1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining yangi toʻplamini nashrga tayyorlashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 15-martdagi 9-sonli qarori:
1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “bozor maʼmuriyatining mansabdor shaxslariga” soʻzlari “bozorlar, savdo komplekslari maʼmuriyatining xodimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirib, ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni qoʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi uchinchi qismi bilan maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Oʻsha harakatlar, juda koʻp miqdorda sodir etilsa, Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi”;
“Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati (mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish) natijasida olingan nazorat qilinmaydigan daromad aniqlashda, mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq chiqimlar chegirib tashlangan holda hisobga olingan tushum summasidan kelib chiqish lozim”;
“Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yoʻqligi, basharti aybdor muqaddam shunday harakatlar uchun bir yil mobaynida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 165, 1763-moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi boʻyicha javobgarlikni yuzaga keltiradi. Agar bunda aybdor tadbirkorlik faoliyatini faqat ruxsatnomasiz (litsenziya) amalga oshiribgina qolmay, balki davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda qoʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”.
“Haq olish evaziga tovarlarni yoki mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorga erkin kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi, oʻta yuqori narxlarni sunʼiy ravishda saqlab turuvchi bozorlar, savdo komplekslari maʼmuriyatining mansabdor shaxslari hamda oʻz faoliyatini savdo sohasida amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bor-yoʻqligidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksining 210-moddasi boʻyicha poraxoʻrlik yoki 1929-moddasi boʻyicha tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish uchun javobgarlikka tortiladilar”;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish tariqasida yoki Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish” soʻzlari “Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish yoxud Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish yoinki, tashkilotning ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan taqdirda, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Xoʻjalik yurituvchi subyektdan bir martalik yoki boshqa yigʻimlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablagʻlari olgan bozor, savdo komplekslari maʼmuriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor boʻlganligi uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 611-moddasi ikkinchi qismi yoki 1932-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi kerak. Oʻsha harakatlar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, shaxs Jinoyat kodeksi 19210-moddasining ikkinchi qismi yoki 214-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim”;
13-bandning ikkinchi jumlasidagi “ularga tegishli mulkni qonunga xilof tarzda olib qoʻyilishi” soʻzlari “ularga tegishli mulkni qonunga xilof tarzda xatlash yoki olib qoʻyish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 131,132,133-bandlar bilan toʻldirilsin:
“131. Dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni ogʻishmay bajarishlari lozim.
Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonunining (bundan buyon matnda-Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) boʻlgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
132. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
133. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdori qayta muhokama qilinishi kerak”;
2. “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarori:
“Jamiyatda mulk huquqini eʼzozlash vaziyati vujudga keltirilishi lozimligini, unga nisbatan har qanday tajovuzlarning sodir etilishi muqarrar javobgarlikka va jazoga tortilishi kerakligini taʼkidlash lozim”;
6-bandi birinchi xatboshisi uchinchi jumlasidagi “agar bu harakatlar oqibatida mulkdorlarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish jinoyatining tarkibini tashkil qiladi” soʻzlari “shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan — xususiy mulk huquqini buzish jinoyati alomatlarini tashkil etadi” soʻzlariga almashtirilsin;
6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aybdor shaxs harakatlarida Jinoyat kodeksi 1921-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlganda, jinoiy javobgarlik unga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan qatʼiy nazar, kelib chiqadi”,
7-bandning ikkinchi qismi ikkinchi jumlasidagi “boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” soʻzlari “tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bogʻliq va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar, shuningdek boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bunday gʻayriqonuniy harakatlarga, jumladan, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish va h. k. kiritilishi mumkin”;
“Aybdorlarning qayd etilgan harakatlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlarga qarab, Jinoyat kodeksi XIII1-bobidagi tegishli moddalar bilan (Jinoyat kodeksi 205 yoki 207-moddasi bilan emas), gʻarazli maqsadlar aniqlanganda esa, bu harakatlar tovlamachilik yoʻli bilan pora berilishini talab qilishning niqoblangan shakli deb tavsiflanishi lozim”
10-bandning ikkinchi xatboshisi ikkinchi jumlasidagi “205-moddasi dispozitsiyasi” soʻzlari “19211-moddasi yoki 205-moddasi dispozitsiyalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlagan holda savdo yoki vositachilik faoliyatlarni” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “noqonuniy savdo yoki vositachilik faoliyati uchun” soʻzlari “noqonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Shaxsni Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan aybdor deb topish uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi fakti aniqlangan boʻlishi kerak”;
3. “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
“Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etilmayapti, ayrim hollarda jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga oʻtkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yoʻllar bilan va qaysi manbalardan qoʻlga kiritilayotganligi, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti”;
“2. Eʼtibor qaratilsinki, valyuta qimmatliklarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 3-moddasida belgilangan boʻlib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi:
a) chet el valyutasi;
b) chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
v) chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
“3. Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismiga koʻra “chet el valyutasi” jumlasiga:
xorijiy davlatda muomalada boʻlgan hamda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari, xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan chet el pul belgilari;
hisob raqamlarda va omonatlarda boʻlgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablagʻlar kiradi”;
10-banddagi “tovlamachilik yoʻli bilan haq berishni talab qilish” soʻzlari “tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. “Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 22-sonli qarori:
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 9-moddasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, yaʼni ushbu hujjatlar kuchga kirgunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham tatbiq etiladi, maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa, orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi”;
quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Tushuntirilsinki, MJtK 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli boʻlsa — ushbu transport vositasi foydalanishiga masʼul shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yoʻl harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi”;
7-bandning birinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi uchinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“MJtK 3091-moddasida koʻrsatilgan maʼmuriy ishlar sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi;
9-bandi birinchi xatboshisining birinchi jumlasidagi “ikki oydan kechiktirmay” soʻzlari “bir yildan kechiktirmay” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandi uchinchi xatboshisining birinchi jumlasidagi “tugʻilgan yili” soʻzlari “tugʻilgan yili, fuqaroligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bundan tashqari, huquqbuzarni mansabdor shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti, davlat ishtirokidagi tashkilotning xizmatchisi, shuningdek davlat ishtirokidagi tashkilotning huquqiy maqomini toʻgʻri aniqlash kabi masalalar sinchkovlik bilan oʻrganilmogʻi lozim. Jumladan, tashkilotning davlat ishtirokidaligini asosli deb topish uchun, u roʻyxatdan oʻtgan tegishli idoralardan huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda tashkilot ustav fondida davlat ulushi yoki davlat ishtiroki mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinishi lozim”;
20-bandning uchinchi xatboshisidagi “aybdorligi yoki aybsizligi haqidagi dalillar” soʻzlari “aybdorligi yoki aybsizligi haqidagi dalillar, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish asoslari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maʼmuriy jazo turi” soʻzlari “maʼmuriy jazo turi yoki shaxsni javobgarlikdan ozod qilinganligi haqidagi sud qarori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni koʻrib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yoʻl harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart”;
5. “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
7-bandning birinchi xatboshisidagi “JK 205-moddasi” soʻzlari “JK 19211 yoki 205-moddasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “JK 167 va 205-moddalarida” soʻzlari “tegishincha JK 167 va 205-moddalarida yoki 19211-moddalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “JK 167 va 209-moddalarida” soʻzlari “tegishincha JK 167 va 209-moddalarida yoki JK 167 va 228-moddalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Sudlar shunga eʼtibor berigilari kerakki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalari normalarida muayyan shart mavjud boʻlib, unga koʻra quyidagi hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning qoʻllanilishi istisno etiladi”:
JK 167, 168, 170, 180, 181, 1811, 184-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda;
JK 173, 175-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda”;
9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandi birinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandi birinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
“21. Qonun mazmuniga koʻra, (JK 46-moddasining toʻrtinchi qismi) tayinlangan jazo muddatining jami boʻlib oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlangan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining oʻtalmagan muddatini shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi natijasida kelib chiqqan muddatdan kam ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini koʻzda tutishining yoki umuman ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini koʻzda tutmasligining ahamiyati yoʻq”;
“22. Axloq tuzatish ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni oʻtashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi haqida berilgan maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim”;
23-bandning birinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq” soʻzlari “ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qamoq jazosi, shuningdek, jarima (JK 44-moddasi 3-qismiga muvofiq) va axloq tuzatish ishlari (JK 83-moddasi 2-qismiga muvofiq) jazolarini almashtirish tartibida ham tayinlanishi mumkin. Bunda qamoq jazosining eng kam muddati bir oydan kam boʻlishi, biroq olti oydan oshmasligi, voyaga yetmagan shaxslar uchun esa, uch oydan oshmasligi kerak”;
quyidagi mazmundagi 251 — 256-bandlar bilan toʻldirilsin:
“251. Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iboratdir (JK 481-moddasi birinchi qismi).
Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, yashash joyini butunlay tark etishni taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq koʻrsatilishi lozim.
Ozodlikni cheklash olti oydan besh yilgacha muddatga, voyaga yetmaganlarga esa olti oydan ikki yilgacha tayinlanadi hamda mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki sud tomonidan belgilangan boshqa organ nazorati ostida oʻtaladi.
Ozodlikni cheklash, uni oʻtash shartlari sud tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlashning oldini olishni inobatga olgan holda belgilanadi.
252. Jinoyat kodeksi 481-moddasining 3-qismiga muvofiq qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qushimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shugʻullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarning nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli maʼmuriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, mazkur taqiqlar (cheklashlar) JK 481-moddasi birinchi qismida belgilangan majburiy taqiqlar (cheklashlar)ga qoʻshimcha hisoblanganligi sababli, ularni mahkumning zimmasiga yuklatilishi sud hukmining tavsif qismida asoslantirilishi lozim. Shu munosabat bilan mahkumning shaxsi va ishning boshqa holatlari inobatga olingan holda, ushbu qoʻshimcha taqiqlar (cheklashlar) sud tomonidan mahkumga toʻla yoki qisman yuklatilishi mumkin.
253. Jinoyat kodeksi 481-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Ushbu majburiyatlarni yuklash asosi sud hukmining tavsif qismida koʻrsatilishi lozim.
254. JKning 481-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, qayd etilgan asoslar boʻyicha ozodlikni cheklashga hukm qilingan mahkum JK 481-moddasi uchinchi qismiga asosan sud tomonidan unga yuklangan qoʻshimcha majburiyat (taqiq)lardangina ozod etilishi mumkin.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 443-moddasi beshinchi qismiga muvofiq mahkumni unga yuklatilgan majburiyat (taqiq)lardan toʻliq yoki qisman ozod etish jazoni ijro etish idoralari taqdimnomasiga binoan sud tomonidan JPK 541-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
255. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini JK 43-moddasida nazarda tutilgan boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Jinoyat-ijroiya kodeksi 444-moddasining uchinchi qismiga muvofiq quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi;
a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum;
b) oʻziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum;
v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum.
256. Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi”;
28-banddagi “toʻrtdan uch” soʻzlari “uchdan ikki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-band “xizmat boʻyicha cheklash, qamoq” soʻzlaridan keyin “ozodlikni cheklash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7. “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 2013-yil 31-maydagi 8-sonli qarori:
3-bandning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-kichik xatboshi bilan toʻldirilsin;
“21. Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar”;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “JK boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (JK 205-209, 227, 228-moddalari)” soʻzlari “tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar (JK 19211-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (JK 205-209, 227, 228-moddalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashda qasddan koʻmaklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida JK 28-moddasi hamda JK 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi, agar ayni paytda ular gʻaraz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatlarni yashirishda koʻmaklashgan boʻlsalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining harakatlari, shuningdek Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining harakatlari esa, Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari (JK 1929, 19211, 228-moddalari) bilan ham kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga koʻra, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
Tushuntirilsinki, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan, shu jumladan, mazkur modda boʻyicha sudlanganligi tugallangan yoki olib tashlangan shaxs ushbu asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilishi lozim,
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini tugatish masalasini muhokama qilishda, oʻttiz kunlik muddat ichida yetkazilgan zararni qoplash masalasiga (SK 36-moddasi), shuningdek uning toʻliq qoplanganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (toʻlov topshiriqnomalar chiptalar va sh.oʻ.) mavjudligiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 191,192,193-bandlar bilan toʻldirilsin:
“191. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) boʻlgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
192. Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
193. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak”;
8. “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) XVII-bobida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Shunda tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish deganda quyidagilar tushuniladi:
mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish (MJtK 2411-moddasi);
tadbirkorlik subyektlarini pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (MJtK 2414-moddasi);
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish (MJtK 2415-moddasi);
imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish (MJtK 2416-moddasi);
ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni asossiz ravishda kechiktirish (MJtK 2417-moddasi);
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzish (MJtK 2419-moddasi);
davlat xizmati koʻrsatishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni koʻrsatishdan boʻyin tovlash (MJtK 2419-moddasi);
qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika va boshqa hisobotni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish (MJtK 24110);
olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning oʻrnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplamagan holda buzib tashlash (MJtK 24111);
Xoʻjalik subyektlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga (xoʻjalik subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish; xoʻjalik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish; qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda xoʻjalik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish) yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar MJtK XVII-bobining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishlari lozim.
Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashishga qaratilgan shunday harakatlarni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etgan mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlari lozim (JK 1921 — 1928-moddalari);
“Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan ancha miqdorda (MJtK 176-moddasi ikkinchi qismi), shu jumladan, bir necha marta koʻp miqdorda (MJtK 176-moddasi uchinchi qismi) nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksi 188-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlik, faqatgina shaxs tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan juda koʻp miqdorda nazorat qilinmaydigan daromad olgan holdagina yuzaga keladi. Bunda jinoiy javobgarlik shaxs muqaddam shunday harakatlar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligidan qatʼi nazar, kelib chiqadi”;
quyidagi mazmundagi 133,134,135-bandlar bilan toʻldirilsin:
“133. Dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni ogʻishmay bajarishlari lozim.
Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) boʻlgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
134. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
135. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi 1992-yil 13-noyabrdagi 5a-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 1-bandi oxirgi xatboshisi quyidagi tahririda bayon qilinsin:
“Manfaatdor shaxslar oʻrtasida huquq toʻgʻrisida nizo boʻlsa, ariza daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladi”;
rus tilidagi matni 1-bandi oxirgi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pri nalichii spora o prave mejdu zainteresovannimi litsami zayavleniye rassmatrivayetsya v poryadke iskovogo proizvodstva”;
2. “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 10-bandi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar arizada yoki sud tomonidan bitta ish yurituviga birlashtirilgan bir qancha talablar hamda sudda koʻrishga tayyorlash va koʻrish yuzasidan baʼzilari boʻyicha umumiy, baʼzilari boʻyicha esa, qisqartirilgan muddatlar belgilangan boʻlsa, fuqarolik ishi sudda koʻrishga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan, oʻta murakkab ishlar boʻyicha, sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra, ikki oydan kechiktirilmay koʻrilishi lozim”;
rus tilidagi matni 10-bandi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Esli v zayavlenii ili sudom v odnom proizvodstve soyedineni neskolko trebovaniy, dlya odnix iz kotorix ustanovlen obщiy, a dlya drugix sokraщenniy srok podgotovki i rassmotreniya dela, to grajdanskoye delo podlejit rassmotreniyu so dnya okonchaniya podgotovki v srok ne pozdneye odnogo mesyatsa, po delam osoboy slojnosti na osnovanii obosnovannogo opredeleniya suda ne pozje dvux mesyatsev”;
3. “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti xaqida”gi 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquq berilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim”;
rus tilidagi matni 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V sluchaye snosa naxodyaщixsya v sobstvennosti grajdan jilix domov (kvartir) v svyazi s izʼyatiyem zemelnix uchastkov dlya gosudarstvennix ili obщestvennix nujd ukazannim grajdanam, chlenam ix semey, a takje grajdanam, postoyanno projivayuщim v etix domax (kvartirax), po ix viboru i po soglasheniyu storon predostavlyayetsya v sobstvennost drugoye ravnotsennoye blagoustroyennoye jiloye pomeщeniye ploщadyu ne nije sotsialnoy normi ploщadi jilya i viplachivayetsya rinochnaya stoimost nasajdeniy libo viplachivayetsya rinochnaya stoimost snosimix jilogo doma (kvartiri), inix stroyeniy, soorujeniy i nasajdeniy, a takje rinochnaya stoimost prava na zemelniy uchastok v polnom obyeme. V sluchaye previsheniya rinochnoy stoimosti snosimogo doma (kvartiri) ili prava na zemelniy uchastok rinochnoy stoimosti predostavlyayemogo jilya ili prava na zemelniy uchastok, raznitsa podlejit kompensatsii sobstvenniku, a v sluchaye previsheniya rinochnoy stoimosti predostavlyayemogo jilya ili prava na zemelniy uchastok rinochnoy stoimosti snosimogo doma (kvartiri) ili prava na zemelniy uchastok, raznitsa podlejit kompensatsii sobstvennikom v techeniye pyati let s momenta predostavleniya jilya ili prava na zemelniy uchastok”;
4. “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 1-bandidagi “Avtomobil toʻgʻrisida”gi soʻzlar “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻzbek va rus tilidagi matnlaridan 12-band chiqarilsin;
oʻzbek tilidagi matni 16-bandi birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maʼnaviy va jismoniy azoblarni qoʻllash haqidagi daʼvo arizalarni qabul qilish va ishlarni koʻrishda, maʼnaviy zarar pul bilan qoplansada, nomulkiy zarar ekanligini hisobga olish lozim, Shuni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ning 1-moddasining “d” bandiga binoan mulkka oid boʻlmagan daʼvo arizalardan undiriladigan miqdorda davlat boji undirilishi lozim”;
rus tilidagi matni 16-bandi birinchi qismi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pri prinyatii i rassmotrenii iskovix zayavleniy o kompensatsii fizicheskix i nravstvennix stradaniy neobxodimo uchitivat, chto moralniy vred yavlyayetsya vredom neimuщestvennogo xaraktera, nesmotrya na to, chto kompensiruyetsya v denejnoy forme. Uchitivaya eto, gosudarstvennaya poshlina doljna vzimatsya na osnovanii p. “d” st. 1 postanovleniya Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 3-noyabrya 1994 goda za № 533 “O stavkax gosudarstvennoy poshlini” kak s iskovix zayavleniy neimuщestvennogo xaraktera”;
5. “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida”gi 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli karori:
oʻzbek tilidagi matni 10-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolik-protsessual kodeksining 310-moddasiga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari va sud protsessi ishtirokchilari, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar haqli (FPKning 33-moddasi)”;
rus tilidagi matni 10-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soglasno statye 310 Grajdansko-protsessualnogo kodeksa pravom obraщeniya o proverke zakonnosti, obosnovannosti i spravedlivosti sudebnogo resheniya po grajdanskim delam obladayut lish uchastvuyuщiye v dele litsa — storoni, treti litsa, ix predstaviteli i uchastniki sudebnogo protsessa, a takje litsa, ne privlechennie k uchastiyu v dele, o pravax i obyazannostyax kotorix sud razreshil vopros (st. 33 GPK)”;
6. “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 3-bandi birinchi qismidagi “Sudlar ekspertiza tayinlash va oʻtkazish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK” soʻzlaridan keyin “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 3-bandi birinchi qismidagi “Pri rassmotrenii voprosa o naznachenii i proizvodstve ekspertizi sudam sleduyet rukovodstvovatsya normami Konstitutsii, GPK” soʻzlaridan keyin “Zakona Respubliki Uzbekistan “O sudebnoy ekspertize” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻzbek tilidagi matni 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPK 194-moddasining 2-qismiga koʻra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.
Qayta ekspertiza muqaddam xulosa berilgan obyektlarga nisbatan sud tomonidan avval qoʻyilgan savollar yuzasidan tayinlanadi, biroq uni oʻtkazish boshqa ekspertga (yoki ekspertlar komissiyasiga) topshirilishi lozim.
Qayta ekspertizani oʻtkazish ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga asos qilib olingan dalillar haqiqiy emas deb tan olingan yoki ekspertiza oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
Ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasi ishning haqiqiy holatlariga zid boʻlsa yoki ishni koʻrish vaqtida ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yangi holatlar aniqlansa, sud tomonidan qayta ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Sud ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosalariga qoʻshilmasa, qayta ekspertiza tayinlash majburiy emas. Ushbu masalani hal etayotganda ekspertiza predmeti boʻlgan holatlarga doir ishda boshqa dalillarning mavjudligi, shuningdek takroriy ekspertiza oʻtkazishning amaliy imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Ish boʻyicha taraflarning ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qoʻshilmasligi, mutahasis fikri mavjudligi va boshqa vajlar qayta ekspertiza oʻtkazish uchun asos boʻla olmaydi.
Qayta ekspertiza xulosasida ekspertning (yoki ekspertlar komissiyasining) oldingi ekspertiza xulosasining toʻgʻriligi yoki notoʻgʻriligi haqidagi xulosasi qaysi maʼlumotlarga asoslanganligi koʻrsatilishi shart”;
rus tilidagi matni 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soglasno chasti 2 stati 194 GPK, povtornaya ekspertiza naznachayetsya v sluchaye, kogda zaklyucheniye eksperta (komissii ekspertov) neobosnovanno ili ego pravilnost vizivayet somneniya libo priznani nedostovernimi dokazatelstva, polojennie v ego osnovu, ili bili suщestvenno narusheni protsessualnie pravila proizvodstva ekspertizi. Sudam sleduyet imet v vidu, chto pod protivorechiyem mejdu zaklyucheniyami neskolkix ekspertov sleduyet ponimat rasxojdeniye (protivorechiye, seryeznoye razlichiye) v vivodax komissii ekspertov.
Povtornaya ekspertiza naznachayetsya sudom po raneye postavlennim sudom voprosam, v otnoshenii tex je obyektov, po kotorim raneye davalos zaklyucheniye, odnako proizvodstvo eye doljno bit naznacheno drugomu ekspertu (libo komissii ekspertov).
Proizvodstvo povtornoy ekspertizi vozmojno takje i v sluchaye priznaniya nedostovernimi dokazatelstv, polojennix v osnovu zaklyucheniya eksperta (komissii ekspertov), libo suщestvennogo narusheniya protsessualnix pravil proizvodstva ekspertizi.
Povtornaya ekspertiza mojet bit naznachena sudom, esli vivodi eksperta (komissii ekspertov) protivorechat fakticheskim obstoyatelstvam dela ili esli vo vremya sudebnogo razbiratelstva ustanovleni novie dannie, kotorie mogut povliyat na vivodi eksperta (komissii ekspertov).
Pri nesoglasii suda s vivodami eksperta (komissii ekspertov) naznacheniye povtornoy ekspertizi ne yavlyayetsya obyazatelnim. Pri reshenii etogo voprosa sleduyet uchitivat nalichiye v dele inix dokazatelstv po obstoyatelstvam, yavlyayuщimsya predmetom ekspertizi, a takje prakticheskuyu vozmojnost provedeniya povtornoy ekspertizi.
Nesoglasiye storon po delu s zaklyucheniyem eksperta (komissii ekspertov), nalichiye mneniy spetsialistov i drugiye motivi ne mogut slujit osnovaniyem dlya provedeniya povtornoy ekspertizi.
V zaklyuchenii povtornoy ekspertizi doljno bit ukazano, na osnovanii kakix dannix issledovaniya ekspert (komissiya ekspertov) prishel k vivodu o podtverjdenii pravilnosti libo oshibochnosti prediduщego zaklyucheniya
7. “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud harajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 4-bandidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining” soʻzlaridan keyin “(keyingi oʻrinlarda — FPK)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 4-bandidagi “Grajdanskogo protsessualnogo kodeksa” soʻzlaridan keyin “(daleye — GPK)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻzbek tilidagi matni 12-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat bojini qaytarish FPKning 108 va SKning 342-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj toʻliq miqdorda qaytarilishi lozim”;
rus tilidagi matni 12-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vozvrat gosudarstvennoy poshlini proizvoditsya po osnovaniyam, perechislennim v statyax 108 GPK i 342 NK. Poshlina, vnesennaya v bolshem razmere, chem eto trebuyetsya po zakonu, vozvraщayetsya v chasti izlishne uplachennoy summi. V ostalnix ukazannix v zakone sluchayax poshlina podlejit vozvratu v polnom obyeme”;
8. “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 2010-yil 14-maydagi 05-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, ishga kirishish uchun huquq beruvchi hujjatlar shartnoma boʻyicha vakillarga protsess ishtirokchisining faqat umumiy huquqlarini (FPK 34-moddasi) berib, ularga quyidagilar kiradi: ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, raddiya berish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arizalar berish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda koʻrish davomida tugʻiladigan hamma masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtiroz bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadilar”;
rus tilidagi matni 14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Razʼyasnit sudam, chto dokumenti, predostavlyayuщiye pravo na vstupleniye v delo, nadelyayut dogovornix predstaviteley lish obщimi pravami uchastnika protsessa (statya 34 GPK), k kotorim otnosyatsya nijesleduyuщiye: znakomitsya s materialami dela, delat iz nix vipiski, snimat kopii, zayavlyat otvodi, predstavlyat dokazatelstva, uchastvovat v issledovanii dokazatelstv, zadavat voprosi drugim litsam, uchastvuyuщim v dele, i litsam, sodeystvuyuщim osuщestvleniyu pravosudiya, delat zayavleniya, zayavlyat xodataystva, davat ustnie i pismennie obʼyasneniya sudu, izlagat svoi dovodi po vsem voznikayuщim v xode sudebnogo razbiratelstva voprosam, vozrajat protiv zayavleniy, xodataystv, dovodov drugix lits, objalovat resheniya, opredeleniya, postanovleniya i prikazi suda, trebovat prinuditelnogo ispolneniya resheniya, opredeleniya, postanovleniya i prikaza suda, prisutstvovat i realizovat svoi prava pri deystviyax sudebnogo ispolnitelya.
Litsa, uchastvuyuщiye v dele, polzuyutsya i drugimi protsessualnimi pravami, predusmotrennimi v dannom Kodekse”;
9. “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori:
rus tilidagi matni 17-bandi beshinchi xatboshisidagi “v nego vkralas” soʻzlari “dopuщena” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10. “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli qarori:
oʻzbek va rus tilidagi matnlaridan 7-band chiqarilsin;
11. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 6-bandi 3-xatboshisi “koʻchmas mulkka nisbatan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 6-bandi 3-xatboshisi “otkaz v gosudarstvennoy registratsii prav na nedvijimoye imuщestvo” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻzbek tilidagi matni 6-bandi 4-xatboshisidan “aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari chiqarilsin;
rus tilidagi matni 6-bandi 4-xatboshisidan “aksionernix obщestv” soʻzlari chiqarilsin;
oʻzbek tilidagi matni 6-bandi quyidagi mazmundagi 5-xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” talablaridan kelib chiqib, hal qilish lozim”;
rus tilidagi matni 6-bandi quyidagn mazmundagi 5-xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pri rassmotrenii del, svyazannix s jalobami na resheniya organa, provodyaщego gosudarstvennuyu registratsiyu, ob otkaze v gosudarstvennoy registratsii prav fizicheskix i yuridicheskix lits na nedvijimoye imuщestvo, neobxodimo isxodit iz trebovaniy prilojeniya №1 “Polojeniya o poryadke gosudarstvennoy registratsii prav na nedvijimoye imuщestvo i sdelok s nimi”utverjdennogo Postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 07.01.2014 goda №1”;
oʻzbek tilidagi matni 12-bandi “Sud davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilganda, aybdor tarafdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarorining 1-moddasi “b”-bandida koʻrsatilgan miqdorda davlat bojini undiradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin”;
rus tilidagi matni 12-bandi “Sud pri vinesenii resheniya po jalobam na nepravomernie deystviya organov gosudarstvennogo upravleniya i doljnostnix lits, narushayuщix prava fizicheskix lits, vziskivayet s vinovnoy storoni gosudarstvennuyu poshlinu v razmere, ukazannom v p. “b” st. 1 postanovleniya Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 03.11.1994 goda № 533 “O stavkax gosudarstvennoy poshlini” soʻzlari bilan toʻldirilsin”;
12. “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1998-yil 11 sentyabdagi 23-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni 7-bandi 3-xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Sud mazkur turkumdagi ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash, nizoni hal qilishda ahamiyatga ega va taraflar tomonidan isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarni aniqlashi kerak, bunda asosiy eʼtiborni aynan bolaning ota-onasi yoxud boshqa tarbiyalaydigan shaxslarning shaxsiy xususiyatlariga, shuningdek bola bilan shu shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga qaratish kerak. Bunday ishlar, farzandni tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxslarning vasiylik va homiylik organi tomonidan tegishli tartibda tuzilgan va tasdiqlangan turmush sharoitlarini tekshirish xulosalarini olgandan soʻng koʻrishga tayinlanadi.
Sud mazkur masala yuzasidan nizoni mazmunan koʻrayotganda ota-onaning huquqlari tengligi tamoyili va bola manfaatlarida turli xil holatlarni inobatga oladi. Zaruratga qarab, sud tomonidan sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi lozim, bunday ekspertiza ota-onalar (ulardan biri)ga nisbatan, ahvolni psixologik tahlil qilish (oilaviy mojaro) boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin. Biroq sud ekspertizasining xulosasi, vasiylik va homiylik organining xulosasi ham dalillardan biri boʻlib, ishdagi boshqa dalillar yigʻindisi bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozimligini eʼtiborga olishi kerak.
Boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan koʻrishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan koʻrishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida koʻrilish tartibini (vaqti, joyi, koʻrishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.
Bola bilan ota-onaning koʻrishish tartibini belgilashda bolaning jismoniy va ruhiy sogʻligʻi, uning axloqiy kamolotiga taʼsir qiladigan holatlar, bolaning yoshi va sogʻligʻining holati, bolaning ota (ona)ga bogʻliqligi va boshqa holatlar inobatga olinadi, Belgilangan koʻrishish tartibi bolaning manfaatiga javob berishi va ijro etish imkoniyati mavjud boʻlishi lozim.
Istisno hollarda, boladan alohida yashayotgan ota-onaning bola bilan koʻrishishi unga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 2-qismiga muvofiq, ota-onaning huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligʻiga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emasligidan kelib chiqib, sud ota-onaning bola bilan koʻrishish tartibini belgilash haqidagi daʼvosini, qabul qilingan qarorda asoslantirgan holda rad qilishga haqli”;
rus tilidagi matni 7-bandi 3-xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin;
“Pri podgotovke del dannoy kategorii k sudebnomu razbiratelstvu, sudu neobxodimo opredelit obstoyatelstva, imeyuщiye znacheniye dlya razresheniya spora i podlejaщiye dokazivaniyu storonami, obrativ osoboye vnimaniye na lichnie kachestva roditeley libo inix lits, vospitivayuщix rebenka, a takje slojivshiyesya vzaimootnosheniya etix lits s rebenkom. Takiye dela naznachayutsya k rassmotreniyu v sudebnom zasedanii tolko posle polucheniya sostavlennix i utverjdennix v ustanovlennom poryadke aktov organov opeki i popechitelstva ob obsledovanii usloviy jizni lits, pretenduyuщix na vospitaniye rebenka.
Sud, rassmatrivaya po suщestvu spor po dannomu voprosu, prinimayet vo vnimaniye v interesax rebenka razlichnie obstoyatelstva s uchetom soblyudeniya prinsipa ravenstva roditelskix prav oboix roditeley. Pri neobxodimosti sudom doljna bit naznachena sudebno-psixologicheskaya ekspertiza, takaya ekspertiza mojet provoditsya v otnoshenii roditeley (odnogo iz nix), a takje po psixologicheskomu analizu situatsii (semeynogo konflikta). Odnako, sleduyet imet v vidu, chto zaklyucheniye sudebnopsixologicheskoy ekspertizi i zaklyucheniye organa opeki i popechitelstva, yavlyayas lish odnim iz dokazatelstv, doljno bit otseneno sudom v sovokupnosti s drugimi imeyuщimisya v dele dokazatelstvami.
Isxodya iz prava roditelya, projivayuщego otdelno ot rebenka, na obщeniye s nim, a takje iz neobxodimosti zaщiti prav i interesov nesovershennoletnego na obщeniye s etim roditelem, sudu, prinimaya vo vnimaniye obstoyatelstva po kajdomu konkretnomu delu, sleduyet izlojit v rezolyutivnoy chasti resheniya poryadok obщeniya (vremya, mesto, prodoljitelnost obщeniya i t.p.).
Pri opredelenii poryadka obщeniya roditelya s rebenkom prinimayutsya vo vnimaniye fizicheskoye i psixicheskoye zdorovye rebenka, obstoyatelstva, vliyayuщiye na ego nravstvennoye razvitiye, vozrast rebenka i sostoyaniye ego zdorovya, privyazannost rebenka k roditelyam i drugiye obstoyatelstva.Ustanovlenniy poryadok obщeniya doljen otvechat interesam rebenka i bit ispolnimim.
V isklyuchitelnix sluchayax, esli obщeniye rebenka s otdelno projivayuщim roditelem mojet nanesti yemu vred, sud na osnovanii p. 2 st. 75 SK RU, isxodya iz togo, chto pri osuщestvlenii roditelskix prav roditeli ne vprave prichinyat vred fizicheskomu i psixicheskomu zdorovyu detey i ix nravstvennomu razvitiyu, vprave otkazat v iske roditeley ob opredelenii poryadka obщeniya s rebenkom, obosnovav ego v prinimayemom reshenii”;
13. Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli qarori:
oʻzbek tilidagi matni quyidagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“Xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud boʻlganda, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga muvofiq bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Sudlar ushbu turkumdagi ishlarni koʻrishda ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirilganligini tekshirishlari kerak.
Sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyasini olish huquqi mavjudligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga binoan, yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar”.
rus tilidagi matni quyidagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“Prekraщeniye trudovogo dogovora po initsiative rabotodatelya na osnovanii p. 7 ch.2 st. 100 Trudovogo kodeksa dopuskayetsya pri dostijenii rabotnikom pensionnogo vozrasta pri nalichii prava na polucheniye gosudarstvennoy pensii po vozrastu v sootvetstvii s zakonodatelstvom.
Sudi pri rassmotrenii dannix kategoriy del doljni proveryat soblyudeniye rabotodatelem preduprejdeniya rabotnika v pismennoy forme o namerenii prekraщeniya trudovogo dogovora v svyazi s dostijeniyem rabotnikom pensionnogo vozrasta ne meneye chem za dva mesyatsa.
Sudi pri rassmotrenii dannix kategoriy del doljni obratit vnimaniye na dostijeniye rabotnikom pensionnogo vozrasta pri nalichii prava na polucheniye gosudarstvennoy pensii po vozrastu v sootvetstvii s zakonodatelstvom.
V sootvetstvii so st. 7 Zakona Respubliki Uzbekistan “O gosudarstvennom pensionnom obespechenii grajdan” pravo na polucheniye pensii po vozrastu imeyut:
mujchini — po dostijenii 60 let i pri staje raboti ne meneye 25 let;
jenщini — po dostijenii 55 let i pri staje raboti ne meneye 20 let;