

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;26.06.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1697231" id="onLBC-1697231">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7651"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1697231" id="onLS-1697231">[<b>TSZ:</b><div id="LS3806"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1697233" id="-1697233"><a href="/files/-1696335.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1697234" id="-1697234">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1697235" id="-1697235">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1697236" id="-1697236">QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ADLIYA BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1697239" id="-1697239">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2151]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697240" id="-1697240"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-4881182" id="-4881182">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-4877849?ONDATE=26.06.2020 00#-4880391">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3727707" id="-3727707"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3727708" id="-3727708">Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1678022">Qonuni</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3681790">qaroriga </a>muvofiq buyuraman:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3727711" id="-3727711">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-sonli <a href="/mact/-3726605?ONDATE=11.05.2018 00#-3726810">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-5, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697242" id="-1697242">1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1697231#-1697258">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697243" id="-1697243">2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 27-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qoshidagi notariat boʻyicha malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 28-oktabrdagi 26/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697244" id="-1697244">3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697245" id="-1697245">4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697246" id="-1697246">5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697247" id="-1697247">6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1697248" id="-1697248">Vazir R. MUHITDINOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1697249" id="-1697249">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1697251" id="-1697251">2010-yil 29-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1697254" id="-1697254">232-mh-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697258" id="-1697258"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1697260" id="-1697260">Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son <a href="/mact/-1697231">buyrugʻiga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1697262" id="-1697262">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1697263" id="-1697263"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697265" id="-1697265"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697266" id="-1697266">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) <a href="/mact/-54458#-1680286">3<sup>1</sup>-moddasiga </a>muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1697269" id="-1697269">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133577" id="-4133577"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133579" id="-4133579">1. Malaka komissiyalari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133582" id="-4133582">notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133584" id="-4133584">sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133586" id="-4133586">notarius yordamchisi lavozimida kamida uch yil ishlagan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133587" id="-4133587">adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133590" id="-4133590">malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaxslardan (talabgorlardan) malaka imtihonini qabul qiladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133596" id="-4133596">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129281">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697271" id="-1697271">2. Malaka komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697272" id="-1697272">3. Malaka komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning malaka komissiyalari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697274" id="-1697274">4. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1697275" id="-1697275">II. Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697278" id="-1697278">5. Malaka komissiyasi tarkibi uch yil muddatga tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697279" id="-1697279">Malaka komissiyalari adliya boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan tajribali notariuslar va adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda, 7 yoki 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3727713" id="-3727713"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3727716" id="-3727716">Malaka komissiyasi majlislarining xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3727720" id="-3727720">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-sonli <a href="/mact/-3726605?ONDATE=11.05.2018 00#-3726811">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-5, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2472003" id="-2472003"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2472005" id="-2472005">6. Adliya boshqarmasi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri malaka komissiyasi raisi hisoblanadi. Malaka komissiyasi raisi vaqtincha boʻlmaganda (xizmat safari, mehnat taʼtili, kasallik va h. k.) adliya boshqarmasining rahbari yoki uning boshqa oʻrinbosari rais etib tayinlanadi. Malaka komissiyasi raisi oʻrinbosari komissiya tarkibidan tayinlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472006" id="-2472006">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471361">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697283" id="-1697283">7. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida malaka komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) aʼzosi boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697284" id="-1697284">8. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan adliya boshqarmasining notariat boʻyicha mutaxassis xodimlaridan biri malaka komissiyasining masʼul kotibi etib tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697286" id="-1697286">9. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab oʻtkaziladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133612" id="-4133612"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133618" id="-4133618">Malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasini xabardor qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133625" id="-4133625">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129298">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697288" id="-1697288">Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697289" id="-1697289">10. Malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697290" id="-1697290">11. Malaka komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697291" id="-1697291">Malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda bayon etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697293" id="-1697293">12. Bayonnomada:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697296" id="-1697296">majlis oʻtkaziladigan sana va joy, uning boshlanish va yakunlanish vaqti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697297" id="-1697297">majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3727729" id="-3727729"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3727731" id="-3727731">majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3727734" id="-3727734">(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-sonli <a href="/mact/-3726605?ONDATE=11.05.2018 00#-3726811">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-5, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697298" id="-1697298">majlisda hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan talabgorlar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697300" id="-1697300">har bir talabgor tomonidan olingan bilet raqami va undagi savollar mazmuni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697302" id="-1697302">talabgor tomonidan biletdagi savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697304" id="-1697304">ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga bergan javoblari mazmuni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697306" id="-1697306">talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697307" id="-1697307">qabul qilingan qarorlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697308" id="-1697308">komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133628" id="-4133628"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133630" id="-4133630">malaka imtihonini qabul qilish (stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini eshitish) jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133632" id="-4133632">(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129301">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697311" id="-1697311">13. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar adliya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697312" id="-1697312">Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda majlis oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qabul qilingan qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1697313" id="-1697313">III. Malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697314" id="-1697314">14. Malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697323" id="-1697323">talabgorlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda zaruratga qarab, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan adliya boshqarmasi orqali qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697324" id="-1697324">mazkur Nizomning <a href="/mact/-1697231#-1697416">33-bandi</a> talablari buzilganda, talabgorni malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuborish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697325" id="-1697325">15. Malaka komissiyasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697326" id="-1697326">malaka imtihonlarini xolisona oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697327" id="-1697327">Oliy malaka komissiyasining qarorlarini bajarishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697328" id="-1697328">16. Qonun hujjatlariga muvofiq malaka komissiyasi boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697329" id="-1697329"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133639" id="-4133639"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4133640" id="-4133640">IV. Stajirovkani oʻtagan talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133641" id="-4133641">(IV bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129306">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133642" id="-4133642"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133643" id="-4133643">17. Stajirovkani oʻtagan talabgor malaka imtihonini topshirgunga qadar Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1691947#-1691986">nizomga </a>(roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) muvofiq stajirovka natijalari boʻyicha malaka komissiyasiga hisobot beradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133647" id="-4133647">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129309">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2472010" id="-2472010"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2472011" id="-2472011">18. Hisobot eshitilgandan keyin malaka komissiyasi stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini maʼlumot uchun qabul qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472012" id="-2472012">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471363">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133648" id="-4133648"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133649" id="-4133649">19. Malaka komissiyasi stajirovkani oʻtagan talabgorning hisobotini eshitish davomida Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1691947#-1691986">nizom </a>(roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) talablari buzilganlik holatini aniqlasa, bu toʻgʻrisida komissiya majlisining bayonnomasida qayd etib oʻtadi. Malaka komissiyasi raisi ushbu holat yuzasidan tegishli choralar koʻrish, shu jumladan aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq tegishli javobgarlikka tortish toʻgʻrisida adliya boshqarmasi rahbariga taklif kiritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133657" id="-4133657">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129313">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2472013" id="-2472013"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2472014" id="-2472014">20. Stajirovka natijalari boʻyicha hisoboti eshitilgan talabgordan malaka komissiyasining aynan shu majlisida malaka imtihoni qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472015" id="-2472015">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471364">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1697335" id="-1697335">V. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697336" id="-1697336"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133665" id="-4133665"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133670" id="-4133670">21. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun adliya boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133671" id="-4133671">(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129329">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697337" id="-1697337">malaka imtihonini topshirish toʻgʻrisidagi ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697338" id="-1697338">belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697339" id="-1697339">pasport nusxasi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4133672" id="edi-4133672"><a href="/mact/-1697231?ONDATE=08.11.2010 00#-1697340">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133672" id="-4133672">(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129332">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3497408" id="-3497408"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3497415" id="-3497415">oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3497429" id="-3497429">(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 10-mh-sonli (roʻyxat raqami 2151-4, 06.01.2018-y.) <a href="/mact/-3490358?ONDATE=08.01.2018 00#-3493113">buyrugʻi </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3497439" id="-3497439"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3497444" id="-3497444">mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3497448" id="-3497448">(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 10-mh-sonli (roʻyxat raqami 2151-4, 06.01.2018-y.) <a href="/mact/-3490358?ONDATE=08.01.2018 00#-3493113">buyrugʻi </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2472020" id="-2472020"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2472021" id="-2472021">stajirovka oʻtash natijasi toʻgʻrisida talabgorning hisoboti, stajirovka rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma va xulosa;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472022" id="-2472022">(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471367">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2472025" id="edi-2472025"><a href="/mact/-1697231?ONDATE=08.11.2010 00#-1697344">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472025" id="-2472025">(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471368">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) asosan chiqarilgan — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4133686" id="edi-4133686"><a href="/mact/-1697231?ONDATE=08.11.2010 00#-1697345">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133686" id="-4133686">(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129332">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133687" id="-4133687"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133689" id="-4133689">Mazkur Nizom 1-bandining <a href="/mact/-1697231#-1697338">uchinchi — oltinchi xatboshilarida </a>nazarda tutilgan shaxslardan (talabgorlardan) mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133692" id="-4133692">(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129337">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697346" id="-1697346">22. Hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, ularni tayyorlash va yigʻish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697347" id="-1697347">23. Malaka komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar masʼul kotib tomonidan hujjatlar roʻyxatini tuzgan holda qabul qilib olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697348" id="-1697348">24. Malaka imtihonini qabul qilish uchun materiallarni tayyorlab boʻlganidan keyin masʼul kotib ularni malaka komissiyasining raisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697349" id="-1697349">25. Hujjatlar quyidagi hollarda talabgorga qaytarib beriladi:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133702" id="-4133702"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133707" id="-4133707">talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133714" id="-4133714">(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129343">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697351" id="-1697351">mazkur Nizomning <a href="/mact/-1697231#-1697336">21-bandida</a> nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697352" id="-1697352">talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697353" id="-1697353">talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, shuningdek, oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697354" id="-1697354">agar talabgor oʻz hujjatlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697356" id="-1697356">26. Mazkur Nizomning <a href="/mact/-1697231#-1697349">25-bandida</a> nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa, asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytarib beriladi. Hujjatlarni qaytarib berishning sabablari bartaraf etilsa, hujjatlar takroran taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1697359" id="-1697359">VI. Malaka imtihonini qabul qilish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697361" id="-1697361"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2472031" id="-2472031"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2472032" id="-2472032">27. Malaka imtihoni talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻtkaziladi. Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonxonasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472033" id="-2472033">(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471372">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133723" id="-4133723"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133724" id="-4133724">Talabgor malaka komissiyasi majlisining oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133726" id="-4133726">(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129345">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1697404" id="-1697404"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2472035" id="-2472035"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2472036" id="-2472036">28. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga koʻra (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda) kela olmasa, malaka komissiyasi talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2472037" id="-2472037">(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli <a href="/mact/-2471033?ONDATE=06.10.2014 00#-2471374">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697405" id="-1697405">Talabgor malaka komissiyasining majlisida uzrli sabablarsiz hozir boʻlmasa, u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar adliya boshqarmasida koʻpi bilan bir oy muddat saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgandan keyin masʼul kotib koʻrsatilgan hujjatlarni talabgorga qaytarib beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697406" id="-1697406">29. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, ogʻzaki va yozma shakllarda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697407" id="-1697407">Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonada begona shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697409" id="-1697409">30. Talabgorlarga imtihon varaqlari beriladi, ularning har biri adliya boshqarmasi rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697410" id="-1697410">31. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun sakson daqiqa vaqt beriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133732" id="-4133732"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133735" id="-4133735">32. Malaka imtihoni adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133740" id="-4133740">(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129347">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697416" id="-1697416">33. Imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashda talabgorga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697417" id="-1697417">boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133805" id="-4133805"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133807" id="-4133807">uyali telefon va boshqa aloqa hamda telekommunikatsiya vositalari, kitob va shpargalkalardan foydalanish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133810" id="-4133810">(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129358">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133823" id="-4133823"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697419" id="-1697419">imtihon biletini topshirmasdan oldin, xonadan chiqish taqiqlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4133831" id="-4133831"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4133834" id="-4133834">Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni malaka imtihoni topshirishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4133839" id="-4133839">(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli <a href="/mact/-4127942?ONDATE=27.12.2018 00#-4129365">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) asosan beshinchi xatboshisi toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697420" id="-1697420">34. Talabgor oʻzining imtihon biletidagi savollarga ogʻzaki javob beradi. Malaka komissiyasining aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida talabgorga savollar berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697421" id="-1697421">35. Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz imtihon varaqasini topshirgandan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697422" id="-1697422">36. Imtihon varagʻi malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697423" id="-1697423">37. Malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697424" id="-1697424">talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697428" id="-1697428">talabgorni malaka imtihonini topshira olmagan deb topish toʻgʻrisida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697429" id="-1697429">38. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilgan kundan boshlab uch yil davomida adliya boshqarmasi arxivida saqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1697430" id="-1697430">VII. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697431" id="-1697431">39. Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697433" id="-1697433">40. Apellatsiya Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmasi orqali yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697434" id="-1697434">Apellatsiya adliya boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697436" id="-1697436">41. Malaka komissiyasi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1697437" id="-1697437">42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1697238" id="-1697238">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda; 2011-y., 40-son, 438-modda; 2014-y., 40-son, 501-modda; 2015-y., 52-son, 653-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son) </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
