1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son MBMS) “Koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2044-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2009-yil 12-oktabrdagi 01/19-18/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2044, 2009-yil, 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 511-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son MBMS) “Koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
01/27-26/36-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/36-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son MBMS) “Koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 17-bandning oʻn uchinchi xatboshisi “agar baholash obyekti yuridik shaxsga qarashli boʻlsa” degan soʻzlardan keyin “va muhr mavjud boʻlgan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 54-band “shu tashkilot muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 257-modda)