1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-sonli “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
2016-yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksportga yetkazib berishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“2016-yil 1-iyuldan boshlab meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilishni yuklarni avtomobil transporti bilan xalqaro tashishlarni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga tegishli avtotransport vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat berilsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-aprel,
100-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 131-modda)