborlari qismida);
14323 — radio oʻlchov priborlari ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
14750 — radiosanoat;
14760 — aloqa vositalari sanoati;
14771 — elektronika sanoati (maxsus texnologik uskunalar ishlab chiqarish kirmaydi);
14772 — maxsus texnologik uskunalar ishlab chiqarish (nazorat-sinov uskunalari qoʻshilgan holda).
2. Yengil sanoat:
Tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish.
XXTUT:
17116 — ip gazlama sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ip, iplar, momiq, texnik gazlamalar ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17121 — jun sanoati (aholi buyurtmalari boʻyicha gilamlar va gilam buyumlarini ishlab chiqarishni qoʻshmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan jun, adyol, gilamlar va gilam buyumlari ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (trikotaj gazlama qismida).
Tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish.
XXTUT:
17141 — toʻqimachilik attorlik mollarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod trikotaj gazlama ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17210 — tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda).
Tabiiy teri ishlab chiqarish.
XXTUT:
17310 — tabiiy teri ishlab chiqarish.
Koʻn-galantereya sanoati.
XXTUT:
17341 — tabiiy va sunʼiy charmdan yoʻl va attorlik buyumlarini ishlab chiqarish;
17361 — moʻyna va moʻyna buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida).
Poyabzal sanoati.
XXTUT:
17371 — poyabzal ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda).
3. Ipakchilik sanoati:
Shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17131 — ipakchilik sanoati (qisman, chunki mazkur kod kalava, iplar va hokazolar ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi).
Bundan tashqari, mazkur guruhga 17141, 17151, 17210 kodlari shoyi buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
12170 — oʻtga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish (oʻtga chidamli mineral tolali plitalar qismida);
13142 — Polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;
15230 — Yogʻochdan qurilish detallari va plitalar ishlab chiqarish;
15250 — fanera ishlab chiqarish;
16120 — asbotsement buyumlari ishlab chiqarish;
16162 — qurilishbop sopol ishlab chiqarish;
16170 — polimer xom ashyosidan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish;
16212 — tabiiy toshdan qoplovchi materiallar ishlab chiqarish;
16222 — gʻovakli toʻldiruvchilarni sunʼiysini ishlab chiqarish va tabiiysini qayta ishlash;
16232 — ohakli, gips va mahalliy bogʻlovchi materiallarni va mahsulotlarni ishlab chiqarish;
16240 — issiqlik izolyatsiyasi materiallari sanoati;
16271 — tovar betonlari va qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish;
16273 — boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish.
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish:
XXTUT:
21241 — tuxum ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21242 — goʻsht ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21243 — parrandachilik birlashmalari (goʻsht-tuxum).
6. Oziq-ovqat sanoati:
Mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).
XXTUT:
18111 — shakar sanoati;
18113 — non ishlab chiqarish sanoati;
18114 — qandolatchilik sanoati;
18115 — makaron sanoati;
18121 — yogʻ-moy sanoati (sovun va yuvuvchi vositalarni ishlab chiqarishsiz);
18151 — meva-sabzavot sanoati (meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishsiz);
18152 — meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarish;
18191 — oziq-ovqat konsentratlarini ishlab chiqarish (tayyor mahsulot qismida).
7. Goʻsht-sut sanoati:
Goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
18211 — goʻsht sanoati (yelimjelatin sanoatisiz);
18221 — yogʻ-pishloq, pishloq va sut sanoati (sut konservalarini ishlab chiqarishsiz);
18222 — sut konservalarini ishlab chiqarish.
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
XXTUT:
18300 — baliqchilik sanoati — (baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash qismida).
9. Kimyo sanoati.
XXTUT:
13101 — togʻ-kimyo sanoati;
13111 — azot sanoati;
13112 — fosfatli oʻgʻitlar va boshqa noorganik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish;
13113 — soda sanoati;
13114 — xlor sanoati;
13115 — yod-brom sanoati;
13116 — asosiy kimyoning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13120 — tola va kimyoviy ip sanoati;
13130 — sunʼiy smola va plastik massa sanoati;
13141 — plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (gramplastinkalar, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar kirmaydi);
13142 — polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;
13143 — uzluksiz shisha tola va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13144 — shishaplastiklar va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13145 — gramplastinka, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar ishlab chiqarish;
13146 — polimer transport taralar ishlab chiqarish;
13150 — lak-boʻyoq sanoati;
13160 — kimyoviy reaktivlar va alohida sof moddalar sanoati;
13170 — sunʼiy boʻyoqlar sanoati;
13180 — kimyo-fotografiya sanoati;
13190 — maishiy kimyo sanoati;
13199 — kimyo sanoatining boshqa tarmoqlari.
10. Neft-kimyo sanoati.
XXTUT:
13310 — sunʼiy kauchuk ishlab chiqarish;
13320 — asosiy organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish;
13330 — texnik uglerod ishlab chiqarish;
13351 — shina ishlab chiqarish;
13361 — rezino-texnik buyumlar sanoati;
13362 — asbest-texnik buyumlar sanoati;
13363 — rezina poyabzal ishlab chiqarish — (qisman, chunki mazkur kod rezina poyabzalini taʼmirlashni ham oʻz ichiga oladi);
13364 — rezinadan keng isteʼmol mollari ishlab chiqarish.
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
19310 — kimyo-dorivorlik (farmatsevtika) sanoati;
19320 — tibbiyot texnikasi (anjomlari) sanoati;
19330 — shisha, chinni va plastmassdan tibbiyot buyumlar ishlab chiqarish;
19760 — veterinariya uchun shifobaxsh dori-darmonlarni ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Koʻmir sanoati.
XXTUT:
11320 — koʻmir boyitish;
11330 — koʻmir briketlari ishlab chiqarish;
11410 — slanets sanoati.
15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
12150 — elektroferroquymalar ishlab chiqarish;
12190 — ishlab chiqarishga moʻljallangan metall buyumlarni ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
Mashinasozlik.
XXTUT:
14101 — ogʻir, energetika va transport mashinasozligi;
14111 — turbinasozlik;
14112 — qozonsozlik;
14120 — dizelsozlik;
14130 — metallurgiya mashinasozligi;
14140 — kon-shaxta va kon-ruda mashinasozligi;
14151 — kranlar ishlab chiqarish (qurilish kranlarisiz);
14152 — qurilish kranlari ishlab chiqarish;
14153 — uzluksiz transport uskunalari ishlab chiqarish;
14154 — lift ishlab chiqarish;
14155 — avto va elektr yuklagichlar ishlab chiqarish;
14156 — boshqa turdagi koʻtarish-tashish, yuklash-tushirish va omborbop uskunalar ishlab chiqarish;
14160 — temir yoʻl mashinasozligi;
14171 — elektrotexnik mashinalar, uskunalar, apparatura va ishlab chiqarishga moʻljallangan buyumlar ishlab chiqarish;
14172 — kabel sanoati;
14173 — elektrolampa sanoati;
14174 — elektroizolyatsiya sanoati;
14175 — akkumulyator va element sanoati;
14176 — elektr payvandlash uskunalarini ishlab chiqarish;
14181 — kimyo mashinasozligi;
14182 — polimer mashinasozligi;
14183 — neft qazish va geologiya-qidiruv, burgʻulash uskunalari ishlab chiqarish;
14184 — neft va gazni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14185 — sellyuloza-qogʻoz sanoati uskunalarini ishlab chiqarish;
14186 — kompressor mashinasozligi;
14187 — sovitgichlar mashinasozligi;
14191 — vakuumli nasos va agregatlar ishlab chiqarish;
14192 — kislorod va kriogen mashinasozligi;
14193 — metallarga gaz alangasida ishlov berish va buyumlarni metallashtirish uskunalari ishlab chiqarish;
14194 — nasoslar ishlab chiqarish;
14195 — sanoatbop quvurli oʻtkazgich armaturasi ishlab chiqarish;
14196 — gaz tozalash va chang tutish uskuna va apparaturalari ishlab chiqarish;
14197 — boʻyash uskunalari ishlab chiqarish.
Traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi.
XXTUT:
14410 — traktor mashinasozligi;
14420 — qishloq xoʻjalik mashinasozligi;
14430 — chorvachilik va ozuqa yetishtirish mashinasozligi.
Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik.
XXTUT:
14511 — yoʻlsozlik va yer qazish mashinasozligi;
14512 — qurilish mashinalari ishlab chiqarish;
14520 — qurilish materiallari sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14531 — yogʻoch tayyorlash sanoati va melioratsiya ishlari uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14532 — torf sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14541 — kommunal xoʻjalik uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14542 — maishiy xizmat korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqarish.
Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
XXTUT:
14611 — toʻqimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14612 — tikuvchilik va toʻqimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14613 — poyabzal, charm, moʻyna va charm-galantereya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14614 — kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14620 — oziq-ovqat va omuxta yem sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14630 — savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14640 — poligrafiya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14651 — tikuv va maishiy elektr mashinalari va priborlari ishlab chiqarish (maishiy sovutgich va muzlatgichlar kirmaydi);
14652 — maishiy sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarish;
14711 — sanitar-texnik uskunalari ishlab chiqarish;
14712 — gaz uskunasi va apparaturalari ishlab chiqarish;
14720 — aviatsiya sanoati;
14730 — mudofaa sanoati;
14740 — kemasozlik sanoati;
14781 — ishlab chiqarishga moʻljallangan uskunalar ishlab chiqarish (arava-ulov va oyna sanoati uskunalari kirmaydi);
14782 — montaj qilinadigan yarim mahsulotlar, qism va detallar ishlab chiqarish;
14783 — oyna sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish.
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
XXTUT:
14210 — metall qirquvchi dastgohlar ishlab chiqarish;
14220 — yogʻochni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14230 — temirchilik-presslash uskunalari ishlab chiqarish;
14240 — quyuv uskunalari ishlab chiqarish;
14251 — metall va yogʻochga ishlov beruvchi asboblarni ishlab chiqarish;
14252 — texnologik jihozlar ishlab chiqarish;
14253 — sunʼiy olmos, abraziv materiallar va ulardan asboblar ishlab chiqarish sanoati;
14254 — mexanik payvandlash uskunalari ishlab chiqarish;
14291 — yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;
14292 — umummashinasozlikda qoʻllaniladigan buyumlar ishlab chiqarish;
14293 — qora va rangli metalldan fasonli quymalar tayyorlash uchun qolip materiallari ishlab chiqarish;
14321 — texnologik jarayonlarni nazorat qilish va sozlash priborlari ishlab chiqarish;
14322 — elektr oʻlchov priborlari ishlab chiqarish;
14323 — radio oʻlchov priborlari ishlab chiqarish;
14324 — optik va optiko-mexanik priborlar va apparatlarni ishlab chiqarish;
14325 — mexanik kattaliklarni oʻlchash priborlarini ishlab chiqarish;
14326 — vaqt priborlari ishlab chiqarish;
14327 — injenerlik va boshqaruv mehnatini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish priborlari ishlab chiqarish;
14328 — tabiiy kuzatuvlar uchun priborlar ishlab chiqarish;
14329 — tibbiyot, fiziologiya va biologiyaga oid priborlar ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
14332 — texnik eltuvchilar (nositel) ishlab chiqarish;
14333 — dasturiy vositalari ishlab chiqarish;
14341 — avtomobil, avtobus, trolleybuslar hamda avtomobil va traktorlarga tirkama (pritsep)lar ishlab chiqarish;
14342 — mototsikl va velosiped ishlab chiqarish;
14343 — avtomobil va traktorlar uchun elektr uskunalari va priborlar ishlab chiqarish;
14344 — boshqa uskuna va asboblarni ishlab chiqarish;
14350 — podshipnik sanoati.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
Shisha sanoati.
XXTUT:
16512 — qurilish va texnik shisha ishlab chiqarish;
16513 — shisha idishlar ishlab chiqarish;
16514 — shisha idishlar va shishadan xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish;
16515 — elektrotexnik va elektrovakuum shishalarini ishlab chiqarish;
16516 — kimyo-laboratoriya idishlarini ishlab chiqarish.
Chinni-fayans sanoati.
XXTUT:
16551 — chinni va fayansdan xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish;
16552 — kulolchilik xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
XXTUT:
19111 — uglevodorod xom ashyosidan ozuqali oqsil moddalari ishlab chiqarish;
19112 — gidroliz sanoati;
19121 — aminokislotalarni va ferment preparatlarini ishlab chiqarish;
19122 — notibbiy maqsaddagi antibiotiklarni, ozuqali darmondorilar (vitamin), premiks, bakteriyali oʻgʻitlar va oʻsimliklarni mikrobiologik himoya vositalarini ishlab chiqarish;
19123 — erituvchilarni ishlab chiqarish.
20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
19770 — oʻyinchoqlarni (rezina oʻyinchoqlardan tashqari) ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Korxona tashkil etilgandan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan) keyin yoxud kiritilgan xorijiy investitsiyalar summasini oshirganda soliq imtiyozlarini qoʻllashning
SHARTLI MISOLLARI
1-misol.
Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga (ustav kapitali (fondi) 200 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya hajmidan tashqari) muvofiq keladigan 2015-yilning 12-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2016-yilning 20-yanvarida ustav kapitalini (fondini) 5 million AQSH dollarigacha oshirdi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan 5 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Mazkur korxona 5 yil muddat ichida 2016-yilning 1-fevralidan 2021-yilning 1-fevraligacha soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
2-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2015-yilning 10-yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 3,1 million AQSH dollarigacha oshirdi, yaʼni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi, bu unga soliq imtiyozlarini qoʻllash muddatini yana 2 yilga uzaytirishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, mazkur korxona uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy muddati 5 yilni 2012-yilning 16-yanvaridan boshlab 2017-yilning 1-fevraligacha tashkil etadi.
3-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida (2012-yilning 16-yanvaridan 2015-yilning 1-fevraligacha) soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2016-yilning 12-dekabrida u ustav kapitalini (fondini) 11 million AQSH dollarigacha oshirdi, yaʼni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri tugagandan soʻng yuz berdi. Shunday qilib, mazkur korxona soliq imtiyozlarini 2017-yilning 1-yanvaridan 2019-yilning 1-fevraligacha qoʻllashni davom ettirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
qiluvchi korxonalarga ‎taqdim etiladigan soliq
‎imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisida
‎XABARNOMA ‎‎

‎‎_______________________________________________________________ joylashgan

‎‎‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)

‎‎________________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎(asosiy (soha) faoliyat turi)

‎‎_____________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎Sizni _____________________ dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil

‎‎(sana)‎

‎‎11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllashi haqida xabardor qiladi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi___________________________
‎‎_____________________________________________ AQSH dollarini tashkil etadi.

‎‎(summa yozuv bilan)

‎‎Xabarnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
‎adliya organlari tomonidan beriladigan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
‎investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafilligisiz amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tasdiqnomasi.

‎‎ ________________________________________________________ ga taqdim etiladi.

‎‎‎‎‎‎‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

Izoh:
Mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni
‎jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq
imtiyozlariga huquq yoʻqotilganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA

‎‎______________________________________________________________ joylashgan

‎‎‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)

‎‎_______________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎‎(asosiy (soha) faoliyat turi)

‎‎____________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎Sizni ____________ dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi

‎‎(sana)‎

‎‎PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.

‎‎ ________________________________________________________ ga taqdim etiladi.

‎‎‎‎‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

Izoh:
Mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son; 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)