toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYALARI TOMONIDAN FUQAROLARNI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TARTIBINI YANADA TAKOMILLAShTIRIShGA, NOGIRONLIKNI VA KASBIY MEHNATGA LAYoQAT YOʻQOTILIShI DARAJASINI ANIQLAShGA YOʻNALTIRILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-iyul,
195-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va nogironlikni, shuningdek mehnatda mayib boʻlish yoki kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Fuqarolarni TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
hayot faoliyati, mehnatga layoqat cheklanganligi holatini, nogironlikning guruhlari, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash;
mehnat faoliyatini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlgan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlagan ishlovchilarning mehnatga layoqati yoʻqotilganligi darajasini, shuningdek ularning yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojligini aniqlash;
nogironlarning salomatligi va mehnatga layoqati holatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash;
nogironlarni ishga joylashtirish, oʻqitish va qayta oʻqitish boʻyicha tavsiyalar berish.
3. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:
yashash joyidagi tumanlararo, tuman (shahar) TMEK;
fuqaroda mazkur TMEK sohasi boʻyicha alohida kasalliklar mavjud boʻlgan taqdirda davolash-profilaktika muassasasiga (keyingi oʻrinlarda DPM deb ataladi) biriktirish joyidagi ixtisoslashtirilgan TMEK tomonidan;
vrachlarni, TMEK xodimlarini va ularning yaqin qarindoshlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hukm qilingan shaxslarni, shuningdek ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) TMEK xulosasiga rozi boʻlishmagan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish – bosh TMEK tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
4. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tibbiyot odob-axloqiga va deontologiyaga asoslanadi.
5. TMEKda fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
II. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish
6. TMEK tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi, DPM yoʻllanmasiga ega boʻlgan, ushbu TMEKga biriktirilgan shaxslarni qabul qiladi.
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(6-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 281-modda)
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning sifati, oʻz vaqtidaligi va bemorlarni TMEKga yuborishning asoslanganligi yuzasidan javobgarlik DPM rahbari zimmasiga yuklanadi.
Tibbiy hujjatlarda TMEKning notoʻgʻri xulosasini chiqarishga asos boʻlgan yolgʻon maʼlumotlarni qasddan koʻrsatishgan shaxslar, shuningdek yolgʻon xulosalar berishgan yoki nogironlik guruhini ataylab notoʻgʻri belgilashgan vrachlar va ekspertlar ham qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
7. Boshlangʻich tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga:
aynan bir kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab uzluksiz muddat qatorasiga 4 oydan ortiqni tashkil qiladigan uzoq muddat kasal boʻlgan (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari) shaxslar;
aynan bir kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan eʼtiboran 12 oy mobaynida tanaffus bilan birga 6 oy mobaynida davom etgan shaxslar (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari);
sil kasalligi birinchi marta aniqlangan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 10 oyni tashkil qiladigan, shuningdek asosiy kasallik kuchaygan-vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan eʼtiboran kamida 6 oy silga qarshi kurashish muassasalarida hisobda turgan taqdirda sil kasalligiga chalingan bemorlar qabul qilinadi.
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻtgungacha tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror TMEK raisi tomonidan chiqariladi.
8. TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat majburiy tartibda koʻrsatiladi.
TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun:
DPM yoʻllanmasi, davolovchi vrach, boʻlim mudiri, bosh vrach imzosi va muassasaning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan kasallik tarixidan koʻchirmalar (mavjud boʻlsa), ambulatoriya kartasi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyulodagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
ishlaydiganlar tomonidan – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etiladi.
Kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilganligi darajasi va nogironlik aniqlangan taqdirda TMEKga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolat berilgan sogʻliqni saqlash muassasasi xulosasidan koʻchirma ham taqdim etiladi.
Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligini aniqlash uchun TMEKga birinchi marta yuborilgan shaxslar mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holdagi baxtsiz hodisa yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi dalolatnomani ham taqdim etadilar.
9. Ayrim hollarda, zaruriyat paydo boʻlganda TMEK ish beruvchilardan tibbiy tekshirishdan oʻtuvchining mehnatda jarohatlanishga yoki kasb boʻyicha kasallanishiga sabab boʻlgan mehnat xarakteri va sharoitlari toʻgʻrisidagi xulosani soʻrab olishi mumkin. Bunda ish beruvchi tomonidan xulosani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki taqdim etmaslik tibbiy tekshirishdan oʻtkazishni rad etish yoki tibbiy tekshirish muddatini uzaytirish uchun asos boʻla olmaydi.
10. Tibbiy koʻrik:
yashash joyidagi TMEK yoki DPMga biriktirilgan joydagi TMEK yoki ushbu TMEKga biriktirilgan tegishli DPMning yoʻllanmasi boʻyicha oʻtkazilishi;
agar TMEK joylashgan joyda tibbiy tekshirishni asosli sabablarga koʻra va DPM tavsiyasi asosida oʻtkazish mumkin boʻlmasa – uyda yoki statsionarda koʻchma majlislarda oʻtkazilishi mumkin.
Tibbiy koʻrik hujjatlar TMEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda oʻtkaziladi. Nogironlik belgilangan taqdirda hujjatlar TMEKda qabul qilingan sana nogironlikning boshlanishi hisoblanadi.
III. Tibbiy koʻrikni oʻtkazish
11. Tuman (shahar), tumanlararo va ixtisoslashtirilgan TMEK majlisida tibbiy koʻrik toʻliq tarkibda oʻtkaziladi.
12. Shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:
shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
TMEKga yoʻllanmani (088/u shaklini), kasallik tarixidan koʻchirmalarni, ambulatoriya kartasini, shuningdek bemorni tibbiy koʻrikka yuborish uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
13. Tibbiy koʻrik maʼlumotlari va TMEK qarori tibbiy koʻrik dalolatnomasida va TMEK majlisi protokolida qayd etiladi, ular shu kunning oʻzida toʻldiriladi, TMEK raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
14. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha TMEK quyidagi xulosalarni (keyingi oʻrinlarda TMEK xulosasi deb ataladi) chiqarishi mumkin:
nogironlik guruhini aniqlash, uning sabablari va muddatlari toʻgʻrisida;
kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilganlik darajasi toʻgʻrisida;
qoʻshimcha ravishda tekshirish hamda klinik tashxisni aniqlashtirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtuvchini biriktirilgan davolash-profilaktika muassasalariga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish toʻgʻrisida;
tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan bemorni davolashni oxirigacha yetkazish zarurligi munosabati bilan uning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida;
protez-ortopediya buyumlari, nogironlik aravachalari va reabilitatsiya qilishning boshqa yordamchi texnik vositalari bilan taʼminlashga muhtojlik toʻgʻrisida;
mehnatga tavsiya etish, nogironning oʻqitishga yoki qayta oʻqitishga muhtojligi toʻgʻrisida;
oʻzgalar parvarishiga muhtojlik toʻgʻrisida.
15. TMEK tomonidan nogironlik guruhlari, sabablari va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida xulosalar chiqarishda ushbu qaror qabul qilinadigan kunda:
tibbiy koʻrikdan oʻtayotganning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasida tegishli yozuv qayd etiladi;
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma toʻldiriladi.
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan holatlarda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlash uchun, pensiyalarga ustamalar qoʻshish uchun, shuningdek bolalikdan nogironlarga va ish stajiga ega boʻlmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash uchun ayrim hollarda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nogironlik pensiyasi tayinlash uchun asos hisoblanadi.
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma quyidagi ikki qismdan iborat boʻladi:
nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning A qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kundan boshlab yetti kun muddatda, istisno hollarda esa, tumanning uzoqda joylashganini hisobga olgan holda, oʻn kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq pensiya va nafaqa tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboriladi;
nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning B qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi.
16. TMEK tomonidan mehnatda mayiblanish yoki kasbiy kasallik bilan bogʻliq holda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqarilgan taqdirda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini belgilash va tibbiy koʻrikdan oʻtayotganning qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligi toʻgʻrisida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻchirma (keyingi oʻrinlarda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirma deb ataladi) rasmiylashtiriladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirmaning ikki qismdan iborat boʻladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirmaning A qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli toʻlovlarni amalga oshirish uchun ish beruvchiga yuboriladi;
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirmaning B qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi.
17. TMEK xulosasi tibbiy koʻrikdan oʻtuvchiga TMEK raisi tomonidan tibbiy koʻrikni oʻtkazishgan, zarurat boʻlganda, qabul qilingan qaror boʻyicha tushuntirish berishadigan barcha mutaxassislar ishtirokida, tibbiy koʻrikdan oʻtuvchiga tegishli qaror qabul qilingandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Agar qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda nogironlik guruhi belgilanmasa, nogironlik guruhini olib tashlash toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Nogironlik guruhini olib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma TMEK xulosasi chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboriladi.
18. TMEK xulosasi bemorni tibbiy koʻrikka yuborgan DPMga uch kun muddatda yuboriladi.
TMEK xulosasi belgilangan shakl boʻyicha beriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganning klinik tashxisi;
tibbiy tekshirish natijasi;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganning mehnat faoliyati masalasi boʻyicha tavsiyalar.
19. Murakkab ekspert holatlarida bemorlar va nogironlar klinik-ekspert tashxisini aniqlashtirish yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalarini hal etish uchun biriktirilgan DPMlarga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuboriladi, ularning xulosalari tavsiya va maslahat tusiga ega boʻladi.
20. Agar TMEKning raisi yoki ayrim aʼzolari qabul qilingan qarorga rozi boʻlishmasa, u holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasiga ularning alohida fikri kiritiladi va ushbu dalolatnoma takroriy tibbiy tekshirish uchun uch kun muddatda tegishli bosh TMEKga yuboriladi.
Bosh TMEKlarda qarorlar TMEK aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda TMEK raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
21. TMEK majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari, DPM, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, ish beruvchilar, nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashishi mumkin.
IV. Nogironlikni belgilash
22. Hayot faoliyatining cheklanganligi darajasiga qarab tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchiga, asosiy kasallikning klinik oʻtishini, uning asoratlarini va klinik-ekspert prognozini, shuningdek fuqaroning mehnat faoliyati turini hisobga olgan holda, nogironlikning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruhi belgilanishi mumkin.
Bunda Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari roʻyxati asos qilib olinadi.
23. Quyidagilar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchini nogiron deb eʼtirof etish uchun asos hisoblanadi:
sogʻliqning organizm funksiyalarining barqaror buzilgan holda yomonlashishi;
hayot faoliyatining cheklanganligi (shaxs tomonidan oʻziga-oʻziga xizmat koʻrsatish, mustaqil harakatlanish, moʻljal olish, muomala qilish, oʻz xulq-atvorini nazorat qilish, oʻqish yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanish layoqati yoki imkoniyatining toʻliq yoki qisman yoʻqolishi).
24. Quyidagilar nogironlikning sabablari hisoblanadi:
umumiy kasallik;
mehnatda mayib boʻlganlik;
kasb kasalligi;
bolalikdan nogironlik;
Chernobil AESdagi halokat tufayli mayiblanganlik yoki kasallanganlik;
frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirilgan kasallik;
harbiy xizmatni oʻtash davrida orttirilgan kasallik;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bogʻliq boʻlmagan kasallik;
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish chogʻida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bogʻliq boʻlmagan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan baxtsiz hodisa oqibatida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
fuqarolik burchini bajarish bilan bogʻliq holda orttirilgan kontuziya, mayiblik.
25. Nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi qaror klinik-psixologik, ijtimoiy-maishiy va kasbiy omillar kompleksini baholashga asoslanadi. Bunda kasallikning xususiyati, funksiyalarning buzilish darajasi, davolash, reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi, kompensator mexanizmlarining holati, klinik va mehnat prognozi, reabilitatsiya qilish potensiali, ijtimoiy moslashish imkoniyati, ijtimoiy yordamning har xil turlariga muhtojlik, shaxsiy yoʻnaltirilganlik, mehnatning aniq shart-sharoitlari va mazmuni, kasbiy tayyorgarlik, yosh va shu kabilar hisobga olinadi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish chogʻida tibbiy-mehnat ekspertizasida, kasallik yoki nuqsonning xususiyatidan qatʼi nazar, har bir holatda bemor organizmining barcha tizimlari kompleks tekshiriladi. Sogʻliqning va ijtimoiy moslashish darajasining holatini asosli baholash maqsadida funksional laboratoriya tekshirishlari maʼlumotlaridan foydalaniladi. Bemorning kasbiy mehnat faoliyati eʼtiborga olinadi. Bemorning shaxsiy xususiyatiga, uning ijtimoiy moslashish imkoniyatiga eʼtibor qaratiladi.
V. Nogironlikni belgilash mezonlari
26. Organizm funksiyalari buzilishlarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
psixik funksiyalarning (idrok qilish, diqqat-eʼtibor, xotira, tafakkur, intellekt, his-tuygʻu, iroda, ong, xulq-atvor, psixomotor funksiyalarning) buzilishi;
til va nutq funksiyalarining (ogʻzaki (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, alaliya, afaziya) va yozma (disgrafiya, disleksiya), verbal va noverbal nutq buzilishi, ovoz hosil boʻlishining buzilishi va hokazolar);
sensor funksiyalarining (koʻrish, eshitish, hid bilish, sezish, taktil, ogʻriqli, harorat koʻtarilishi va boshqa sezuvchanlik turlari) buzilishi;
statodinamik funksiyalarning (bosh, gavda, oyoq-qoʻlning harakatlanish funksiyalari, harakatlar statikasi, muvofiqlashtirilishining) buzilishi;
qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm boʻlishi, organizmdan narsa ajralib chiqishi, qon yaratilishi, modda va energiya almashishi, ichki sekretsiya, immunitet funksiyalarining buzilishi;
jismoniy mayib-majruhlik bilan bogʻliq buzilishlar (tashqi mayib-majruhlikka olib keladigan yuz, bosh, gavda, oyoq-qoʻllar deformatsiyasi, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish traktining anomal teshigi, gavda oʻlchamlarining buzilishi).
27. Organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon boʻlishi toʻrtta darajaga ajratiladi:
I daraja-uncha katta boʻlmagan buzilishlar;
II daraja-moʻtadil buzilishlar,
III daraja-aniq namoyon boʻladigan buzilishlar,
IV daraja - ancha aniq namoyon boʻladigan buzilishlar.
28. Inson hayot faoliyati asosiy turlari cheklanishining namoyon boʻlishi uchta darajaga ajratiladi:
a) oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish layoqati-insonning asosiy fiziologik ehtiyojlarni mustaqil amalga oshirish, kundalik maishiy faoliyatni bajarish layoqati, shu jumladan, shaxsiy gigiyena koʻnikmalari:
I daraja-uzoq vaqt sarflab oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish layoqati, uni bajarishning boʻlinishi, zaruriyat boʻlganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib hajmni qisqartirish;
II daraja-zaruriyat boʻlganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish layoqati;
III daraja-oʻziga oʻzi xizmat koʻrsata olmaslik, doimo oʻzgalarning yordamiga muhtojlik va boshqa shaxslarga toʻliq bogʻliqlik;
b) mustaqil harakatlanish layoqati-makonda mustaqil harakat qilish layoqati, harakatlanishda, dam olishda va gavda holati oʻzgarganda gavdaning muvozanatini saqlash, jamoat transportidan foydalanish:
I daraja-vaqt uzoqroq sarflanganda mustaqil harakatlanish layoqati, uni bajarishning boʻlinishi, zaruriyat boʻlganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib masofani qisqartirish;
II daraja-zaruriyat boʻlganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan mustaqil harakatlanish layoqati;
III daraja-harakat qila olmaslik, doimo oʻzgalarning yordamiga muhtojlik;
v) moʻljal olish layoqati-atrof vaziyatni muqobil idrok etish layoqati (vaziyatni baholash, vaqtni va turgan joyini aniqlash layoqati):
I daraja-faqat odatdagi vaziyatda mustaqil va (yoki) yordamchi texnik vositalar yordamida moʻljal olish layoqati;
II daraja-boshqa shaxslarning yordamini talab etadigan moʻljal olish layoqati;
III daraja-moʻljal ola bilmaslik (dezoriyentatsiya) va boshqa shaxslarning doimiy yordami va (yoki) nazoratiga muhtojlik;
g) muomala qilish layoqati-idrok qilish, axborotni qayta ishlash va berish yoʻli bilan odamlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish layoqati:
I daraja-axborot olish va berish surʼati va hajmini pasaytirib muomala qilish layoqati, zaruriyat boʻlganda yordam berishning yordamchi texnik vositalaridan foydalanish;
II daraja-zaruriyat boʻlganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning qisman yordami bilan muomala qilish layoqati;
III daraja-muomala qila olmaslik va boshqa shaxslarning doimiy yordamiga muhtojlik;
d) oʻz xulq-atvorini nazorat qilish layoqati-oʻzini anglash va ijtimoiy huquqiy-maʼnaviy axloqiy normalarni hisobga olgan muqobil xulq-atvor layoqati:
I daraja-murakkab hayotiy vaziyatlarda oʻz xulq-atvorini nazorat qilish layoqatining vaqti-vaqti bilan paydo boʻladigan cheklanishi va (yoki) qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan hayotning ayrim sohalariga daxl qiladigan rolli funksiyalarni bajarishning doimiy ravishda qiyinligi;
II daraja-faqat boshqa shaxslarning muntazam yordami bilan qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan oʻz xulq-atvori va atrof-muhitga tanqidiy munosabatning doimiy ravishda pasayishi;
III daraja-oʻz xulq-atvorini nazorat qila olmaslik, unga tuzatish kirita olmaslik, boshqa shaxslarning doimiy yordamiga (nazoratiga) muhtojlik;
e) oʻqish, bilimlarni (umumtaʼlim, kasb-hunar bilimlari va boshqa bilimlarni) oʻzlashtirish va takrorlash, malaka va koʻnikmalarni (kasb-hunar, ijtimoiy, madaniy, maishiy, malaka va koʻnikmalarni) egallab olish layoqati:
I daraja-zarurat boʻlganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalarni qoʻllab oʻqitishning maxsus usullaridan, oʻqitishning maxsus rejimidan foydalanib umumiy tipdagi taʼlim muassasalarida davlat taʼlim standartlari doirasida oʻqish, shuningdek muayyan darajadagi maʼlumotga ega boʻlish layoqati;
II daraja-zarurat boʻlganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanib faqat rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan taʼlim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yoki uyda maxsus dasturlar boʻyicha oʻqish layoqati;
III daraja-oʻqiy olmaslik;
j) mehnat faoliyati bilan shugʻullanish layoqati-ishlarni bajarish mazmuni, hajmi, sifati va shartlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish layoqati:
I daraja-malaka, ogʻirlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasb boʻyicha ishni davom ettira olmaslik;
II daraja-yordamchi texnik vositalardan foydalanib va (yoki) boshqa shaxslar yordamida maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati;
III daraja-mehnat faoliyati bilan shugʻullana olmaslik yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanib boʻlmasligi (yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanganligi).
29. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining ancha barqaror ifodalangan buzilishiga ega boʻlgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning birinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:
III daraja-oʻziga oʻzi xizmat qilish layoqati;
III daraja-harakat qilish layoqati;
III daraja-moʻljal olish layoqati;
III daraja-muomala qilish layoqati;
III daraja-oʻz xulq-atvorini nazorat qilish layoqati.
30. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror ifodalangan buzilishiga ega boʻlgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning ikkinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:
II daraja-oʻziga oʻzi xizmat qilish layoqati;
II daraja-harakat qilish layoqati;
II daraja-moʻljal olish layoqati;
II daraja-muomala qilish layoqati;
II daraja-oʻz xulq-atvorini nazorat qilish layoqati;
II, III daraja-oʻqish layoqati;
II, III daraja-mehnat faoliyati bilan shugʻullanish layoqati.
31. Mehnat faoliyatining I darajasiga layoqatning cheklanishiga yoki hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror moʻtadil ifodalangan buzilishiga ega boʻlgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning uchinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:
I daraja-oʻziga oʻzi xizmat qilish layoqati;
I daraja-harakat qilish layoqati;
I daraja-moʻljal olish layoqati;
I daraja-muomala qilish layoqati;
I daraja-oʻz xulq-atvorini nazorat qilish layoqati;
I daraja-oʻqish layoqati.
32. Nogironlik toʻgʻrisida qarorlar chiqarishda ilgari amalga oshirilgan tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarning uzviyligini nazarda tutadigan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi tuziladi.
VI. Qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazish muddatlari va TMEK qarorlari yuzasidan shikoyat bildirish tartibi
33. Nogironlik navbatdagi qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tayinlangan navbatdagi oyning birinchi kunigacha belgilanadi.
Davolovchi vrachlar va DPMning davolash-maslahat komissiyalari (keyingi oʻrinlarda DMK deb ataladi) raislari nogironlik guruhi qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati koʻrsatilgan holda belgilangan fuqarolarni TMEKda tibbiy tekshirishga yuborish uchun hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Koʻrsatib oʻtilgan muddatlardan oldin qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, belgilangan tartibda, sogʻliqning holati va hayot faoliyatining cheklanganlik darajasi oʻzgarganda, nogironlikni belgilashning toʻgʻriligi bosh TMEK, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshirilganda, TMEK qarorining asossizligi holatlari aniqlanganda, shuningdek agar TMEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilganda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
Muddatsiz nogironlar deb eʼtirof etilgan shaxslar ham yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
34. Organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining qayta tiklanadigan, takroriy morfologik oʻzgarishlari va buzilishlari sodir boʻlganda, davolashning va oʻtkazilgan reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini, sogʻliqning holatini hamda ijtimoiy moslashish darajasini kuzatish maqsadida nogironlarni takroriy qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishlar nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab olti oyda, bir yoki ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining barqaror, qayta tiklanadigan morfologik oʻzgarishlari va buzilishlari sodir boʻlganda, amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlarining samarasizligi oqibatida kasallikning oʻtishini va salomatlikni tiklashni, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash mumkin boʻlmagan taqdirda nogironlik belgilangan tartibda tasdiqlangan kasalliklar va anatomik nuqsonlar roʻyxatiga muvofiq muddatsiz belgilanadi.
Chernobil AESidagi halokatni tugatish oqibatlari bilan bogʻliq holda nogironlar deb eʼtirof etilgan shaxslarga I-II guruhlar nogironligi muddatsiz belgilanadi, nogironlikning III guruhida qayta tibbiy tekshirish muddati – 5 yildan iborat boʻladi. Nogironlikning sababi: “ChAESdagi halokat oqibatida kelib chiqqan” deb koʻrsatiladi.
35. Kasb boʻyicha mehnat layoqatini yoʻqotish darajasini belgilash maqsadida qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar hisobga olinadi:
sogʻliqning mehnatda olingan jarohat yoki kasbiy kasallik oqibatida buzilishi;
amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlari, oʻqitish yoki qayta oʻqitish natijasida olingan kasb-hunar boʻyicha ishlarni bajarish imkoniyati;
shaxsning mehnatda olingan jarohat yoki kasbiy kasallikdan oldingi kasbiy faoliyatini bajarish layoqati.
36. TMEK muassasalari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarini va xulosalarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish, ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xat boshida nazarda tutilgan holatlarda, ilgari belgilangan muddatlardan qatʼiy nazar, amalga oshiriladi.
Takroriy qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun TMEK nogironga qayta tibbiy koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi.
Zarur darajada xabardor qilingan shaxs, uzrli sabablardan (statsionar davolanishda, xizmat safarida yoki oʻqishda boʻlishdan) tashqari, qayta tibbiy tekshirishga kelmagan taqdirda,unga qayta tibbiy koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan takroriy bildirishnoma yuboriladi.
Zarur darajada xabardor qilingan shaxsning qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga uzrli sabablarsiz takroran kelmaganligi takroriy qayta tibbiy koʻrikni oʻtkazishning belgilangan sanasidan keyin 10 kun oʻtgach nogironlik boʻyicha pensiyani toʻlashni toʻxtatib qoʻyish uchun asos hisoblanadi.
Nogironlik boʻyicha pensiya toʻlashni toʻxtatib qoʻyish nogironning doimiy yashash joyiga borgan holda tuzilgan nogironning takroriy qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga kelmaganligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida, fuqarolarning tegishli mahalla, shaharcha, qishloq yoki ovul yigʻini, TMEK, TMK va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari pensiya toʻlashni dalolatnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning 1-kunidan boshlab toʻxtatib qoʻyadi.
Bunday shaxslarga nogironlik pensiyasi toʻlashni tiklash faqat bosh TMEKlarning toʻlovlar toʻxtatib qoʻyilgan kundan boshlab fuqaro sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi ekspert qarori asosida amalga oshiriladi.
37. Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchi tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEK qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda u bir oy mobaynida bosh TMEKga yoki, belgilangan tartibda, sudga murojaat qilishi mumkin. Ariza tushgandan keyin 3 kun mobaynida tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEKlar qayta tibbiy tekshirish dalolatnomasini bosh TMEKga beradi, u keyingi 15 kun mobaynida ariza beruvchini qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va oʻz xulosasini chiqaradi. Fuqaro bosh TMEK xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
VII. Ijtimoiy yordam turlari hamda ijtimoiy yordam berish zarurligiga olib keladigan kasalliklar, jarohatlar va nuqsonlar oqibatlari roʻyxati
38. Nogironlarga ijtimoiy yordam pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, biryoʻla toʻlanadigan toʻlovlar), reabilitatsiyaning texnik vositalari, kreslo-aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus shriftli bosma buyumlar, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar, shuningdek tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar shaklida koʻrsatiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 48-son, 605-modda)
39. Oʻzgalarning doimiy parvarishi, yordami yoki nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda nazarda tutilgan hollarda tavsiya qilinadi.
40. Reabilitatsiyaning texnik vositalari (buzilgan funksiyalar, oyoq-qoʻllar va his etish organlari kompensatsiyasi uchun qoʻllaniladigan maxsus asbob-uskunalar, priborlar, moslamalar) quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi: ifodalangan monoparez, gemiparez, triparez, tetraparez, ifodalangan giperkinetik sindrom, karlik, choʻltoq panja va amputatsiyaning yuqoriroq darajasi, oyoq-qoʻl boʻgʻimlarining ifodalangan kontrakturasi, shalvirab turgan yelka, tirsak, tizza boʻgʻini Sharp boʻyicha tovon kultiyasi va ikkala koʻzning xira koʻrishi yoki yaxshi koʻradigan koʻz) korreksiya bilan yoki koʻrish maydonining 20 gradusgacha konsentrik torayishli 0,1 korreksiyagacha koʻrish oʻtkirligi).
41. Harakatlanish vositalari bilan taʼminlash quyidagi koʻrsatkichlarga koʻra amalga oshiriladi:
a) xonaga moʻljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
NYNA boʻyicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uygʻunlikda;
jigar funksiyalarining namoyon boʻlgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;
IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon boʻlgan ataksiya, shu jumladan namoyon boʻlgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon boʻlgan giperkinetik buzilishlar;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar;
b) sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning ogʻir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 48-son, 605-modda)
42. Muhtoj shaxslarni, shu jumladan nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari hamda kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
OLD TOMONI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

_________________________________________ TMEKning ______________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki ixtisoslashtirilgan

NOGIRONLIK TOʻGʻRISIDA _____-son MAʼLUMOTNOMASI

‎‎SERIYA 10-A ‎

‎‎№ 000001

A QISMI
(nogironlik pensiyasi (nafaqasi) tayinlash uchun BPJning tegishli boʻlimiga beriladi)
‎‎F.I.O. ____________________________________________________________
‎‎Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchining manzili ____________________________
��‎___________________________________ Tugʻilgan yili _________________
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish: ___________________________________________

(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Nogironlik guruhi _________________________________________________
Nogironlik sababi _________________________________________________
__________________________________________________________________‎
Nogironlik guruhi 201___ yil “___” ______________gacha belgilangan
Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi: 201__ yil “___” _____________
‎....................................................................................................................................

qirqish chizigʻi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

_____________________________________________ TMEKning __________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki ixtisoslashtirilgan

NOGIRONLIK TOʻGʻRISIDA _____-son MAʼLUMOTNOMASI

SERIYA 10-A‎‎

№ 000001‎‎

B QISMI

(nogironga beriladi)

‎‎F.I.O. ___________________________________________________________
Tugʻilgan yili_________________ Kasbi ______________________________‎‎
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish: ___________________________________________

(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Nogironlik guruhi _________________________________________________‎
Nogironlik sababi _________________________________________________‎
__________________________________________________________________‎
Nogironlik guruhi 201___ yil “___” ______________gacha belgilangan‎
Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi: 201__ yil “___” _____________
ORQA TOMONI
TMEK tashxisi ____________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________‎
TMEK xulosasi va tavsiyalari _______________________________________‎
__________________________________________________________________‎
__________________________________________________________________‎
__________________________________________________________________‎
__________________________________________________________________‎
Asos: TMEK ning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi
Berilgan sanasi: 201__ yil “___” ___________________ ‎
M.Oʻ.

TMEK raisi

_______________‎ ________________‎

(imzo)

(F.I.O.)

‎‎Komissiya aʼzolari:

_______________

________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎ ‎

_______________

_______________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎ ‎

_______________

_______________‎‎

(imzo)

(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎

‎‎...................................................................................................................................

qirqish chizigʻi

TMEK xulosasi va tavsiyalari‎

1. Tibbiy-ekspert tavsiyalari ________________________________________
__________________________________________________________________
2. Kasb va mehnat tavsiyalari ________________________________________
__________________________________________________________________
3. Ijtimoiy-ekspert tavsiyalari _____________________________________
__________________________________________________________________
___________________________________________________________________
Asos: TMEKning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi
Berilgan sanasi: 201__ yil “___” ____________________
M.Oʻ. TMEK raisi ‎

_____________

________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

_____________

________________‎‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

_____________

‎________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

_____________

________________‎‎

(imzo)

(F.I.O.)‎ ‎‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
OLD TOMONI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

__________________________________________-son TMEKning __________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki ixtisoslashtirilgan

_____-son TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh
‎DALOLATNOMASIDAN KOʻChIRMA

A QISMI

Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchining kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini va qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligini aniqlash toʻgʻrisida (korxonaga yuboriladi)

_________________________________________________________________

(xodimni TMEKga yuborgan korxonaning manzili va nomi)

‎‎F.I.O. ___________________________________________________________
Manzili __________________________________________________________
Tugʻilgan yili ____________‎‎ kasbi __________________________________‎‎
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish: ___________________________________________
(dastlabki, takroriy (yoziladi)
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201___ yil “___” ________________
Jarohatlanish, kasallanish sanasi 201___ yil “___” ______________
Jarohat oqibati ___________________________________________________
__________________________________________________________________‎‎
__________________________________________________________________‎‎
__________________________________________________________________
‎‎‎
----------------------------------------------------------------------------------------‎‎

qirqish chizigʻi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

__________________________________________-son TMEKning __________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki ixtisoslashtirilgan

_____-son TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh
‎DALOLATNOMASIDAN KOʻChIRMA

B QISMI

Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchining kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini va qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligini aniqlash toʻgʻrisida (tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganga beriladi)

‎‎F.I.O. ____________________________________________________________
Tugʻilgan yili _____________ kasbi __________________________________‎‎
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish: ___________________________________________

(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201___ yil “___” ________________

‎ORQA TOMONI
Nogironlik guruhi _______, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi foizda _____%, ___________________________________________

(yoziladi)

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini aniqlash muddati 201__ yil “____” ______________gacha
Navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201_ yil “___” __________
Yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojlik ______________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
Asos: TMEK ning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi
Maʼlumotnoma berilgan sana: 201__ yil “____” ____________________
M.Oʻ.

TMEK raisi ___________

‎‎__________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Komissiya aʼzolari: ___________

__________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.) ‎‎

___________ ‎

__________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

___________

‎‎__________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎---------------------------------------------------------------------------------------

qirqish chizigʻi

Nogironlik guruhi _______, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi foizda_____%, ____________________________________________

(yoziladi)

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini aniqlash muddati 201__ yil “____” ______________gacha
Navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201__ yil “___” _________
Yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojlik ______________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
Asos: TMEK ning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi
Maʼlumotnoma berilgan sana: 201__ yil “____” ____________________
M.Oʻ. ‎

TMEK raisi ____________

‎‎________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Komissiya aʼzolari: ____________

‎‎________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

____________ ________________________‎‎

(imzo)

‎‎‎‎(F.I.O.)

____________‎ ‎‎________________________

(imzo)

‎‎‎‎(F.I.O.) ‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA

NOGIRONLIK GURUHINI OLIB TAShLASh TOʻGʻRISIDA

‎‎___-son MAʼLUMOTNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ______________tumani boʻlimiga

Fuqaro_____________________________________________ ning F.I.O.
‎‎Tugʻilgan yili _____Fuqaro __________________________ning manzili:
‎_______________________________________________________________
Nogironlik guruhini olib tashlash toʻgʻrisida TMEK qarori:
‎TMEKning______seriyali, ______-son maʼlumotnomasi asosida belgilangan nogironlikning ______________guruhi olib tashlandi.
‎‎Asos: TMEKning _____-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi
Berilgan sanasi: 201__yil “______”____________________
M. Oʻ.‎ TMEK raisi‎ _______________‎ _______________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)

‎‎Komissiya aʼzolari:‎

_______________‎ _______________‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎

_______________‎ _______________‎

(imzo)‎‎‎

(F.I.O.)‎‎

_______________‎ _______________‎

(imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎

Topshirdim (TMEKning masʼul shaxsi)‎‎_____________________________

(lavozimi)‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Qabul qildim (boʻlimning masʼul shaxsi)____________________________

(lavozimi)‎‎ (imzo) (F.I.O.)‎‎

201__ yil “_____” _________________
‎‎..............................................................................................................................

‎‎qirqish chizigʻi

(Tegishli tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga qaytariladi)

Fuqaro _____________________________________________ ning F.I.O.
‎‎Tugʻilgan yili __ Fuqaro ___________________________ning manzili:
_______________________________________________________________
‎‎Nogironlik guruhini olib tashlash toʻgʻrisida TMEK qarori:
‎‎TMEKning______seriyali, ______-son maʼlumotnomasi asosida belgilangan nogironlikning ______________guruhi olib tashlandi.
Asos: TMEKning _____-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi
‎Berilgan sanasi: 201__yil “______”____________________
Topshirdim (TMEKning masʼul shaxsi)_____________________________

(lavozimi)‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

‎‎Qabul qildim (boʻlimning masʼul shaxsi)____________________________

(lavozimi)‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎201__ yil “_____” ________________
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi gradusini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi gradusini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi kasb faoliyatini amalga oshirish layoqati yoʻqotilishini baholashdan kelib chiqib mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarni koʻrikdan oʻtkazish sanasida foizlarda belgilanadi.
3. Jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi TMEK tomonidan:
mehnatda mayib boʻlganda – Nogironlikning sabablari roʻyxati asosida belgilanadi, bunda nogironlik ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatda mayib boʻlganlik oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblanadi;
kasb kasalligida – ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kasb kasalliklari roʻyxati asosida belgilanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli sogʻliqni saqlash muassasasining xulosasidan koʻchirma ham taqdim etiladi.
Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlashning klinik-funksional mezonlariga asoslangan holda aniqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda)
II. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlashning umumiy qoidalari
4. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi jabrlanganga mehnatda mayib boʻlganda va/yoki kasb kasalligiga chalingandan oldingi kasbiy faoliyatni bajarishni davom ettirish imkonini beradigan layoqatlar, psixofiziologik imkoniyatlar va sifatlar, ayni oʻsha mazmunda va oʻsha hajmda hisobga olingan holda, yoxud malaka pasayganligi, bajariladigan ish hajmi va odatdagi, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida va boshqa sharoitlarda mehnat ogʻirligi kamayishi hisobga olingan holda mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligiga duchor boʻlganlik oqibatida sogʻliqqa shikastning oqibatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va 5 foizdan 100 foizgacha darajada belgilanadi.
5. Takroran mehnatda mayib boʻlishda yoki yangidan paydo boʻlgan kasb kasalliklarida kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi umuman olganda 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas va:
koʻrikdan oʻtkazish paytida kasalliklarning har biri boʻyicha alohida, kasalliklar bir xodimning yoki turli xodimlarning ishi davrida boʻlganligi yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar belgilanadi;
kasalliklar oqibatlari jabrlanganning kasbiy bilimlari va uquvlari hisobga olingan holda uning takroran mehnatda mayib boʻlishdan oldingi kasb faoliyatini bajarish layoqatiga taʼsiriga qarab belgilanadi;
oldingi mehnatda mayib boʻlganlikdan oldingi kasbda kasbiy mehnat layoqatini tiklash boʻyicha jabrlanganni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga bogʻliq boʻlmagan holda yangi aniqlangan kasallik oqibatida nogironlik guruhi ogʻirlashtirilganda nogironlik sababi “umumiy kasallik” deb belgilanadi, oldin aniqlangan kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi esa bemorning koʻrikdan oʻtish kunidagi holatiga asosan qayta koʻrib chiqiladi.
Agar reabilitatsiya chora-tadbirlari natijasiga koʻra nogironlik guruhi yengillashganda (qisman reabilitatsiya), nogironlik sababi oʻzgartirilmaydi va “mehnatda mayib boʻlish” yoki “kasb kasalligi” deb koʻrsatiladi, agar oldin ham nogironlik ushbu sabab bilan belgilangan boʻlsa.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda)
6. Quyidagilarning jami tahlili:
klinik-funksional mezonlar;
kasb faoliyatining xususiyati (malakasi, ish sifati va hajmi, uni bajarish layoqati);
toifalar va hayot faoliyati cheklanishi darajasi jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini ekspertizadan oʻtkazishning asosiy metodologik prinsipi hisoblanadi.
7. Klinik-funksional mezonlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mehnatda mayib boʻlganlik va kasb kasalligining xususiyati va ogʻirligi;
mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan patologik jarayon kechishi xususiyatlari;
organizm funksiyalari buzilishlarining xususiyati (turi) va darajasi (aniq namoyon boʻlgan, namoyon boʻlgan, moʻtadil, uncha kuchli boʻlmagan);
klinik, reabilitatsiya va klinik-mehnat prognozi, shuningdek psixofiziologik imkoniyatlar.
8. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlashda mehnat faoliyatiga boʻlgan layoqat cheklanishiga va hayot faoliyati cheklanishining boshqa toifalariga olib keladigan jabrlanganning organizmi funksiyalari buzilishining namoyon boʻlishi hisobga olinadi.
9. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlashda mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligidan keyin jabrlanganning odatdagi yoki maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida oʻzining oldingi kasbi boʻyicha ishni toʻliq hajmda bajarish layoqati hisobga olinadi.
10. Malaka pasayishining koʻp karraligi ushbu kasb faoliyati uchun belgilangan tarif-malaka razryadlari, darajalar, toifalar hisobga olingan holda belgilanadi.
11. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi ishlarning murakkabligi koeffitsiyenti kamayishi hisobga olingan holda malaka pasayishi gradusiga qarab belgilanadi.
12. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlashda ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlari darajalari hisobga olinadi.
III. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlash
13. Agar jabrlanuvchida mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida organizm funksiyalari aniq namoyon boʻlgan buzilishlarda kasb faoliyatiga, shu jumladan maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida kasb faoliyatiga layoqat toʻliq yoʻqotilganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 100 foizi belgilanadi.
14. Quyidagi organizm funksiyalarining aniq namoyon boʻlgan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 100 foiz yoʻqotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) quyi paraplegiya; ancha aniq namoyon boʻlgan tetraparez, triparez, spastik tip yoki gipotoniya boʻyicha mushak tonusi oshgan holda paraparez, mustaqil harakatlanish mumkin boʻlmagan, muskul kuchi yaqqol pasayishi namoyon boʻlgan (1 ballgacha) oyoqlarning barcha boʻgʻimlarida faol harakatlar minimal hajmi bilan (5,0-6,0 gradus) gipotoniya, elektromiografiya (keyingi oʻrinlarda EMG deb ataladi)ning III tipi – potensialning tez-tez tebranishi, elektromiogrammaning “tez-tez yuz beradigan ossillatsiyali baravariga otilgan” normal tuzilishining buzilishi (aniq namoyon boʻlgan parez (nimfalaj); EMGning IV tipi – funksional yuklamalar holatida toʻliq bioelektrik sukut (qoʻl-oyoq falaji);
b) barcha boʻgʻimlarda faol harakatlarning eng kam hajmi bilan har ikki qoʻlning ancha aniq namoyon boʻlgan nimfalaji (yelka nimfalaji – 5,5-10 gradus, tirsak nimfalaji – 4,3-7,7 gradus, bilak-kaft nimfalaji 5,5-8,5 gradus); bosh barmoqni zid qoʻyishning yaqqol namoyon boʻlgan cheklanishi (bosh barmoqning distal falangi ikkinchi barmoq oʻzagiga yetadi), barmoqlarni musht qilib bukish (barmoqlarning distal falanglari 5-8 sm masofada kaftga yetmaydi); qoʻllarning mushak kuchi pasayishi (1 ballgacha); qoʻllar asosiy funksiyalarining buzilishi: yirik va mayda buyumlarni tutib olish va ushlab olish mumkin emasligi, faqat yordamchi funksiya saqlangan – buyumlarni ushlab turish va qisish;
v) vestibulyar-miyacha buzilishlari: yaqqol namoyon boʻlgan turgʻun, dinamik ataksiya; III gradus aylanishdan keyingi nistagma 120 sekunddan ortiq davom etadigan vestibulyar qoʻzgʻaluvchanlik giperrefleksiyasi, 130 sekunddan ortiq davom etadigan III gradus kalorik nistagma;
g) qoʻl panjasida barcha barmoqlar boʻlmasligidan boshlab qoʻl choʻltoqligi bilan birgalikda har ikki oyoqning amputatsion choʻltoqligi (protezlanmagan);
d) III daraja nafas yetishmasligi, III daraja qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas qisishi, 1 minutda nafas olish tezligi 30 va undan ortiq, dastlabki daraja tiklanmagan holda uncha koʻp boʻlmagan jismoniy zoʻriqishdan keyin nafas olish 1 minutda 10-15-marta kuchayishi, ancha aniq namoyon boʻlgan tsianoz, tinch holatda yordamchi nafas olish muskullari qatnashishi, aniq namoyon boʻlgan taxikardiya – minutiga 130-marta va undan ortiq urish, epigastral pulsatsiya, jigarning kattalashishi, periferik shish, oʻpka hayotiy sigʻimining zarur ekanligidan 50 foizgacha pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilatsiyasi – 50 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 180 foizgacha koʻpayishi, Tiffno indeksining 40 foizdan kamga pasayishi va kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 20 foizgacha kamayishi, oʻpka gemodinamikasi buzilgan holda oʻng qorinchalar miokardining qisqartirish layoqati pasayishi);
e) ancha aniq namoyon boʻlgan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi koʻradigan koʻzning amalda yoki mutloq koʻrligi: koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan - 0,03-0, koʻrish maydoni 0-10 darajaga teng (qayd etish nuqtasidan meridian boʻylab periferik chegaralar va/yoki markaziy yoki paramarkaziy quyiladigan skotoma); koʻrish layoqati – ancha aniq namoyon boʻlgan pasayish yoki koʻrmaslik, elektrofiziologik tekshirishlar (keyingi oʻrinlarda EFT deb ataladi) – E-U nuqsonlari 300 mkA yoki aniqlanmaydi, oʻzgaruvchanlik 20 Gts.dan kam yoki mavjud emas, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi bir sekundda 20 dan kam (meʼyor 45 Gts.dan yuqori) yoki mavjud emas – har qanday ishni bajarishga monelik boʻlganda;
j) tos organlari funksiyalarining ancha aniq namoyon boʻlgan buzilishlari (siydik, najas tutmaslik).
15. Agar jabrlanuvchi organizm funksiyalari aniq namoyon boʻlgan buzilishi oqibatida kasbiy mehnatni faqat maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin boʻlsa, unga kasbiy mehnat layoqatining 70 foizdan 90 foizgacha yoʻqotilishi belgilanadi.
Bunda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida ishlarni bajarishda malaka pasayishi darajasiga qarab belgilanadi. Quyidagi hollarda:
a) ilgari malakali ishni odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida bajargan jabrlanuvchi mehnatning faqat nomalakali turlarini maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin boʻlsa, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 90 foizi belgilanadi;
b) jabrlanuvchi kasbiy bilim va koʻnikmalarni hisobga olgan holda maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali ishni bajarishi mumkin boʻlsa, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 80 foizi belgilanadi;
v) jabrlanuvchining maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi kasb boʻyicha ishni bajarishi mumkin boʻlsa, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 70 foizi belgilanadi.
16. Organizm funksiyalarining quyidagi aniq namoyon boʻlgan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 70 — 90 foizi belgilanishining klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) har ikki oyoqning aniq namoyon boʻlgan nimfalaji, tetraparez, triparez, oyoqning barcha boʻgʻimlarida – tos-son boʻgʻimlarida (20 gradusgacha) tizza boʻgʻimlarida (10 gradusgacha), boldir-oyoq panjasi boʻgʻimlarida (6-7 gradusgacha), faol harakatlar aniq namoyon boʻlgan amplituda cheklanishi bilan spastik tip yoki muskul gipotoniyasi boʻyicha mushak tonusi aniq namoyon boʻlgan oshishi bilan birga gemiparez; oyoqlarning muskul kuchi aniq namoyon boʻlgan holda pasayishi (2 ballgacha), aniq namoyon boʻlgan varusli, ekvin-varusli oyoq panjasi deformatsiyasi; oyoq panjasi aniq halpillab turgan holda spastik, paretik, peroneal odim tashlash; qoʻshimcha tayanch (qoʻltiqtayoq) bilan harakatlanish;
b) qadam tashlash biomexanikasining aniq namoyon boʻlgan buzilishi – 100 metrga yurishda qadamlar sonining 204-226-martagacha koʻpayishi (meʼyor-80-120 qadam), keng qadam tashlash uzunligi 2,5-3,6 sekundgacha koʻpayishi (meʼyor - 1,0-1,3 sekund), qadam tashlash surʼatining 1 minutda 29-46 qadamgacha kamayishi (meʼyor - 80-100 qadam), yurishning bir maromdaligi koeffitsiyentining 0,52-0,58 gacha pasayishi (meʼyor - 0,94-1,00), harakatlanish tezligining 1 soatda 1,0 kilometrgacha pasayishi (meʼyor-1 soatda 4-5 km); muskul bioelektrik faolligi buzilganligi aniq namoyon boʻlgan holda EMGning II tipi – tinch holatda va funksional yuklamalarda aniq ritm bilan “fassikulatsiyalar” tipidagi past chastotali potensiallar;
v) har ikki qoʻlning aniq namoyon boʻlgan nimfalaji, barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon boʻlgan (barmoqlarning distal falanglari 3-4 sm masofada kaftga yetmaydi), qoʻllarning asosiy funksiyasi buzilgan holda 10 — 20 gradus doirasida faol harakatlar hajmi bilan qoʻl boʻgʻimlari kontrakturasi: mayda buyumlarni ushlab turish, yirik buyumlarni uzoq vaqt va mustahkam ushlab turish mumkin emasligi, EMG – II tip;
g) aniq namoyon boʻlgan vestibulyar-miyacha buzilishlari (tinch holatda bosh aylanishi, boshning ogʻir va tez-tez — bir oyda 4 va undan ortiq marta aylanishi), II-III gradus spontan nistagma, statika va harakatlar muvofiqlashtirilishining aniq namoyon boʻlgan buzilishi, yordamchi vositalar (hassa, qoʻltiqtayoq) yordamida harakatlanish, aylanishdan keyingi II-III gradus nistagma 85 — 120 sekund, II-III gradus kalorik nistagma (110 — 130 sekund) davom etgan holda vestibulyar qoʻzgʻaluvchan giperrefleksiya;
d) son yoki boldirning turli darajalardagi amputatsion choʻltoqligi, oyoq nuqsoni bilan boldirning har ikki suyagi soxta boʻgʻimlari, 140 darajadan ortiq egish mumkin boʻlmagan holda bukish kontrakturasida tizza boʻgʻimlarining funksional noqulay holati, tosning aniq namoyon boʻlgan nuqsoni va oyoqning 10 santimetrgacha funksional kaltaligi bilan bukish 150 gradusgacha yoki oyoqni 165 gradusdan ortiq egish cheklangan holda tos-son boʻgʻimining funksional noqulay holatida oyoqlarning nuqsonli joylashishi, harakatlar hajmi 30 gradusdan ortiq boʻlmagan aniq namoyon boʻlgan kontraktura yoki funksional noqulay holatdagi boʻgʻimlar ankilozi;
e) II daraja nafas olish yetishmovchiligi, II bosqich qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas olish tezligi minutiga 21 — 29-marta, jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligining minutiga 12 — 16-martaga koʻpayishi, aniq namoyon boʻlgan tsianoz, uncha kuchli boʻlmagan jismoniy yuklama vaqtida nafas olishda yordamchi nafas olish muskullarining qatnashishi, yurak urishlari tezligi minutiga 100-129 zarb, uncha katta boʻlmagan periferik shishlar, oʻpka hayotiy sigʻimining zarur boʻlgandan 50 — 55 foizgacha pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilatsiyasi – 5 — 54 foizgacha, harakatning 1 minutdagi hajmi 150 foizgacha koʻpayishi, Tiffno indeksining 54 — 40 foizgacha pasayishi, kisloroddan foydalanish koeffitsiyentining 28 foizgacha pasayishi, oʻpka gemodinamikasi buzilishi qoʻshilgan holda oʻng qorinchalar miokardi qisqartirish qobiliyatining pasayishi);
j) aniq namoyon boʻlgan sensor buzilishlar: yagona yoki yaxshi koʻradigan koʻzning yaxshi koʻrmasligi yuqori gradusi 0,08-0,04 ga teng boʻlgan yoki undan kam korreksiyali koʻrish oʻtkirligi, koʻrish maydoni – 50 gradusga teng boʻlgan yoki undan kam boʻlgan periferik chegaralar, biroq 10 gradusdan keng boʻlgan va (yoki) yagona markaziy skotomalar, koʻrish layoqati – aniq namoyon boʻlgan pasayish, EFT koʻrsatkichlari – E-U – 200-300 mkA nuqson, oʻzgaruvchanlik 20 — 35 Gts, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi – 20 — 35 p/sek.;
z) tos aʼzolari funksiyalarining aniq namoyon boʻlgan buzilishi, siydik chiqarish va siydik chiqaradigan yoʻl boʻylab siydik chiqishi hissi qistamasligi, tsistometriyada siydik pufagi sigʻimi detruzor gipotoniyasida 500 — 600 ml, qoldiq siydik — 400 ml gacha, detruzor gipertoniyasida sigʻim — 20 — 30 ml; defekatsiyaning uzoq vaqt kechikishi — 5 sutkagacha; anal refleks, monometriyada sfinkter tonusi va bosim pasaygan, tashqi sfinkterning anal kanalida — 10 — 15 mm simob ustuni, ichki sfinkterning anal kanalida — 16 — 25 mm simob ustuni (meʼyor 35 — 62 mm simob ustuni).
17. Jabrlanuvchiga, agar u:
odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malakaning aniq namoyon boʻlgan pasayishi bilan yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda kasbiy mehnatni bajarsa;
organizm funksiyalarining oʻrtacha buzilishi oqibatida kasb faoliyatini davom ettirish layoqatini yoʻqotgan boʻlsa, biroq odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali kasb faoliyatini davom ettira olsa, kasbiy mehnat layoqatining 40 foizdan 60 foizgacha yoʻqotilishi belgilanadi.
18. Bunda, jabrlanuvchi malakasining pasayishi darajasiga, ishlab chiqarish faoliyati hajmiga yoki mehnat ogʻirligi toifasiga qarab organizm funksiyalari oʻrtacha buzilishli jabrlanuvchilarga kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining quyidagi darajalari belgilanadi:
a) agar jabrlanuvchi:
kasb boʻyicha ishni bajara olsa, biroq malaka toʻrt tarif razryadiga pasaysa;
kasbiy bilimlar, uquv va malakalardan foydalangan holda ishni bajara olsa, biroq malaka toʻrt tarif toifasiga pasaysa;
ish razryadi ogʻirlikning toʻrt toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni bajarishi mumkin boʻlgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 60 foiz yoʻqotilishi;
b) agar jabrlanuvchi:
kasb boʻyicha ishni malakaning uch tarif razryadiga pasaygan holda;
kasb boʻyicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda (0,5 stavkaga);
malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi ogʻirlikning uch toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin boʻlgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 50 foiz yoʻqotilishi;
v) agar jabrlanuvchi:
kasb boʻyicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda;
kasbiy bilimlar, uquvlar va malakalardan foydalangan holda ishni, biroq malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;
kasb boʻyicha ishni malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;
malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi ogʻirlikning ikki toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin boʻlgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 40 foizga yoʻqotilishi belgilanadi.
19. Organizm funksiyalarining quyidagi oʻrtacha buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 40 — 60 foiz yoʻqotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) har ikki oyoqning moʻtadil nimfalaji, tetraparez, triparez, gemiparez, son muskullarining 5 — 7 santimetrga gipotrofiyasi bilan monoparez, boldir — 4 — 5 santimetrga, spastik tip yoki muskul gipotoniyasi boʻyicha mushak tonusi oshishi, oyoqlarning barcha boʻgʻimlarida — tos-son muskullarida (15 — 20 gradusgacha), tizza muskullarida (16 — 20 gradusgacha), boldir-oyoq panjasi boʻgʻimlarida (14 — 18 gradusgacha) faol harakatlar amplitudasi moʻtadil cheklangan holda; muskul kuchining moʻtadil pasayishi (3 ballgacha), oyoq panjasi kamroq yoki moʻtadil boʻshashgan holda spastik, paretik, peroneal qadam tashlash; baʼzan qoʻshimcha tayanchdan (hassadan) foydalangan holda harakatlanish;
b) yurish biomexanikasining moʻtadil buzilishi — 100 metrga yurishda qadamlar sonining 170-190 qadamgacha koʻpayishi, katta qadamning 2,0 — 3,0 sekundgacha koʻpayishi, 1 minutda yurish surʼatining 50 — 60 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti — 0,82-0,75 gacha pasayishi, harakatlanish tezligining 1 soatda 2,0 kilometrgacha moʻtadil pasayishi;
v) bioelektrik faollikning moʻtadil buzilishi — AKBA 25 foizdan ortiq doirada, biroq meʼyordan 70 foizdan kam;
g) qoʻllarning moʻtadil parezi:
faol harakatlar amplitudasining yelka boʻgʻimida (35 — 40 gradus), tirsak boʻgʻimida (30 — 45 gradus), bilak-kaft boʻgʻimida (30 — 40 gradus) cheklangan holda gemiparez;
qoʻl muskul kuchining moʻtadil pasayishi (3 ball), qoʻl panjasi bosh barmogʻi zich qoʻyilishining cheklanishi (katta barmoqning distal falangi 4 barmoqning asosiga yetadi), barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon boʻlgan (barmoqlarning distal falanglari 1-2 sm masofada kaftga yetmaydi), mayda buyumlarni ushlash qiyinlashadi;
EMGga — qoʻl muskullari bioelektrik faolligi amplitudasining meʼyorning 25 — 75 foizi doirasida moʻtadil pasayishi;
d) yelka boʻgʻimi kontrakturasi harakatlar hajmi 30 — 90 gradus hajmida, tirsak boʻgʻimi — 80 — 130 gradus, bilak-kaft boʻgʻimi 120 — 130 gradusda (bukish kontrakturasi va kontrakturasi — 200 — 220 gradus); funksional foydali holatda boʻgʻimlar ankilozi; mayda buyumlarni ushlash qiyinlashgan holda birinchi barmoqni istisno qilganda qoʻlning uch barmogʻi yoʻqligi;
e) moʻtadil vestibulyar-miyacha buzilishi:
bosh, tana holati keskin oʻzgarganda, transportda yurishda bosh aylanishi;
I yoki II gradusli spontan nistagma;
moʻtadil statodinamik buzilishlar (Romberg pozasida, yurishda gandiraklash, tovon-tizza probasida yanglishish;
aylanishdan keyingi nistagma 50 — 80 sekund, kalorik nistagma — 90 — 110 sekund davom etgan holda vestibulyar qoʻzgʻaluvchan giperrefleksiya;
j) oyoq-qoʻlning amputatsion choʻltoqligi (son, boldir, har ikki oyoq panjasi Shopar, Lisfrank boʻgʻimi darajasida), tos-son boʻgʻimi, boldir boʻgʻimining moʻtadil bukish yoki yoyish kontrakturasi; boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi boʻgʻin kontrakturasi (ekvinus oyoq kafti); oyoqning 5 — 7 santimetrga kaltaligi; funksional qulay holatda boʻgʻimlar ankilozi — tos-boldir boʻgʻimida bukish burchagi 160 — 170 gradus doirasida, tizza boʻgʻimida — 170 — 180 gradusda, boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi boʻgʻimda — 95 — 100 gradusda;
z) I-II A daraja nafas yetishmasligi (moʻtadil jismoniy zoʻriqishda nafas qisishi, moʻtadil jismoniy yuklamadan keyin tsianozning kuchayishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 20-martagacha, 5 minut mobaynida birlamchi gradusgacha tiklangan holda jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligi 1 minutda 12-16-martaga tezlashishi, oʻpkaning hayotiy sigʻimi zarur boʻlganidan 56-69 foizgacha moʻtadil pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilatsiyasi – 55-58 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 142-148 foizgacha koʻpayishi, Tiffno indeksining 74-55 foizgacha, kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 36-44 foizgacha pasayishi, 1 minutda kislorod yutilishi 277-287 ml), I-II A bosqich qon aylanishi buzilishi (uncha kuchli boʻlmagan taxikardiya (1 minutda 90-99-marta urish), oʻpka gemodinamikasi buzilgan holda oʻng qorinchalar miokardi qisqartirish layoqatining moʻtadil pasayishi belgilari);
i) moʻtadil sensor buzilishlar: koʻrish analizatori funksiyalari buzilishi — yaxshi koʻrmaslikning oʻrtacha gradusi: koʻrish maydoni 0,09-0,2 korreksiyali boʻlgani holda yagona koʻz yoki yaxshi koʻradigan koʻzning koʻrish oʻtkirliligi pasayishi — periferik chegaralar 40 gradusdan kam, biroq 20 gradusdan keng, koʻrish layoqati moʻtadil pasaygan, EFT koʻrsatkichlari U nuqsonlari — 100-150 mkA, oʻzgaruvchanlik 30-35 Gtsdan 40-43 Gts.gacha, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 30-35 p/sekunddan 40-43 p/sekundgacha; eshitish pasayishining aniq namoyon boʻlishi: soʻzlashuv nutqining 0,75-1,5 metrgacha qabul qilinishi, eshitish nuqsoni – 61-80 dsb, nutq tushunarligi nuqsoni 80-90 dsb;
k) tos aʼzolari funksiyalarining moʻtadil buzilishi:
siydik pufagi toʻlishini his etmaslik, tsistometriyada siydik pufagi sigʻimi detruzor gipotoniyasida 500-400 ml, qoldiq siydik - 100 ml dan ortiq, detruzor gipertoniyasida – 20-125 ml;
defekatsiyaning uzoq vaqt kechikishi – 3-4 sutkagacha;
sfinkter yetishmovchiligi – gazlar ushlab turilmasligi, anal refleks pasaygan, onus va sfinkterning iroda qisqarishlari zaiflashgan, manometriya tashqi sfinkter bosimining moʻtadil pasayishini aniqlaydi – 16-25 mm simob ustuni, ichki sfinkterniki – 26-40 mm simob ustuni.
20. Jabrlanuvchi, agar u odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malaka moʻtadil yoki uncha pasaymagan holda, yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda, yoxud jabrlanuvchining ish haqi pasayishiga olib kelgan mehnat sharoitlari oʻzgarganda, yoki uning kasbiy faoliyatini bajarish oldingiga qaraganda koʻproq tigʻizlikni talab qilgan holda kasbiy mehnatni bajara olsa, unga kasbiy mehnatga layoqatning 5 foizdan 30 foizgacha yoʻqotilishi belgilanadi.
21. Bunda, malaka darajasi malaka, ishlab chiqarish faoliyati hajmi yoki mehnat ogʻirligi toifasi pasayishi darajasiga qarab organizm funksiyalari uncha koʻp buzilmagan jabrlanuvchiga kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining quyidagi darajasi belgilanadi:
a) kasbiy mehnatga layoqatning 30 foiz yoʻqotilishi — quyidagi hollarda, agar jabrlanuvchi:
bir tarifikatsiya razryadiga past malakali kasb boʻyicha ishni;
ish razryadi ogʻirlikning bir toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni;
kasbiy faoliyat hajmi uncha koʻp pasaymagan holda kasb boʻyicha ishni (ishlab berish meʼyori oldingi yuklamaning 1/3 qismiga pasayishi) bajarishi mumkin boʻlgan hollarda;
b) kasbiy mehnatga layoqatning 20 foiz yoʻqotilishi— agar jabrlanuvchi ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/5 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin boʻlgan hollarda;
v) kasbiy mehnatga layoqatning 5-10 foiz yoʻqotilishi— agar jabrlanuvchi kasb boʻyicha ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/10 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin boʻlgan hollarda.
22. Organizm funksiyalarining quyidagi uncha katta boʻlmagan buzilishlari kasbiy mehnatga layoqatning 5-30 foiz yoʻqotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) uncha kuchli boʻlmagan paraparez, tetraparez, gemiparez, son va boldir muskullari gipotrofiyasi 1,5-2,0 sm boʻlgani holda (boʻshashgan parez) oyoq monoparezi, barcha boʻgʻimlarda harakatlarning toʻliq hajmi bilan muskul kuchining pasayishi (4 ballgacha), yurish biomexanikasining uncha kuchli boʻlmagan buzilishi – 100 metrga yurishda qadamlar sonining 150-160 qadamgacha koʻpayishi, katta qadam uzunligining 1,5-1,7 sekundgacha koʻpayishi, 1 minutda yurish surʼatining 64-70 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti 0,85-0,90 gacha pasayishi, 1 soatda harakatlanish tezligining 3,0 kilometrgacha pasayishi; bioelektrik faollik tebranishlari EMG amplitudasiga meʼyorning 25 foizigacha uncha koʻp boʻlmagan pasayishi;
b) muskul kuchining bir yoki har ikki qoʻl boʻlimlarida 4 ballgacha pasaygan, boʻgʻinlarda faol harakatlar toʻliq hajmda va qoʻl panjasining asosiy funksiyasi – buyumlarni ushlab olish va ushlab qolish saqlangan holda yelka, yelkaoldi muskullari gipotrofiyasi 1,5-2,0 sm boʻlgani holda (boʻshashgan parez) bir yoki har ikki qoʻlning uncha kuchli boʻlmagan parezi; EMGga – qoʻl muskullari bioelektrik faolligi amplitudasi meʼyorning 25 foizigacha uncha koʻp boʻlmagan pasayishi;
v) yelka, tirsak, yoki bilan-kaft boʻgʻimlarining uncha kuchli boʻlmagan kontrakturasi; qoʻl panjasining asosiy funksiyasi saqlanib qolgan holda birinchi barmoqni istisno qilgan holda qoʻlning bir-ikki barmogʻi yoʻqligi;
g) uncha kuchli boʻlmagan vestibulyar-miyacha buzilishlari:
vaqti-vaqti bilan paydo boʻladigan bosh aylanishi;
baʼzan I darajali spontan nistagma;
d) uncha kuchli boʻlmagan statodinamik buzilishlar (Romberg, Sarbo pozasidagi nobarqarorlik), aylanishdan keyingi nistagma 50-80 sekund, kalorik nistagma 80-90 sekund davom etgan holda vestibulyar qoʻzgʻaluvchan giperrefleksiya;
e) oyoq boʻgʻimlarining uncha kuchli boʻlmagan kontrakturasi: oyoq panjasi ekvinus holatida boʻlgani holda (bukish kontrakturasi), 80 gradusgacha burchakka bukish – tovon kafti (bukish kontrakturasi) holda boldir kafti boʻgʻimida 100 gradusgacha burchakka bukish;
j) I gradus nafas yetishmasligi, I bosqich qon aylanishi buzilishi (ancha kuchli jismoniy zoʻriqishda, tez yurishda nafas qisishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 16-20 gacha meʼyor doirasida, jismoniy yuklamadan keyin 1 minutda nafas olish tezligining 10-12-martaga koʻpayishi – 3 minut mobaynida boshlangʻich gradusgacha tiklangan holda tananing 10-marta choʻkka tushishi yoki tananing oldinga tomon egilishi, jismoniy yuklamadan keyin tsianozning keskin boʻlmagan kuchayishi, oʻpka hayotiy sigʻimining zarur boʻlganning 80-90 foizgacha uncha koʻp boʻlmagan pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilatsiyasi – 60-74 foizgacha, nafas olish bir minutlik hajmning 130-140 foizgacha koʻpayishi, 1 minutda 260-270 ml.gacha kislorod yutilishi, oʻng qorinchalar miokardi kompensator giperfunksiyasi belgilari);
z) uncha kuchli boʻlmagan sensor buzilishlar:
koʻrish analizatori funksiyalari buzilishi — yagona yoki eng yaxshi koʻradigan koʻz yomon koʻrishining kichik gradusi, korreksiya 0,3 dan ortiq boʻlgan holda koʻrish oʻtkirligi, koʻrish maydoni — periferik chegaralar meʼyorida yoki maydon 40 gradusgacha qisqargan, koʻrish layoqati meʼyorida, EFT koʻrsatkichlari — E-U nuqsonlari 80 mkAdan 100 mkAgacha, oʻzgaruvchanlik 40 Gts.dan ortiqdan — 43-45 Gts.gacha, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 40 p/sekunddan ortiqdan — 43-45 p/sekundgacha; eshitishning moʻtadil pasayishi, soʻzlashuv nutqini 2-3 metrgacha qabul qilish, shivirlagan nutqni — 0,5-0 metrgacha qabul qilish, oʻrtacha eshitish nuqsoni — 41-60 dsb, nutq tushunarliligi nuqsoni — 50-70 dsb;
i) tos organlari funksiyalarining uncha kuchli boʻlmagan buzilishi:
siyish qistashini his etishning sust namoyon boʻlishi, tsistometriyada siydik pufagi sigʻimi 200-250 ml, qoldiq siydik – 50 ml. gacha;
defekatsiyaning kechikishi — 2-3 sutka mobaynida;
gazlarning tutilmasligi, anal refleks pasaygan, sfinkter tonusi pasaygan, monometriya tashqi sfinkter bosimi pasayishini aniqlaydi – 22-33 mm simob ustuni, ichki sfinkterniki – 41-58 mm simob ustuni.
23. Navbatdagi qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda kasbiy mehnatga layoqatning yoʻqotilishi darajasi jabrlanuvchini tibbiy va kasbiy reabilitatsiya qilish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Nogironlik mehnatda mayib boʻlish oqibatida kelib chiqqan deb hisoblanadigan nogironlik sabablari
ROʻYXATI
Agar nogironlikni keltirib chiqaruvchi jarohatlanish, zaharlanish, oftob urishi, kuyish, sovuq urishi, choʻkish, elektr toki yoki yashin urishi, shuningdek, tabiiy ofatlar yoki avariyalar tufayli salomatlikning boshqacha shikastlanishi quyidagi hollarda sodir boʻlsa (huquqqa qarshi xatti-harakatlardan tashqari) nogironlik mehnatda mayib boʻlish tufayli sodir boʻlgan deb hisoblanadi:
a) mehnat vazifalarini bajarishda (shu jumladan xizmat safari vaqtida), shuningdek, korxona yoki tashkilot manfaatlari yoʻlida hatto maxsus topshiriqsiz biron ish bajarganda ham;
b) korxona, tashkilot hududida yoki boshqa ish joyida ish vaqti davomida (belgilangan tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shuningdek, ish boshlanishi yoki tugashi oldidan ishlab chiqarish qurollarini, kiyim-bosh va boshqalarni tartibga keltirish uchun zarur boʻlgan vaqt davomida;
v) ish vaqti davomida (belgilangan tanaffuslar ham shunga kiradi) korxona, tashkilot yoki boshqa ish joyi yaqinida, agar u yerlarda boʻlish ichki mehnat tartibi qoidalariga zid boʻlmasa;
g) ishga borayotganda yoki ishdan qaytayotganda;
d) vaxtali shaharcha hududida vaxta-ekspeditsiya usuli bilan ishlaydigan va tabiiy ofat vaqtida smenali dam olishda boʻlgan xodim bilan yuz berganda;
e) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda roʻyxatga olingan jamoat tashkilotlarining topshiriqlarini (garchi bu topshiriqlar asosiy ish bilan bogʻliq boʻlmasa ham) bajarishda;
j) inson hayotini saqlab qolish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat va jamoat mulkini, fuqarolar mulkini, huquq-tartibotni qoʻriqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi burchini bajarish vaqtida;
z) ish kuni davomida maʼmuriyatning (boʻlim, boʻlinma, sex, uchastka rahbarlarining va shu kabilarning) xodimning vazifasiga kirmaydigan topshiriqlarini bajarish vaqtida;
i) donorlik vazifalarini bajarish munosabati bilan.
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Kasb kasalliklari
ROʻYXATI
1. Zaharli kimyoviy moddalar taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
1.1. Nafas olish aʼzolarining zahar taʼsirida zaharlanishi:
1.1.1. Rinofaringolaringit
1.1.2. Yuqori nafas yoʻllari shilliq pardalarining yalligʻlanishi
1.1.3. Burun parda devorining teshilishi
1.1.4. Traxeit
1.1.5. Bronxit (barcha shakllari)
1.1.6. Pnevmoskleroz
1.2. Zaharli anemiya
1.3. Zaharli gepatit
1.4. Zaharli nefropatiya
1.5. Asab tizimining zaharlanishi:
1.5.1. Polinevropatiya
1.5.2. Ensefalopatiya
1.5.3. Nevozsimon holat
1.6. Koʻzlarning zahar taʼsirida zararlanishi:
1.6.1. Katarakta
1.6.2. Konʼyunktivit
1.6.3. Karatokonʼyukntivit
1.7. Suyaklarning zahar taʼsirida zararlanishi:
1.7.1. Osteoporoz
1.7.2. Osteoskleroz
1.7.3. Jagʻ suyaklarining nekrozi
1.8. Teri kasalliklari:
1.8.1. Epidermoz
1.8.2. Kontaktli dermatit
1.8.3. Fotodermatit
1.8.4. Onixiya
1.8.5. Paranixiya
1.8.6. Zaharli melanodermiya
1.8.7. Yogʻli follikulitlar
1.8.8. Ekzema
1.9. Metall va ftoroplastli (teflonli) bezgak
2. Sanoat aerozollari va changlari taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
2.1. Pnevmokoniozlar
2.1.1. Silikoz
2.1.2. Silikatozlar
2.1.3. Metallokoniozlar
2.1.4. Aralash changdan paydo boʻladigan pnevmokoniozlar va boshqalar
2.1.5. giperseziluvchan pnevmonitlar
2.2. Biossinoz
2.3. Kasb bilan bogʻliq surunkali bronxit (noqulay ob-havo sharoitlari bilan bogʻliq barcha changli, zaharli-changli shakllari):
neobstruktiv
obstruktiv
astmatik
2.4. Yangidan paydo boʻlgan oʻsmalar
3. Fizik omillar taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
3.1. Ionlovchi nurlanish taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
3.1.1. Nur kasalligi
- ogʻir nurlanish kasalligi
- surunkali nurlanish kasalligi
3.1.2. Mahalliy nurlanish (ogʻir va surunkali)
3.2. Noionlovchi nurlanishlar taʼsiridan paydo boʻladigan kasalliklar:
3.2.1. Vegeto-qon tomirlari distoniyasi
3.2.2. Astenik sindrom
3.2.3. Asteno-vegetativ sindrom
3.2.4. Gipotalamiya sindromi
3.3. Lazerli nurlanish bilan toʻqimalarning mahalliy shikastlanishi:
3.3.1. Terining kuyishi
3.3.2. Koʻz muguz pardasining shikastlanishi
3.3.3. Koʻz toʻr pardasining shikastlanishi
3.4. Tebranish kasalligi
3.5. Koxlear nevrit (neyrosensor karlik)
3.6. Qoʻlning vegetativ-sensor (angionevroz) yoki sensomotor polinevropatiyasi
3.7. Elektrooftalmiya
3.8. Katarakta
3.9. Dekompression (kesson) kasalligi va uning asoratlari
3.10. Qizib ketish:
3.10.1. Oftob urishi
3.10.2. Tomir tortishishi sindromi
3.11. Past harorat taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
3.11.1. Obletirillovchi endarteriit
3.11.2. Vegetativ-sensor polinevropatiyasi
3.12. Onixodistrofiya, mexanik epidermiozlar (omozolellik va boshqalar)
4. Alohida aʼzolar va tizimlarning jismoniy zoʻriqishi va toliqishi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar:
4.1. Koordinatorli nevrozlar, shu jumladan pischiy spazm
4.2. Periferik asab tizimi kasalliklari:
4.2.1. Mono-va polinevropatiya, shu jumladan qoʻllarning kompression va vegetativ-sensor polinevropatiyasi;
4.2.2. Boʻyin va bel-dumgʻaza reflektor sindromlari (neyrotomir, miotonik, neyrodistrofik)
4.2.3. Boʻyin-yelka, bel-dumgʻaza radikulopatiyasi
4.2.4. Boʻyin-yelka, bel-dumgʻaza radikulomiyelopatiyasi
4.3. Tayanch-harakatlanish apparati kasalligi:
4.3.1. Elka oldi va yelka kamari surunkali miofibrozlari, tendovaginitlar
4.3.2. Stenozlovchi ligamentozlar, stiloidozalar (tirsak va yelka) epikondilozlari
4.3.3. Funksiyalar buzilgan holda periartrozlar (yelka-kurak, tirsak, tizza, aynan oʻsha lokalizatsiyaning deformatsiyalovchi osteoartrozlari); bursitlar, aseptik osteonekrozlar
4.4. Bachadon, moylik devorlarining tuban siljishi va tushishi
4.5. Oyoqlardagi tomirlarning varikonoz kengayishi, yalligʻlanishi (tromboflebit) va trofik oʻzgarishlar asorati
4.6. Ovoz apparatlarining zoʻriqishidan paydo boʻladigan kasalliklar:
4.6.1. Surunkali laringit
4.6.2. Vazomotorli monoxordit
4.6.3. Ovoz burmalari tugunlari (“xonandalar tugunchalari”)
4.6.4. Ovoz burmalarining kontaktli yaralari
4.6.5. Fonosteniya
4.7. Uzoqni yaxshi koʻrmaslikning kuchayishi
4.8. Oʻpka emfizemasi
4.9. Nevrozlar
5. Biologik omillar natijasida kelib chiqadigan kasalliklar
5.1. Xodimlar ish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan yuqumli va parazit kasalliklar:
5.1.1. Sil kasalligi
5.1.2. Brutsellyoz
5.1.3. Manqa kasalligi
5.1.4. Kuydirgi
5.1.5. Kana ensefaliti
5.1.6. Ornitoz
5.1.7. Sut sogʻuvchilar tuguni
5.1.8. Toksoplazmoz
5.1.9. Virusli gepatit
5.1.10. Teri mikozasi
5.1.11. Rozenbax erizepiloidi
5.1.12. Qichitma, qoʻtir
5.1.13. Sifilis-zaxm
5.2. Disbakterioz, teri va shilliq pardalar kandidomikozi, visseral kandidoz
6. Allergik kasalliklar:
6.1. Konʼyunktivit
6.2. Rinit, rinofaringit, rinifaringolaringit, rinosinusit
6.3. Bronxial astma
6.4. Astmatik bronxit
6.5. Ekzogen alveolit
6.6. Dermatit, ekzema, toksikodermiya
6.7. Kvinke shishi, eshakemanafilaktik esogʻish sadma)
6.8. Zaharli-allergik gepatit
6.9. Markaziy va periferik asab tizimi zararlanishi va boshqalar
7. Ish joyida kanserogen moddalar taʼsirida paydo boʻladigan yangi oʻsmalar:
7.1. Teri shishi (giperkeratozlar, epiteliomalar, papillomalar, saraton, leykokeratozlar)
7.2. Ogʻiz boʻshligʻi va nafas olish aʼzolarining shishi
7.3. Jigar shishi
7.4. Oshqozon raki
7.5. Leykozlar
7.6. Qovuq shishi (papillomalar, saraton)
7.7. Suyak shishi
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlashning klinik-funksional mezonlari

T/r

Klinik-funksional mezonlar

Mehnat layoqati yoʻqotilishi fondi

I. Markaziy va periferik asab tizimi

1.

Bosh suyagi (bosh miya) jarohatining ogʻir turgʻun asoratlari — pastki paraplegiya, kuchli ifodalangan tetraparez, triparez, mushaklar tonusining spastik tipda oshishi yoki gipotoniya bilan kechuvchi paraparez, oyoqlardagi barcha boʻgʻimlarda faol harakatlar hajmining minimal darajada boʻlishi bilan mushaklar kuchining keskin ifodalangan pasayishi (1 ballgacha), mustaqil harakat qila olmaslik, ikkala qoʻlning kuchli ifodalangan parezi barcha boʻgʻimlarda faol harakatlar hajmining minimal darajada boʻlishi bilan, vestibulyar-miyacha buzilishlari, barcha barmoqlar yoʻqligidan boshlab qoʻl choʻltoqliklari bilan birgalikdagi ikkala oyoq amputatsion choʻltoqliklari, nafas yetishmovchiligining
III darajasi, qon aylanish yetishmovchiligining
III darajasi, kuchli ifodalangan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi koʻruvchi koʻzning amaliy yoki absolyut koʻrmasligi: koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,03-0, koʻrish maydoni 0-10 gradusga teng);

100

2.

Bosh suyagi (bosh miya) jarohatining turgʻun, lekin uncha ogʻir boʻlmagan asoratlari — qoʻl va oyoqlar kuchi va harakat hajmining buzilishi, koordinatsiya buzilishi, giperkinezlar, ifodalangan tonus buzilishi, epileptik xurujlar, xotira, intellektning ifodalangan pasayishi, koʻngilchanlik;

70 dan 90 gacha

3.

Bosh miya chayqalishi (kontuziyasi)dan keyingi qoldiq asoratlar — bosh miya nervlarining organik zararlanishi, davolanishdan keyingi turgʻun rezidual holatdagi postkommotsion nevroz, gormonal disfunksiya, moddalar almashinuvining buzilishi, siyrak paroksizmal sindromlar, vestibulyar krizlar, siyrak epileptik xurujlar, sezgi aʼzolari faoliyatining buzilishlari — hid, taʼm bilish

40 dan 60 gacha

4.

Miya chayqalishidan keyingi qoldiq asoratlar (miya qutisi suyaklari butunligining buzilmaganligi bilan), yengil obyektiv belgilar bilan kechuvchi: burun-lab burmasining silliqlanishi, koʻz yoriqlarining har xilligi va boshqalar

15 dan 25 gacha

5.

Qoʻl-oyoqlar funksiyasining buzilishi bilan kechuvchi orqa miya yoki uning pardalari jarohati asoratlari. Tos aʼzolari faoliyatining buzilishi:

yengil darajada

20

oʻrtacha darajada

40

ogʻir darajada

60 dan 100 gacha

6.

Harakat faoliyatining buzilishi, teri sezuvchanligining oʻzgarishi, mushaklar atrofiyasi bilan kechuvchi periferik nervlar jarohati asoratlari:

yengil darajada

10 dan 20 gacha

oʻrtacha darajada

40

ogʻir darajada

60

II. Koʻrish aʼzolari

7.

Koʻrish oʻtkirligi pasayganda mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi quyidagi jadval asosida aniqlanadi:

Izoh: koʻrish oʻtkirligining 0 dan 0,03 gacha pasayganligi toʻliq koʻrlik bilan tenglashtiriladi.

8.

Akkomodatsiya falajligi:

bitta koʻzda

15

ikkala koʻzda

35

9.

Bir nomli gemianopsiya (oʻng va chap yoki yuqori va pastki)

35

10.

Koʻruv maydonining konsentrik torayishi:

bitta koʻzda

koʻrish maydonining 60 gradusgacha torayishi

10

koʻrish maydonining 30 gradusgacha torayishi

20

koʻrish maydonining toʻliq yoki 5 gradusgacha torayishi

40

ikkala koʻzda

koʻrish maydonining 60 gradusgacha torayishi

20

koʻrish maydonining 30 gradusgacha torayishi

45

koʻrish maydonining toʻliq yoki 10 gradusgacha torayishi

100

11.

Ptoz (qovoq tushishi) va boshqa falajliklar:

Bitta koʻzda

oʻrtacha darajada (qorachiqning yarmigacha bekilishi)

10

ogʻir darajada (qorachiqning toʻliq bekilishi)

20

Ikkala koʻzda

oʻrtacha darajada

25

ogʻir darajada

50

12.

Koʻz yorigʻining yumilishiga toʻsqinlik qiluvchi qovoqlar defekti:

Bitta koʻzda

oʻrtacha darajada

10

ogʻir darajada

20

Ikkala koʻzda

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

60

13.

Koʻz harakatiga toʻsqinlik qiluvchi qovoqlarning toʻliqsiz bitishi:

bitta koʻzda

15

ikkala koʻzda

35

14.

Pulsatsiya qilayotgan ekzoftalm:

yengil darajada

50

oʻrtacha darajada

70

ogʻir darajada

100

15.

Jarohatdan soʻnggi surunkali konʼyuktivit:

ikkala koʻzda

10

III. Eshitish aʼzolari

16.

Eshitish pasayganda mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi quyidagi jadval asosida aniqlanadi:

17.

Oʻrta quloqning mezotimpanit tipida surunkali yiringli yalligʻlanishi

15

18.

Shu turdagi epitimpanit yoki granulatsiyali, xolesteatomli asoratlangan epitimpanit

25

19.

Vestibulyar faoliyatning obyektiv buzilishi:

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

40

ogʻir darajada

70

20.

Bitta quloq suprasining yoʻqligi

10

Ikkala quloq suprasining yoʻqligi

20

IV. Yuqori nafas yoʻllari, nafas aʼzolari

21.

Burunning toʻliq yoki qisman yoʻqotilishi

20

22.

Burun orqali nafas olishning buzilishi (burun suyaklari sinishi, suyaklar bitishi va boshqalar) :

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

20

ogʻir darajada

30

23.

Burun yondosh boʻshliqlarining yiringli kasalligi

25

24.

Afoniya (ovozning yoʻqolishi)

25

25.

Xiqildoq faoliyatining buzilishiga olib keluvchi jarohati:

yengil darajada

20

oʻrtacha darajada

40

ogʻir darajada (traxeotomik trubkadan doimiy foydalanish)

70

26.

Nutq aʼzolari va tovush boylamlari jarohati oqibatida nutq yoʻqolishi

40

27.

Nutq qiyinlashuvi

15

28.

Koʻkrak qafasining jarohati oqibatida uning harakati cheklanishi (qovurgʻa sinishi, chandiqlar) :

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

15

ogʻir darajada

30

29.

Koʻkrak qafasining kuchli ifodalangan deformatsiyasi.

40

30.

Jarohatdan keyingi plevritning turgʻun qoldiq asoratlari, oʻpkaning nafas harakati kamayishi, oʻpkaning sogʻ qismiga oʻtishi oqibatida oʻpka yuzasining kamayishi, oʻpkaning osilib qolishi va boshqalar

yengil darajada

15

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

60

31.

Oʻpka toʻqimasi va plevraning surunkali kasalliklari, zararlanish darajasiga qarab

25 dan 100 gacha

V. Qon aylanish aʼzolari

32.

Yurak, uning pardalarining va qon tomirlari organik kasalliklari — funksiyasining buzilish darajasiga qarab

25 dan 100 gacha

VI. Ovqat hazm qilish aʼzolari

33.

Ogʻiz torayishi, yuqori va pastki jagʻ�ing jarohati, soʻlak fistulasi hosil boʻlishi oqibatida funksional buzilishlar:

yengil darajada

15

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

50

34.

Tish tushishi (baxtsiz hodisa roʻy bergan vaqtda yoki bevosita jarohatdan keyin zudlik bilan tishlarni sugʻurib tashlash zarur boʻlganda):

2 tadan 3 ta tishgacha yoki bitta kurak tish

5

4 tadan 8 ta tishgacha

10

8 ta tishdan ortiq

15 dan 20 gacha

35.

Ovqat hazm qilish aʼzolari jarohati va kasalligi oqibatida ovqat oʻtkazishning buzilishi va ozgʻinlik (qiziloʻngach torayishi, surunkali peritonitlar, jigar kasalliklari, oʻt qopi olib tashlanganligi va h.k.)

25 dan 100 gacha

36.

Baxtsiz hodisa oqibatidagi laparotomiyadan keyingi holat (ichki aʼzolar jarohatlanmaganda)

15

37.

Baxtsiz hodisa oqibatida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni talab qiladigan churra siqilishi asoratlari

25 dan 50 gacha

VII. Qon yaratish aʼzolari

38.

Taloq olib tashlanishi

40

VIII. Siydik-tanosil tizimi

39.

Buyraklarning surunkali kasalligi — buyraklar funsiyasining buzilishiga qarab

25 dan 100 gacha

40.

Buyrak jomi va siydik yoʻllari surunkali kasalliklari

15 dan 40 gacha

41.

Bitta buyrak olib tashlanganligi

50

42.

Buyrakning patologik harakatchanligi

15

43.

Siydik-tanosil aʼzolari sohasidagi jarohat oqibatida siydik ajralishining buzilishi:

yengil darajada

15

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

50

44.

Siydik oqmalari

50

IX. Teri qoplamasi va mushaklar

45.

Yuzni xunuk qiluvchi chandiqlar

10

46.

Kuyish asoratlari va har xil jarohatlar oqibatida keng tarqalgan chandiqlar paydo boʻlishi, mushaklar yirtilishi va mushaklar chetlarining tortilib ketishi va boshqalar

10 dan 50 gacha

X. Tayanch va harakatlar tizimi

Umurtqa pogʻonasi

47.

Umurtqa pogʻonasining jarohati oqibatida harakatning cheklanishi

yengil darajada

20

oʻrtacha darajada

40

ogʻir darajada

60

Tos

48.

Tos suyaklari jarohati (tos suyaklari sinishi, qov, dumgʻaza-yonbosh birlashmasi yorilishi va b.) oqibatida funksiyasining buzilishi:

yengil darajada

15

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

60

Qoʻl

Mehnat layoqatining yoʻqotilish foizi

oʻng qoʻl

chap* qoʻl

Bosh barmoq

49.

Tirnoq falangasi yumshoq toʻqimalar defekti

10

5

50.

Tirnoq falangasi yoʻqligi

15

10

51.

Tirnoq falangasi va asosiy falanganing yarmi yoʻqligi

20

15

52.

Ikkala falanganing yoʻqligi

25

20

53.

Ikkala falanga va kaft suyagining yoʻqligi

30

25

54.

Kaft-barmoq yoki kaft usti-kaft boʻgʻimi harakatsizligi

15

10

55.

Falangalararo boʻgʻim harakatsizligi

10

5

56.

Qaysidir ikkita boʻgʻimning harakatsizligi

20

15

57.

Uchta boʻgʻimning harakatsizligi

30

25

58.

Bosh barmoqda harakat cheklanganligi

10

5

59.

Bosh barmoq kontrakturasi:

oʻrtacha darajada

20

15

ogʻir darajada

30

25

Koʻrsatkich barmoq

60.

Tirnoq falangasi yumshoq toʻqimalar defekti

5

5

61.

Tirnoq falangasi yoʻqligi

10

5

62.

Tirnoq va oʻrta falanganing yoʻqligi

15

10

63.

Barcha uchta falanganing yoʻqligi

20

15

64.

Barcha uchta falanga va kaft suyagining yoʻqligi

25

20

65.

Kaft-barmoq boʻgʻimi harakatsizligi

15

10

66.

Birinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi

10

5

67.

Ikkinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi

10

5

68.

Kaft-barmoq va birinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi

20

15

69.

Kaft-barmoq va ikkinchi falangalararo yoki birinchi va ikkinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi

15

10

70.

Barcha boʻgʻimlar harakatsizligi

25

20

71.

Koʻrsatkich barmoqda harakat cheklanganligi

10

5

72.

Koʻrsatkich barmoq kontrakturasi:

oʻrtacha darajada

15

10

ogʻir darajada

25

20

Oʻrta, toʻrtinchi yoki beshinchi barmoq

73.

Tirnoq falangasining yoʻqligi

5

5

74.

Tirnoq va oʻrta falanganing yoʻqligi

10

5

75.

Ushbu barmoqlardan bittasining yoʻqligi

10

10

76.

Ushbu barmoqlardan bittasining kaft suyagi bilan birgalikda yoʻqligi

15

10

77.

Kaft-barmoq yoki birinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi

10

5

78.

Ikkinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi

5

5

79.

Kaft-barmoq va ikkinchi falangalararo yoki birinchi va ikkinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi

10

5

80.

Barcha boʻgʻimlar yoki kaft-barmoq va birinchi falangalararo boʻgʻi�lar harakatsizligi

15

10

81.

Ushbu barmoqlardan bittasida harakat cheklanganligi

5

5

82.

Ushbu barmoqlardan bittasining kontrakturasi:

oʻrtacha darajada

10

5

ogʻir darajada

15

10

Izoh:

1.Bitta barmoqda qaysidir falanganing qisman yoʻqligi ushbu falanganing toʻliq yoʻqligiga tenglashtiriladi.

2.Barmoqning qaysidir boʻgʻimida harakat cheklanganligi barmoqning toʻliq harakat cheklanganligiga tenglashtiriladi.

3.*)Yagona chap qoʻlning jarohatlanishi oʻng qoʻlning jarohatlanishiga tenglashtiriladi.

Bitta qoʻldagi bir nechta barmoqlar

83.

Bitta qoʻlda ikkita barmoq yoʻqligi:

a) bosh va koʻrsatkich barmoq

50

40

b) bosh barmoqni oʻrta barmoq, yoki toʻrtinchi, yoki beshinchi barmoq bilan

40

35

v) koʻrsatkich barmoqni oʻrta barmoq, yoki toʻrtinchi, yoki beshinchi barmoq bilan

35

25

g) oʻrta barmoqni toʻrtinchi barmoq, yoki beshinchi barmoq bilan, yoki toʻrtinchi barmoqni beshinchi barmoq bilan

20

15

Izoh: ikki va undan ortiq barmoqlarda tirnoq va oʻrta falangalarning yoʻqligi shu barmoqlarning toʻliq yoʻqligiga tenglashtiriladi

84.

Bitta qoʻlda uchta barmoq yoʻqligi:

a) bosh va koʻrsatkich barmoqni oʻrta barmoq bilan, yoki toʻrtinchi, yoki beshinchi barmoq bilan

60

50

b) bosh va oʻrta barmoqni toʻrtinchi yoki beshinchi barmoq bilan, yoki bosh barmoqni toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar bilan

50

40

v) koʻrsatkich va oʻrta barmoqni toʻrtinchi yoki beshinchi barmoq bilan, yoki koʻrsatkich barmoqni toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar bilan

45

35

g) oʻrta barmoq, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar

30

25

85.

Bitta qoʻlda toʻrtta barmoqlar yoʻqligi:

a) bosh va koʻrsatkich barmoqni boshqa ikkita barmoqlar bilan

65

55

b) bosh, oʻrta, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar

60

50

v) koʻrsatkich, oʻrta, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar

55

45

86.

Bitta qoʻlda barcha barmoqlar yoʻqligi

75

60

87.

Bitta qoʻlda barcha barmoqlar harakatsizligi

65

55

88.

Bitta qoʻlda barcha barmoqlarda harakat cheklanganligi

35

20

89.

Bitta qoʻlda barcha barmoqlar kontrakturasi:

oʻrtacha darajada

50

40

ogʻir darajada

60

50

Kaft

90.

Kaft yoʻqligi

75

60

91.

Bilak-kaft boʻgʻimi harakatsizligi

40

30

92.

Bilak-kaft boʻgʻimida harakat cheklanganligi:

yengil darajada

15

10

oʻrtacha darajada

20

15

ogʻir darajada

25

20

93.

Kaft suyaklarining sinishi oqibatida panja va barmoqlar funksiyasining buzilishi:

yengil darajada

10

5

oʻrtacha darajada

20

15

ogʻir darajada

30

25

Bilak

94.

Bilak yoʻqligi

80

70

95.

Tirsak boʻgʻimining oʻtkir burchak ostida bukilgan yoki oʻtmas burchak ostida yozilgan holatdagi harakatsizligi

50

40

96.

Tirsak boʻgʻimining toʻgʻri burchak ostida bukilgan holdagi harakatsizligi

40

30

97.

Tirsak va bilak-kaft boʻgʻimlari harakatsizligi

55

45

98.

Tirsak boʻgʻimi oʻynoqiligi

60

50

99.

Tirsak boʻgʻimida harakat cheklanganligi:

yengil darajada

15

10

oʻrtacha darajada

20

15

100.

Tirsak va bilak-kaft boʻgʻimlarida harakat cheklanganligi

30

25

101.

Bilakning pronatsion yoki supinatsion harakatining cheklanganligi:

oʻrtacha darajada

15

10

ogʻir darajada

25

20

102.

Bilak va tirsak suyaklarining soxta boʻgʻimi

50

40

103.

Bilak suyaklaridan bittasining soxta boʻgʻimi

40

30

Elka

104.

Elka yoʻqligi

80

70

105.

Elka boʻgʻimi harakatsizligi

60

50

106.

Elka boʻgʻimi oʻynoqiligi

65

50

107.

Elka suyagining soxta boʻgʻimi

65

50

108.

Elka boʻgʻimida harakat cheklanganligi:

yengil darajada

15

10

oʻrtacha darajada

25

20

ogʻir darajada

40

30

109.

Oʻmrov yoki kurak suyagining sinishi oqibatida funksiyaning buzilishi:

yengil darajada

10

5

oʻrtacha darajada

20

15

110.

Elka suyagining odat�angan chiqishi

25

20

Izoh: yelka suyagi boshchasining odatlangan chiqishida, mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi baxtsiz hodisa sugʻurtalangan xodim bilan tuzilgan sugʻurta vaqti tugamagan davrda kuzatilganda aniqlanadi. Odatlangan chiqish qaytalanishida mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi aniqlanmaydi.

111.

Ikkala qoʻl yoki panja yoʻqligi

100

Oyoq

Barmoqlar

112.

Bosh barmoq tirnoq falangasining yoʻqligi

10

113.

Bosh barmoq sinishidan keyin funksiyasining turgʻun buzilishi:

yengil darajada

5

oʻrtacha darajada

10

ogʻir darajada

15

114.

Bosh barmoq yoʻqligi

15

115.

Boshqa barmoqlardan bittasining yoʻqligi

5

Izoh: bitta yoki ikkita barmoqda tirnoq falangasin�ng yoʻqligi (bosh barmoqdan tashqari), shuningdek koʻrsatilgan barmoqlar funksiyasining buzilishi ushbu barmoqlardan birining yoʻqligiga tenglashtiriladi.

116.

Bitta oyoqda barcha barmoqlar yoʻqligi

25

117.

Bitta oyoqda barcha barmoqlar bilan kaft suyaklari distal boshchasining yoʻqligi

50

Oyoq panjasi

118.

Oyoq panjasining har xil qismidan yoʻqligi — boldir-oshiq boʻgʻimidan kaft-kaftoldi boʻgʻimigacha

60

119.

Oyoq panjasining kaft-kaftoldi boʻgʻimi sohasidan yoʻqligi

40

120.

Boldir-oshiq boʻgʻimining funksional qulay holatdagi (toʻgʻri burchak ostida) harakatsizligi

30

121.

Boldir-oshiq boʻgʻimining boshqa holatdagi harakatsizligi

45

122.

Boldir-oshiq boʻgʻimining oʻynoqiligi

45

123.

Boldir-oshiq boʻgʻimida harakat cheklanganligi:

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

15

ogʻir darajada

20

124.

Kaftoldi suyaklari hamda tovon suyagi sinishi asoratlari:

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

20

ogʻir darajada

40

125.

Kaft suyaklari sinishi oqibatida, statikaning buzilishi yoki doimiy ogʻriqli sindrom bilan

5 dan 15 gacha

Boldir

126.

Boldir yoʻqligi

70

127.

Tizza boʻgʻimining yozilgan holatdagi (180 gradus burchak ostida) harakatsizligi

45

128.

Tizza boʻgʻimining bukilgan holatdagi harakatsizligi

50

129.

Tizza boʻgʻimi oʻynoqiligi

60

130.

Tizza boʻgʻimida harakat cheklanganligi:

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

20

ogʻir darajada

40

131.

Boldir suyaklari sinishi oqibatida oyoq funksiyasining turgʻun buzilishi

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

20

ogʻir darajada

40

132.

Boldirning surunkali yiringli jarayoni oqibatida bitmayotgan oqma yoki yaralar borligi:

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

20

ogʻir darajada

40

133.

Boldir suyaklarining bitmayotgan sinigʻi (soxta boʻgʻimi)

60

134.

Katta boldir suyagining bitmayotgan sinigʻi (soxta boʻgʻimi)

50

Son suyagi

135.

Son yuqori uchligidan yoʻqligi

90

136.

Son oʻrta yoki pastki uchligidan yoʻqligi

80

137.

Chanoq — son boʻgʻimining yozilgan holatdagi (180 gradus burchak ostida) harakatsizligi

50

138.

Chanoq-son boʻgʻimining bukilgan holatdagi harakatsizligi

60

139.

Chanoq — son boʻgʻimida harakat cheklanganligi:

yengil darajada

30

oʻrtacha darajada

40

140.

Son suyagi sinishi oqibatida oyoq funksiyasining buzilishi

yengil darajada

20

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

40

141.

Son suyagining bitmayotgan sinigʻi (soxta boʻgʻimi)

70

142.

Oyoq jarohatidan keyingi tromboflebit, limfa aylanishining buzilishi va boshqalar

yengil darajada

10

oʻrtacha darajada

30

ogʻir darajada

50

Izoh: oyoq-qoʻllarning toʻliq falajligi ularning yoʻqligiga tenglashtiriladi. Shuningdek, oyoq-qoʻllardagi boʻgʻimlarda koʻplab jarohatlar (ankilozlar, keskin ifodalangan kontrakturalar), surunkali yaralar oqibatida jarohatlangan oyoq-qoʻlni ishlata olmaslik, amputatsiyadan keyin suyakning toʻliq yopilmaganligi uning toʻliq yoʻqligiga tenglashtiriladi.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga
4-ilova
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori 1-bandining oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari hamda qarorga 6 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 44-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi va 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-boʻlimga izohdan “2-banddagi kasalliklar holatida uchinchi guruh nogironi ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazilmasdan belgilanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-boʻlimga izohdan “1, 2, 3” va “5” raqamlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori)” 2010-yil 11-noyabrdagi 250-son qaroriga ilova 3-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 283-modda; 2014-y., 52-son, 622-modda; 2015-y., 48-son, 605-modda; 2016-y., 24-son, 281-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 997-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)