1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1882-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2015-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-oktabr,
94-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-son buyrugʻiga ILOVA
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band quyidagi mazmundagi “v2” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v2) keyingi yillarda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ) (tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);”.
“Bunda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni va/yoki ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni va/yoki tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar tegishlicha, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (FJMS OChZ) va/yoki ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (IFJMS OChZ) va/yoki tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (TFJMS OChZ) shakllantirishlari shart.”.
3. 7-banddagi “va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan” degan soʻzlar “, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 253 va 254-bandlar bilan toʻldirilsin:
“253. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ) keyingi yillarda sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari;
hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
boshqa koʻrsatkichlar.
TFJMS BZni hisoblash maqsadida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 30 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
TFJMS BZning hisob-kitobi brutto-sugʻurtalash koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda (qayta sugʻurtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.
254. Sugʻurtalovchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
TFJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha xarajatlar miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotlari;
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida kamayish tomonga oʻzgarishi.
Hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida sugʻurta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari);
hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
quyidagilardan iborat boʻlgan hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlash xarajatlari:
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida koʻpayish tomonga oʻzgarishi;
hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq boʻlsa, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga koʻrsatilgan ortiq summaga koʻpayadi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar summasi daromadlar summasidan ortib ketsa, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga xarajatlarning daromadlardan ortgan summasiga kamaytiriladi.
Agar sugʻurtalovchi hisobot davri boshiga qadar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblamagan boʻlsa, mazkur zaxira hisobot davri boshiga nolga teng deb qabul qilinadi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy qiymatga ega boʻlsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisob-kitob qilish uchun mazkur Nizomning 21-ilovasida keltirilgan jadvallardan foydalaniladi.”.
5. 26-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga (TFJMS OChZ) ajratmalar miqdori, hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 5 foizi miqdorida belgilanadi.”.
“OChZ har bir hisobot sanasiga hisoblanadi. OChZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan OChZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi (FJMS OChZ, IFJMS OChZ va TFJMS OChZ bundan mustasno). Biroq aniqlangan OChZning miqdori (FJMS OChZni, IFJMS OChZni va TFJMS OChZni hisobga olmagan holdagi, hisobot sanasiga boʻlgan OChZ miqdori) har qanday holatda ham umumiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini hisobga olmagan holda) yalpi hisoblangan sugʻurta mukofotining 10 foizidan koʻp boʻlmasligi lozim;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“TFJMS OChZ har bir hisobot sanasiga alohida hisoblanadi. TFJMS OChZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan TFJMS OChZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi.”.
7. 32-bandning birinchi xatboshisidagi “(FJMS BZ va IFJMS BZdan tashqari)” degan soʻzlar “(FJMS BZ, IFJMS BZ va TFJMS BZdan tashqari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 42-banddagi “1, 2, 3 va 4-ilovalariga” degan soʻzlar “1, 2, 21, 3 va 4-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 1, 2 va 4-ilovalardagi “Muhr oʻrni” degan soʻzlar “Muhr oʻrni (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda 21-ilova bilan toʻldirilsin.
11. 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
_______________________________________________________ ning
(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
20__ y. “___” ____________ holatiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblash maqsadida daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalarning
HISOB-KITOBI
Satr T/r
Koʻrsatkich nomi
Miqdori (ming soʻm)
1.
Hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti
2.
Hisobot davri boshiga IMZ
3.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) IMZ
4.
Hisobot davri boshiga XZZ
5.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) XZZ
6.
Hisobot davri boshiga SXZZ
7.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) SXZZ
8.
Hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari
9.
Shartnomalarning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan hisobot davrida sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari)
10.
Hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) (10 satr = 1 satr x 30%)
Hisobot davri boshiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ)
4.
TFJMS BZ ning koʻpayishi/kamayishi
(agar 2 satr > = 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 2 satr – 0,05 x 1 satr;
agar 0 < = 2 satr < 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 0;
agar 2 satr < 0, bu holda 4 satr = 2 satr)
5.
Oraliq yakun (3 satr + 4 satr)
6.
Hisobot sanasiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi(agar 5 satr < 0, bu holda 6 satr = 0;
agar 5 satr > = 0, bu holda 6 satr = 5 satr)
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
Imzolar:
__________________________
___________
__________________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi
organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi
__________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Muhr oʻrni (muhr mavjud
boʻlgan taqdirda)
* Faqatgina sugʻurtalovchi tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyat olib borilgan taqdirda toʻldiriladi. Mazkur jadvaldagi daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijani aniqlashda qoʻllaniluvchi barcha miqdorlar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga taalluqlidir.”.
“Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
______________________________________ ning
(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
20___ y. “___” ________ holatiga sugʻurta zaxiralarining
UMUMIY MIQDORI
Zaxiralar
Jami(ming soʻm)
Shulardan xorijiy valyutada
AQSh dollari
yevro
boshqa
jami (ming soʻm ekv.)
Ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (jami)
1-hisob guruhi, shu jumladan:
FJMS boʻyicha IMZ
IFJMS boʻyicha IMZ
TFJMS boʻyicha IMZ
2-hisob guruhi
3-hisob guruhi
4-hisob guruhi
Qayta sugʻurtalovchilarning IMZdagi ulushi
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (jami), shu jumladan:
FJMS boʻyicha XZZ
IFJMS boʻyicha XZZ
TFJMS boʻyicha XZZ
Qayta sugʻurtalovchilarning XZZdagi ulushi
Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (jami), shu jumladan:
FJMS boʻyicha SXZZ
IFJMS boʻyicha SXZZ
TFJMS boʻyicha SXZZ
Qayta sugʻurtalovchilarning SXZZdagi ulushi
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ)
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ)
Mukofotlar zaxirasi (jami)
jumladan, hayotni sugʻurta qilishning jamgʻarilib boruvchi turlari boʻyicha zaxira
Qayta sugʻurtalovchilarningHJZdagi ulushi
Hayotni sugʻurta qilishning boshqa turlari (jamgʻarilib boruvchi turlaridan tashqari) boʻyicha zaxira
Qayta sugʻurtalovchilarningHZdagi ulushi
Qayta sugʻurtalovchilarning mukofotlar zaxirasidagi ulushi
Texnik zaxiralarning umumiy miqdori
Qayta sugʻurtalovchilarning texnik zaxiralarda umumiy ulushi
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi (jami), shu jumladan:
FJMS OChZ
IFJMS OChZ
TFJMS OChZ
Sugʻurtaning boshqa turlari boʻyicha OChZ
Boshqa sugʻurta zaxiralari
…
Sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori
Qayta sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralaridagi umumiy ulushi
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
Imzolar:
_____________________________________
______________
_________________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi
organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi
_____________________________________
______________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Muhr oʻrni (muhr mavjud
boʻlgan taqdirda)”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 580-modda)