1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-dekabrda 2151-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-dekabr,
390-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-son buyrug‘iga ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Malaka komissiyasi majlislarining xolisligi va odilligini ta’minlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.”.
“Malaka komissiyasining raisi majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n besh kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasini xabardor qiladi.”.
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“majlisda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi xodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;”;
“Malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan imtihon biletlari asosida o‘tkaziladi. Bunda imtihon biletlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya boshqarmasiga malaka komissiyasi majlisi o‘tkaziladigan kuni yetkaziladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 653-modda)