1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2379-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379, 2012-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-fevral.
2/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 6-fevraldagi 2/1-sonli qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
“13. Mikrokredit tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni ularning yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga eʼlon qilishi shart.”.
2. Quyidagi mazmundagi 26¹-band bilan toʻldirilsin:
“26¹. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi kerak.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 7-son, 71-modda)