1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PORTLOVCHI MODDALAR VA PORTLATISH VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISH, TRANSPORTDA TASHISH, SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi oʻrinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida oʻgʻirlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi moddalar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish]
portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish, shu jumladan kuzatilmaydigan bagajda olib kirish taqiqlanadi;
portlovchi moddalarni (olib kirishga ruxsatnoma mavjud boʻlganda) transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari orqali ustuvor tartibda (navbatsiz) oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
portlovchi materiallarni bojxonada tekshirish faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallarni saqlash omborlarida) amalga oshiriladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yoʻl vagonlarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan boʻlinmalari soqchiligi ostida tashiladi;
portlovchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qatʼiyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori boʻyicha amalga oshirilishi mumkin;
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadi, qisqa muddatli, koʻchma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari yoki idoraviy harbiylashtirilgan soqchilik xizmati tomonidan qoʻriqlanishi mumkin;
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus moʻljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qoʻyiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qoʻyishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi 2005-yil 25-maydagi 4 va 79-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish Qoidalari (roʻyxat № 1492, 08.07.2005-y.) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi 2005-yil 25-maydagi 5 va 80-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish Qoidalari (roʻyxat № 1493, 08.07.2005-y.).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qoʻyilgan xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilsin.
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-may,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati
LexUZ sharhi
1-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-sentabrdagi 271-sonli qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
1-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
T/r
Nomi
TIF TN
1.
Tetril (ammoniy nitriti) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar
283410000 dan
2.
Ten (pentaeritrittetranitrat) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar
283429800 dan
3.
Cimobli portlovchi modda (simob fulminati) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa fulminatlar
283800000 dan
4.
Trotil, granutol, trinitrotoluol va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlashgan yoki nitritlashtirilgan hosila uglevodorodlar
290420000 dan
5.
Trinitrofenol (pikrin kislotasi) va boshqa portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan nitritlashtirilgan hosila fenollar yoki fenol spirtlar
290890000 dan
6.
Geksogen, trimetilentrinitramin va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa geterotsiklik birikmalar
293369100 dan
7.
Porox
360100000
8.
Tayyor portlovchi moddalar, poroxdan tashqari
360200000
9.
Bikford piltasi; portlovchi piltalar;
360300100
10.
Bikfordlarning boshqa piltalari; portlovchi piltalar; zarbali yoki portlatuvchi pistonlar; zapallar; elektrodetonatorlar
360300900
11.
Boshqa signal rakatelari, yomgʻir yogʻdiriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va mushakbozlikning boshqa bumlari
360490000
Izoh: Roʻyxatda tovarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodi bilan belgilanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodiga “dan” qoʻshimchasi qoʻshilsa, bu portlovchi materiallarga tegishli deb topish faqat ikkinchi ustunda nomma-nom qayd etilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishini koʻrsatadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 219-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)