

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;27.06.2017
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2977709" id="onLBC-2977709">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7337"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2977709" id="onLS-2977709">[<b>TSZ:</b><div id="LS3703"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2977723" id="-2977723">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2977724" id="-2977724">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2977725" id="-2977725">Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-2977726" id="-2977726">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 8-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2795]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2977727" id="-2977727"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3274597" id="-3274597">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-sonli “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-3244217?ONDATE=27.06.2017 00#-3244834">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2894, 23.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977728" id="-2977728">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2111824">qaroriga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977729" id="-2977729">1. Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-2977709#-2977739">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977730" id="-2977730">2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977731" id="-2977731">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-2147060">qarori</a> (roʻyxat raqami 2441, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 167-modda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977732" id="-2977732">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/2-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 83-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi <a href="/mact/-2531088">qarori</a> (roʻyxat raqami 2441-1, 2014-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52 (I)-son, 650-modda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977733" id="-2977733">3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977734" id="-2977734">Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977735" id="-2977735">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977736" id="-2977736">2016-yil 28-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2977737" id="-2977737">224/6-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2977738" id="-2977738"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2977739" id="-2977739">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/6-son <a href="/mact/-2977709">qaroriga<br /></a>ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2977740" id="-2977740">Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2977741" id="-2977741"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2977742" id="-2977742"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977743" id="-2977743">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-16188">Taʼlim toʻgʻrisida</a>”gi hamda “<a href="/mact/-196944">Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida</a>”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2035850">Farmoniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2111824">qaroriga</a> muvofiq, fan doktori ilmiy darajasini berish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977744" id="-2977744">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977745" id="-2977745">1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977746" id="-2977746"><strong>Ilmiy kengash</strong> — muayyan fan tarmogʻining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yoʻnalishida ilmiy daraja talabgorlari uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977747" id="-2977747"><strong>izlanuvchi</strong> — oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977748" id="-2977748"><strong>talabgor</strong> — dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashda qabul qilingan va attestatsiya yigʻmajildi koʻrilish jarayonida boʻlgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977749" id="-2977749"><strong>attestatsiya</strong> — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyasi jarayonida, shu jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, dissertatsiya aprobatsiyasi (muhokamasi) va himoyasini oʻtkazish hamda dissertatsiyani OAKda ekspertizadan oʻtkazish asosida talabgorlarning (izlanuvchilarning) nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini hamda dissertatsiya sifati va olingan natijalarining yangiligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977750" id="-2977750"><strong>attestatsiya yigʻmajildi</strong> — talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash (nostrifikatsiya qilish) yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977751" id="-2977751"><strong>dissertatsiya</strong> — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977752" id="-2977752"><strong>dissertatsiya avtoreferati</strong> — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy maʼlumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berilgan va tegishli tavsiyalar asosida rasmiylashtirilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977753" id="-2977753"><strong>dissertatsiya bajarilgan muassasa</strong> — oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi boʻyicha tadqiqot olib borish uchun masʼul muassasa (muassasalar) sifatida tasdiqlanib, “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon qilingan tashkilot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977754" id="-2977754"><strong>ekspertiza</strong> — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va meʼyoriy-texnik jihatdan baholash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977755" id="-2977755"><strong>ilmiy maslahatchi</strong> — tegishli oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashining qarori bilan muayyan izlanuvchiga belgilangan tartibda ilmiy maslahatchi sifatida biriktirilgan va bu haqdagi maʼlumot “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon qilingan mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977756" id="-2977756"><strong>apellatsiya</strong> — fan doktori ilmiy darajasini berish yoki uni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977757" id="-2977757">2. Fan doktori ilmiy darajasi qonun hujjatlari talablariga javob bergan, muayyan fan tarmogʻida chuqur kasbiy bilimlarga, ilmiy yutuqlarga ega boʻlgan yuksak maʼnaviyatli shaxslarga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977758" id="-2977758">3. Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga, yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — yurisprudensiya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977760" id="-2977760">Dissertatsiya izlanuvchi oʻtkazgan tadqiqotlar va eʼlon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977762" id="-2977762">Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining tanlovi boʻyicha oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977763" id="-2977763">Talabgor, ilmiy maslahatchi, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun masʼuldir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977765" id="-2977765">4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977767" id="-2977767">5. Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan yirik ixtiro muallifiga Intellektual mulk agentligi, tegishli vazirlik va idoralar xulosalariga koʻra Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, dissertatsiya himoyasisiz fan doktori ilmiy darajasi berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977768" id="-2977768">Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va fan doktori ilmiy darajasini berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977769" id="-2977769">6. Talabgor oʻz dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarori OAKning tegishli ekspert kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977770" id="-2977770">7. Fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslarga davlat namunasidagi fan doktori diplomi beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977771" id="-2977771">2-bob. Dissertatsiyaga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977772" id="-2977772">8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya yuqori malakali ilmiy ish boʻlishi, unda muallif tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va dolzarb ilmiy yoki amaliy muammolar hal etilishi yoki ilm-fan tegishli tarmogʻining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirish uchun muayyan yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlishi yoki joriy etilishi ilm-fan, texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmogʻining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshadigan yechimlar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977773" id="-2977773">9. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini oʻz ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaxlit va tugallangan boʻlishi hamda talabgorning shaxsan fanga qoʻshgan hissasini aks ettirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977774" id="-2977774">10. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977775" id="-2977775">Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya yigʻmajildiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan koʻrib chiqilgan, maʼqullangan va ularning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977776" id="-2977776">11. Ilmiy maʼruza shaklidagi dissertatsiya talabgor muntazam bajargan ilmiy ishlar va asarlarda eʼlon qilingan, ushbu fan tarmogʻining mutaxassislariga maʼlum boʻlgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalarning qisqacha umumlashtirilgan bayonidan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977777" id="-2977777">Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa talabgorning asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy maʼruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977778" id="-2977778">12. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari bilan bogʻliq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977779" id="-2977779">Dissertatsiya mavzusi oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977780" id="-2977780">Dissertatsiya mavzusi tasdiqlanganidan soʻng, uni roʻyxatga olish va “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon qilish uchun tegishli maʼlumot OAKga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977781" id="-2977781">Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977782" id="-2977782">13. Dissertatsiya kirish qismi, kamida toʻrtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlgan shaklda rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977783" id="-2977783">Dissertatsiyaning matni 200 sahifadan oshmasligi kerak. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977784" id="-2977784">Dissertatsiyaning titul varagʻi va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy maslahatchi koʻrsatiladi. Zarur hollarda, OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy maslahatchi ham koʻrsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977785" id="-2977785">Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng dissertatsiyaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977786" id="-2977786">14. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob bergan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977787" id="-2977787">Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, talabgorning xohishiga koʻra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni roʻyxatga kiritish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977788" id="-2977788">15. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi toʻliq koʻrsatilishi, shuningdek hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977790" id="-2977790">Talabgor hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat oʻzining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977792" id="-2977792">Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbasini koʻrsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼi nazar, muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu boʻyicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977794" id="-2977794">3-bob. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977795" id="-2977795">16. Eʼlon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda, davra suhbatlarida aprobatsiyadan (muhokamadan) oʻtkazilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977796" id="-2977796">Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. Dissertatsiya boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam boʻlmasligi va ulardan kamida 10 tasi OAKning doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya etiladigan yetakchi ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar roʻyxatiga (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) kiritilgan ilmiy nashrlarda eʼlon qilingan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977797" id="-2977797">Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar boʻyicha dissertatsiya natijalari boʻyicha monografiya eʼlon qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977798" id="-2977798">17. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida 2 ta maqola tegishli fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning Roʻyxatga kiritilgan nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida, shuningdek 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida, shundan 1 tasi xorijiy mamlakatlarda oʻtkazilgan konferensiya materiallari toʻplamida eʼlon qilingan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977799" id="-2977799">18. Izlanuvchi tomonidan eʼlon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning <a href="/mact/-2977709#-2977795">16</a> va <a href="/mact/-2977709#-2977798">17-bandlarida </a>nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin dissertatsiya yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hollarda uning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977800" id="-2977800">19. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patent), preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning eʼlon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977801" id="-2977801">Dissertatsiya mavzusi boʻyicha intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar) Roʻyxatga kiritilgan va shu fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida eʼlon qilingan maqolalar sifatida hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977804" id="-2977804">Oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida olti bosma taboq hajmdan iborat boʻlgan yakka mualliflikdagi monografiya Roʻyxatga kiritilgan milliy ilmiy nashrda eʼlon qilingan 3 ta maqola sifatida hisoblanadi, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab boʻyicha eʼlon qilingan monografiya bundan mustasno. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977805" id="-2977805">Oʻquv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan eʼlon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977806" id="-2977806">20. Talabgor tomonidan dissertatsiya boʻyicha avtoreferat tayyorlanadi. Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar roʻyxati quyidagi tartibda keltiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977807" id="-2977807">birinchi boʻlimda — Roʻyxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patent);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977808" id="-2977808">ikkinchi boʻlimda — dissertatsiya mavzusi boʻyicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977809" id="-2977809">21. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977810" id="-2977810">Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid maʼlumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar toʻliq yozilishi va maqolalar eʼlon qilingan jurnal yoki toʻplamlarning sahifalari aniq koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977811" id="-2977811">Nashrga topshirilgan, lekin eʼlon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977812" id="-2977812">22. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardagi ilmiy natijalar hammuallifga tegishli boʻlsa, ularni oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977813" id="-2977813">23. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977814" id="-2977814">4-bob. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977815" id="-2977815">24. Izlanuvchi tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Muassasa rahbari dissertatsiyani ushbu muassasaning yoki dissertatsiya ixtisosligi boʻyicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa muassasa(lar)ning tegishli kafedra, boʻlim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy (ilmiy-texnik) seminariga dastlabki ekspertizaga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977816" id="-2977816">25. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyaning dastlabki ekspertizasi yuzasidan xulosa beriladi. Xulosa ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida rasmiylashtiriladi, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanib, muassasaning gerbli muhri qoʻyiladi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada toʻgʻriligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining izlanuvchi eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻliq toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977817" id="-2977817">26. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan eʼtiboran 2 oy ichida izlanuvchiga beriladi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari xulosaning sifati, xolisligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi uchun masʼuldir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977818" id="-2977818">27. Izlanuvchi dissertatsiyasini oʻz xohishi bilan ilmiy seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan oʻtkazishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977819" id="-2977819">28. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977820" id="-2977820">29. Izlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi boʻlgan taqdirda, OAKdan belgilangan tartibda ruxsat olishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977821" id="-2977821">5-bob. Dissertatsiyani himoyaga taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977822" id="-2977822">30. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng uni koʻrib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977823" id="-2977823">Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan tarmogʻi boʻyicha Ilmiy kengash boʻlmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazib, dissertatsiya ixtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash boʻlmaganda esa, toʻgʻridan toʻgʻri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni soʻrab murojaat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977824" id="-2977824">31. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga oʻzlari ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik va idoralarning rahbarlariga oʻz tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan bogʻliq masalalar OAK tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977825" id="-2977825">OAK apparati xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977826" id="-2977826">6-bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977827" id="-2977827">32. Talabgor dissertatsiyani koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977828" id="-2977828">Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish toʻgʻrisidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977833" id="-2977833">33. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977834" id="-2977834">34. Talabgor oʻz dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni soʻrab, Ilmiy kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga koʻrsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining 1 nusxasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular soʻrovnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977835" id="-2977835">35. Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, talabgorning oliy maʼlumot haqidagi diplomi nusxasi, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning Axborot-resurs markazi fondidan olib qoʻyiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arxivida saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977836" id="-2977836">Dissertatsiya boʻyicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, obyektiv-maʼlumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi hamda ovoz berish natijalari Ilmiy kengashda qoladi va soʻrovnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977837" id="-2977837">Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977838" id="-2977838">36. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy boʻlganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin kamida 6 oy oʻtgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977839" id="-2977839">Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganida, avvalgi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977840" id="-2977840">7-bob. OAKda attestatsiya yigʻmajildini koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977841" id="-2977841">37. Attestatsiya yigʻmajildi, shu jumladan dissertatsiya OAKning tegishli boʻlimlari tomonidan qabul qilib olinadi va ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspert kengashiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977842" id="-2977842">38. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini oʻtkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan boʻlsa, OAK rahbariyati Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya yigʻmajildini koʻrib chiqishni toʻxtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengash tomonidan qayta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977843" id="-2977843">39. Ekspert kengashi attestatsiya yigʻmajildi, shu jumladan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazib tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977844" id="-2977844">40. OAK Rayosati attestatsiya yigʻmajildi boʻyicha ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, masalani qayta koʻrib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977845" id="-2977845">41. Attestatsiya yigʻmajildini OAKda koʻrib chiqish muddati, qoida tariqasida, 3 oydan oshmasligi kerak. Ilmiy ekspertizadan oʻtkazish batafsil oʻrganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya yigʻmajildini koʻrib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977846" id="-2977846">42. Attestatsiya yigʻmajildini OAKda koʻrib chiqish jarayonida unda aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977847" id="-2977847">43. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977848" id="-2977848">44. Fan doktori ilmiy darajasi berilgan shaxsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli OAK tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977849" id="-2977849">8-bob. Diplomlarni rasmiylashtirish va berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977852" id="-2977852">45. OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va talabgorga 20 kun ichida fan doktori diplomi rasmiylashtirib beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977854" id="-2977854">46. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxs arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977857" id="-2977857">fuqarolik pasportining nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977859" id="-2977859">hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida respublika markaziy gazetasida berilgan eʼlon nusxasi (agar yoʻqolgan boʻlsa);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977862" id="-2977862">topilmalar byurosining tegishli maʼlumotnomasi (agar yoʻqolgan boʻlsa).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977865" id="-2977865">47. Ilmiy daraja berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda, diplomning dublikati beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977868" id="-2977868">9-bob. Ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977870" id="-2977870">48. Koʻchirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis oʻtkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan, ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977872" id="-2977872">OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil oʻtgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977875" id="-2977875">49. Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasidan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash boʻyicha xulosasi ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977877" id="-2977877">50. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan koʻrib chiqiladi va shaxsni fan doktori ilmiy darajasidan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977878" id="-2977878">10-bob. Apellatsiyani koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977879" id="-2977879">51. Manfaatdor shaxslar Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellatsiya berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977881" id="-2977881">Manfaatdor shaxslar fan doktori ilmiy darajasini berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda koʻrib chiqilishi boʻyicha OAK Rayosati qarori yuzasidan OAKga apellatsiya berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977882" id="-2977882">Apellatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 2 oy ichida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977883" id="-2977883">52. Apellatsiya Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2509996">Qonunida</a> belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977884" id="-2977884">53. Apellatsiya Ilmiy kengash tomonidan Ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga asosan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977885" id="-2977885">54. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellatsiya boʻyicha Ilmiy kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellatsiyani koʻrib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, OAKda mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi OAK Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977886" id="-2977886">55. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellatsiya komissiyasi xulosasi koʻrib chiqiladi va apellatsiya boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977887" id="-2977887">56. OAK Rayosatining apellatsiya boʻyicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellatsiya bergan shaxslarga, shuningdek, Ilmiy kengashga yuboriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2977888" id="-2977888">11-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977889" id="-2977889">57. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan fan doktori ilmiy darajasi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-324147#-723262">nizomga</a> muvofiq nostrifikatsiya (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi) qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977890" id="-2977890">58. Xorijiy davlatlarda olingan falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga ega boʻlgan yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda olingan falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga ega boʻlgan yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar <a href="/mact/-2733753#-2734026">roʻyxatiga</a> asosan OAKda hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2977891" id="-2977891">59. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977892" id="-2977892">Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977893" id="-2977893"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977894" id="-2977894">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977895" id="-2977895">Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXOBOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977896" id="-2977896"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977898" id="-2977898">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977899" id="-2977899">Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977900" id="-2977900"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977901" id="-2977901">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977902" id="-2977902">Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977903" id="-2977903"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977904" id="-2977904">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977905" id="-2977905">Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977906" id="-2977906"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977907" id="-2977907">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977908" id="-2977908">Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977910" id="-2977910"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977911" id="-2977911">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977912" id="-2977912">Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b. S. LUTPULLAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977913" id="-2977913"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977914" id="-2977914">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977915" id="-2977915">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijro apparati rahbari O. PARPIYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977916" id="-2977916"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977917" id="-2977917">2016-yil 31-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2977918" id="-2977918">Intellektual mulk agentligi bosh direktori v. v. b. M. BOBOJANOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977919" id="-2977919"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2977920" id="-2977920">2016-yil 31-mart</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2979796" id="-2979796">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 276-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
