toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son hamda “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumning eksportini tartibga solish, xorijiy valyutadagi tushum tushishi yuzasidan samarali nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga:
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) barcha transport vositalaridan foydalangan holda eksport qilishga;
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08, 1202) toʻlovni norezidentlarning xalqaro toʻlov kartalaridan qabul qilish yoʻli bilan eksport qilishga;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
2016-yil 1-iyulgacha yangi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni kreditorlik qarzlari summasiga hamda ilgari tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha 2016-yil 1-maydagi holatiga koʻra ochilgan akkreditivlar boʻyicha eksport qilishga ruxsat etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishga fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishda ularda meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum turlari (navlari) va yetishtirilgan mintaqa (viloyat, tuman) koʻrsatilishini qatʼiy ravishda taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-iyun,
207-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qoʻyilsinki, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish belgilangan tartibda barcha transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjasi orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 63-pozitsiya qoʻshilsin:

63.

Meva-sabzavot mahsulotlari

07, 08, 1202

”.

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2016-yil 20-yanvardagi 13-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 4-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2016-yil 1-apreldagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 131-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 292-modda, 46-son, 530-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)