toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2023
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
Qarori
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2752-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 17-martdagi 4-son va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-martdagi 5-sonli ““16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2752-1, 27.03.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-dekabr,
104-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-dekabr,
41-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-dekabrdagi 104 va 41-son qaroriga
ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar (bundan buyon matnda nogiron bola deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarining (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi deb yuritiladi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadi ko‘rsatilgan mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi yo‘llanmasiga (bundan buyon matnda yo‘llanma deb yuritiladi) asosan tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Nogiron bolani TMEKda ko‘rikdan o‘tkazish nogiron bolaning qonuniy vakili (ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasining (bundan buyon matnda DPM deb yuritiladi) tibbiy-maslahat komissiyasi (bundan buyon matnda TMK deb yuritiladi) tomonidan berilgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqidagi tibbiy xulosaning (bundan buyon matnda tibbiy xulosa deb yuritiladi) asosliligini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.
2. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan TMEKga taqdim etiladigan yo‘llanmaga nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosa ilova qilinadi.
3. TMEKga yo‘llanma kelib tushganda, u TMEKning mas’ul xodimi tomonidan mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini qayd qilish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) ro‘yxatga olinadi.
Jurnalga yo‘llanmada ko‘rsatilgan nogiron bola va uning qonuniy vakiliga oid ma’lumotlar ham kiritiladi.
4. Yo‘llanma ro‘yxatga olingandan so‘ng TMEK tomonidan tibbiy xulosani bergan TMK tegishli bo‘lgan DPMdan nogiron bolaning ambulator kartasi, kasallik tarixidan ko‘chirmalar va boshqa tibbiy hujjatlar (bundan buyon matnda tibbiy hujjatlar deb yuritiladi) o‘rganib chiqish maqsadida so‘rab olinishi mumkin. Bunda TMEK tomonidan tegishli DPMga so‘rovnoma yuboriladi.
DPMning mas’ul xodimi TMEKning so‘rovnomasi kelib tushgandan keyin bir ish kuni ichida nogiron bolaning tibbiy hujjatlarini TMEKga yetkazib beradi. DPM tomonidan taqdim etilgan hujjatlar TMEKda o‘rganib chiqilgach, ular DPMga qaytariladi.
TMEKning mas’ul xodimi DPM tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlar haqidagi tegishli ma’lumotlarni Jurnalga kiritishi lozim.
5. TMEKda nogiron bolani yo‘llanmasiz ko‘rikdan o‘tkazish taqiqlanadi.
6. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2005, 2009-yil 15-sentabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Nogiron bolani TMEKda ko‘rikdan o‘tkazish va TMEKning konsultativ xulosasini chiqarish
7. TMEK tomonidan nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosa hamda uning tibbiy hujjatlari to‘liq o‘rganib chiqiladi va natijasi bo‘yicha nogiron bolani ko‘rikdan o‘tkazish yoki ko‘rikdan o‘tkazmasdan sirtdan konsultativ xulosa chiqarish haqida kollegial qaror qabul qilinadi.
8. TMEK tomonidan nogiron bolani ko‘rikdan o‘tkazish haqida qaror qilinganda, ko‘rikdan o‘tkazish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda TMEKda ko‘rikdan o‘tish taloni rasmiylashtiriladi va u nogiron bolaning qonuniy vakiliga beriladi.
9. Nogiron bolani TMEKda ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra unga berilgan tibbiy xulosaning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan TMEKning konsultativ xulosasi chiqariladi.
Tibbiy xulosaning asossizligi yuzasidan TMEKning konsultativ xulosasida uni asoslantiruvchi sabablar ko‘rsatilishi shart.
10. Tibbiy xulosa hamda tibbiy hujjatlarni o‘rganib chiqish natijasida nogiron bolada mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq Konsultativ xulosani sirtdan chiqarish huquqini beruvchi kasalliklar va patologik holatlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan kasalliklar yoki patologik holatlar mavjudligi aniqlansa, nogiron bola ko‘rikdan o‘tkazilmaydi. Bunda nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosaning asosliligi yuzasidan TMEKning konsultativ xulosasi sirtdan chiqariladi.
TMEK raisi yoki a’zolarining biri konsultativ xulosani sirtdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, nogiron bola TMEK tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
11. TMEK tomonidan nogiron bolani ko‘rikdan o‘tkazish va unga berilgan tibbiy xulosaning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan konsultativ xulosa yo‘llanma qabul qilib olingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida chiqarilishi shart.
12. TMEK nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosani va uning tibbiy hujjatlarini o‘rganib chiqishda, shuningdek nogiron bolani ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida uning klinik tashxisiga aniqlik kiritish maqsadida u DPMga qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirishga yuborilishi mumkin. Bunda nogiron bolaning qonuniy vakiliga DPMga qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirishga yuborish bo‘yicha yo‘llanma topshiriladi.
Qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirish uch kun ichida o‘tkaziladi. Bunday hollarda mazkur Qoidalarning 11-bandida belgilangan muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
13. Nogiron bolaning qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirishdan o‘tkazish natijalari uning qonuniy vakili tomonidan TMEKga yetkazib beriladi.
14. Qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirish natijalari TMEK konsultativ xulosasini chiqarishda asos qilib olinadi va ular haqidagi ma’lumotlar Jurnalga qayd qilinadi.
15. Nogiron bolani ko‘rikdan o‘tkazish va TMEK konsultativ xulosasini chiqarish to‘liq tarkibda o‘tkaziladigan TMEK majlisida kollegial tartibda amalga oshiriladi.
TMEK majlisida tibbiy xulosa bergan TMK raisi yoki vrachi ishtirok etishi mumkin.
16. Nogiron boladagi kasallik turi yoki patologik holatidan kelib chiqib TMEK konsultativ xulosasini chiqarish uchun TMEK majlisida Bosh TMEKning tegishli mutaxassislari (oftalmolog, ftiziatr, psixiatr) ishtirok etishi mumkin.
17. TMEK joylashgan joyda TMEK konsultativ xulosasini chiqarish imkoni bo‘lmasa (nogiron bola shifoxonada yoki uyda davolanayotgan bo‘lsa), TMEK konsultativ xulosasi TMK tavsiyasi asosida uyda yoki statsionarda sayyor majlisda chiqarilishi mumkin.
18. TMEK konsultativ xulosasi chiqarilishi bilan u darhol TMEK raisi tomonidan nogiron bolaning qonuniy vakiliga ma’lum qilinadi.
19. TMEK konsultativ xulosasi chiqarilganda, u haqidagi ma’lumotlar Jurnalga qayd qilinib, Jurnalning tegishli grafasida TMEK raisi va a’zolari, Bosh TMEKning tegishli mutaxassislari (agar ishtirok etgan bo‘lsa), TMK raisi yoki vrachi (agar ishtirok etgan bo‘lsa) tomonidan imzolar qo‘yiladi va ularning imzolari TMEK muhri bilan tasdiqlanadi.
20. TMEK konsultativ xulosasi sirtdan chiqarilganda, Jurnalning “Izoh” grafasiga tegishli belgi qo‘yiladi.
21. TMEK konsultativ xulosasi chiqarilgan kuni u yo‘llanmaning qirqma qismiga rasmiylashtiriladi va TMEK raisi tomonidan imzolanadi. TMEK raisining imzosi TMEK muhri bilan tasdiqlanadi.
22. TMEK konsultativ xulosasi rasmiylashtirilgan yo‘llanmaning qirqma qismi tibbiy xulosa bilan birga uni yuborgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga u rasmiylashtirilgan kunning o‘zida yuborilishi lozim.
3-bob. Yakuniy qoidalar
23. TMEK konsultativ xulosasidan norozi bo‘lgan TMK Bosh TMEKga murojaat qilishi mumkin.
24. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish qoidalariga
1-ILOVA

‎‎16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani TMEKda ko‘rikdan o‘tkazish uchun
‎YO‘LLANMA

‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
‎budjetdan tashqari ‎Pensiya jamg‘armasi ______________ tuman
‎ (shahar) bo‘limi

20___ yil “___”__________‎‎

‎‎_______-son

‎‎_______________________________ ___-sonli

‎‎(viloyat (shahar) / respublika)

‎‎___________________________ TMEK raisiga

‎‎(tuman / tumanlararo / shahar / ixtisoslashtirilgan)

1. Nogiron bolaning F.I.O.:__________________________________________________________.
‎2. Nogiron bolaning tug‘ilgan sanasi: __________________________________________________.
‎3. Nogiron bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.: ________________________________________________________________________________.
‎4. Nogiron bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning yashash joyi va telefon raqami: __________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________.
‎5. TMK tomonidan tibbiy xulosa berilgan sana: _________________________________________.
‎6. TMK tegishli bo‘lgan DPMning nomi: ________________________________________________.
‎7. Nogiron bolani TMEKga ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuborishning maqsadi: ________________________________________________________________________________.

‎‎Pensiya jamg‘armasi
‎bo‘limi boshlig‘i

‎‎M.O‘.


‎‎‎____________
‎(imzo)


‎‎‎__________________
‎(F.I.O.)


‎----------------------------------------------------------- (qirqish chizig‘i) ----------------------------------------------------------‎‎

‎‎16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani TMEKda ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanmaning qirqma qismi
‎(Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga qaytariladi)

‎‎_______-son

_______________________________ ___-sonli ___________________________________ TMEK

(viloyat (shahar) / respublika)

‎‎(tuman / tumanlararo / shahar / ixtisoslashtirilgan)

‎‎tomonidan ____ yilda tug‘ilgan _______________________________________________ ko‘rikdan

‎‎(nogiron bolaning F.I.O.)

‎‎o‘tkazilib, unga TMK tomonidan berilgan “____” __________ 20___ yildagi ______ -sonli tibbiy xulosa ____________________________ to‘g‘risida konsultativ xulosa chiqarildi.

‎‎(asosliligi / asossizligi )

‎‎Tibbiy xulosa asossizligining sababi (agar asossiz deb xulosa qilingan bo‘lsa):
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________.
‎TMEK konsultativ xulosasi chiqarilgan sana: 20__ yil “_____”_______________.

‎‎TMEK raisi

‎‎M.O‘.

‎‎______________
‎(imzo)

‎‎___________________
‎(F.I.O.)

‎‎
‎20__ yil “_____”_______________.
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish qoidalariga
2-ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini qayd qilish
JURNALI
Yuritilish boshlandi: _________ yil.
‎Yuritilish tugatildi: _________ yil.

T/r‎

Yo‘llanmaning sanasi va soni, uning TMEKda ro‘yxatga olingan sanasi

Nogiron bolaning F.I.O.

Nogiron bolaning tug‘ilgan sanasi

Nogiron bolaning qonuniy vakilining F.I.O.

Nogiron bolaning qonuniy vakilining yashash joyi va telefon raqami

TMK tomonidan nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosaning sanasi va soni

DPM tomonidan taqdim qilingan tibbiy hujjatlar

Nogiron bolaga belgilangan qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirishning turi, yo‘llanma berilgan sana (agar nogiron bola tekshirishga yuborilgan bo‘lsa)

Qo‘shimcha laborator-instrumental tekshirish natijalari (agar nogiron bola tekshirishdan o‘tgan bo‘lsa)

TMEK konsultativ xulosasi

TMEK konsultativ xulosasini chiqarishda ishtirok etgan shaxslarning F.I.O va imzosi (TMEK raisi va a’zolari, Bosh TMEKning tegishli mutaxassislari, TMK raisi yoki vrachi)

Izoh

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish qoidalariga
3-ILOVA
Konsultativ xulosani sirtdan chiqarish huquqini beruvchi kasalliklar va patologik holatlar
RO‘YXATI
I bo‘lim. Ichki a’zolar kasalliklari
1. Birlamchi arterial gipertoniya (gipertoniya kasalligi) (buyraklar shikastlanishi ustunligi bilan).
2. Qon aylanishining III darajasi bilan kechuvchi koronar yetishmovchiligi.
3. Qon aylanishi yetishmovchiligining III darajasi bilan kechuvchi yurak kasalliklari va nuqsonlari.
4. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.
5. Nafas yetishmovchiligining III darajasi bilan kechuvchi surunkali o‘pka kasalliklari.
6. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari.
7. Atsetonuriya va komatoz holatlarga moyillik bilan kechuvchi qandli diabetning og‘ir turlari.
8. Gipofizar nanizm.
9. Kuchli ifodalangan gormonal buzilishi bilan kechuvchi endokrin tizimi kasalliklari.
10.Tik turish va tos a’zolari faoliyati buzilishi bilan namoyon bo‘lgan umurtqa pog‘onasi sili.
11. Addison kasalligi (surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligi bilan kechuvchi).
12. OIV infeksiyasining III darajasi va OITS.
13. Leykozlar (o‘tkir limfoleykoz, surunkali miyeloleykoz, o‘tkir nolimfatik leykozlar).
14. Gemofiliyaning hamma turlari.
II bo‘lim. Asab tizimining kasalliklari va ruhiy buzilishlar
15. Surunkali rivojlanib boruvchi va turg‘un harakat, nutq, ko‘rish faoliyatining buzilishi (parkinsonizm, falaj, afaziya, muvozanatni buzilishi, ataksiya) bilan kechuvchi markaziy asab tizimining yuqumli kasalliklari, rivojlanib boruvchi miya shishi (kuchli gidrotsefaliya), tos a’zolari faoliyatining buzilishi:
a) ensefalitlar, ensefalomiyelitlar, miyelitlar;
b) yon amiotrofik skleroz;
v) tarqalgan skleroz (miyacha va spinal turi, kuchli muvozanatning buzilishi, paraparez bilan kechishi).
16. Bosh va orqa miya jarohatining uzoq muddatdan keyingi asoratlarining kuchli harakat buzilishlari bilan kechishi holatlari (gemiplegiya, kuchli ifodalangan gemiparez, paraplegiya, kuchli ifodalangan paraparez, triplegiya, kuchli ifodalangan triparez, tetraplegiya, kuchli ifodalangan tetraparez, afaziya).
17. Orqa miyaning uzoq muddatdan keyingi turg‘un asoratlarining kuchli ifodalangan harakat buzilishlari bilan kechishi (falajlar va kuchli ifodalangan parezlar, tos a’zolari faoliyatining kuchli buzilishi).
18. Bosh miya qon aylanishi buzilishining og‘ir asoratlari (gemiplegiya, kuchli ifodalangan gemiparez, psixoz, kuchli ifodalangan aqliy kobiliyatning buzilishi), bolalar tserebral falaji.
19. Tez-tez qaytalanuvchi epilepsiya (shaxs o‘zgarishi va aqliy pastligi bilan kechishi).
20. Markaziy asab tizimining kuchli rivojlanib kechuvchi kasalliklari: miopatiya, miotoniya, qaltiroq, falajning kuchli rivojlangan va muvozanatning buzilishi bilan kechishi holatlari.
21. Periferik asab tizimining uzoq vaqtdan keyingi orqaga qaytmas asoratlari, qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi, kuchli ifodalangan parezlar, trofik buzilishlar.
22. Bosh miya va orqa miyaning nooperabel o‘smalari.
23. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi.
24. Aqliy qobiliyatni keskin pasayishi bilan kechuvchi shizofreniya.
25. Daun kasalligi (21 juft xromosomaning to‘liq trisomiyasi, intellektning buzilishi va 1-B darajadagi qon aylanishining buzilishi bilan kechishida).
III bo‘lim. Xirurgik kasalliklar va anatomik nuqsonlar hamda deformatsiyalar
26. Bir yoki ikkala qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion cho‘ltoqlar: yelka, bilak cho‘ltoqligi, kaftning yo‘qligi, rezeksiyadan keyingi osilib turuvchi yelka va tirsak bo‘g‘imlari, barmoqlarning yo‘qligi.
27. Bir yoki ikkala oyoqlarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion cho‘ltoqlar: son, boldirning cho‘ltog‘i, kaftning yo‘qligi, rezeksiyadan keyingi chanoq-son va tizza bo‘g‘imlari o‘ynoqiligi.
28. Umurtqa pog‘onasining jarohatdan keyingi asoratlari, tos a’zolari faoliyatining turg‘un buzilishi (o‘tkir va o‘tkir osti davrda).
29. Nefro yoki pulmonektomiyadan keyingi asoratlar.
30. Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli.
IV bo‘lim. Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari va jarohatlari
31. Ko‘z soqqasining yo‘qligi (anoftalm).
32. Ko‘z soqqasining subatrofiyasi.
33. Ikki tomonlama ko‘rlik.
V bo‘lim. Quloq, tomoq va burun kasalliklari
34. Bolalikdan kar-soqov.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3-son, 27-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)