1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI TOʻGʻRISIDA
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ushbu Qonunning maqsadi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalariga daxldor qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ixtiyoriylik;
tenglik;
oshkoralik;
hamma uchun ochiqlik;
erkin fikr bildirish.
4-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari boʻlishlari mumkin.
Chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga ushbu Qonunga muvofiq jalb etilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”giQonunining 23-moddasi toʻrtinchi qismi.
5-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar quyidagi huquqlarga egadirlar:
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish;
qonun loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga takliflar va mulohazalar kiritish;
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun deputatlar bilan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.05 Boshqa siyosiy huquq va erkinliklar]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etuvchi fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”giQonunining 23-moddasi.
6-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihalari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Ommaviy axborot vositalari qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishini yoritadilar, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini eʼlon qilib boradilar.
II BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASIDA FUQAROLARNING ISHTIROK ETISH HUQUQLARI KAFOLATLARI
7-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar ishtirok etishining ixtiyoriyligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriydir.
Fuqarolarni qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga majburlash taqiqlanadi.
8-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolarning teng huquqliligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolar teng huquqqa egadirlar.
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga qarab qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
9-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazishda oshkoralik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi oshkora oʻtadi va ommaviy tusga ega boʻladi.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining hamma uchun ochiqligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uning hamma ishtirokchilari uchun ochiq boʻlishi kerak.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga hech kim monelik qilishga haqli emas.
11-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolarning erkin fikr bildirish huquqi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari boʻyicha oʻz fikrini erkin bildirish huquqiga ega.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida hech kim qonun loyihalari yuzasidan oʻz fikrini bildirishga majbur qilinishi mumkin emas.
III BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASINI TASHKIL ETISH
12-modda. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish tashabbusi
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan organlar va shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga tegishlidir.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
13-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini tayinlash
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida tushadigan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish muddati va tartibini belgilaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
14-modda. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasi uchun eʼlon qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi uchun “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida, ularni umumxalq muhokamasiga qoʻyish haqida qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay eʼlon etiladi. Ular maxsus nashrlarda, boshqa ommaviy axborot vositalarida ham chop qilinishi mumkin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish boʻyicha vakolatlari
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari:
(15-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
qonun loyihalari yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib boradilar;
tushayotgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar, oʻrganib chiqadilar va tahlil etadilar;
taklif va mulohazalarni oʻrganib chiqish va tahlil etishga ekspertlar, mutaxassislar va olimlarni jalb qiladilar;
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari uyushtiradilar;
taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar;
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish boʻyicha qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(15-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari saylov okruglarida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etadilar.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
17-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Davlat organlari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun:
qonun loyihalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
qonun loyihalarining muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishi va yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida tarqatish yoʻllari bilan zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydilar.
18-modda. Qonun loyihalarini muhokama qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihalari davlat organlarining majlislarida, fuqarolar yigʻinlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarida, harbiy xizmatchilarning yigʻilishlarida, ommaviy axborot vositalari orqali muhokama qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi.
19-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.05 Boshqa siyosiy huquq va erkinliklar]
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari yakka tartibda yoki jamoa tarzida, ogʻzaki yoki yozma shaklda kiritiladi.
Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning turar joyi, tegishli organning, tashkilotning nomi va pochta manzili koʻrsatiladi. Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalar imzolangan boʻlishi kerak.
Qonun loyihasi yuzasidan belgilangan tartibda kiritilgan taklif va mulohazalar koʻrib chiqilishi shart. Taklif va mulohazalarni qabul qilib olishni rad etish taqiqlanadi.
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari tavsiya va maslahat xususiyatiga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi uchinchi qismi.
20-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi boʻlib oʻtadigan til
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Fuqarolar qonun loyihasiga doir taklif va mulohazalarini davlat tilida yoki oʻzlari bilgan istalgan boshqa tilda kiritishga haqlidirlar.
IV BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI DAVOMIDA TUSHGAN TAKLIF VA MULOHAZALARNI KOʻRIB CHIQISH
21-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini koʻrib chiqish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan umumxalq muhokamasi davomida qonun loyihasi yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
22-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini umumlashtirish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari umumxalq muhokamasi davomida tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar hamda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
23-modda. Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini hisobga olish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari aholi turli qatlamlarining, jamiyat siyosiy kuchlarining hamda davlatning manfaatlarini har tomonlama hisobga oladilar.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
24-modda. Taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida axborot
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborot tayyorlaydilar hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari eʼtiboriga yetkazadilar.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
25-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunni qabul qiladi va uni maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboradi yoki qonun loyihasini qoʻshimcha ravishda ishlashga yuboradi yoxud uni rad etadi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
26-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini eʼlon qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
27-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
166-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)