1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 359-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2027-yil 12-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.03 Giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash]
1. Quyidagilar:
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazishga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yopiq turdagi bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma olish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat) 4-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (II roʻyxat) 5-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalarning roʻyxati (III roʻyxat) 6-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati (IV roʻyxat) 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqishga sertifikat, tranzit tarzida oʻtkazishga ruxsatnoma hamda ularni bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan Narkotik moddalarini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat komissiyasi qatʼiy nazoratni taʼminlasin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar esa — zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-noyabr,
330-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisida” 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 44-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda) 4-ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 21-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 194-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 138-modda) ilovaning 5-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 584-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 14.02.2018 g., № 09/18/107/0697, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son, 29.10.2018-y., 09/18/878/2120-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 21.08.2023-y., 09/23/399/0631-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)