toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari xavfsizligiga nisbatan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiritilsin.
2. “Oʻzstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament kuchga kiritilgan kundan eʼtiboran siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalariga majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning majburiy xususiyatini bekor qilish hamda ularni qoʻllashning ixtiyoriyligini taʼminlash choralarini belgilangan tartibda koʻrsin.
3. “Oʻzstandart” agentligi, Transport vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-noyabr,
326-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qaroriga
ILOVA
Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi Texnik reglament siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan N va M toifalariga mansub avtotransport vositalarining (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Umumiy texnik reglamentda belgilangan tasnifga muvofiq) ishlab chiqarilishi (qayta jihozlanishi) va ekspluatatsiyasi boʻyicha xavfsizlik talablarini belgilaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi.
2. Mazkur Texnik reglamentning vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning hamda davlatning mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
atrof-muhit muhofazasini taʼminlash, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligi toʻgʻrisida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi xatti-harakatlarning oldini olish.
3. Mazkur Texnik reglamentning texnik jihatdan tartibga solish obyektlari quyidagilardan iborat:
avtotransport vositasiga uning dvigatelini siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlashini taʼminlaydigan maxsus uskunalarni oʻrnatish xizmatlari;
siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
Avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan ishlab chiqarilgan, siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari uchun mazkur Texnik reglamentning 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishga birlamchi qoʻyish, 54 — 56-bandlariga muvofiq sinovdan oʻtkazish hamda mazkur Texnik reglamentning VII bobiga muvofiq foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha talablarni belgilaydi.
4. Mazkur Texnik reglamentning texnik jihatdan tartibga solish obyektlari quyidagilar hisoblanmaydi:
tekis yoʻlda konstruktiv tezligi soatiga 25 km dan oshmaydigan yoki qonunchilikka muvofiq tezligi soatiga 25 km dan oshmasligi lozim boʻlgan avtotransport vositalari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy texnik reglament.
nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan foydalanish uchun maxsus konstruksiya qilingan va moʻljallangan avtotransport vositalari;
ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan eksperimental avtotransport vositalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligining qorovul qoʻshinlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli maxsus avtotransport vositalari.
5. Avtotransport vositalariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari hamda avtotransport vositalari toifalari Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Umumiy texnik reglamentda belgilangan.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
6. Mazkur Texnik reglamentda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
avtotransport vositasi — Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Umumiy texnik reglamentga muvofiq N va M toifalariga mansub, benzin va dizel yoqilgʻisida ishlaydigan avtotransport vositasi;
ballon — siqilgan tabiiy gaz yoki suyultirilgan neft gazini saqlash uchun foydalaniladigan idish;
qoʻl ventili — ballonga mahkam oʻrnatilgan va ballondan gaz chiqishini toʻxtatish uchun moʻljallangan qoʻl ventili;
siqilgan tabiiy gaz (STG) — kompressor qurilmalarida tabiiy gazni siqish (kompressiyalash) orqali olinadigan, ichki yonuv dvigatellari uchun motor yoqilgʻisi sifatida ishlatiladigan mahsulot;
suyultirilgan neft gazi (SNG) — bosim ostida suyultirilgan yengil uglevodorodlar aralashmasi boʻlib, asosan propan, izobutan va n-butandan tashkil topadi hamda ichki yonuv dvigatellari uchun motor yoqilgʻisi sifatida ishlatiladi;
gazballon uskunalari — avtotransport vositasi dvigatelining siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlashini taʼminlaydigan maxsus uskunalar.
STG tizimi — avtotransport vositasi dvigatelining STGda ishlashini taʼminlash maqsadida avtotransport vositasiga oʻrnatilgan gazballon uskunalari elementlari majmuasi boʻlib, bunga faqat STGda; STG yoki benzinda (ikki yoqilgʻili, uchqunli oʻt oldirish tizimiga ega, purkash yoki karbyuratorli taʼminlash tizimli); STG va dizel yoqilgʻisi aralashmasida yoki dizel yoqilgʻisida (dizel, ikki yoqilgʻili); faqat STGda (qayta jihozlangan dizel dvigateli) ishlaydigan dvigatellar ham kiradi;
SNG tizimi — avtotransport vositasi dvigatelining SNGda ishlashini taʼminlash maqsadida avtotransport vositasiga oʻrnatilgan gazballon uskunalari elementlari majmuasi boʻlib, bunga faqat SNGda; SNG yoki benzinda (ikki yoqilgʻili, uchqunli oʻt oldirish tizimiga ega, purkash yoki karbyuratorli taʼminlash tizimli); SNG va dizel yoqilgʻisi aralashmasida yoki dizel yoqilgʻisida (dizel, ikki yoqilgʻili); faqat SNGda (qayta jihozlangan dizel dvigateli) ishlaydigan dvigatellar ham kiradi;
gazsimon yoqilgʻi — siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasi;
konstruksiyaning texnik loyihasi — oʻzaro bogʻliq holda gazballon uskunalarining tarkibi va tuzilishini belgilaydigan, uni oʻrnatish, nazorat qilish, foydalanish, taʼmirlash va utilizatsiya qilish uchun zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, avtotransport vositasining muayyan modeli uchun moʻljallangan va ishlab chiqilgan grafik hamda matnli hujjatlar majmuasi;
ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish — ballonlarning ishga yaroqliligini tasdiqlash va texnik sabablarga koʻra avariya yuz berishining oldini olish maqsadida ballonlarni ekspertizadan va sinovdan oʻtkazishni oʻz ichiga oladigan tadbirlar boʻlib, ularning natijalariga koʻra hujjatlar rasmiylashtiriladi va mazkur Texnik reglamentda belgilangan tartibda markirovkalash amalga oshiriladi;
gaz oʻtkazmaydigan qoplama — ballon armaturasi ustidan kiygiziladigan va uning boʻgʻiz qismiga yoki qobigʻiga mahkamlanadigan, gazning salon ichiga sizib kirishini istisno etadigan hamda uni avtotransport vositasidan tashqariga chiqarib yuboradigan himoya qurilmasi.
3-bob. Avtotransport vositalariga gazballon uskunalarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish xizmatlarini tashkil etish
7. Avtotransport vositalariga gazballon uskunalarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) qoʻyiladigan talablar mazkur Texnik reglamentning 1-ilovasida keltirilgan.
Koʻrsatilgan talablarga muvofiqlikni tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — YHXDX) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Transport vositasiga gazballon uskunalarini birinchi marta oʻrnatishda yoki gazsimon yoqilgʻida ishlaydigan avtotransport vositasini ishlab chiqarishga qoʻyishda, avtotransport vositalariga gazballon uskunalarini oʻrnatish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilot hamda avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod har bir avtotransport vositasi modeli boʻyicha alohida ravishda quyidagilarni bajarishi lozim:
mazkur Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlgan konstruksiyaning texnik loyihasini ishlab chiqish (mavjud texnik loyihani sotib olish);
konstruksiyaning texnik loyihasiga muvofiq tajriba namunasini tayyorlash (zarur hollarda tajriba namunasini tayyorlash jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklardan kelib chiqib, konstruksiyaning texnik loyihasiga oʻzgartirish va aniqliklar kiritiladi);
Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati vakillari ishtirokida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan texnik jihatdan kompetentligi tasdiqlangan laboratoriyalarda tajriba namunasining mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligi boʻyicha qabul sinovlarini 2, 3, 4-ilovalarda, shuningdek, Oʻz DSt 2435:2011 “Mexanik transport vositalari. Massalar va oʻlchamlar. Texnik talablar va sinov usullari” davlat standartida keltirilgan uslubiyotlarga muvofiq oʻtkazish;
tajriba namunasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan taqdirda, konstruksiyaning texnik loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — YHXBB) bilan belgilangan tartibda kelishish.
Tashkilot tomonidan ilgari ishlab chiqilgan konstruksiya loyihasi (asl nusxa egasining roziligi bilan) sotib olingan taqdirda, tayyorlanadigan avtotransport vositasining tajriba namunasi faqat 2 va 3-ilovalarda keltirilgan uslubiyotlarga muvofiq sinovdan oʻtkazilishi lozim.
81. Gazballon uskunalari bilan jihozlangan avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod transport vositalarini rasmiy dilerlarga joʻnatishda qoʻshimcha ravishda oʻrnatilgan gazballonlarining pasport maʼlumotlarini mazkur Texnik reglamentning 7-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etadi.
9. Har bir avtotransport vositasini qayta jihozlashda tashkilot quyidagilarni bajarishi lozim:
oʻrnatiladigan ballonning texnik koʻrigini mazkur Texnik reglamentning VII-bobi 5 va 6-paragraflariga muvofiq oʻtkazish;
gazballon uskunalari tizimlarining germetikligini hamda uning agregat va uzellarining ulanishlari ishonchliligini (bosim ostida sinash) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan texnik jihatdan kompetentligi tasdiqlangan laboratoriyada 2, 3-ilovalarda keltirilgan uslubiyotlarga muvofiq sinovdan oʻtkazish;
transport vositasiga mazkur Texnik reglamentning 5-ilovasiga muvofiq belgilangan namunadagi tanitish belgisini qoʻyish;
sinov natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, avtotransport vositasi egasiga mazkur Texnik reglamentning 6-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha qayta jihozlash dalolatnomasini berish.
4-bob. Avtotransport vositalariga gazballon uskunalarini oʻrnatish tartibi
10. Avtotransport vositalariga gazballon uskunalarini oʻrnatish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
gazballon uskunalarini oʻrnatish uchun avtotransport vositasini qabul qilish;
avtotransport vositasini gazballon uskunalarini oʻrnatishga tayyorlash;
gazballon uskunalarini avtotransport vositasiga oʻrnatishga tayyorlash;
gazballon uskunalari elementlarini avtotransport vositasiga oʻrnatish (montaj qilish);
qayta jihozlangan avtotransport vositasining gaz-yoqilgʻi tizimlarini sinovdan oʻtkazish;
avtotransport vositasiga belgilangan namunadagi tanitish belgisini qoʻyish;
qabul qilish-topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish va avtotransport vositasini buyurtmachiga topshirish.
11. Gazballon uskunalarini oʻrnatish uchun avtotransport vositasini qabul qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kuzatuv hujjatlari va avtotransport vositasining butlanganligini tekshirish;
avtotransport vositasining texnik holatini tekshirish va gazballon uskunalari elementlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
12. Avtotransport vositasini gazballon uskunalari elementlarini oʻrnatishga tayyorlash quyidagi jarayonlardan iborat:
avtotransport vositasida demontaj ishlarini bajarish;
gazballon uskunalari elementlarini mahkamlash joylarini tayyorlash;
ballonlarni mahkamlash joylarini tayyorlash.
Koʻrsatilgan operatsiyalarni bajarish ishlari avtotransport vositasining turiga hamda ballonlar va gazballon uskunalari elementlarining joylashish joylariga bogʻliq.
13. Gazballon uskunalari elementlarini avtotransport vositasiga oʻrnatishga tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
gazballon uskunalari elementlarining kuzatuv hujjatlari, butlanganligi va texnik holatini tekshirish;
mazkur Texnik reglamentning VII-bobi 5-paragrafiga muvofiq ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartib-taomilini amalga oshirish;
ballonlar va gazballon uskunalarining boshqa elementlari agregatlari va uzellarini yigʻish.
14. Gazballon uskunalari elementlarini avtotransport vositasiga oʻrnatish (montaj qilish) quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:
gazballon uskunalari elementlarini montaj qilish joylariga kirishni taʼminlash uchun avtotransport vositasining ayrim elementlarini demontaj qilish, konstruksiyaning texnik loyihasiga muvofiq kuzovni takomillashtirish (kuchaytirish);
gazballon uskunalari elementlarini dvigatel boʻlinmasiga montaj qilish;
ballonlar va gazballon uskunalarining boshqa elementlarini avtotransport vositasining ramasiga (platformasiga) yoki kuzoviga, shu jumladan, yuqori bosimli gaz quvurlarini montaj qilish;
qoʻshimcha elektr jihozlari va nazorat-oʻlchash asboblarini oʻrnatish;
gazballon uskunalari elementlarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni bajarish maqsadida demontaj qilingan avtotransport vositasi elementlarini qayta montaj qilish (vazifalari oʻrnatilgan gazballon uskunalari elementlari tomonidan bajariladigan detallar, uzellar va agregatlar bundan mustasno).
15. Gazballon uskunalari elementlarini oʻrnatish yakunlangach, tashkilot bajarilgan ishlarning sifatini gazballon uskunalari tizimidagi agregatlar va uzellarning birikmalari germetikligi hamda ishonchliligini 2 va 3-ilovalarga muvofiq sinovdan oʻtkazish (bosim ostida sinash) orqali tekshiradi.
16. Sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtilgan taqdirda, oʻrnatilgan gazballon uskunalarini sozlash va rostlash ishlari amalga oshiriladi hamda avtotransport vositasiga belgilangan namunadagi tanitish belgisi qoʻyiladi, qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtiriladi va avtotransport vositasi buyurtmachiga topshiriladi.
5-bob. Avtotransport vositalariga gazballon uskunalari tizimlarini oʻrnatishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Gazballon uskunalari tizimlarini oʻrnatishga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
17. Ballonni avtotransport vositasiga oʻrnatish ishlab chiqaruvchi zavodning yoʻriqnomalari asosida, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa mazkur Texnik reglament talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan konstruksiyaning texnik loyihasiga asosan statsionar tarzda amalga oshiriladi.
18. Ballonni transport vositasining dvigatel boʻlinmasiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Foydalanishga tayyor transport vositasida ballon bilan yoʻl sirti orasidagi masofa kamida 200 mm boʻlishi lozim.
20. Ballonni oʻrnatish joyi va uni mahkamlash usuli ballonning metall sirti boshqa metall yuzalar (boshqa ballonlar, ularni mahkamlash elementlari, avtotransport vositasining kuzovi (ramasi)) bilan bevosita tutashishini istisno etishi lozim.
21. Silindrsimon ballon avtotransport vositasiga boʻylama yoʻnalishda oʻrnatilgan boʻlsa, ballonning sirgʻalib chiqib ketishining oldini oladigan koʻndalang biriktirma rama old qismida nazarda tutilishi lozim.
22. Agar ballon xomutlari uning massasidan tushadigan yuklamani koʻtaradigan boʻlsa, ularning soni kamida uchta boʻlishi lozim.
23. Xomutlar ballonning aylanishi yoki siljishining oldini olishi lozim.
24. Ballonlarni poʻlat troslardan foydalangan holda mahkamlashga, shuningdek, mahkamlash detallarini ballon korpusiga payvandlash orqali biriktirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. M1 toifasidagi avtotransport vositasiga ballon oʻrnatishda uni mahkamlash joylarida kuzovni kuchaytirish nazarda tutilishi lozim.
26. Ballon(lar)ning mahkamlash elementlari avtotransport vositasi kuzovining ichi boʻsh qismlaridan oʻtkazilgan taqdirda, yuklamalar taʼsirida ularning deformatsiyalanishining oldini olish choralari nazarda tutilishi lozim.
27. Gazballon uskunalarini montaj qilishda mahkamlash elementlarining oʻz-oʻzidan boʻshab ketishi va tushib qolishining oldini olish maqsadida rezbali birikmalarni qotirish choralari koʻrilishi lozim.
28. Ballonlar avtotransport vositasining kirish qiyin boʻlgan joylariga oʻrnatilganda, qoʻl ventiliga moslamalardan foydalanmasdan ishlatish mumkin boʻladigan darajada yetib borish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
29. Simlar avtotransport vositasi kuzovi (ramasi) elementlaridagi teshiklardan oʻtkazilganda, ularning detallarining oʻtkir qirralarida ishqalanib shikastlanishining oldini oladigan rezina zichlagichlar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
30. Simlarni metall xomutlar bilan mahkamlashda rezina zichlagichlardan foydalanilishi lozim.
31. Tok oʻtkazuvchi klemmlar va sim uchlarining avtotransport vositasining metall detallariga tegib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
32. Izolyatsion naychalar sim uchlariga zich oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
33. Mahkamlangan simlar asboblar klemmlariga nisbatan aylanib ketmasligi lozim.
34. Elektr birikmalari va elektr jihozlarining barcha elementlari ortiqcha yuklanishlardan himoyalangan boʻlishi lozim.
35. Elektron boshqaruv blokini oʻrnatish joyi uni atmosfera namligi taʼsiridan hamda mexanik shikastlanishlardan himoya qilishni taʼminlashi lozim.
36. Gazballon uskunalari tizimi harakatlanish, avtotransport vositasini ortish-tushirish, yuklarni tashish va yoʻl-transport hodisalari vaqtida shikastlanishdan maksimal darajada himoyalanishini taʼminlaydigan tarzda oʻrnatilishi lozim.
37. Gazballon uskunalari tizimlariga avtotransport vositasi dvigatelining tegishli ishlashini taʼminlash uchun qatʼiy zarur boʻlgan qurilmalardan tashqari, boshqa hech qanday qurilmalarni ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Gazballon uskunalari tizimlarining elementlari transport vositasining tashqi gabarit oʻlchamlaridan tashqariga chiqmasligi lozim, 39-bandda koʻrsatilgan transport vositalari bundan mustasno.
39. M2 va M3 toifalaridagi avtotransport vositalariga nisbatan gabarit oʻlchamlari va ballonlarni oʻrnatish joyiga qoʻyiladigan talablar YHXB tomonidan belgilanadi.
40. Gazballon uskunalarining elementlari ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimidan yoki boshqa shunga oʻxshash issiqlik manbaidan 100 mm dan kam masofada joylashtirilmasligi lozim.
41. Gazballon uskunalari oʻrnatilgandan keyin avtotransport vositasining toʻliq massasi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan dastlabki qiymatdan oshmasligi lozim, shunga muvofiq yuk koʻtarish qobiliyati va yoʻlovchi sigʻimi qayta belgilanishi lozim.
42. Qayta jihozlangan avtotransport vositalarining yoʻl oraligʻi, chiqish va kirish burchaklari gazballon uskunalari oʻrnatilishidan oldingi tegishli qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim.
43. M1 toifasidagi avtotransport vositalariga STG va SNG ballonlarini, qoida tariqasida, yukxonasiga yoki texnik hujjatlarga muvofiq oʻrnatish amalga oshiriladi.
44. Alohida hollarda M1 toifasidagi avtotransport vositalarining saloniga STG va SNG ballonlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi, bunda ballon oʻrindiq orqasiga oʻrnatilishi va montaj ishlari avtotransport vositasining boʻylama oʻqi boʻylab ballon bilan avtotransport vositasining orqa paneli, shuningdek, oʻrindiq bilan ballon oʻrtasida umumiy kamida 100 mm tirqish boʻlishini taʼminlashi lozim.
M1 toifasidagi avtotransport vositasining saloniga ballon oʻrnatilgan taqdirda, ballon gazballonining armaturasi ustidan oʻrnatiladigan gaz oʻtkazmaydigan qoplama bilan jihozlanishi lozim.
2-§. STG tizimlarini oʻrnatishga qoʻyiladigan maxsus xavfsizlik talablari
45. Avtotransport vositalarida foydalanish uchun moʻljallangan STG uskunalari elementlari ekspluatatsiya bosimi va vazifasidan kelib chiqib quyidagicha tasniflanadi:
0-sinf. STG 3 MPa dan 26 MPa gacha bosim ostida boʻlgan patrubkalar va armaturani oʻz ichiga olgan yuqori bosimli detallar;
1-sinf. STG 450 kPa dan 3 000 kPa (3 MPa) gacha bosim ostida boʻlgan patrubkalar va armaturani oʻz ichiga olgan oʻrta bosimli detallar;
2-sinf. STG 20 kPa dan 450 kPa gacha bosim ostida boʻlgan patrubkalar va armaturani oʻz ichiga olgan past bosimli detallar;
3-sinf. Saqlagich klapanlar yoki saqlagich klapan bilan himoyalangan detallar kabi, STG 450 kPa dan 3 000 kPa (3 MPa) gacha bosim ostida boʻlgan patrubkalar va armaturani oʻz ichiga olgan oʻrta bosimli detallar.
46. STG tizimi kamida quyidagi gazballon uskunalari elementlarini oʻz ichiga olishi kerak:
ballon;
manometr yoki yonilgʻi sathi koʻrsatkichi;
muayyan haroratda ishga tushadigan saqlagich qurilma;
ballonning avtomatik klapani;
qoʻl ventili;
bosim regulatori;
gaz uzatish regulatori;
cheklovchi qurilma;
gaz taʼminoti qurilmasi;
yonilgʻi quyish bloki yoki uzeli;
egiluvchan yonilgʻi quvuri;
qattiq yonilgʻi quvuri;
elektr tizimli yonilgʻi turini almashtirgich;
elektron boshqaruv bloki;
bagaj boʻlinmasi yoki yoʻlovchilar saloni ichida oʻrnatilgan uskuna elementlari uchun gaz oʻtkazmaydigan gʻilof.
47. Quyidagi jadvalda koʻrsatilgan STG tizimi elementlari Oʻz DSt 35.110:2011 Davlat standarti (BMT YIKning 110-son qoidalari) talablariga muvofiq boʻlishi kerak:

T/r

STG tizimi elementlari roʻyxati

1.

Ballon (STG-1 qismida, yaxlit metall korpusga ega)

2.

Avtomatik klapan

3.

Teskari klapan

4.

Saqlagich klapan

5.

Saqlagich qurilma

6.

Cheklovchi klapan

7.

Egiluvchan yonilgʻi quvuri-shlang

8.

STG filtri

9.

Bosim regulatori

10.

Bosim va harorat datchigi

11.

Yonilgʻi quyish bloki yoki uzeli

12.

Gaz uzatish regulatori va gaz-havo aralashtirgichi yoki injektor

13.

Elektron boshqaruv bloki

Ushbu talabning bajarilishi Gʻildirakli transport vositalariga, gʻildirakli transport vositalariga oʻrnatilishi va/yoki ularda foydalanilishi mumkin boʻlgan uskuna va qismlarga nisbatan bir xildagi texnik koʻrsatmalarni qabul qilish hamda ushbu koʻrsatmalar asosida beriladigan rasmiy tasdiqlarni oʻzaro tan olish shartlari toʻgʻrisidagi Bitim (Jeneva, 1958-y.) ishtirokchi mamlakatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasida berilgan turini tasdiqlash yoki muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.
48. Oʻzbekiston Respublikasida:
a) avtotransport vositasiga faqat yaxlit metall korpusga ega STG-1 turidagi ballonlarni oʻrnatishga ruxsat etiladi;
b) avtotransport vositasiga quyidagi turdagi ballonlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
STG-2, silindrsimon qismi smolalangan tutam ip bilan kuchaytirilgan metall korpusga ega (halqalar koʻrinishida oʻrash);
STG-3, butun korpusi boʻylab smolalangan tutam ip bilan kuchaytirilgan metall korpusga ega (uzluksiz oʻrash);
STG-4, smolalangan tutam ipli metall boʻlmagan korpusga ega (toʻliq kompozit materialdan).
49. Avtotransport vositalariga STG gazballon uskunalari tizimlarini oʻrnatishda Oʻz DSt 35.110:2011 Davlat standarti (BMT YIKning 110-son qoidalari) talablariga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Ushbu Texnik reglament talablari bilan Oʻz DSt 35.110 talablari oʻrtasida qarama-qarshilik boʻlsa, ushbu Texnik reglament talablari ustun hisoblanadi.
3-§. SNG tizimlarini oʻrnatishga qoʻyiladigan maxsus xavfsizlik talablari
50. SNG gazballon uskunalari elementlari maksimal ish bosimi va vazifasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1-sinf. SNG suyuq holatda toʻyingan bugʻ bosimi yoki oshirilgan toʻyingan bugʻ bosimi ostida boʻlgan, 3000 kPa gacha bosimga bardosh beruvchi patrubkalar va armaturani oʻz ichiga olgan yuqori bosimli detallar;
2-sinf. SNG gazsimon holatda atmosfera bosimidan 20 dan 450 kPa gacha yuqori maksimal ish bosimida boʻlgan patrubkalar va armaturani oʻz ichiga olgan past bosimli detallar;
2A sinf. Cheklangan bosim diapazoni uchun past bosimli detallar, jumladan, SNG gazsimon holatda atmosfera bosimidan 20 dan 120 kPa gacha yuqori maksimal ish bosimida boʻlgan patrubkalar va armatura;
3-sinf. SNGning suyuq fazasi sharoitida ishlaydigan yopuvchi klapanlar va saqlagich klapanlar.
51. SNG tizimi kamida quyidagi gazballon uskunalari elementlarini oʻz ichiga olishi kerak:
ballon;
toʻxtatuvchi klapan (80 foizli);
yonilgʻi sathi koʻrsatkichi;
saqlagich klapan;
cheklovchi klapanli masofadan boshqariladigan ishchi klapan;
bitta uzelda (reduktorda) bajarilishi mumkin boʻlgan bosim regulatori va bugʻlatkich;
masofadan boshqariladigan yopuvchi klapan;
elektr tizimli yonilgʻi turini almashtirgich;
yonilgʻi quyish bloki yoki uzeli;
egiluvchan yonilgʻi quvuri;
qattiq yonilgʻi quvuri;
injektor, gaz haydagich yoki gaz aralashtirgich;
elektron boshqaruv bloki;
bosim cheklagichi (saqlagich);
bagaj boʻlinmasi yoki yoʻlovchilar saloni ichida oʻrnatilgan uskuna elementlari uchun gaz oʻtkazmaydigan gʻilof.
52. Quyidagi jadvalda koʻrsatilgan SNG tizimi elementlari Oʻz DSt 35.67:2011 Davlat standarti (BMT YIKning 67-son qoidalari) talablariga muvofiq boʻlishi kerak:

T/r

SNG tizimi elementlari roʻyxati

1.

Ballon

2.

Yonilgʻi nasosi

3.

Bugʻlatkich

4.

Bosim regulatori

5.

Yopuvchi klapanlar

6.

Qaytarish klapanlari

7.

Gaz quvurining saqlagich klapanlari

8.

Zaxira yonilgʻini uzatish biriktiruvchi patrubkalari

9.

Egiluvchan shlanglar

10.

Yonilgʻi quyish bloki

11.

Gaz haydagichlar/gaz aralashtirgich/yoki injektorlar

12.

Gaz dozatorlari

13.

Bosim datchiklari

14.

Harorat datchiklari

15.

Elektron boshqaruv bloki

16.

SNG filtrlari

17.

Saqlagich klapan

Ushbu talabning bajarilishi Gʻildirakli transport vositalariga, gʻildirakli transport vositalariga oʻrnatilishi va/yoki ularda foydalanilishi mumkin boʻlgan uskuna va qismlarga nisbatan bir xildagi texnik koʻrsatmalarni qabul qilish hamda ushbu koʻrsatmalar asosida beriladigan rasmiy tasdiqlarni oʻzaro tan olish shartlari toʻgʻrisidagi Bitim (Jeneva, 1958-y.) ishtirokchi mamlakatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasida berilgan turini tasdiqlash yoki muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.
53. Avtotransport vositalariga SNG gazballon uskunalari tizimlarini oʻrnatishda Oʻz DSt 35.67:2011 Davlat standarti (BMT YIKning 67-son qoidalari) talablariga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Ushbu Texnik reglament talablari bilan Oʻz DSt 35.67:2011 Davlat standarti talablari oʻrtasida qarama-qarshilik boʻlsa, ushbu Texnik reglament talablari ustun hisoblanadi.
6-bob. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalarini sinash
54. Gazballon uskunasi tajriba tariqasida oʻrnatilib, birinchi marta ishlab chiqarilgan (qayta jihozlangan) har bir avtotransport vositasi modeli quyidagi maqsadlarda sinovdan oʻtkazilishi kerak:
2 va 3-ilovalarda keltirilgan uslubiyot boʻyicha gazballon uskunalari tizimi agregatlari va uzellari birikmalarining germetikligi va ishonchliligini (zichlash) baholash;
Oʻz DSt 2435:2011 “Mexanik transport vositalari. Massalar va oʻlchamlar. Texnik talablar va sinov usullari” Davlat standarti talablariga muvofiq massa koʻrsatkichlari va uning oʻqlar boʻyicha taqsimlanishini, gabarit oʻlchamlarini aniqlash;
4-ilovada keltirilgan uslubiyot boʻyicha yoʻlovchilar xonasi havosida va haydovchining ish joyida metan miqdorini aniqlash.
Ushbu bandda koʻrsatilgan sinovlar konstruksiyaning texnik loyihasini DYHXX bilan kelishish va ushbu Texnik reglamentning 8-bandiga muvofiq avtotransport vositasining alohida modelini seriyali ishlab chiqarishga (qayta jihozlashga) qoʻyish uchun oʻtkaziladi.
55. Ekspluatatsiya jarayonida avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gazballon uskunalari tizimlari agregatlari va uzellari birikmalarining germetikligi va ishonchliligi (opressovka) boʻyicha 2 va 3-ilovalarda keltirilgan uslubiyot asosida quyidagi hollarda sinovdan oʻtkazilishi kerak:
avtotransport vositasiga gazballon uskunalarini oʻrnatish jarayoni yakunlanganda;
DYHXX organlari tomonidan oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrikka tayyorlashda;
ballonlarning xizmat muddati yoki texnik koʻrik muddati tugashi sababli ballonlar almashtirilganda;
yoʻl-transport hodisasiga uchragan va ballonlar, biriktiruvchi gaz quvurlari, yopuvchi-sarflovchi va saqlagich apparaturani demontaj qilish hamda keyinchalik qayta oʻrnatish zaruriyatini keltirib chiqaradigan shikastlanish olgan avtotransport vositalari taʼmirlanganda;
avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va texnik taʼmirlash amalga oshirilganda, agar bunday taʼmirlash yoki xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar gazballon uskunalari elementlariga taʼsir etsa va gazballon uskunalari tizimining germetikligi yoʻqolishiga olib kelishi mumkin boʻlsa.
56. Avtotransport vositalariga oʻrnatiladigan ballonlar oʻrnatish vaqtida texnik koʻrikdan, shuningdek, ushbu Texnik reglament VII bobining § 5 talablariga muvofiq davriy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
57. 54 va 55-bandlarda koʻrsatilgan sinovlar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasida texnik kompetentligi boʻyicha laboratoriyalarda oʻtkazilishi kerak.
56-bandda koʻrsatilgan ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining ruxsatnomasini olgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
7-bob. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat koʻrsatish
1-§. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalari egalari, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar rahbarlari va haydovchilarining majburiyatlari
58. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalarini toʻgʻri ekspluatatsiya qilish uchun javobgarlik ushbu avtotransport vositalarining egalari, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar rahbarlari va haydovchilariga yuklanadi.
59. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalarini boshqarishga gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish qoidalari bilan tanishgan haydovchilar qoʻyiladi.
60. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositasi haydovchisi quyidagilarga majbur:
yoʻlga chiqishdan oldin nosozliklar va gaz sizib chiqishini aniqlash maqsadida avtotransport vositasini koʻzdan kechirish (eshitish orqali, gaz analizatoridan foydalanib), gaz apparaturasi va ballonlarning mahkamlanishini tekshirish;
uzoq vaqt turib qolgandan keyin dvigatelni kapot ochiq holda ishga tushirish;
koʻzdan kechirish vaqtida gaz sizib chiqishi aniqlansa yoki harakat vaqtida gaz hidi paydo boʻlsa, ballonning qoʻl ventilini yopish va ixtisoslashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish stansiyasida nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrish;
avtotransport vositasida yongʻin sodir boʻlganda oʻt oldirishni oʻchirish, yoʻlovchilarni evakuatsiya qilish, yongʻin xizmatini chaqirish, ballonlarning qoʻl ventillarini yopish choralarini koʻrish va imkon qadar yongʻinni oʻt oʻchirgich, yongʻinga qarshi kigiz, qum yoki suv bilan oʻchirishga kirishish;
gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositasini 5-ilovada keltirilgan maxsus markirovka bilan taʼminlash.
61. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalari haydovchisiga quyidagilar taqiqlanadi:
tizimdan gazni binolarda, avtotransport vositalari toʻxtash joyiga bevosita yaqin joyda yoki olov manbalari va jamoat joylari yaqinida chiqarish;
navbatdagi majburiy texnik koʻrik va ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati tugagan avtotransport vositasini ekspluatatsiya qilish;
yonilgʻi quyish vaqtida toʻldirish shlangi, ballonlar yoki yonilgʻi quyish bloki yaqinida turish, bosim ostida turgan toʻldirish shlangini uzish;
bosim ostidagi gaykalar yoki birikmalarni tortish, bosim ostida turgan apparatura va gaz quvurlariga metall buyumlar bilan urish;
avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari (keyingi oʻrinlarda — AGTKSH) yoki avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda — AGQSH) hududida gazli yonilgʻi taʼminoti tizimini joriy taʼmirlash yoki sozlash ishlarini bajarish;
avtotransport vositasida ballonlar va gazballon uskunalarining boshqa elementlarini mustaqil ravishda joyini oʻzgartirish va almashtirish, shuningdek, gazballon uskunalarini siqilgan havo yoki gazning biror-bir manbai yordamida sinash;
nosoz gazballon uskunalari boʻlgan avtotransport vositasini ballonlarida gaz boʻlgan holda toʻxtash joylarida saqlash;
avtotransport vositasini ballonlarning qoʻl ventillari ochiq holda uzoq muddatli toʻxtash joyida qoldirish;
avtotransport vositasining bagajida, kuzovida yoki kabinasida portlash xavfi boʻlgan yoki tez yonuvchan yuklarni tashish.
62. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish avtomobil transportida yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshiriladi.
2-§. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish
63. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalariga quyidagicha yonilgʻi quyilishi kerak:
tabiiy gaz — AGTKSHda;
suyultirilgan neft gazi — AGQSHda.
64. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalari ballonlarini gaz bilan toʻldirish xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
65. Avtotransport vositasiga gorizontal oʻrnatilgan SNG ballonlariga bugʻ yostigʻini hosil qilish uchun ballon hajmining kamida 20 foizini boʻsh qoldirgan holda yonilgʻi quyish zarur.
66. STG bilan yonilgʻi quyishning maksimal ish bosimi 20 MPa ga teng qiymatdan oshmasligi kerak.
67. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalariga AGTKSH va AGQSHda yonilgʻi quyish operator va yonilgʻi quyuvchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
68. Ballonlarni gaz bilan toʻldirishda xavfsizlik maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtmagan (tegishli tamgʻasi boʻlmagan) ballonlarga yonilgʻi quyish;
gaz quvurlari, birikmalar yoki gaz apparaturasida germetiklik buzilishi aniqlanganda ballonlarni toʻldirish;
ballonlarni toʻldirish vaqtida toʻldirish shlangi yaqinida turish;
bosim ostida turgan toʻldirish shlangini uzish;
gazballon uskunalarini joriy taʼmirlash yoki sozlash ishlarini bajarish.
3-§. Gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash hamda majburiy texnik koʻrik
69. Gazballon uskunalariga xizmat koʻrsatishdan tashqari, gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish reglamenti oddiy avtotransport vositalari uchun belgilangan quyidagi reglament bilan bir xil:
kundalik texnik xizmat koʻrsatish (KTX);
mavsumiy xizmat koʻrsatish (MX);
yillik texnik xizmat koʻrsatish (YTX).
70. Gazballon uskunalari tizimlaridan tashqari, gazballon uskunalari oʻrnatilgan avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash benzin va dizel yonilgʻisida ishlaydigan avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash uchun moʻljallangan uchastkalarda amalga oshirilishi mumkin.
71. Gazballon uskunalari tizimiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash ushbu Texnik reglamentning 1-ilovasi talablariga muvofiq boʻlgan tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan uchastkalarida amalga oshirilishi kerak.
72. Majburiy texnik koʻrik davomida avtotransport vositalari egalari yoki ular vakolat bergan shaxslar DYHXX organlariga ushbu Texnik reglamentga muvofiq gazballon uskunalari birikmalarining germetikligi va ishonchliligi boʻyicha sinovlar hamda ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
4-§. Ballonlarni ekspluatatsiya qilish
73. STG tizimlari ballonlari uchun maksimal ish bosimi 20 MPa darajasida belgilangan.
74. SNG tizimlari ballonlari uchun maksimal ish bosimi 1,6 MPa darajasida belgilangan.
75. Ekspluatatsiya jarayonida ballonlar transport vositalarida tashiladigan yukning doimiy mexanik yoki kimyoviy taʼsiriga yoxud harakat sharoitida ishqalanish natijasida sezilarli shikastlanishga uchramasligi kerak. Shu bilan birga, ballonning tashqi yuzasi ayrim hollarda quyidagi taʼsirlarga uchrashi mumkin:
yoʻl sharoitida vaqti-vaqti bilan suvga botish yoki suv sachrashi natijasidagi suv taʼsiriga;
transport vositasi dengizlar yaqinida ekspluatatsiya qilinganda yoki muzning erishiga yordam beruvchi tuz ishlatiladigan sharoitlarda tuz taʼsiriga;
quyoshning ultrabinafsha nurlanishiga;
shagʻal zarbalariga;
agressiv kimyoviy muhitlar (erituvchilar, kislotalar, ishqorlar, oʻgʻitlar) taʼsiriga;
avtomobil transportida ishlatiladigan suyuqliklar, jumladan, benzin, gidravlik suyuqliklar, glikol va moylar taʼsiriga.
76. Metall ballonlarning xizmat muddati ballon ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilanadi, biroq quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak:
STG ballonlari uchun — 15 yil yoki 15 000-marta yonilgʻi quyish sikli;
SNG ballonlari uchun — 15 yil.
Xizmat muddati yoki 15 000-marta yonilgʻi quyish sikli (STG ballonlari uchun) tugagandan soʻng ballonlar utilizatsiya qilinishi kerak.
5-§. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
77. Avtotransport vositalariga oʻrnatilgan barcha ballonlar ushbu paragraf talablariga muvofiq quyidagi muddatlarda davriy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
STG ballonlari — uch yilda 1-marta;
SNG ballonlari — ikki yilda 1-marta.
78. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ushbu Texnik reglamentning 1-ilovasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlgan, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomasini olgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
79. Texnik koʻrikdan oʻtkazish huquqiga ruxsatnoma berilganda har bir tashkilotga raqam beriladi va ushbu bobning § 6 ga muvofiq ballonlarni markirovkalash uchun identifikatsiya tamgʻasi beriladi.
80. Tashkilot qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda texnik koʻrikdan oʻtkazish huquqiga ruxsatnoma belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Texnik koʻrikdan oʻtkazish huquqiga ruxsatnomaning dublikatini berish va uning amal qilishini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
81. Ballonni texnik koʻrikdan oʻtkazish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
ballonni tashqi koʻzdan kechirish va ballondagi qoldiq bosimni tekshirish;
gazning qoldiq bosimini (STG ballonlari uchun) yoki ogʻir qoldiqni (SNG ballonlari uchun) chiqarib yuborish;
ballonning qoʻl ventilini demontaj qilish;
ballonni yuvish va inert gaz bilan degazatsiya qilish;
ballonni tortish;
ballonni gidravlik sinovdan oʻtkazish;
ballonning qoʻl ventilini oʻrnatish;
ballonni germetiklikka pnevmatik sinovdan oʻtkazish;
ballonni quritish va boʻyash;
ballonga tamgʻa bosish;
ballonlarni sinash jurnalini toʻldirish, zarur maʼlumotlarni tashkilotning rasmiy veb-saytiga kiritish.
82. Ballonlarni tashqi koʻzdan kechirish ularning devorlaridagi korroziya, yoriqlar, metallning qatlamlanishi, botiqlar, asosiy metalldagi tirnalishlar, boʻyin rezbasining yeyilishi va boshqa shikastlanishlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ballon devorlarida 10 foizdan ortiq korroziya yoki yoriqlar, asosiy metallda tirnalishlar, metallning qatlamlanishi, botiqlar, boʻyin rezbasining yeyilishi va boshqa yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan shikastlanishlar aniqlansa, ballon yaroqsiz deb topiladi va utilizatsiya qilinishi kerak.
Ballonlarni tashqi koʻzdan kechirishda ballonlarning tashqi qismi kirdan tozalanishi va suv bilan yuvilishi kerak. Suv bilan yuvish natijasida ketmaydigan barcha turdagi ifloslanishlar sintetik yuvish vositalari yordamida olib tashlanishi kerak.
83. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini boshlashdan oldin quyidagilar zarur:
STG ballonlari uchun — gazning qoldiq bosimini aniqlash maqsadida manometrni ventilga ulash va zarur boʻlganda ballonni degazatsiya qilish;
SNG ballonlari uchun — uning yuzasiga urib yozilgan pasport boʻyicha haqiqiy ogʻirligi bilan boʻsh ballon ogʻirligi oʻrtasidagi farqni aniqlash orqali gazning ogʻir qoldigʻi mavjudligini aniqlash maqsadida uni tarozida tortish va zarur boʻlganda ogʻir qoldiqni maxsus idishga toʻkish;
ballonning qoʻl ventilini uchqun hosil boʻlishini istisno qiladigan asbob bilan demontaj qilish, ballonning ichki devorlarini suv bilan, zarur boʻlganda sintetik yuvish vositalaridan foydalangan holda yuvish.
84. Tashqi koʻzdan kechirish va 83-bandda koʻrsatilgan ishlar bajarilgandan soʻng STG balloni tarozida majburiy tortilishi kerak. Ballon massasining kamayishi ishlab chiqaruvchi zavod markirovkasida koʻrsatilgan ballon ogʻirligi bilan ballonning haqiqiy ogʻirligi oʻrtasidagi farq orqali aniqlanadi.
Ballon massasi 5 foiz va undan ortiq kamayganda ballon yaroqsiz deb topiladi va utilizatsiya qilinishi kerak.
85. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda ballonlar quyidagi bosimda gidravlik sinovdan oʻtkaziladi:
STG ballonlari — 30 MPa;
SNG ballonlari — 2,5 MPa.
Ballonlarni bosim ostida ushlab turish vaqti kamida 2 daqiqa, biroq 5 daqiqadan koʻp boʻlmasligi kerak.
86. Agar texnik koʻrikdan oʻtkazishda ushbu Texnik reglamentning 82 va 84-bandlarida koʻrsatilgan nuqsonlar aniqlanmasa, gidravlik sinovda ballon geometriyasining oʻzgarishi yoki ballonning buzilishi sodir boʻlmasa, ballon ekspluatatsiyaga yaroqli hisoblanadi.
87. Ushbu Texnik reglamentning 82 va 84-bandlarida koʻrsatilgan nuqsonlar, gidravlik sinovda ballon geometriyasining oʻzgarishi yoki ballonning buzilishi aniqlansa, tegishli dalolatnoma tuzilib va keyinchalik buyurtmachiga xabar berilgan holda ballon ekspluatatsiyaga yaroqsiz deb topiladi va yaroqsizga chiqariladi.
Yaroqsizga chiqarilgan ballon undan keyinchalik foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun rezbasiga kertik tushirish va korpusida teshik parmalash yoʻli bilan utilizatsiya qilinishi kerak. Ballonga ilgari tushirilgan maʼlumotlar, ballon raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va ishlab chiqarilgan sanadan tashqari, maxsus tamgʻa bilan urib yoʻq qilinishi kerak.
88. Yoʻl-transport hodisalari natijasida zarar koʻrgan avtotransport vositalariga oʻrnatilgan ballonlar yoki ochiq olov taʼsiriga uchragan ballonlar qayta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
89. Ekspluatatsiyaga yaroqli deb topilgan ballonning boʻyniga ventil oʻrnatiladi. Oʻrnatiladigan ventil soz boʻlishi kerak. Ventilni ballon boʻyniga burab oʻrnatishdagi aylantiruvchi moment ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlariga muvofiq dinamometrik kalit koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
90. Ventil oʻrnatilgandan soʻng ballonlar germetiklikni aniqlash maqsadida pnevmatik sinovdan oʻtkazilishi kerak. Pnevmatik sinovlar kompressor ishlab chiqaradigan quyidagi bosimdagi siqilgan havo bilan oʻtkazilishi kerak:
STG ballonlari — 20 MPa;
SNG ballonlari — 1,6 MPa.
Pnevmatik sinovda ballonlarni ushlab turish vaqti reglamentlanmaydi.
Rezba birikmalari va ventilning germetikligi ballonni suvli vannaga tushirish orqali aniqlanadi. Ballon yuzasida va uning armatura bilan birikish joylarida havo pufakchalari paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
91. Avtotransport vositasiga oʻrnatilgan ventil yoki gazballon uskunalari elementlarini taʼmirlash ishlab chiqaruvchi zavodlarning texnik hujjatlariga muvofiq ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash xonasidagi ballonlarni xavfsiz taʼmirlash qurilmasida amalga oshirilishi kerak.
92. Ballonlarni tashkilot hududi boʻylab koʻchirish maxsus aravachalar yoki boshqa maxsus qurilmalardan foydalangan holda gorizontal holatda amalga oshiriladi. Tashish vaqtida ballonlar ventillari bir tomonga qaratilgan holda joylashtirilishi kerak. Ballonlarni xavfsiz tashishni taʼminlaydigan choralar nazarda tutilishi zarur, ballonlarning bir-biriga va tashish qurilmalarining metall qismlariga tegishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
93. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tashkilotga quyidagilar taqiqlanadi:
muvofiqlik sertifikati (yoki muvofiqlik sertifikati nusxasi) boʻlmagan ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish;
xizmat muddati tugagan ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish;
markirovkasi boʻlmagan, toʻliq boʻlmagan yoki oʻqib boʻlmaydigan markirovkaga ega ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish;
ballonlar yuzasini tozalash maqsadida benzin, atseton yoki boshqa tez yonuvchan suyuqliklardan foydalanish;
ballonlarni payvandlashdan foydalanib taʼmirlash;
hududda chekish, ochiq olovdan foydalanish hamda koʻchma kavsharlash lampalari va payvandlash apparatlaridan foydalanib ishlash.
6-§. Ballonlarni belgilash va identifikatsiya qilish
94. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda olingan muvofiqlik sertifikatiga (yoki muvofiqlik sertifikatining nusxasiga) ega boʻlgan ballonlar qabul qilinadi. Bunda ballonda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan markirovka (oʻzbek, rus yoki ingliz tilida) oʻyib yozilgan (zarb qilingan) boʻlishi shart:
tashkilot nomi yoki ballon zavod-ishlab chiqaruvchisining tovar belgisi;
ballonning zavod raqami;
ballon turi (SPG-1, SNG)
ballon tayyorlangan sana (oy, yil);
ballonning xizmat muddati;
ballon massasi (kg);
ballonning ish bosimi (MPa);
ballonning sinov gidravlik bosimi (MPa);
ballon sigʻimi.
95. Texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari qoniqarli boʻlganda, ballonlarni belgilash uchun masʼul shaxs har bir ballonning yuqori sferik qismiga zarba usuli bilan quyidagi maʼlumotlarni aniq qilib oʻyib yozadi::
koʻrikdan oʻtkazish sanasi (oy, yil);
keyingi koʻrikdan oʻtkazish sanasi (oy, yil);
ballonning texnik koʻrigini oʻtkazgan tashkilotning tamgʻasi.
Ballonlarga tushiriladigan belgilash belgilarining balandligi kamida 8 mm boʻlishi kerak.
96. Tashkilotning identifikatsiya tamgʻasi bir xil oʻlchamdagi (balandligi 5 mm) toʻrtta belgidan iborat boʻlib, ular diametri 12 mm boʻlgan doirada kasr shaklida ikkitadan joylashtiriladi va quyidagicha: maxrajida 01 dan 99 gacha boʻlgan ikkita raqamdan (raqamli qism), suratida esa lotin alifbosining ikkita bosh harfidan (harfli qism) iborat boʻladi:

AA,‎‎

AV,‎‎

AS

va h.z…‏

ZZ.‎‎

‎‎01

12‎‎

‎‎47

‎‎99

Tamgʻaga boshqa har qanday belgilarni (shu jumladan, tire, nuqta va h.k.) kiritish, harflar va (yoki) raqamlarni oʻrin almashtirish (masalan, tamgʻaning 12 raqamli qismini 21 raqami bilan almashtirish), shuningdek, ushbu Texnik reglament tomonidan nazarda tutilmagan boshqa raqamlar tartibida joylashtirish yoki tamgʻadan boshqacha foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
97. Tashkilotlarda ballonlarni yaroqsizga chiqarish uchun “X” belgisi boʻlgan, diametri 12 mm boʻlgan doira shaklidagi tamgʻalardan foydalanilishi kerak.
“X” brak tamgʻasini bosish joyi ballon raqamidan oʻngda, 10 mm dan ortiq boʻlmagan masofada boʻladi.
98. Tamgʻalarning raqamli qismini tashkilotning hududiy joylashuviga qarab taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

T/r

Hududiy boʻlinish

Tamgʻa raqamining raqamli qismi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

95 dan 99 gacha

2.

Andijon viloyati

60 dan 69 gacha

3.

Buxoro viloyati

80 dan 84 gacha

4.

Jizzax viloyati

25 dan 29 gacha

5.

Qashqadaryo

70 dan 74 gacha

6.

Navoiy viloyati

85 dan 89 gacha

7.

Namangan viloyati

50 dan 59 gacha

8.

Samarqand viloyati

30 dan 39 gacha

9.

Surxondaryo viloyati

75 dan 79 gacha

10.

Sirdaryo viloyati

20 dan 24 gacha

11.

Toshkent viloyati

10 dan 19 gacha

12.

Fargʻona viloyati

40 dan 49 gacha

13.

Xorazm viloyati

90 dan 94 gacha

14.

Toshkent shahri

01 dan 09 gacha

99. Ballonlarni koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi har bir tashkilot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi individual identifikatsiya tamgʻasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi. Tamgʻaning amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnomada koʻrsatiladi. Tamgʻalar bir nusxada tayyorlanadi.
100. Tamgʻadan foydalanish va uni saqlash, uning berilishi va qaytarilishi hisobini yuritish uchun masʼul shaxslarni tayinlash tartibi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi.
101. Eskirgan tamgʻalar Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga topshirilishi kerak. Eskirgan yoki yoʻqolgan tamgʻalar oʻrniga belgilangan tartibda yangilari tayyorlanadi va beriladi.
102. Tashkilot ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini toʻxtatgan taqdirda, tamgʻa Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga qaytariladi.
103. Texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlanib, ijobiy natijalar olingandan soʻng, ballonlar quyidagi jadvalga muvofiq yozuvlar tushirilgan holda boʻyaladi:

Gaz nomi

Ballonlarni boʻyash rangi

Yozuv matni

Yozuv rangi

STG

Qizil

Metan

Oq

SNG

Qizil

Propan-butan

Oq

Ballonlardagi yozuvlar aylana boʻylab, aylananing kamida 1/3 qismi uzunligida tushiriladi, bunda ballonlardagi harflarning balandligi 60 mm boʻlishi kerak.
Ballonning boʻyalgan yuzasi tekis, silliq boʻlishi, pufakchalar va boʻyoq-lakk qatlamining koʻchishlarisiz boʻlishi kerak.
104. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari ballonlarni tamgʻalash uchun masʼul shaxs tomonidan ballonlar sinov jurnaliga kiritiladi. Bunda ballonlar sinov jurnaliga quyidagi maʼlumotlar kiritilishi kerak:
tashkilotning manzili va nomi / ballonlar egasining F.I.O.;
ishlab chiqaruvchi zavodning nomi yoki uning tovar belgisi;
ballonning zavod raqami;
tayyorlangan sana (oy, yil);
texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sana (oy, yil);
keyingi texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi (oy, yil);
ballonda oʻyib yozilgan dastlabki massa (kg);
texnik koʻrikdan oʻtkazishda aniqlangan boʻsh ballonning haqiqiy massasi (kg);
ballonda oʻyib yozilgan ballonning dastlabki ichki hajmi (l);
texnik koʻrikdan oʻtkazishda aniqlangan haqiqiy ichki hajm (l);
ballonning yaroqliligi haqidagi belgi;
ballonni texnik koʻrikdan oʻtkazgan shaxsning F.I.O. va imzosi.
Ballonlarni sinash jurnali raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan (bagʻishlangan) boʻlishi va tashkilot arxivida 20 yil davomida saqlanishi kerak.
8-bob. Davlat nazorati
105. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati quyidagi tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
DYHXX organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
“Oʻzstandart” agentligi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa davlat boshqaruvi organlari.
106. Ushbu Texnik reglament talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
1-ILOVA
Avtotransport vositalariga gazballon uskunasini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar
1. Avtotransport vositalariga gazballon uskunasini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish, shu jumladan, ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar (bundan buyon — tashkilotlar) quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
tegishli ishlab chiqarish bazasi;
ishlarni bajarish uchun zarur texnologik uskuna;
tegishli ishlarni bajarish uchun oʻqitilgan ishchi va muhandis-texnik xodimlar shtati;
tegishli ishlarni olib borishning tasdiqlangan texnologik jarayoni;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsat beruvchi hujjatlar:
a) DYHXBB bilan kelishilgan, avtotransport vositalarining alohida modellariga oid konstruksiya texnik loyihalari;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasi;
v) gazballon uskunasi tizimlarini germetiklik va uzellar ulanishining mustahkamligi yuzasidan sinovdan oʻtkazuvchi laboratoriyaning texnik kompetentligi toʻgʻrisidagi tasdiqlash guvohnomasi.
2. Tashkilotlar majburiy tartibda ichki foydalanish uchun moʻljallangan quyidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi:
Gazballon uskunasini sinovdan oʻtkazish, texnik koʻrikdan oʻtkazish va ballonlarni tamgʻalash boʻyicha masʼul shaxslarni muhandis-texnik xodimlar (MTX) orasidan tayinlash toʻgʻrisida buyruq;
raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan sinovlar jurnali;
tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan, avtotransport vositalariga gazballon uskunasini oʻrnatish, gazballon uskunasini sinovdan oʻtkazish va ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomalar;
MTX va ishchilarning lavozim yoʻriqnomalari.
3. Ish joylarida ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha plakatlar osib qoʻyilishi kerak.
4. Gazballon uskunasini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va ballonlarni koʻrikdan oʻtkazish ishiga 18 yoshdan kichik boʻlmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus dastur va oʻquv rejalari boʻyicha taʼlim muassasalarida oʻqitilgan va belgilangan namunadagi tasdiqlovchi hujjat olgan fuqarolar qoʻyiladi.
5. Tashkilotning ishlab chiqarish binolari quyidagi asosiy ishlab chiqarish uchastkalaridan iborat boʻlishi kerak:
oʻrnatilgan gazballon uskunasiga ega avtotransport vositalarining gazballon uskunasi tizimlarini sinovdan oʻtkazish va texnik xizmat koʻrsatish uchastkasi;
gazballonlarini koʻrikdan oʻtkazish uchastkasi;
gaz-balon uskunasi elementlarini jamlash, tayyorlash, taʼmirlash va tekshirish uchastkasi;
kompressor uchastkasi;
gazballon uskunasini avtotransport vositasiga oʻrnatish uchastkasi.
6. Asosiy ishlab chiqarish uchastkalari tashkilotning ishlab chiqarish binosida joylashgan boʻlishi va zarur texnologik uskuna bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
7. Uskunani turli xil ishlarni bajarishning texnologik ketma-ketligida joylashtirish tavsiya etiladi, bunda yirik gabaritli komplektlovchilarning (kuzovlar, yigʻilgan ballonlar) erkin harakatlanish imkoniyatini hisobga olish zarur. Ishlab chiqarish uchastkalarining tavsiya etilgan texnologik rejalashtirilishi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Tashkilotning tavsiya etilgan texnologik rejalashtirish yechimi
Tashkilot uchastkalari va uskunalarining tavsiya etilgan roʻyxati

T/r

Texnologik uskuna nomi

Miqdori,

(dona)

Ishlab chiqarish maydoni

(m²) uchun:

yengil avtomobillar

yuk avtomobillari, avtobuslar

A

Oʻrnatilgan gazballon uskunasiga ega avtotransport vositalarining gazballon uskunasi tizimlarini sinovdan oʻtkazish va texnik xizmat koʻrsatish uchastkasi

 

36,0

72,0

1.

Qum solingan quti, oʻt oʻchirgich

1

 

 

2.

Artish materiallari solingan quti

1

 

 

3.

Agregat va uzellarni yuvish uchun qurilma

1

 

 

4.

Gaz-yoqilgʻi uskunasi va gaz quvurlarini joriy taʼmirlash uchun post

1

 

 

5.

Gaz-yoqilgʻi uskunasini tekshirish uchun qurilma

1

 

 

6.

Asbob-uskunali tumbochka va asboblar toʻplami

12

 

 

7.

Stellaj (tokcha)

3

 

 

8.

Sinov stendi

1

 

 

B

Gazballonlarini koʻrikdan oʻtkazish uchastkasi

 

24,0

24,0

9.

Pnevmogidrokuchaytirgich, gidravlik nasos

1

 

 

10.

Ventil qurilmalarini montaj qilish stendi

1

 

 

11.

Gazballonlarini tozalash stendi

1

 

 

12.

Himoya gʻilofi (kojux)

1

 

 

13.

Unumdorligi 0,25 m³, 8 kg/sm² boʻlgan havo kompressori

1

 

 

14.

300 kg gacha pol tarozisi

1

 

 

V

Gazballon uskunasi elementlarini komplektlash, tayyorlash, taʼmirlash va tekshirish uchastkasi

 

18,0

36,0

15.

Kuzov va ballonlarni tushirish uchun kran-balka (Q = 1,0 t gacha)

1

 

 

16.

Ballonlar yigʻgichi

2

 

 

17.

Asbob-uskunali tumbochka va asboblar toʻplami

1

 

 

18.

Gazballon uskunasi elementlarini joriy taʼmirlash uchun post

1

 

 

19.

Gazballon uskunasi elementlarini tekshirish va sozlash stendi

1

 

 

20.

Qum solingan quti, oʻt oʻchirgich

1

 

 

21.

Artish materiallari solingan quti

1

 

 

22.

Gazballon uskunasi elementlarini yuvish uchun qurilma

1

 

 

23.

Tokarli-parmalash stanogi, verstak va qisqich bilan

1

 

 

24.

Elektr payvandlash apparati

1

 

 

25.

Post (verstak)

1

 

 

26.

Ventilyatsiya soyaboni

1

 

 

G

Kompressor uchastkasi

 

12,0

24,0

27.

Siqilgan havo akkumulyatori (resiver)  ,

1

 

 

28.

Unumdorligi kamida 2 m3/min,  boʻlgan kompressor qurilmasi

1

 

 

D

Gazballon uskunasi elementlarini avtotransport vositasiga oʻrnatish uchastkasi

 

36,0

126,0

29.

Ballonlarni paket qilib yigʻish seksiyasi

1

 

 

30.

Ballonlarni tashish uchun ushlagich

2

 

 

31.

STG uchun ballonlarni tashish uchun aravacha

1

 

 

32.

Qisqichli verstak

2

 

 

33.

Ventilyatsiya soyaboni

1

 

 

8. Ishlab chiqarish korpusi xonasining balandligi chiqib turgan qurilish konstruksiyalarigacha yengil avtomobillar uchun kamida 4,0 m ni, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun kamida 7,0 m ni tashkil etishi kerak.
9. Avtotransport vositalarini yuvish va gazballonlari ombori, agar ular mavjud boʻlsa, ishlab chiqarish binosidan alohida tashkil etilishi yoki unga tutashgan boʻlishi kerak.
10. Ishlab chiqarish uchastkasini gazballonlarini koʻchirish, yuk avtotransport vositalari kuzovlarini yechish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan maksimal qamrov maydoniga ega kran-balka yoki boshqa yuk koʻtarish mexanizmi bilan jihozlash tavsiya etiladi.
11. Uchastka maksimal tabiiy yoritilishga (deraza oʻrinlarining mavjudligi) va shamollatishga, shuningdek, ballonlarni tashish hamda avtotransport vositalarining kirishi (chiqishi) uchun yetarli joyga ega boʻlishi kerak.
12. Tabiiy yoritilganlik yetarli boʻlmaganda, ishlab chiqarish maydonlarining yoritilishi yuqori sunʼiy yoritish yordamida qoplanishi kerak.
13. Ishlab chiqarish xonalaridan chiqish joylari boʻsagʻa va boshqa toʻsiqlarga ega boʻlmasligi, ularning kengligi esa gazballonlarini erkin tashishni taʼminlashi kerak.
14. Gazballon uskunasi tizimlarini sinovdan oʻtkazish uchastkasi boshqa uchastkalardan balandligi 3,5 — 4,0 m boʻlgan gʻisht yoki temir-beton toʻsiq bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
15. Gazballon uskunasi elementlarini komplektlash va tekshirish, avtotransport vositasini qayta jihozlash uchastkalari bir-biri bilan birlashtirilishi mumkin.
Kompressor uchastkasi alohida (izolyatsiyalangan) xonada joylashadi va kompressor qurilmasi, siqilgan havo akkumulyatori va yordamchi uskunani oʻz ichiga oladi.
16. Gazballon uskunasi elementlarini montaj joyiga yetkazish uchun ishlatiladigan tashqi eshik proyomi kamida 1,5 m kenglikda, tashqi darvoza esa kamida 4,5 m × 4,2 m gabarit oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
17. Texnologik uskuna ixtisoslashgan zavod-ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan boʻlishi kerak.
18. Inventar, javonlar, ish stollari va aravachalar avtotransport vositalarini qayta jihozlash tashkiloti tomonidan tayyorlanishi mumkin.
19. Avtotransport vositasini gaz yoqilgʻisiga qayta jihozlash punktining barcha xonalari avtotaʼmirlash va vulkanizatsiya ustaxonalari uchun belgilangan yoritilganlik, shamollatish va gigiyenik talablarga mos kelishi kerak.
20. Xonalarda soatiga uch marotaba havo almashinuvini taʼminlaydigan majburiy-tortma shamollatish, shuningdek, tabiiy tortma koʻzda tutilishi kerak.
Gazballon uskunasini oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi
24. Bajariladigan ishlarga qarab, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi hamda xavfli ishlarni olib borish tartibi boʻyicha maxsus yoʻriqnomalarni joriy etadi.
25. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va yoqilgʻi tizimlarini 20 MPa gacha bosim bilan sinovdan oʻtkazish ishiga tashkilot buyrugʻi bilan tayinlangan, tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan va xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar qoʻyiladi.
26. Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va yoqilgʻi tizimlarini bosim bilan sinovdan oʻtkazish, havo harorati qishda 12°C dan past, yozda 35°C dan yuqori boʻlmagan xonalarda amalga oshirilishi kerak.
27. Avtotransport vositasiga gazballon uskunasi elementlarini oʻrnatish ishlarini boshlashdan oldin, asbob va uskunaning ishga yaroqliligini tekshirish, shamollatish vositalarini yoqish zarur.
28. Gazballon uskunasi elementlarini yechish va oʻrnatish ishlarini maxsus asboblar, shuningdek, yuk koʻtarish qurilmalaridan foydalangan holda bajarishga ruxsat etiladi.
29. Gazballon uskunasi elementlarini oʻrnatish ishlari akkumulyator batareyalari massasi uzilgan holda amalga oshirilishi kerak.
30. Siqilgan havo berilishini boshqarish posti yopiq boʻlishi va oʻzga shaxslar tomonidan havo berilishi holatlarini istisno qilish uchun ishonchli qulflarga ega boʻlishi kerak.
31. Gazballon uskunasi tizimlarining nazorat-sozlash ishlarini dvigatel ishlab turgan holda oʻtkazishda, gaz faqat bitta ballondan kelib turishi, ushbu ballondagi gazning ish bosimi 5,0 MPa dan oshmasligi, qolgan ballonlarning klapanlari esa yopiq boʻlishi kerak.
32. Texnik koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilinayotgan ballonlar va sinovdan oʻtkazishga qabul qilinayotgan avtotransport vositasining yoqilgʻi tizimi ularda gaz yoʻqligiga tekshirilishi kerak. Aks holda, ularni gazsizlantirish kerak.
33. Ballonlardan siqilgan havoni (gazni) chiqarish shovqin soʻndirgich bilan jihozlangan maxsus qurilma orqali amalga oshiriladi.
34. Ballonlarni gidrosinovdan oʻtkazish paytida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boshqaruv pulti ortidagi elektr izolyatsion gilamchada turishi va sinov jarayonini himoya qopqogʻining oynasi orqali kuzatishi kerak.
35. Ballonlarni pnevmosinovdan oʻtkazishda, ballonlarda siqilgan havo boʻlgan paytda stendni boshqarish himoya qopqogʻi ortidan chiqish taqiqlanadi.
36. Boʻyalgan ballonlarni quritish kamerasidan foydalanishda boʻyash sexlari uchun xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoida va meʼyorlariga rioya qilish zarur.
37. Payvandlash, boʻyash ishlarini (issiq quritishni ham qoʻshib), shuningdek, elektr parma, abraziv materiallar va h.k. bilan uchqun chiqaradigan ishlarni olib borishga faqat ballonlarda gaz toʻliq boʻlmagan taqdirdagina ruxsat etiladi.
38. Ballonlarni saqlash uchun moʻljallangan har bir ombor xonasida 200 tadan ortiq boʻlmagan ballon saqlashga ruxsat etiladi.
39. Avtotransport vositasini STG va SNGga qayta jihozlash ishlarini olib borish uchun moʻljallangan xonalarda, shuningdek, dvigatellari yonuvchi gazlar va aralashmalarda ishlaydigan avtotransport vositalarini saqlash uchun ochiq maydonchalarda quyidagilar taqiqlanadi:
chekish, ochiq olovdan foydalanish va koʻchma payvandlash lampalari hamda payvandlash apparatlarini qoʻllash bilan ishlash;
avtotransport vositasiga suyuq yoqilgʻi quyish, shuningdek, bakdan suyuq yoqilgʻini quyib olish;
yoqilgʻi baklari ogʻizlarini (suyuq yoqilgʻi uchun) ochiq holda qoldirish;
akkumulyator batareyalarini (xonalarda) quvvatlash;
dvigatellari yonuvchi gazlar va aralashmalarda ishlaydigan avtotransport vositalarining kuzovi, detallari yoki agregatlarini, shuningdek, qoʻl va kiyimni benzin bilan yuvish yoki artish;
baklardagi suyuq yoqilgʻidan tashqari suyuq yoqilgʻini, shuningdek, nazarda tutilmagan materiallar va buyumlarni saqlash;
bosim ostida turgan gaz quvurlari ulanishlarining gaykalarini tortish, gazballon uskunasi uzel va detallarini almashtirish, armatura va gaz quvurlariga urish;
gaz quvurlari, gaz-yoqilgʻi apparaturasi va ballonlar armaturasi ulanishlarining germetikligini ochiq olov yordamida tekshirish;
gazballon uskunasini sinovdan oʻtkazish uchastkasi (stansiyasi) xonasida begona shaxslarning boʻlishi;
bosim ostida turgan yoqilgʻi tizimiga ega avtotransport vositasini saqlash va uni ishlab chiqarish uchastkalari boʻylab koʻchirish;
gazballon uskunasini taʼmirlash uchun xona, sex va koʻrik chuqurchasining shamollatish tizimi ishdan chiqqan holda ishlash;
avtotransport vositasining saloni yoki kabinasida odamlar boʻlgan holda apparaturani taʼmirlash;
gaz sizib chiqishi kuzatilganda dvigatelni yurgizib yuborish
apparaturada gaz boʻlgan holda uni yechish va taʼmirlash;
nosoz asboblardan foydalanish;
gaz toʻldirilgan ballonlarning boʻyogʻini tozalash va ularni boʻyash;
moylangan shlanglar, buralgan va yassilangan rezina naychalardan foydalanish.
Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
2-ILOVA
Avtotransport vositasiga oʻrnatilgan siqilgan tabiiy gaz tizimini, uning agregatlari va uzellari birikmalarining zichligi va mustahkamligini sinovdan oʻtkazish (bosimlash) uslubiyati
1. Qayta jihozlangan avtotransport vositasini sinovlarga tayyorlash:
a) toʻliq butlangan va yuvilgan avtotransport vositasini STG tizimini sinash tashkilotiga (punktiga) haydab kelish va sinovlar oʻtkazish uchun ish joyiga oʻrnatish;
b) ballonlardagi qoʻl ventilini (ventillarini) berkitish;
v) siqilgan havo uzatish postini ishga tayyorlash;
g) yonilgʻi quyish blokidan saqlagich shtiftni chiqarib olish;
d) siqilgan havo uzatish shlangining uchini yonilgʻi quyish blokining teshigiga kiritish.
2. Germetiklikka tekshirish:
a) postni boshqarish pultidan 1,0 MPa bosimli siqilgan havo berish va uzatuvchi shlangning yonilgʻi quyish bloki bilan birikmalarining germetikligini sovunli eritma bilan tekshirish (sovunli eritmaning koʻpirchimasligi birikmalar va detallarning germetikligini koʻrsatadi);
Izohlar:
1. Nosozlik aniqlanganda, boshqaruv pultidagi havo chiqarish ventilini (SQG) ochish va bosim nolga tushgach, zichlagichni tortish yoki almashtirish orqali nosozlikni bartaraf etish kerak (SQG tizimida bosim boʻlganda, birikmalarni tortishga yoʻl qoʻyilmaydi). Nosozlik bartaraf etilgandan soʻng, tekshirish amali takrorlanadi.
2. Germetiklikni tekshirishning bir amalidan keyingisiga oʻtishda, agar biror agregat (uzel) yoki birikmada nosozlik aniqlansa, SQG tizimidagi havo bosimini nolga tushirish boʻyicha xuddi shunday texnologiyaga rioya qilinishi lozim.
b) ballonlardagi qoʻl ventilini va avtomatik klapanni oching, soʻngra havo yuborish yoʻli bilan yuqori bosimli STG tizimini 1,0 MPa bosimgacha havo bilan toʻldirish;
v) sovunli eritma bilan (yoki gaz analizatori yordamida) qaytaruvchi va avtomatik klapanlarning, ballonlar boʻgʻziga burab oʻrnatilgan qoʻl ventilining, quvurlar birikmalarining, yuqori bosim manometri oʻtkazgichining (agar mavjud boʻlsa) hamda boshqa ulanishlarning tashqi va ichki germetikligini tekshirish;
g) haydovchi kabinasi panelidagi yoqilgʻi turi oʻzgartirgichini (agar oʻrnatilgan boʻlsa) “gaz” holatiga qoʻying; agar bu oʻzgartirgich koʻzda tutilmagan boʻlsa, oʻt oldirish kaliti yordamida ballonning avtomatik klapanini oching va quyidagi agregatlarning ichki hamda tashqi germetikligini ketma-ket tekshirish:
qoʻl ventili (yopiq va ochiq holatlarda);
bosim rostlagichi;
elektromagnit klapan;
filtr;
gaz uzatish rostlagichi, shuningdek, uning past bosimli ish qobiliyati (manometr yoki datchik koʻrsatkichlari boʻyicha);
tutashtiruvchi gaz quvurlari;
d) SGT tizimining barcha birikmalari va elementlari germetikligiga ishonch hosil qilgach, boshqaruv pultidagi havo chiqarish ventilini ochib, gaz taʼminoti tizimidagi havo bosimini nolga tushirish (bu amaliyot faqat ishchi jism sifatida siqilgan havo ishlatilgandagina bajariladi);
e) qoʻl ventilini yopish;
j) agar oʻrnatilgan boʻlsa, yoqilgʻi turi oʻzgartirgichini “asosiy yoqilgʻi” holatiga oʻtkazish;
z) agar asosiy yoqilgʻida ishlash oʻrnatilgan SGT tizimining konstruksiyasida koʻzda tutilgan boʻlsa, asosiy yoqilgʻida ishlaydigan yoqilgʻi tizimining elektromagnit klapani germetikligini va ishga yaroqliligini tekshirish. Shu maqsadda:
oʻt oldirish tizimini yoqib, dvigatelni asosiy yoqilgʻida ishga tushirish;
yoqilgʻi turi oʻzgartirgichini oʻrta “O” holatiga qoʻyish (klapan germetik boʻlsa, dvigatel qisqa vaqt ishlaganidan soʻng oʻchishi kerak);
yoqilgʻi turi oʻzgartirgichini “asosiy yoqilgʻi” holatiga oʻtkazib, oʻt oldirish tizimini oʻchirish.
3. STG tizimi elementlari birikmalarining ishonchliligini sinash (presslash):
a) 1.0 MPa bosimda avtotransport vositasining gaz-yoqilgʻi taʼminoti tizimining germetikligiga ishonch hosil qilgandan soʻng, quyidagi bosimlarda birikmalar, agregatlar va uzellarning mustahkamligini tekshirish: 2.5; 4.9; 9.8. va 19.6 MPa. Shu maqsadda ushbu Uslubiyotning 2-bandidagi barcha operatsiyalarni mos ravishda siqilgan havo bosimida ketma-ket takrorlash: 2.5; 4.9; 9.8 va 19.6 MPa;
b) SNG tizimining birikmalari, agregatlari va uzellarida yuqorida koʻrsatilgan har qanday bosim qiymatlarida germetikmaslik belgilari paydo boʻlgan taqdirda, keyingi bosimlashni toʻxtatish, havo bosimini nolgacha tushirish, birikmani qismlarga ajratish, taʼmirlash va sinovni takrorlash zarur;
v) soʻngra vakuumlashni amalga oshirish kerak. Buning uchun:
toʻldirish blokidan havo uzatish shlangini ajratib olish va vakuum-nasos (vakuum qurilmasi) shlangini ulash;
vakuum-nasos shlangidagi joʻmrakni, toʻldirish blokining toʻldirish klapanini va ballonlardagi qoʻlda boshqariladigan avtomatik klapanni ochish;
ballonlardagi havoni bosim kamida 0,01 MPa boʻlguncha soʻrib olish;
ballonlardagi qoʻlda boshqariladigan avtomatik klapanni va toʻldirish blokining toʻldirish klapanini yopish;
vakuum-nasos shlangidagi ventilni yoping va uni toʻldirish blokidan ajratib olish.
Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
3-ILOVA
Avtotransport vositasiga oʻrnatilgan siqilgan tabiiy gaz tizimi agregatlari va uzellarining birikmalarini germetiklikka sinash uslubiyati (bosim ostida tekshirish)
1. Qayta jihozlangan avtotransport vositasini gaz-yonilgʻi taʼminoti tizimini sinovdan oʻtkazishga tayyorlash:
a) toʻliq butlangan va yuvilgan avtotransport vositasini sinovlarni oʻtkazish uchun ish joyiga oʻrnatish;
b) MDH tizimining barcha elementlarini tashqi koʻrikdan oʻtkazish. Quvurlar va shlanglarning ulanishiga alohida eʼtibor qaratish;
v) masofadan boshqariladigan ishchi klapan va berkitish klapanining oson ochilishi va yopilishini tekshirish;
g) ballonlarda gaz yoʻqligiga ishonch hosil qilish;
d) ballondagi berkitish klapanini yopish;
e) yonilgʻi quyish bloki orqali siqilgan havo uzatish shlangini ulash.
2. Gaz taʼminoti tizimining germetikligini tekshirish:
a) postdan 1,6 MPa bosimli siqilgan havo yuborilsin va havo shlangining berkitish klapani bilan birikishining germetikligi sovunlash orqali tekshirilsin.
Germetik boʻlmagan holatda bosimni nolga tushirish, rezbali birikmalarni mahkamlash yoki zichlagichni almashtirish va sinovlarni takrorlash;
b) berkitish klapanini ochish va gazballonini (ballonlarni) 1,6 MPa bosimgacha havo bilan toʻldirish. Havo bosimi 1,6 MPa dan past boʻlganda xavfsizlik klapani ishga tushgan taqdirda, ballonlardagi bosimni oldindan pasaytirib, klapanni sozlash va keyinchalik gaz-yonilgʻi taʼminoti tizimini qayta bosim ostida tekshirish lozim;
v) ballonlardagi bosim 1,6 MPa boʻlganda, havo berishni toʻxtatish va 2-3 daqiqa oʻtgach, gaz-yoqilgʻi taʼminoti tizimining germetikligini tekshirishni boshlash;
g) berkitish klapanini ochish va SNG tizimining barcha elementlarining bosim regulatorigacha boʻlgan tashqi germetikligini sovunlash orqali tekshirish. Bosim regulatorida bosim yoʻqligi ham tekshiriladi. Germetik emasligi aniqlanganda, berkitish klapanini yopish va shlanglar hamda quvurlarning ulanish joylaridagi gaykalarini mahkamlash lozim;
d) soʻngra berkitish va ishchi klapanlar ochiladi va taʼminot tizimining barcha elementlari siqilgan havo bilan toʻldiriladi hamda sovunlash orqali SNG tizimining barcha elementlari va ulanishlarining germetikligi tekshiriladi;
Shlanglar uzilgan va shishgan boʻlsa, ularni almashtirish va sinovlarni “g” — “d” bandlarida koʻrsatilganidek takrorlash lozim.
Ajraladigan birikmalardagi germetiksizlik gaykalarni mahkamlash yoki nippellarni almashtirish orqali bartaraf etiladi;
e) oʻt oldirish yoqilganda elektr bosim datchigining ishlashini tekshirish. Bosim koʻrsatkichidagi strelka koʻrsatkichlari 0,12 — 0,15 MPa oraligʻida boʻlishi kerak;
j) gaz-yoqilgʻi taʼminoti tizimining germetikligini sinash tugagandan soʻng, berkitish klapanini yopish, havo uzatish shlangini uzib, undagi bosimni oldindan pasaytirish;
z) ballondan havoni chiqarib yuborish va uni kamida 0,01 MPa bosimgacha vakuumlash.
Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
4-ILOVA
Qayta jihozlangan avtotransport vositasining yoʻlovchilar saloni va haydovchi oʻrni havosidagi metan miqdorini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uslubiyoti
1-§. Umumiy qoidalar va foydalaniladigan asboblar
1. Metan (Ch4) miqdorini aniqlashda alangali-ionizatsion detektor (PID) va nasadkali yoki kapillyar kolonkalardan foydalangan holda gaz xromatografiyasi qoʻllaniladi.
Metan miqdorini oʻlchashning talab etilgan tanlab olish va aniqligini taʼminlaydigan boshqa tahlil usullarini qoʻllashga ruxsat etiladi.
2. Avtotransport vositasi yoʻlovchilar xonasi va kabinasi havosidagi metan miqdorini oʻlchash metrologik attestatsiyadan oʻtgan va oʻlchash vositalarining turi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestriga kiritilgan koʻchma yoki statsionar gaz analizatorlari yordamida amalga oshiriladi.
3. Avtotransport vositasining yoʻlovchilar xonasi havosida va haydovchining ish joyida metan (Ch4) miqdori 50 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
4. Metan miqdorini miqdoriy oʻlchash “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlariga (OʻUU) muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻlchash vositalari va OʻVV yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyaning (YQK) 50 foizidan kam boʻlmagan darajadagi yoʻldosh komponentlar ishtirokida metan miqdorini tanlab oʻlchashni taʼminlashi kerak.
2-§. Sinovlarni oʻtkazish shartlari
5. Avtotransport vositalari qattiq qoplamali va nishabligi (2,0 ± 0,5) % dan oshmaydigan yoʻllarda sinovdan oʻtkaziladi.
6. Avtotransport vositasi yoʻlovchilar xonasi va kabinasi havosidagi metan miqdori quyidagi sharoitlarda aniqlanadi:
derazalar, eshiklar, fortochkalar, ventilyatsiya lyuklari yopiq;
konditsioner tizimi oʻchirilgan;
ichki retsirkulyatsiya tizimi oʻchirilgan;
majburiy ventilyatsiya yoqilgan;
isitish tizimi oʻchirilgan.
7. Sinovdan oʻtkazilayotgan avtotransport vositasida mustaqil isitish qurilmasi mavjud boʻlsa, isitish va majburiy ventilyatsiya ikki rejimda yoqilgan holda qoʻshimcha sinov oʻtkaziladi.
8. Sinovdan oʻtkazilayotgan avtotransport vositasida havoni tozalash tizimi (HTT) mavjud boʻlganda, sinovlar 3-§ ga muvofiq ikkita rejimda HTT yoqilgan holda oʻtkaziladi.
9. Sinovdan oʻtkazilayotgan avtotransport vositasida kabina (kuzov) tomida lyuk (lar) mavjud boʻlsa, 50 km/soat tezlik bilan harakatlanayotganda ochiq lyuk (lar) bilan qoʻshimcha sinov oʻtkaziladi.
10. Sinovlarni oʻtkazishda meteorologik sharoitlar quyidagi parametrlarga muvofiq boʻlishi kerak:
tashqi havo harorati, °C — 20 dan +30 gacha;
shamol tezligi, m/s — 5 dan oshmasligi kerak;
havoning nisbiy namligi, % — 90 dan ortiq emas.
3-§. Sinov rejimlari
11. Sinov avtotransport vositasining ikkita ish rejimida oʻtkaziladi:
tezligi (50 ± 5) km/soat boʻlgan barqaror harakat rejimi (mexanik uzatmalar qutisiga ega avtotransport vositasi uchun barqaror harakatlanishni taʼminlaydigan eng yuqori uzatma tanlanadi);
salt yurish rejimi (qoʻzgʻalmas avtotransport vositasi uchun dvigatelning tirsakli vali ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan minimal barqaror aylanishlar chastotasida ishlaydigan rejim tanlanadi).
§ 4. Sinovlarga tayyorgarlik
12. Sinovlarga tayyorgarlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
sinov uchun taqdim etilgan avtotransport vositasini identifikatsiya qilish, uning texnik tavsifga muvofiqligini tekshirish;
avtotransport vositasi kuzovi (kabinasi) ichki va tashqi yuzalarining, oynalari, lyuklari, eshiklari zichlagichlari hamda chiqarish traktining holatini koʻzdan kechirib baholash.
Sinovlarga texnik tavsifda koʻrsatilgan xususiyatlardan chetga chiqishlar aniqlanmagan avtotransport vositasi qoʻyiladi.
Gazballoni uning sigʻimining 90 foizigacha toʻldiriladi.
Avtotransport vositasining oynalari, eshiklari, shamollatish lyuklari yopiladi. Avtotransport vositasi yopiq binoda kamida 6 soat saqlanadi.
14. Barqaror harakat rejimida sinash.
Avtotransport vositasini sinash yoʻl sharoitida quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
yoʻlning qatnov qismidan chetroqdagi ochiq avtoturargohda, dvigatel oʻchirilgan holda, derazalar, eshiklar va shamollatish tuynuklarini ochib, yoʻlovchilar saloni va kabina shamollatiladi. Oradan (5 ± 1) daqiqa oʻtgach, derazalar, eshiklar va shamollatish tuynuklari yopiladi;
dvigatel ishga tushirilib, yoʻnalish boʻylab harakatlanish boshlanadi. Harakat tezligi (50 ± 5) km/soat qilib belgilanadi;
sikl boshlanganidan (20 ± 5) daqiqa oʻtgach, harakatni toʻxtatmagan holda, avtotransport vositasi polining sathidan (1,0 ± 0,1) m balandlikda, quyidagi rasmda koʻrsatilgan nuqtalarda yoʻlovchilar salonida va (yoki) kabinasida ekspress-tahlil va (yoki) havo namunalarini olish ishlari bajariladi.
1 — M1 va N toifasidagi avtotransport vositalaridan namuna olish nuqtasi;
1, 2, 4 — M2, M3 toifasidagi avtotransport vositalaridan namuna olish nuqtalari;
3 — M3 toifasidagi (tirkamali) avtotransport vositalaridan namuna olish nuqtasi.
5-§. Havo namunalarini olish uchun qurilmalar
Havo namunalari aspiratsiya usulida olinadi. Namuna olish tizimi elektr namuna olgichlar (ENO), pipetkalar yoki yutuvchi idishlar, konsentratorlar, egiluvchan naychalar (shlanglar)ni oʻz ichiga oladi.
ENO sifatida havoni 0,1 dan 2,0 dm³/min gacha tezlikda oladigan koʻchma bir va koʻp kanalli qurilmalar (elektroaspiratorlar) qoʻllaniladi.
Havo namunalari sigʻimi 0,2 dan 0,6 dm³ gacha boʻlgan, inert materiallardan (shisha, ftoroplast, poliamid) tayyorlangan yutuvchi idishlarga (keyingi oʻrinlarda — idishlar) yoki adsorbsiyalovchi materiallar (faollashtirilgan koʻmir, silikagel, aluminiy oksidi va b.) bilan toʻldirilgan metall yoxud shisha patronlar — konsentratorlarga olinadi.
Egiluvchan shlanglar yoriq va uzilishlarsiz, elastik inert materiallardan (silikon rezina va b.) tayyorlangan boʻlishi kerak.
6-§. Namunalar olish ketma-ketligi:
elektr namuna olish qurilmalari (ENQ) ishga tushiriladi;
yutuvchi sigʻim yoki konsentrator orqali ularning sigʻimidan 10 — 15 baravar koʻp hajmdagi havo oʻtkaziladi;
havo namunalarini olish yakunlangandan soʻng ENQ oʻchiriladi, sigʻimlar yoki konsentratorlarning kirish va chiqish joylari qisqich moslamalari bilan germetik yopiladi hamda olingan namunalar markirovka qilinadi;
har bir oʻlchash nuqtasida ketma-ket kamida uchta havo namunasi olinadi.
7-§. Ekspress-tahlilni bajarish ketma-ketligi:
sinov boshlanishidan oldin gaz analizatorlari yoqadi;
gaz analizatorlarini qizdiradi va ularni 15 — 20 daqiqa davomida ish rejimiga oʻtkazadi. Gaz analizatorlarining qizish rejimi sinov rejimlarini bajarish boshlanishi bilan mos kelishi mumkin;
gaz analizatorlarini oʻlchash rejimiga oʻtkazadi va sinov rejimlarini bajarish vaqtida saqlash natijalarini qayd etadi;
5 — 7 daqiqa davomida metan miqdori boʻyicha gaz analizatorlarining kamida beshta koʻrsatkichi qayd etiladi;
aniqlanayotgan metan tarkibining har biri boʻyicha oʻlchashning yakuniy natijasi sifatida mutlaq qiymati boʻyicha eng katta qiymat qabul qilinadi.
8-§. Salt yurish rejimida sinash
Avtotransport vositasi bevosita barqaror harakat rejimida sinab koʻrilgach, ochiq turargohda sinovdan oʻtkaziladi.
Sinovlarni boshlashdan avval sinov oʻtkaziladigan hududda, yaʼni sinovdagi avtotransport vositasidan 5 — 10 metr radiusda atmosfera havosidagi metan miqdori ekspress-tahlil qilinadi.
Agarda sinov hududida oʻlchangan metanning havodagi konsentratsiyasi aholi yashash joylari atmosfera havosi uchun belgilangan metanning ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiyasining (REYK) 50 foizidan oshmasa, sinovlar boshlanadi.
Avtotransport vositasi ishlangan gazlar oqimi shamolga qarshi yoʻnaltiriladigan tarzda joylashtiriladi.
Avtotransport vositasining dvigateli ishga tushiriladi, 3-§ ga muvofiq uning ishlash rejimi oʻrnatiladi hamda 3-§ ga binoan shamollatish va isitish tizimlarining sinov sharoitlari va ishlash rejimlari taʼminlanadi.
Rejimga chiqqandan (20 ± 5) daqiqa oʻtgach, dvigatelni oʻchirmagan holda, avtotransport vositasining yoʻlovchilar saloni va kabinasida chizmada koʻrsatilgan nuqtalardan metan miqdori ekspress-tahlil qilinadi va (yoki) havo namunalari olinadi.
Havodagi metan miqdorini ekspress-tahlil qilish va havo namunalarini olish yakunlanib, EPT qurilmasi va gazanalizatorlar elektr taʼminotidan uziladi.
Barqaror harakatlanish va salt ishlash rejimlarida sinov paytida olingan havo namunalari, ularga keyinchalik ishlov berish va miqdoriy tahlil oʻtkazish uchun tahlil qilish laboratoriyasiga topshiriladi.
Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
5-ILOVA
Gazsimon yoqilgʻida ishlaydigan avtotransport vositasini markalash uchun moʻljallangan tanituv belgisining namunasi
Tanish belgisi ishqalanish va ob-havo sharoitlari taʼsiriga chidamli materiallardan oʻz-oʻzidan yopishadigan asosda tayyorlanadi.
Tanish belgisining rangi va oʻlchamlari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
fon — oq;
hoshiya — tashqi — qora, ichki — qizil;
hoshiya kengligi — tashqi 0,5 — 1 mm, ichki 4 — 6 mm;
harflar balandligi — 25 — 30 mm;
harflar qalinligi — 3 — 4 mm;
stiker kengligi — 110 — 150 mm;
stiker balandligi — 110 — 150 mm.
Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
6-ILOVA

AVTOTRANSPORT VOSITASIGA GAZBALLON USKUNASINI OʻRNATISH TOʻGʻRISIDAGI DALOLATNOMA NAMUNASI
 

____________________________

20____ y. “____” _____________

(shahar yoki joy nomi)

Avtotransport vositasi egasi ___________________________________________________________________

(buyurtmachi tashkilot yoki egasining familiyasi, ismi, otasining ismi)

_______________________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun — tugʻilgan sanasi: kun, oy, yil, pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

Qayta jihozlangan avtotransport vositasining modeli _______________________________________

Davlat raqami belgisi _______________________________________________________

Ishlab chiqarilgan yili _______________________

Dvigatel, modeli _________________________

Shassi № _______________________________________________________

Avtotransport vositasining foydalanish boshlanganidan buyon bosib oʻtgan masofasi ____________ km

Avtotransport vositasi STG/SNG tizimi bilan jihozlangan.

Oʻrnatilgan ballonlarning pasport maʼlumotlari:


 

T/r

Turi va modeli

Ballon raqami

Mamlakat, ishlab chiqaruvchi

Hajmi (l)

Ishlab chiqarilgan oy, yil

Xizmat muddati tugash sanasi

Navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi


 

Xavfsizlik, belgilangan vazifasi va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari boʻyicha ushbu modeldagi qayta jihozlangan avtotransport vositalarining dvigatellarini STG/SNGda ishlatish uchun qabul sinovlari oʻtkazildi va 20_____ yil “_____” ___________ dagi № _________ bayonnomaga muvofiq ijobiy natijalar olindi.

Qayta jihozlash vaqtida yechib olingan avtotransport vositasining quyidagi uzel va detallari qaytarildi _______________________________________________________________________________________

(qaytariladigan avtotransport vositasi uzellari va detallari sanab oʻtiladi)

Alohida qaydlar __________________________________________________________________________

(qayd etilishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar keltiriladi)

STG/SNG tizimini oʻrnatgan tashkilot, oʻrnatish uchun masʼul shaxsning F.I.O. ____________________

_________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi, manzili, telefoni, masʼul shaxsning F.I.O.)

Buyurtmachi

____________________________________________

____________________

(F.I.O.)

(imzo)

Tashkilot rahbari

___________________

__________

____________________

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi Umumiy texnik reglamentga
7-ILOVA

Oʻrnatilgan gazballonlarining pasport maʼlumotlari
 

Avtotransport vositasining modeli _______________________________________________________

Ishlab chiqarilgan yili _________________________________

Dvigatel, modeli _______________________________________

Shassi № ____________________________________________________________

Oʻrnatilgan ballonlarning pasport maʼlumotlari:


 

T/r

Turi va modeli

Ballon raqami

Mamlakat, ishlab chiqaruvchi

Hajmi (l)

Ishlab chiqarilgan oy, yil

Xizmat muddati tugash sanasi

Navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi


 


 

Alohida qaydlar _____________________________________________________________________

(qayd etilishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar keltiriladi)

Tashkilotning vakolatli vakili

_____________

_____________

______________________

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.