1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 G‘allachilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI HAMDA XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDAGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH UCHUN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Paxta va don mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirish, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari xo‘jalik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 2-maydagi 201-son hamda “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarga kiritilgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari xaridlari bo‘yicha topshiriqlar o‘rniga belgilab qo‘yilgan xarid kvotalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning vaqtinchalik tartibi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta xom ashyosi yetishtirish va sotishni tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsinlar, bunda jalb etilgan investitsiyalarni hisobga olgan holda hosildorlikni oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish, qarz mablag‘laridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini nazarda tutsinlar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq belgilangan tartibda paxta terminallaridan sotiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarining amalga oshirilishi, ularni amalga oshirishga ajratilgan mablag‘larning samarali va o‘z vaqtida sarflanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
6. Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarini samarali amalga oshirish uchun Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligiga hamda loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimliklariga kredit mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-mart,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 1-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb ataladi) amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan va loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari hamda irrigatsiya tizimlarini tiklashga va meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berishga investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmini belgilaydi.
I. Atamalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar qabul qilingan:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi — loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilot, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan faoliyat ko‘rsatadi (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi agentlik deb ataladi);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxslar bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
loyiha benefitsiarlari — Suv iste’molchilari uyushmasi a’zolari yoki loyihalarda qatnashuvchi har qanday qishloq xo‘jaligi korxonasi, ushbu korxonalar hududida ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlari bo‘yicha qurilish-tiklash ishlari amalga oshiriladi yoki ular tomonidan meliorativ qurilish texnikasi sotib olinadi (keyingi o‘rinlarda benefitsiarlar deb ataladi);
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
meliorativ qurilish texnikasi — Suv iste’molchilari uyushmalariga ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida yetkazib beriladigan yer qazish texnikasi (keyingi o‘rinlarda texnika deb ataladi);
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Konsultant tanlash — ushbu tartibotlar bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq dizayn va tender hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha konsultant tanlash;
tender bo‘yicha tanlash — ushbu tartibotlar bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq qurilish-tiklash ishlarini bajarish (texnika yetkazib berish) uchun Pudratchini (Yetkazib beruvchini) tanlash;
pudratchi — drenaj va irrigatsiya tizimlari bo‘yicha qurilish-tiklash ishlarini bajarish yuzasidan tender bo‘yicha tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi yuridik shaxs;
yetkazib beruvchi — meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish yuzasidan tender bo‘yicha tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi yuridik shaxs;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
dizayn — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga muvofiq Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash obyektining dala tekshirishlari asosidagi loyiha-smeta hujjatlari;
konsultatsiya markazi — benefitsiarlarga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish uchun loyihalar doirasida tashkil etiladigan qishloq biznesi konsultatsiya markazi;
mablag‘lar yig‘ish — benefitsiarlar tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash yoki texnika yetkazib berish uchun tegishli komponentlar bo‘yicha jalb etilgan Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarini to‘lash maqsadida (foizlar va vositachilik haqini hisobga olgan holda) Suv iste’molchilari uyushmasining maxsus maqsadli hisob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazish.
(1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
II. Konsultant tanlash va uning xizmatlarini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
2. Ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga yo‘naltirilgan loyiha yechimlarini amalga oshirish uchun Ijro etuvchi agentlik Konsultant tanlaydi hamda tanlash natijalari bo‘yicha Konsultant bilan dizayn va tender hujjatlarini tayyorlash yuzasidan kontrakt tuzadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni moliyalashtirish tegishli komponentlar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Kontraktda kontrakt umumiy summasining ko‘pi bilan 10 foizini oldindan to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Konsultant tuzilgan kontraktga muvofiq hamda dala tekshirishlari asosida Suv iste’molchilari uyushmasi bilan kelishilishi kerak bo‘lgan dizayn va tender hujjatlarini tayyorlaydi va ularni loyihalar maqsadlariga muvofiq bo‘lgan qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun Ijro etuvchi agentlikka taqdim etadi. Dizayn va tender hujjatlarini tayyorlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarining tegishli komponentlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
4. Ijro etuvchi agentlik va Konsultant o‘rtasidagi qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin Ijro etuvchi agentlik mablag‘larni loyihalarning maxsus hisob raqamlaridan ko‘chiradi va Konsultantga kontrakt summasining to‘lanmagan qismini to‘laydi.
III. Qurilish-tiklash ishlarini moliyalashtirish va ularning xarajatlarini qoplash
5. Qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin:
10 kun mobaynida Ijro etuvchi agentlik benefitsiarga dizaynni taqdim etadi;
benefitsiarga dizayn taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida — Ijro etuvchi agentlik, benefitsiar va Suv iste’molchilari uyushmasining vakolatli vakillari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirish va qoplash to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb ataladi) tuzadilar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Shartnomada kreditlarni to‘lash, olingan kreditlar bo‘yicha foizlarni, bir martalik vositachilik haqini va kreditning foydalanilmagan summasi bo‘yicha majburiyat uchun vositachilik haqini to‘lash shartlari nazarda tutiladi.
6. Ijro etuvchi agentlik tender hujjatlari asosida, benefitsiar ishtirokida qurilish-tiklash ishlarini bajarishga (texnika yetkazib berishga) Pudratchini (Yetkazib beruvchini) tender bo‘yicha tanlashni amalga oshiradi.
7. Tender bo‘yicha tanlash natijalariga ko‘ra Ijro etuvchi agentlik, Pudratchi (Yetkazib beruvchi), Suv iste’molchilari uyushmasi va benefitsiarlar o‘rtasida kontrakt tuziladi, kontrakt shartlari bo‘yicha oldindan tegishli ravishda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki yoki Osiyo taraqqiyot bankining roziligi olinishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
8. Qurilish-tiklash ishlarining (texnika yetkazib berishning) tugallanganligi besh nusxadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma Ijro etuvchi agentlik, Pudratchi (Yetkazib beruvchi), Suv iste’molchilari uyushmasi va benefitsiarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
9. Qabul qilib olishda Ijro etuvchi agentlik, Suv iste’molchilari uyushmasi yoki benefitsiar tugallangan qurilish-tiklash ishlarining tayyorlangan dizaynga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish uchun Konsultatsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
10. Tomonlardan biri dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda paydo bo‘lgan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va kontrakt shartlariga muvofiq hal etiladi. Ishlarni bajarish (texnikani topshirish-qabul qilib olish) tugallanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma benefitsiarlar tomonidan qoplanadigan Shartnomada belgilangan mablag‘lar miqdoriga tuzatishlar kiritish uchun asos hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Ijro etuvchi agentlik qurilish-tiklash ishlarini (texnika yetkazib berishni) moliyalashtirishni Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarining tegishli komponentlari bo‘yicha, kontrakt shartlariga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiradi, shuningdek Suv iste’molchilari uyushmasini qarz mablag‘larini zarur darajada hisobga olish va foizlarni to‘lash maqsadida kontrakt bo‘yicha mablag‘larni ko‘chirish to‘g‘risida xabardor qiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
12. Shartnomaga muvofiq Suv iste’molchilari uyushmasi har yarim yillikda bir marta asosiy qarzni, foizlarni hamda mazkur kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan va benefitsiarlar tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini yaxshilash yoki texnika yetkazib berish uchun to‘lanadigan barcha vositachilik to‘lovlarini to‘lash uchun o‘z hisob raqamiga mablag‘lar yig‘ishni amalga oshiradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
13. Suv iste’molchilari uyushmasi benefitsiarlardan tushgan mablag‘larni shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
14. Yagona qishloq xo‘jaligi korxonasi benefitsiar sifatida ish ko‘rgan hollarda shartnoma to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ijro etuvchi agentlik va qishloq xo‘jaligi korxonasi o‘rtasida, Suv iste’molchilari uyushmasi (tashkil etmasdan) ishtirokisiz tuziladi. Bu holda Suv iste’molchilari uyushmasining ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha huquq va majburiyatlari qishloq xo‘jaligi korxonasiga o‘tadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga ILOVA
_______________kanalini (drenajni) tiklash (meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish) bo‘yicha (nomi) investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish va to‘lash yuzasidan
___________________________________ viloyati __________________________________ tumani
200__ yil “_________”_________________
Keyingi o‘rinlarda “Ijro etuvchi agentlik” deb ataladigan Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibi
o‘zgartirish agentligi nomidan bosh direktor ___________ bir tomondan, suv iste’molchilarining 200__ yil “___” __________dagi ta’sis yig‘ilishi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, keyingi o‘rinlarda “Suv iste’molchilari uyushmasi” deb ataladigan ___________ suv iste’molchilari uyushmasi nomidan________________ ikkinchi tomondan hamda keyingi o‘rinlarda “Benefitsiarlar” deb ataladigan ushbu Shartnoma 1-ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari uchinchi tomondan, (keyingi o‘rinlarda _______________________________________________________________________ deb ataladi) ___________________________________________________________________________________________
(xalqaro moliya tashkiloti nomi)
ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladigan loyihaning drenaj va irrigatsiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha komponentini (keyingi o‘rinlarda “loyiha” deb ataladi) amalga oshirish doirasida ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
I. Shartnomaning predmeti
1.1. Ijro etuvchi agentlik Nizomning 3-bandiga muvofiq tayyorlangan dizayn (keyingi o‘rinlarda “Dizayn” deb ataladi) asosida qurilish-tiklash ishlarini bajarishni yoki meliorativ texnikasi (keyingi o‘rinlarda “texnika” deb ataladi) yetkazib berishni moliyalashtiradi.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son)
1.3. Benefitsiarlar investitsiya xarajatlarini (ushbu Shartnomaga 2-ilovaga muvofiq) o‘z vaqtida qaytarish, shu jumladan kreditdan foydalanish bilan bog‘liq foizlar va vositachilik haqini to‘lov kunidagi banklararo savdo sessiyasi kursi bo‘yicha milliy valyutada to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar.
1.4. Benefitsiarlar foizlarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining __________________________
(XMT nomi)
bilan Qarz bitimida belgilangan plyus 1,5% foiz yillik stavka bo‘yicha, investitsiya xarajatlarining ko‘chirilgan va to‘lanmagan asosiy summasi bo‘yicha to‘laydilar.
1.5. Benefitsiarlar vositachilik haqini mazkur vaqtda hisob raqamidan ko‘chirilmagan, kreditning asosiy summasidan 0,75 foiz yillik stavka miqdoridagi majburiyatlar bo‘yicha to‘laydilar.
1.6. Asosiy summani, foizlarni va boshqa to‘lovlarni to‘lash har yili ikki marta: 10-yanvar va 10-iyulda (Osiyo taraqqiyot banki Loyihasi bo‘yicha) yoki 10-aprel va 10-oktabrda (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasi bo‘yicha) amalga oshiriladi.
1.7. Suv iste’molchilari uyushmasi investitsiya xarajatlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan benebenefitsiarlar mablag‘larini yig‘ishni amalga oshiradi, mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining _______________________________________ maxsus hisob
raqamiga o‘tkazadi.
(maxsus hisob raqami ko‘rsatiladi)
(1.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.1.1. Ushbu Shartnomaning 1.3-bandiga muvofiq investitsiya xarajatlarini Suv iste’molchilari uyushmasining maxsus maqsadli hisob raqamiga belgilangan tartibda to‘lash;
(2.1-bandning 2.1.1 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.1.2. Qaytariladigan mablag‘larni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda to‘lovning belgilangan sanasidan boshlab muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan summaning 0,05 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tkazib yuborilgan summaning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lash;
2.1.3. Pudratchi tomonidan ishlarni amalga oshirishda yoki Yetkazib beruvchi tomonidan texnika yetkazib berishda aniqlangan nuqsonlar to‘g‘risida bevosita yoki suv iste’molchilari uyushmasi orqali Ijro etuvchi agentlikka o‘z vaqtida xabar qilish;
(2.1-bandning 2.1.3 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.1.4. Benefitsiar tugatilgan taqdirda ushbu Shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlarni o‘zining huquqiy vorisiga berish.
2.2. Ijro etuvchi agentlik quyidagilarga majbur:
2.2.1. Qarz bitimi shartlariga muvofiq va benefitsiarlar hamda Hukumat manfaatlarini ko‘zlab loyihaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
2.2.2. Dizayn asosida qurilish-tiklash ishlarini bajarish (texnika yetkazib berish maqsadida Pudratchi (Yetkazib beruvchi)ni tanlash uchun tender tashkil etish va u bilan kontrakt tuzish;
2.2.3. Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarni (Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan texnikani) kontrakt shartlariga muvofiq moliyalashtirish hamda ishlarning bajarilishini doimiy nazorat qilib borishni ta’minlash;
2.2.4. Benefitsiarlar va Pudratchi (Yetkazib beruvchi) bilan birgalikda qurilish-tiklash ishlarining tugallanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani tasdiqlangan dizaynga (yetkazib berilgan texnikani topshirish-qabul qilib olish) muvofiq imzolash;
2.2.5. Xalqaro va mahalliy konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
2.2.6. Loyiha mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
2.2.7. Amalga oshirilgan ishlar (texnika yetkazib berish) to‘g‘risidagi hisobotlarni Ijro etuvchi agentlikka belgilangan tartibda taqdim etish;
(2.2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
2.2.8. Moliyaviy mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish.
2.3. Suv iste’molchilari uyushmasi quyidagilarga majbur:
(2.3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.3.1. Mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiyatlarni benefitsiarlar o‘rtasida ular uchun bajarilgan ishlar hajmlariga mutanosib ravishda taqsimlash;
2.3.2. Benefitsiarlarning investitsiya xarajatlarini qoplash, shu jumladan foizlar va vositachilik to‘lovlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘larini to‘plash;
2.3.3. Benefitsiarlardan tushgan mablag‘larni (ushbu Shartnomaga 3-ilovaga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda o‘tkazish;
2.3.4. Benefitsiar tugatilgan taqdirda mablag‘larni qayta taqsimlash yoki majburiyatlarni huquqiy vorisga berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomani rasmiylashtirish;
2.3.5. Investitsiya xarajatlarining, shu jumladan ular bo‘yicha foizlar va vositachilik haqining to‘lanishini nazorat qilish;
2.3.6. Ijro etuvchi agentlik hamda Moliya vazirligini investitsiya xarajatlarini to‘lash jadvalining bajarilishi to‘g‘risida xabardor qilish.
(2.3.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
III. Tomonlarning huquqlari
3.1. Benefitsiarlar quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1. O‘z hududida qurilish-tiklash ishlarining (texnika yetkazib berishning) bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
3.1.2. Dizaynning tayyorlangan loyihasini ekspertizadan o‘tkazish;
3.1.3. Bajarilgan ishlarning (yetkazib berilgan texnikaning) sifati qoniqarsiz bo‘lgan taqdirda qurilish-tiklash ishlarining (texnikani topshirish-qabul qilishning) tugallanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolashni rad etish.
3.2. Ijro etuvchi agentlik quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish va ishlarning bajarilishini (texnikaning yetkazib berilishini) doimiy nazorat qilish;
3.2.2. Pudratchidan barcha ishlarning dizaynga muvofiq bajarilishini va dizayndan barcha chetga chiqishlarni o‘z hisobiga bartaraf etishini talab qilish;
3.2.3. Bajarilgan ishlarning (yetkazib berilgan texnikaning) sifati qoniqarsiz bo‘lgan taqdirda qurilish-tiklash ishlarining (texnikani topshirish-qabul qilishning) tugallanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolashni rad etish.
3.3. Suv iste’molchilari uyushmasi quyidagi huquqlarga ega:
(3.3.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
3.3.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq benefitsiarlardan kanalni (drenajni) tiklash (texnika yetkazib berish) bo‘yicha investitsiya xarajatlarini to‘lash uchun mablag‘larning vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turilishini o‘z vaqtida amalga oshirishni talab qilish;
3.3.2. Ijro etuvchi agentlik hamda Moliya vazirligi bilan investitsiya xarajatlarini to‘lash jadvalini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish;
(3.3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
3.3.3. Benefitsiarlar tomonidan ushbu Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ularga e’tiroz bildirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudga da’vo taqdim etish.
(3.3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4.1. Tomonlar o‘z xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob berishadi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
5.1. Benefitsiarlar faoliyat ko‘rsatadigan zonada qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining qisman yoki to‘liq nobud bo‘lishiga olib kelgan fors-major holatlari vujudga kelgan taqdirda qarz mablag‘larini to‘lash muddati ___ yilga uzaytiriladi. Fors-major holati ta’sirida hosilning qisman yoki to‘liq nobud bo‘lganligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibotlarga muvofiq aniqlanadi.
(5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5.2. Benefitsiar tugatilgan taqdirda to‘lanmagan mablag‘larning qolgan qismi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘liq hajmda qaytarilishi yoki huquqiy vorisga (qo‘shimcha shartnomani imzolagan holda) berilishi kerak.
5.3. Ushbu Shartnomaning amal qilish davrida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar xo‘jalik sudida hal etilishi kerak.
VI. Shartnomaning muddati
6.1. Ushbu Shartnoma 20__ yil “__”_________dan 20__ yil “__”_________ gacha - 20 yil muddatga tuzilgan va benefitsiarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga (texnika yetkazib berishga) Ijro etuvchi agentlik tomonidan benefitsiarlar uchun moliyalashtirilgan xarajatlarning butun summasi to‘liq to‘langungacha amal qiladi.
6.2. Shartnoma uni tomonlar imzolagan vastdan boshlab kuchga kiradi.
VII. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari
Ijro etuvchi agentlik: Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi, 700000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “B” korpus. Bankning hisob raqami _______________ MFO №_____________.
Suv iste’molchilari uyushmasi: _________ viloyati _________ tumani _________ shaharchasidagi “_________” suv iste’molchilari uyushmasi. Bankning hisob raqami ________________ MFO №_____.
(VII-bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Benefitsiarlar:
1. _________ viloyati _________ tumanidagi “_________” qishloq xo‘jaligi korxonasi. Bankning hisob raqami _______________ MFO №_______.
2. _________ viloyati _________ tumanidagi “_________” qishloq xo‘jaligi korxonasi. Bankning hisob raqami _______________ MFO №__________.
Ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash (texnika yetkazib berish) bo‘yicha investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish va to‘lash yuzasidan _________________________ -son shartnomada qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari (nomi)
Ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga (texnika yetkazib berishga) investitsiya xarajatlarini ___________ viloyati ________________ tumanidagi __________________ qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan to‘lash
__________________________________________________________________________________________ Sug‘oriladigan yerlarning umumiy maydoni, gektar_______________________________________________ Xo‘jalikning sug‘oriladigan yerlari ulushi, %___________________________________________________ To‘lash uchun qurilish-tiklash ishlari (texnika) qiymati_________________________________________________________________
Qarzni to‘lash muddati _______________________________________________________________20 yil__
Majburiyat uchun vositachilik haqi_______________________________________________________0,75 %
Yillar
Investitsiyalarni o‘zlashtirish
Investitsiyalarning o‘zlashtirilmagan qismi
Asosiy summani to‘lash
Foizlarni hisoblash uchun summa
Foizlarni to‘lash
Vositachilik haqini to‘lash
Jami to‘langan foizlar va vositachilik haqi
Hammasi
Hammasi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga (texnika yetkazib berishga) investitsiya xarajatlarini ______________ viloyati ____________ tumanidagi _____________________________ suv iste’molchilari uyushmasi tomonidan to‘lash
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Sug‘oriladigan yerlarning umumiy maydoni, gektar_______________________________________________ Qurilish-tiklash ishlari (texnika) qiymati_____________________________________________________ Qarzni to‘lash muddati _______________________________________________________________20 yil__
To‘lanadigan summaning har yilgi ko‘payish summasi
Majburiyat uchun vositachilik haqi_______________________________________________________0,75 %
Yillar
Investitsiyalarni o‘zlashtirish
Investitsiyalarning o‘zlashtirilmagan qismi
Asosiy summani to‘lash
Foizlarni hisoblash uchun summa
Foizlarni to‘lash
Vositachilik haqini to‘lash
Jami to‘langan foizlar va vositachilik haqi
Hammasi
Hammasi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son)
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi
(sxema O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 2-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning
VAQTINCHALIK TARTIBI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
1. Mazkur Tartib Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb ataladi) ro‘yobga chiqarish hamda loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlash tartibotini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Tegishli tumanlarda loyihalarni amalga oshirish davrida paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining davlat xaridlari bo‘yicha topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlarida belgilangan hajmlarda har yillik xarid kvotalari bilan almashtirilgan.
3. Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo irrigatsiya-drenaj tizimlarini tiklash ishlarining tugallanishiga va buning natijasida loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarida ekin maydonlari kengayishi va yerlar sifatining yaxshilanishiga qarab yakka tartibdagi xarid kvotalari, paxta xom ashyosi va don ekinlari hosildorligi ortishining tuzatish koeffitsiyentini umuman loyihalarga kiritilgan tumanlar bo‘yicha xarid kvotalarini teng ravishda ko‘paytirishni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
4. Yakka tartibdagi xarid kvotalari — loyihalarda qatnashuvchi xo‘jaliklar uchun belgilanadigan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun amaldagi preyskurant narxlar bo‘yicha xarid qiladigan tayyorlov tashkilotlariga sotiladigan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari hajmi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu tumanlar uchun belgilangan kvotalar hamda o‘rtacha yillik ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqqan holda mazkur Tartibga muvofiq har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining yakka tartibdagi xarid kvotalarini hisoblab chiqadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
Loyihalarda qatnashuvchi har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi bo‘yicha yakka tartibdagi xarid kvotalari tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish prognoz hajmlarini hisoblab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Yangidan tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari uchun yakka tartibdagi xarid kvotalarini hisoblab chiqish va tasdiqlash har yilning 1-iyulidan kechikmay, yerlarida yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining yakka tartibdagi xarid kvotasi asosida shunday tartibda amalga oshiriladi.
6. Har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi uchun belgilangan yakka tartibdagi xarid kvotasi loyihalarni amalga oshirish muddati mobaynida amal qiladi. Har bir alohida qishloq xo‘jaligi korxonasi o‘zining yakka tartibdagi xarid kvotasi bajarilishi uchun tegishli kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan tartibga muvofiq javob beradi hamda uchinchi tomonlarning davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun xarid kvotasini hisoblab chiqishda paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining o‘rtacha yillik hajmlari sifatida 1997—2001-yillar davrida amalda yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining o‘rtacha yillik hajmlari qabul qilinadi.
1997-yildan keyin tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari uchun yakka tartibdagi xarid kvotasini hisoblab chiqishda paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining o‘rtacha yillik hajmlari sifatida fermer xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab amalda yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining o‘rtacha yillik hajmi qabul qilinadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
Yangidan tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari uchun belgilanadigan xarid kvotasini aniqlash uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha yillik hajmlari paxta va g‘alla ekiladigan yer uchastkasi maydoni, yerlarida fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining 1997—2001-yillar davridagi o‘rtacha yillik hosildorligi asosida, O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq fermer xo‘jaligiga berilgan yerlar sifatini (tuproq bonitetini) hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Tuman bo‘yicha 1997—2001-yillarda paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha yillik hajmlari (O(PR) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
O(PR)=(O1 + O2 + . . . . + ON) / K(L)*(1), bunda:
O(1); O(2); O(N) — tuman bo‘yicha 1997—2001-yillarda paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishning yillik hajmlari;
K(L) — o‘rtacha yillik ko‘rsatkichni aniqlashda foydalaniladigan yillar soni.
Loyihadagi tuman bo‘yicha davlat xaridlari koeffitsiyenti — K(ZR) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
K(ZR) = Q(ZR) : O(PR) (2), bunda:
Q(ZR) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq belgilangan loyihadagi tuman bo‘yicha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish yuzasidan davlat xarid kvotalari hajmi (tonna).
8. Paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish yuzasidan yakka tartibdagi xarid kvotasi — Q(ZP) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Q(ZP) = O(SP) * K(ZR) (3), bunda:
O(SP) — qishloq xo‘jaligi korxonasining paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish o‘rtacha yillik hajmlari (tonna).
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning vaqtinchalik tartibiga sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlash
(sxema O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 3-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
1. Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb ataladi) ro‘yobga chiqarish hamda loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
2. Loyihalarga kiritilgan tumanlarda 2002-yil qishloq xo‘jaligi mavsumidan boshlab paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlari bo‘yicha belgilangan xarid kvotalari joriy etilgan, ular uchun hisob-kitoblar davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilishga doir amaldagi preyskurant narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
Loyihalarda qatnashuvchi shirkat xo‘jaliklarining xarid kvotalari doirasida paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda, kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda amaldagi preyskurant narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Loyihalarga kiritilgan tumanlar joylashgan mintaqalar fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli kreditlash mexanizmiga o‘tgunga qadar, loyihalarda qatnashuvchi fermer xo‘jaliklarining paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish xuddi shunday shartlarda amalga oshiriladi.
Loyihalarga kiritilgan tumanlar joylashgan mintaqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 5-ilovada tasdiqlangan muddatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli kreditlash mexanizmiga o‘tgandan keyin, loyihalarda qatnashuvchi fermer xo‘jaliklarining xarid kvotalari doirasida paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish ko‘rsatib o‘tilgan mexanizmga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasida qatnashayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari xarid kvotalaridan ortiqcha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ushbu loyiha bo‘yicha ochilgan kredit liniyasi hisobiga amalga oshirishlari mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Valyuta turi va kredit summasi, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar miqdori va moliyalashtirish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi hamda Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi Qarz to‘g‘risidagi bitimga 5-ilova V qismining 1-bandida belgilangan talablarga muvofiq tanlab olingan O‘zbekiston Respublikasi banki o‘rtasida tuzilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi 4644-UZ-son bitim shartlariga binoan belgilanadi.
4. Loyihalarda qatnashayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining xarid kvotalaridan ortiqcha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish har qanday tijorat banki tomonidan, qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan kredit shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu holda fermer xo‘jaliklarini kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-martda 907-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi”ga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasi asosida qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
6. Loyihalarda qatnashayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari xarid kvotalaridan ortiqcha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qiluvchi tashkilot bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra shartnoma tuzish huquqiga ham ega. Bunda xarajatlarni moliyalashtirish kontraktatsiya shartnomasidan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu holda xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun uzil-kesil hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
paxta xom ashyosi uchun — Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibiga muvofiq berilgan avans (kredit)dan foydalanish davri uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha hisoblab chiqariladigan, berilgan avans (kredit) mablag‘lari summasidan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida chiqarib tashlanadigan chegirma (diskont)ni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladigan shartnomaviy narxlar bo‘yicha;
don mahsulotlari uchun — shartnomaviy narxlar bo‘yicha.
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 4-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
1. Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihalarida (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb ataladi) qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan va ularning ixtiyorida qoldiriladigan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibini belgilaydi.
2. Qishloq xo‘jaligi korxonalari mazkur Nizomga muvofiq belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olinadigan paxta tolasini, lint va boshqa qo‘shimcha mahsulotlarni sotadilar.
Xo‘jaliklar tomonidan amalda tayyorlangan paxta xom ashyosi hajmi paxta xom ashyosini qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish tugallangandan keyin sortlar va tiplar bo‘yicha dastlabki hisobga olish hujjatlari asosida aniqlanadi.
Har yili paxta xom ashyosi tayyorlash yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi statistika organlari bilan birgalikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga loyihalarda qatnashuvchi barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari bo‘yicha tayyorlangan paxta xom ashyosining yig‘ma hajmini, belgilangan xarid kvotasi hajmini va xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlari hajmini alohida ko‘rsatgan holda, shuningdek paxta mahsulotlarini sotish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni taqdim etadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan hamda xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan hajmlarni hisobga olgan holda paxta mahsulotlari balansini tuzadi va paxta mahsulotlarini sotish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarga muvofiq ushbu hajmlarni markazlashtirilmagan eksport yoxud ichki bozorda sotish toifasiga o‘tkazadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
4. Loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-avgustda 1267-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Paxta tolasini O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan shartlarda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining kimoshdi savdolarida;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
amaldagi qonunchilikka muvofiq paxta tolasi uchun hisob-kitoblarni vositachilik shartlarida amalga oshirgan holda, qishloq xo‘jaligi korxonalari shartnoma tuzadigan tashqi savdo kompaniyalari orqali yoxud Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotish huquqiga ega.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Paxta tolasini mazkur bandga muvofiq sotish ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (keyingi o‘rinlarda terminallar deb ataladi) amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
5. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan tuzilgan kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, hisobga qo‘yish — vakolatli bankda va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,34—36-son, 264-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
Paxta tolasini eksport qilish kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytida narxning muvofiqligini baholashda “Kotton Outluk” “A” indeksi va uning o‘zbekistonlik komponentining terminalning franko-tashuvchi (FCA) yetkazib berish shartlariga keltirilgan kotirovkasining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga muvofiq narxlar asos sifatida qabul qilinadi.
Eksport qilish yuzasidan tuzilgan kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish:
mahsulotni tashqi savdo kompaniyalari orqali eksport qilishda — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 2-dekabrda 988-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizomga muvofiq;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
6. Qayta ishlovchi korxonalar qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga binoan va ularning topshirig‘iga ko‘ra paxta mahsulotini qayta ishlash, o‘rash-joylash va markirovka qilish, sertifikatlashtirish, mahsulotni terminallargacha yetkazib berishga doir xizmatlar ko‘rsatadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Paxta terminallari qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga binoan paxta mahsulotini tushirish, ortish va saqlash, tovarga ilova qilinadigan zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga doir xizmatlar ko‘rsatadilar.
Paxta tolasini eksportga yuklab jo‘natish loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra tashqi savdo kompaniyalari tomonidan tegishli tashkilotlar (“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zstandart” agentligi, Tashqi savdo vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, yuk ekspeditorlari va boshqalar) bilan qonunchilikka muvofiq tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
7. Tashqi savdo kompaniyalari loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi tushumni ushbu korxonalar hisob raqamlariga, ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotni sotish xarajatlarini chegirib qolgan holda, to‘liq hajmda o‘tkazadilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
9. Loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotishdan tushgan (ham xorijiy valyutadagi, ham O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi) mablag‘larni olgandan keyin ulardan kreditlarni qaytarish, paxtani qayta ishlash korxonalari va terminallarning paxta mahsulotini ishlab chiqarish va sotish davrida vujudga kelgan xarajatlarini qoplash uchun foydalanadilar.
10. Xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtiyoriga ko‘ra Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga yoki Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun sotilishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish
(sxema O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 5-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning
VAQTINCHALIK TARTIBI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
1. Mazkur Tartib Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb ataladi) amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan va loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xom ashyosiga shartnomaviy narxlarni shakllantirish tartibotini belgilaydi.
Xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini boshqa xaridorlarga sotish Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
2. Loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini davlat ehtiyojlari uchun sotib olish shartnomaviy narxlarda amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar ishtirokida qishloq xo‘jaligi korxonasi, paxta tozalash korxonasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi o‘rtasida xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xom ashyosi hajmi yuzasidan shartnoma tuziladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi har yili, hosil yig‘im-terimi boshlangunga qadar bir oy oldin xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun shartnomaviy narxlarni hisoblab chiqadi, uni o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishadi va qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
4. Paxta xom ashyosi uchun o‘rtacha hisoblangan shartnomaviy narxlar paxta tolasi chiqishining bazaviy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, 1 tonna paxta tolasini netto vazni bo‘yicha sotish jami xarajatlarini, shuningdek 1 tonna paxta tolasi hisobida ularni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha xarajatlarini chegirgan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sd = ((Sm – Zrv ) x Kv – Zp) x Vv,
bunda:
Sd — 1 tonna paxta tolasining o‘rtacha shartnomaviy narxi, so‘m;
Sm — A indeksining va uning O‘zbekiston komponentining hisob-kitobni Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim etilgunga qadar bir oy mobaynida V tipdagi I sort, 35 kodli, “O‘rta” klassdagi netto vazni bo‘yicha 1 tonna paxta tolasi uchun AQSH dollari hisobidagi o‘rtacha qiymati (SIF Shimoliy Yevropa portlari — “Kotton Outluk” “A” indeksi kotirovkasi);
Zrv — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan, 1 tonna paxta tolasining (netto) eksporti bilan bog‘liq xarajatlarning cheklangan miqdori, bunga tashqi savdo kompaniyalarining vositachilik haqi ham kiradi, AQSH dollari hisobida;
(4-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,34—36-son, 264-modda)
Kv — hisob-kitob Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim etilgan sanada amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘mga nisbatan AQSH dollari kursi;
Zp — 1 tonna paxta tolasi hisobida tayyorlash va saqlash hamda qayta ishlash uchun hisoblab chiqilgan xarajatlar, shu jumladan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining vositachilik haqi, so‘m hisobida;
Vv — paxta tolasi chiqishi me’yori, koeffitsiyent.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
Ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha hisoblangan shartnomaviy narxdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarori tahririda) bilan tasdiqlangan Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishning vaqtinchalik tartibiga 1-ilovada keltirilgan qayta hisoblash koeffitsentlarini qo‘llagan holda 1 tonna paxta xom ashyosining har qaysi tipi va sorti bo‘yicha shartnomaviy narxlari hisoblab chiqiladi.
5. Hisoblangan shartnomaviy narxlar loyihaga kiritilgan tumanlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan sotiladigan, O‘zbekiston Respublikasi RST 615-94 standart talablariga javob beradigan paxta xom ashyosiga joriy etiladi.
6. Loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xom ashyosi uchun hisob-kitoblar paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
paxta xom ashyosi qabul qilingandan keyin 7 kun mobaynida, taqqoslash dalolatnomasiga asosan va uning sifat ko‘rsatkichlariga qarab, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan topshirilgan paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizi hisoblangan shartnomaviy narx bo‘yicha to‘lanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi tomonidan tashqi savdo kompaniyalariga yuklab jo‘natilgan paytdan boshlab 7 kun mobaynida, paxta tolasi haqiqiy chiqishidan, paxta tolasining belgilangan jahon narxidan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuklab jo‘natish kunida amalda bo‘lgan kursidan kelib chiqib shartnomaviy narxlar o‘zgarishini qayta hisoblash asosida uzil-kesil to‘lov amalga oshiriladi.
7. Standart talablariga muvofiq bo‘lmagan paxta xom ashyosi uchun to‘lov, xarid narxlar preyskurantida belgilangan tartibga asosan hisoblangan shartnomaviy narxdan chegirma bilan amalga oshiriladi.
8. Xarid kvotalaridan ortiqcha xarid qilingan paxta xom ashyosining texnik chigitidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, soliq va boshqa to‘lovlar hisobga olingan holda belgilangan ulgurji-sotish (shartnomaviy) narxlari bo‘yicha sotib olinadi.
9. Xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga narxlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanishini nazorat qilish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibiga sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi
(sxema O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 153-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda, 34—36-son, 264-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)