toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2724]
Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
83-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 25-sentabrdagi 83-son buyrugʻiga
ILOVA
Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tirajli lotereya oʻyinlarini (bundan buyon matnda tiraj deb yuritiladi) oʻtkazish lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan tiraj oʻtkazish shartlariga (bundan buyon matnda oʻyin shartlari deb yuritiladi) ega boʻlgan tiraj tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Tirajni oʻtkazish uchun tiraj tashkilotchisining qarori bilan tiraj komissiyasi tuziladi. Tiraj tashkilotchisi tomonidan tiraj komissiyasining tarkibi va ish reglamenti har bir tiraj uchun alohida tasdiqlanadi.
3. Tirajni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek boshqa tashkiliy masalalarni amalga oshirish tiraj tashkilotchisining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Tirajni oʻtkazish muddatlari va joyi litsensiyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan oʻyin shartlari bilan belgilanadi.
5. Tiraj komissiyasining toʻlaqonli ishlashi va tirajni oʻtkazish uchun tirajlar tomosha zali, sahna va zarur miqdorda alohida xonalarga ega boʻlgan binolarda oʻtkaziladi. Tirajlarni oʻtkazishda zamonaviy shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kuzatuv tizimlaridan foydalanilishi mumkin.
6. Tirajlar xohlovchilarning tirajga toʻsiqsiz kirishi va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi sharti bilan ommaviy tarzda oʻtkazilishi zarur. Bunda, tirajni oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot kamida besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Ishtirokchilar tiraj komissiyasiga oʻzlarini qiziqtirayotgan tirajga doir masalalar boʻyicha savollar berishga haqli.
2-bob. Tiraj komissiyasining faoliyatini tashkil etish va uning ish tartibi
7. Tiraj komissiyasi tarkibi rais, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), tiraj komissiyasining kotibi va aʼzolaridan iborat boʻlib, 20 kishidan kam boʻlmagan holda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tiraj komissiyasi tarkibiga tegishli tashkilotlar rahbariyati bilan kelishilgan holda tiraj tashkilotchisi (tashkilotchilari), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari kiritilishi mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Tiraj oʻtkazish boʻyicha tiraj komissiyasi aʼzolari oʻrtasida majburiyatlarning taqsimlanishi tiraj komissiyasi raisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Tirajni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy masalalar
9. Tiraj tashkilotchisi tirajga qadar:
a) tiraj oʻtkazish uchun buyum nomi va soni yoki pul yutuqlarining miqdori, lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi qayd etilgan toʻrt turdagi maxsus biletlarni nashriyotda mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ikki toʻplamda tayyorlanishini taʼminlaydi;
b) plastmassadan tayyorlangan patronlarni hozirlaydi;
v) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi hisobini yuritish kartochkalarini tayyorlaydi;
g) mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash uchun kartochkalarni tayyorlaydi;
d) mazkur Yoʻriqnomaning 5, 6, 7-ilovalariga muvofiq shakldagi qaydnomalarni tayyorlaydi;
e) mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda Tirajdagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish kitobini tayyorlaydi;
j) tirajda qoʻllaniladigan maxsus biletlarning har bir turi sonining hisobini amalga oshiradi;
z) aylanadigan toʻrtta barabanni tayyorlaydi.
10. Maxsus biletlarning ikkala toʻplami tiraj komissiyasi kotibi tomonidan tiraj oʻtkazilgunga qadar sanaladi va oʻyin shartlari bilan solishtiriladi, soʻngra maxsus biletlar turlari boʻyicha banderollanib oʻraladi va tamgʻalangan holda seyfda saqlanadi. Maxsus biletlarning ikkinchi toʻplami zaxira hisoblanib, tirajni oʻtkazish jarayonida biletlarni almashtirish zaruriyati yuzaga kelgan hollarda maxsus biletlarni almashtirishda foydalaniladi.
4-bob. Tirajni oʻtkazish tartibi
11. Tiraj oʻtkaziladigan kundan bir kun avval tiraj komissiyasining tashkiliy yigʻilishi oʻtkaziladi va yigʻilishda ishtirok etayotgan tiraj komissiyasi aʼzolari alohida qaydnomada qayd etilib, tiraj komissiyasi aʼzolari tarkibi, oʻyin shartlari va tirajni oʻtkazish tartibi, ish reglamenti va majburiyatlar bilan tanishtiriladi.
12. Tiraj oʻtkaziladigan kun tiraj tashkilotchisining vakili tiraj komissiyasi aʼzolari ishtirokida lotereya biletlarini toʻliq tarqatilganligini tasdiqlovchi maʼlumotni yoki tarqatilmagan lotereya biletlarini yoʻq qilish dalolatnomasining toʻrtinchi nusxasini, tarqatilmagan lotereya biletlarini yoʻq qilish dalolatnomasining birinchi nusxasi litsenziyalovchi organga taqdim etilganligi belgisi bilan tiraj komissiyasi raisiga rasman topshiradi.
13. Shundan soʻng tiraj komissiyasi maxsus biletlarni tekshirish va patronlarga joylagan holda barabanlarga solish jarayoniga kirishadi.
14. Bunda maxsus biletlar quyidagi tartibda tekshiriladi:
tiraj komissiyasi raisi tiraj komissiyasi kotibidan tiraj uchun tayyorlangan va tamgʻalangan maxsus biletlarni qabul qilib oladi, dastalangan maxsus biletlarni ochadi va ularni birgalikda patronlar soniga mos ravishda maxsus biletlarni joylashtirishi kerak boʻlgan tiraj komissiyasi aʼzolariga beradi;
tiraj komissiyasi aʼzolari bu maxsus biletlarni, maxsus biletlar dastalangan oʻramlardagi yozuvlar bilan mosligini, shuningdek tasdiqlangan oʻyin shartlari asosida tayyorlangan maxsus biletlarning har biri turi sonining hisobini tekshiradilar. Bunda, maxsus biletlar soni va ularda aks ettirilgan buyum yutuqlari nomlari yoki pul yutuqlari miqdorlari tekshiriladi.
15. Tekshiruvdan soʻng maxsus biletlar patronlarga joylashtiriladi va tiraj komissiyasi raisiga qaytariladi.
Tiraj komissiyasi raisi olingan maxsus biletli patronlarni sanaydi, ularga maxsus biletlar toʻliq joylashtirilganligini tashqi koʻrikdan oʻtkazadi va ularni ikki nafar tiraj komissiyasi aʼzolariga qayta sanash uchun beradi.
Tekshiruv yakunlangach, tiraj komissiyasi aʼzolari tiraj komissiyasi raisining koʻrsatmasiga koʻra barabanlarni koʻrikdan oʻtkazadilar va ularda begona predmetlarning yoʻqligiga ishonch hosil qilgan holda maxsus biletli patronlarni tegishli barabanlarga quyidagi tartibda joylashtiradilar:
birinchi barabanga — buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorlari sonini belgilovchi maxsus biletli patronlar;
ikkinchi va uchinchi barabanga — sonlarning biriktirilishidan yutuqli seriyalar hosil boʻluvchi maxsus biletli patronlar solinadi. Bunda ikkinchi barabanga lotereya bileti seriyasining minglik va yuzlik raqamlarini belgilovchi maxsus biletlar, uchinchi barabanga esa, lotereya bileti seriyasining oʻnlik va birlik raqamlarini belgilovchi maxsus biletlar solinadi. Lotereya biletining yutuqli seriya raqami ikkinchi va uchinchi barabanlardan olingan maxsus biletlarda koʻrsatilgan sonlarni biriktirish orqali aniqlanadi;
toʻrtinchi barabanga — lotereya biletlari raqamini belgilovchi maxsus biletlar solinadi.
16. Maxsus biletli patronlarni tegishli barabanlarga solish jarayoni tugagandan soʻng, tiraj komissiyasi aʼzolari har bir baraban oldida ikki kishidan boʻlib, oʻz joylarini egallaydilar.
17. Yutuqlar butun seriyalar boʻyicha oʻynaladi.
Agar oʻyin shartlariga koʻra, lotereya biletlari bir necha razryadda muomalaga chiqarilgan boʻlsa, barcha razryadlardagi bir xil raqamli va seriyali lotereya biletlari yutuqli hisoblanadi.
18. Patronlar puxta aralashtirilishi uchun tiraj komissiyasi raisining koʻrsatmasiga binoan barabanlar aylantiriladi. Baraban bir necha marta (kamida uch marta) aylantirilgandan soʻng, baraban oldida joylashgan tiraj komissiyasi aʼzosi tomonidan toʻxtatiladi va baraban eshikchasini ochib, undan bir dona maxsus biletli patronni oladi va uni maxsus idishga qoʻyadi.
Bunda, tiraj komissiyasi aʼzosi barabandagi patronlarning toʻkilib ketmasligi, xatolik tufayli bitta patron oʻrniga bir nechta patronning olinmasligi chorasini koʻradi.
Tiraj komissiyasining ikkinchi aʼzosi barabandan olingan patronni olib, undan maxsus biletni chiqaradi va uni ochilgan holda tiraj komissiyasi raisi va aʼzolariga koʻrsatadi.
Barabanlardagi patronlarni aralashtirish ularning har birini barabanlardan olish oldidan amalga oshiriladi.
19. Barabanlardan maxsus biletli patronlarning olinishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda, birinchi barabandan buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorlari va soni qayd etilgan maxsus biletli patron olinadi;
soʻngra, ikkinchi va uchinchi barabanlardan — sonlarning biriktirilishidan lotereya biletining yutuqli seriya raqamlari hosil boʻluvchi bir donadan maxsus biletli patronlar olinadi.
toʻrtinchi barabandan, lotereya bileti raqami qayd etilgan maxsus biletli patron, agar birinchi barabandan yutuqli seriyadagi faqatgina bitta lotereya bileti raqamiga oʻynaladigan buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorlari va sonini belgilovchi maxsus biletli patronlar olingan hollardagina olinadi.
Agar lotereya biletlarining barcha raqamlari boʻyicha yutuqli seriyadagi bir xil yutuqlar oʻynalsa, u holda lotereya bileti raqamini belgilovchi maxsus biletli patronlar barabandan olinmaydi.
20. Tiraj komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), shuningdek tiraj komissiyasi kotibi tiraj komissiyasi aʼzolariga va zalda ishtirok etayotganlarga barabandan olingan maxsus biletdagi buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorlari, soʻngra yutgan lotereya biletining seriyasi va raqamlarini eʼlon qiladi.
Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorlarini belgilovchi maxsus biletlar eʼlon qilingandan soʻng, buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalariga yelimlaydigan tiraj komissiyasi aʼzolariga beriladi.
21. Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi barabanlardan olingan maxsus biletlar, tirajni oʻtkazish jarayonida patronlarga qayta joylanadi va maxsus bilet olingan barabanga qayta solish uchun tiraj komissiyasi aʼzolaridan biriga beriladi.
Har bir keyingi yutuqning oʻynalishi, maxsus biletlar tegishli barabanlarga joylashtirilganidan soʻnggina amalga oshiriladi.
22. Birinchi va ikkinchi barabanlardan seriya raqamlarini hosil qiluvchi nol sonlaridagi maxsus biletlar chiqarilgan taqdirda, unda tirajda oʻynalayotgan lotereya biletlarining oxirgi seriya raqamiga yutuq chiqqan hisoblanadi.
Ikkinchi va uchinchi barabanlardan olingan maxsus biletlardagi sonlarning birikmasi orqali yutuqli seriya raqami hosil boʻlib, yutuq avval oʻynalgan boʻlsa, u holda avval oʻynalgan birinchi yutuq haqiqiy hisoblanadi va tushgan seriya raqami qayta oʻynaladi.
Takroriy yutuqlar tushgan seriya raqamlari, tiraj komissiyasi aʼzosi tomonidan Tirajidagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish kitobi boʻyicha aniqlanadi va tirajda oʻynalgan seriya raqamlari qarshisida belgi qoʻyiladi.
Takroriy yutuq chiqqan seriya raqamlari aniqlanganda tiraj komissiyasi aʼzosi bu haqda tiraj komissiyasi raisiga xabar beradi.
Tiraj komissiyasi raisi takroriy yutuq chiqqan seriya raqamini Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkasidagi yozuvlar bilan tekshiradi hamda mazkur raqamdagi seriyaga avval yutuq chiqqanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng, tiraj komissiyasi aʼzolariga va tiraj ishtirokchilariga ushbu haqda eʼlon qiladi.
Qaytadan oʻynalishi lozim boʻlgan seriya raqamini belgilovchi maxsus biletlar, tegishli barabanlarga qayta solinadi va patronlar aralashtirilgandan soʻng, boshqa maxsus biletli patronlar barabandan olinadi.
Takroriy yutuq chiqqan seriya raqamlarining qayta oʻynalishida lotereya bilet raqamlari qayta oʻynalmaydi.
Takroriy yutuq chiqqan seriya raqamlarini oʻz vaqtida aniqlash masʼuliyati tiraj komissiyasi aʼzosi zimmasiga yuklanadi.
23. Agar tegishli barabanlarga qayta solinishi lozim boʻlgan maxsus biletlarga patronlardan chiqarib olish jarayonida shikast yetsa, u holda, bu maxsus biletlar tiraj komissiyasi raisining koʻrsatmasiga binoan zaxiradagi toʻplamdan yangilariga almashtiriladi. Tiraj komissiyasi raisi bunday har bir holat toʻgʻrisida tiraj komissiyasi aʼzolari va tiraj ishtirokchilarini xabardor qiladi.
24. Agar tiraj paytida barabandan ikki yoki undan ortiq patronlar toʻkilib ketsa, u holda ushbu barabandagi barcha patronlar olinib, tiraj komissiyasi raisi va tiraj komissiyasi kotibi nazoratida tiraj komissiyasi aʼzolari tomonidan qayta sanaladi. Tiraj komissiyasi aʼzolari barcha maxsus biletli patronlarning mavjudligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng, ularni tegishli barabanlarga qayta soladilar va tiraj davom ettiriladi.
Agar buyum yutuqlari nomlari yoki pul yutuqlari miqdorlari belgilangan maxsus biletli patronlarning kamligi aniqlansa, u holda barcha maxsus biletlar barabandan olinadi va unga zaxira toʻplamidagi yangi maxsus biletlar mazkur tirajda avval oʻynalgan miqdordagi yutuqli maxsus biletlar chiqarib tashlangan holda patronlarga joylashtirib solinadi va tiraj davom ettiriladi.
Agar yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi hosil boʻluvchi bir yoki bir nechta maxsus biletli patronning kamligi aniqlansa, u holda barcha maxsus biletlar barabanlardan olinadi va zaxira toʻplamidagi yangilari bilan almashtiriladi.
25. Tiraj birinchi barabandan buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdori va soni koʻrsatilgan barcha maxsus biletlar toʻliq olingunga qadar davom etadi.
26. Tiraj komissiyasi ishida tanaffus boʻlganda, maxsus biletlar solingan barabanlar va tirajda yuritilayotgan barcha hujjatlar solingan seyf muhrlanadi, hamda tirajga doir boshqa anjomlar bilan birgalikda qoʻriqlash xizmatiga qoʻriqlash uchun topshiriladi. Tiraj komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari bu haqida qoʻriqlash xizmati bilan birgalikda ikki nusxada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzadi. Muhr tiraj komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosarida saqlanadi.
Tanaffusdan soʻng tiraj komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida maxsus biletlar solingan barabanlardagi va tirajda yuritilayotgan barcha hujjatlar solingan seyfdagi muhr tamgʻasini, hamda tirajga doir boshqa anjomlarning butligini tekshirib, qoʻriqlash xizmatidan qabul qilib oladi.
27. Tiraj komissiyasining ishida mazkur Yoʻriqnomaning 26-bandida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirmagan holda tanaffus qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tanaffusdan tashqari vaqtlarda, tiraj komissiyasi aʼzolari oʻz ish joylarini faqatgina tiraj komissiyasi raisining ruxsati bilan tark etishlari mumkin.
28. Tiraj yakunlangandan va barcha qaydnomalar va kartochkalar boʻyicha yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi yozuvlari, shuningdek Tirajdagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish kitobi tekshirilishi tugagandan soʻng, tiraj komissiyasi raisining koʻrsatmasiga koʻra tiraj komissiyasi aʼzolari tomonidan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi barabanlardagi barcha maxsus biletli patronlar ulardan chiqarib olinadi, ularning soni tekshiriladi va tiraj komissiyasi kotibiga ularni keyinchalik tiraj tashkilotchisiga saqlashi uchun beriladi.
Maxsus biletlar 3 yil saqlanadi. Saqlash muddati tugagach, tiraj tashkilotchisi yuqoridagi maxsus biletlarni yoʻq qilinishini taʼminlaydi.
5-bob. Yutuqli lotereya biletlarining hisobi va yutuqlar rasmiy jadvalini tuzish
29. Tirajni oʻtkazish jarayonida tiraj komissiyasi aʼzolari yutuqli seriya raqamlari va lotereya biletlarining raqamlari hisobini quyidagi hujjatlarda yuritadilar:
yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini hisobini yuritish kartochkalarida;
buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalarida;
uch nusxada tirajda oʻynalgan yutuqlar yozuvi uchun qaydnomalarda;
tirajda yutuqlar takroriy tushgan lotereya biletlarining seriya raqamlari hisobi uchun qaydnomalarda;
tirajdagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish kitobida.
Kartochkalarda tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan kartochka darhol yoʻq qilinadi va uning oʻrniga yangisi toʻldiriladi.
Qaydnomalarga kiritilgan tuzatishlar qaydnomalarni toʻldirgan va tekshirgan tiraj komissiya aʼzolari, shuningdek tiraj komissiyasi raisi yoki tiraj komissiyasi raisi oʻrinbosari va kotibining imzolari bilan tasdiqlanishi lozim.
30. Tiraj tugagandan soʻng, barcha qaydnomalar va kartochkalardagi yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi, hujjatlarda yozuvlarni amalga oshirmagan tiraj komissiyasi aʼzolari tomonidan solishtirilishi amalga oshiriladi.
Bunda, tiraj komissiyasi kotibi lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalari boʻyicha oʻqiydi, tiraj komissiyasi aʼzolari esa, ularga tekshirish uchun berilgan hujjatlardagi yozuvlarning toʻgʻriligini kuzatib boradilar.
Tekshiruvni amalga oshirgan tiraj komissiyasi aʼzolari, oʻzlari tekshirgan hujjatlardagi yozuvlarning toʻgʻriligini imzolari bilan tasdiqlaydilar.
31. Agar lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi boʻyicha yozuvlarni solishtirishda tafovutlar aniqlansa, u holda raqamlarning toʻgʻriligi koʻproq bir xil boʻlgan yozuvli qaydnoma va kartochkalar bilan belgilanadi.
32. Tirajning barcha hujjatlari tekshirilgandan soʻng, yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi hisobini yuritish kartochkalarida, Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalar lotereya biletlari yutuqli seriyalarining oʻsib borishi tartibida yigʻiladi.
Soʻngra tiraj komissiyasi kotibi, Tirajdagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish kitobida qayd etilgan belgilarning toʻgʻriligini Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalari bilan solishtirish yoʻli orqali tekshiradi.
33. Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalari asosida besh nusxada yutuqlar rasmiy jadvali tuziladi. Yutuqlar rasmiy jadvalida tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, u holda yutuqlar rasmiy jadvalining tegishli varagʻi qayta chop etiladi.
34. Yutuqlar rasmiy jadvali quyidagi tartibda tekshiriladi:
tiraj komissiyasi raisi yoki uning koʻrsatmasi boʻyicha uning oʻrinbosari, tiraj komissiyasi kotibi, tiraj komissiyasi aʼzolaridan bir kishi Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalarni oʻqiydi;
tiraj komissiyasi raisi oʻrinbosari, tiraj komissiyasi kotibi yoki bir nafar tiraj komissiyasi aʼzosi bir nusxada chiqarilgan yutuqlar rasmiy jadvalidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradilar;
bir vaqtning oʻzida, tiraj komissiyasi aʼzolaridan biri tiraj komissiyasi aʼzolari tomonidan tekshirilgan va imzolangan Yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini hisobini yuritish kartochkalarning ikkinchi komplekti boʻyicha tekshiruvni amalga oshiradi.
35. Yutuqlar rasmiy jadvalining barcha besh nusxasi tekshirilgandan soʻng, tiraj komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari, tiraj komissiyasi aʼzolari va tiraj komissiyasi kotibi tomonidan imzolanadi. Shundan soʻng, yutuqlar rasmiy jadvalining barcha besh nusxasi shnurlanib, tiraj tashkilotchisining muhri izi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tushirilgan qogʻoz bilan yelimlanib muhrlanadi.
36. Yutuqlar rasmiy jadvalining nusxalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
birinchi nusxasi Tirajda oʻynalgan yutuqlar yozuvi uchun qaydnomaning bir nusxasi bilan doimiy saqlash uchun tiraj komissiyasi raisiga beriladi;
ikkinchi va uchinchi nusxalari tirajning boshqa barcha hujjatlari bilan birgalikda tiraj komissiyasi kotibida qoladi;
toʻrtinchi nusxasi saqlash uchun litsenziyalovchi organga taqdim etiladi;
beshinchi nusxasi matbuotda eʼlon qilish uchun gazeta(lar) tahririyatiga beriladi.
37. Tirajni oʻtkazish jarayonida tiraj komissiyasi kotibi tiraj komissiyasi ishini tavsiflovchi asosiy jihatlarni, shu jumladan, tashkiliy yigʻilishning oʻtkazilishi va unda tiraj komissiyasi aʼzolarining mazkur Yoʻriqnoma, tiraj komissiyasining ish reglamenti va uning aʼzolari oʻrtasidagi majburiyatlar taqsimotlari bilan tanishtirilishiga oid bayonnomani yuritadi.
Bayonnomada tirajning ochilish vaqti va tiraj komissiyasi ishidagi tanaffuslar, maxsus biletlarni tekshirish amalga oshirilganligi, ularni patronlar va barabanlarga joylanishi, ishlarning qaysi tiraj komissiyasi aʼzosi tomonidan amalga oshirilganligi, tiraj tugashi bilan patronlarni maxsus biletlar bilan qayta sanoqdan oʻtkazilganligi qayd etiladi.
Tirajni oʻtkazish davomida shikast yetgan maxsus biletlarni almashtirish, tiraj mexanizmlarining ishdan chiqish yoki qaysidir barabandan maxsus biletli patronlarning toʻkilib ketgan holatlari yuz bergan boʻlsa, ushbu holatlar bayonnomada batafsil aks ettirilishi lozim.
Bayonnoma tiraj komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari, tiraj komissiyasi kotibi tomonidan imzolanadi va tirajga oid boshqa barcha hujjatlar bilan birgalikda tiraj tashkilotchisida saqlanadi.
6-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
38. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

‎‎“___________________” tirajni oʻtkazish boʻyicha

‎‎tiraj komissiyasi aʼzolari oʻrtasida

‎‎MAJBURIYATLAR TAQSIMOTI

_________________________________ ‎‎

‎_________________________________‎

(kun, oy, yil)‎

(tirajni oʻtkazish joyi)‎

‎‎1. Maxsus biletlarni tekshiradi, patronlarga hamda tiraj barabanlariga joylashtiradi:
‎‎a) buyum yutuqlari nomlari yoki pul yutuqlari miqdorlari va soni qayd etilgan maxsus biletlar (____________ dona) — tiraj komissiyasi aʼzolari (5 — 6 kishi):
___________________________________ ‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

___________________________________‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

___________________________________‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

___________________________________‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

___________________________________‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

___________________________________‎‎‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎b) lotereya bileti seriyasining minglik va yuzlik raqamlarini belgilovchi maxsus biletlar (___ dona) — tiraj komissiyasi aʼzosi _______________________________________ _____________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎v) lotereya bileti seriyasining oʻnlik va birlik raqamlarini belgilovchi maxsus biletlar (______dona) — tiraj komissiyasi aʼzolari (2 kishi):

‎‎___________________________________

_____________

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎___________________________________

_________________‎

(F.I.O.)‎ ‎

(imzo)‎

‎‎g) lotereya bileti raqamlari qayd etilgan maxsus biletlar ( _______ dona) — tiraj komissiyasi aʼzolari (2 — 3 kishi):
___________________________________

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imz)‎

___________________________________‎‎‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

___________________________________‎‎‎

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎d) maxsus biletli patronlarni tegishli tiraj barabanlariga joylashtiradilar — tiraj komissiyasi aʼzolari (2 kishi):
‎‎___________________________________

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎___________________________________

_________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎2. Yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini yozadi:

‎‎1-sonli qaydnoma — tiraj komissiyasi aʼzosi _________________________ ________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎2-sonli qaydnoma — tiraj komissiyasi aʼzosi _______________________ __________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎3-sonli qaydnoma — tiraj komissiyasi aʼzosi ______________________ ___________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini hisobini yuritish kartochkalari — tiraj komissiyasi aʼzosi _________________________ ___________;

(F.I.O.)‎ ‎

(imzo)‎ ‎

‎‎buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalari — tiraj komissiyasi aʼzosi _____________________________________ _______________.

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎ ‎

‎‎3. Tirajda yutuqlar takroriy tushgan lotereya biletlarining seriya raqamlari hisobi uchun qaydnomani yuritadi — tiraj komissiyasi aʼzosi _______________________________________ __________________.

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎ ‎

‎‎4. Tirajdagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish kitobiga belgilar qoʻyadi va yutuqlar takroriy tushgan biletlar seriya raqamlarini aniqlaydi — tiraj komissiyasi aʼzosi _________________________________ _____________.

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎ ‎ ‎
‎‎5. Tiraj barabanlari oldida navbatchilik qiladilar:
‎‎a) buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorlari belgilangan maxsus biletli patronlar solingan barabanda:
‎‎eshikchani ochadi — tiraj komissiyasi aʼzosi _______________________ __________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎maxsus biletlarni koʻrsatadi — tiraj komissiyasi aʼzosi
‎ _______________________________________ __________;

(F.I.O.)‎ ‎‎

(imzo)‎ ‎

‎b) lotereya biletlarining seriya raqamlarida minglik va yuzliklarni belgilovchi maxsus biletli patronlar solingan barabanda:
‎‎eshikchani ochadi — tiraj komissiyasi aʼzosi ____________________________________ ________________;

(F.I.O.)‎ ‎‎

(imzo)‎

‎‎maxsus biletlarni koʻrsatadi — tiraj komissiyasi aʼzosi ____________________________________ _________________;

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎v) lotereya biletlarining seriya raqamlarida oʻnlik va birliklarni belgilovchi maxsus biletli patronlar solingan barabanda:
‎‎eshikchani ochadi — tiraj komissiyasi aʼzosi _______________________ __________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎maxsus biletlarni koʻrsatadi — tiraj komissiyasi aʼzosi ___________________________________ ______________;

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎
‎‎g) lotereya bileti raqamlarini belgilovchi maxsus biletli patronlar solingan barabanda:
‎‎eshikchani ochadi — tiraj komissiyasi aʼzosi ________________________ __________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎maxsus biletlarni koʻrsatadi — tiraj komissiyasi aʼzosi
‎____________________________________ _______________.

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎6. Kartochkalar va qaydnomalardagi yozuvlarning toʻgʻriligini solishtiradi:
‎‎yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalari boʻyicha buyum yutuqlari nomlari yoki pul yutuqlari miqdorlari, yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini oʻqiydi — tiraj komissiyasi kotibi ____________________________ _____________;

‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎ ‎

‎‎Yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini hisobini yuritish kartochkalari toʻplamidagi yozuvlarning toʻgʻriligini tekshiradilar, imzolaydilar — tiraj komissiyasi aʼzolari (2 kishi):

‎‎___________________________________

_________________;‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎___________________________________

_________________;‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎1-sonli qaydnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligini tekshiradi — tiraj komissiyasi aʼzosi ____________________________________ __________________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎2-sonli qaydnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligini tekshiradi — tiraj komissiyasi aʼzosi ___________________________________ __________________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎3-sonli qaydnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligini tekshiradi — tiraj komissiyasi aʼzosi — tiraj komissiyasi raisining oʻrinbosari ________________________________ ________________.

(F.I.O.)‎ ‎

(imzo)‎

‎‎7. Kartochkalarni yutuqli seriya raqamlarining oʻsib borishi tartibida joylashtiradi — tiraj komissiyasi kotibi va tiraj komissiyasi aʼzosi ______________________________ _______________.

(F.I.O.)‎ ‎

(imzo)‎

‎‎8. Yutuqlar rasmiy jadvalini tekshiradilar:

‎‎yutuqli maxsus biletlarni yelimlash kartochkalari boʻyicha buyum yutuqlari nomlari yoki pul yutuqlari miqdorlari, yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasini oʻqiydi — tiraj komissiyasi aʼzosi
‎__________________________ _______________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎tiraj komissiyasi aʼzolari imzolagan kartochkalar boʻyicha oʻqilgan yutuqli lotereya biletlarining raqamlari va ularning seriyasi, buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdorining toʻgʻriligini tekshiradi — tiraj komissiyasi aʼzosi __________________________________ ________________;

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

‎‎Yutuqlar rasmiy jadvalining bir nusxasini tekshiradi — tiraj komissiyasi raisining oʻrinbosari — moliya organi vakili, tiraj komissiyasi aʼzosi va tiraj komissiyasi kotibi _________________________________ __________.

(F.I.O.)‎ ‎‎

(imzo)‎ ‎


‎Tiraj komissiyasi raisi‎


‎Tiraj komissiyasi kotibi

_______________________________‎

‎____________________________

(F.I.O.) (imzo)‎

(F.I.O.) (imzo)‎

Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Oʻyin shartlaridan kelib chiqqan holda tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazishda ishlatiladigan maxsus biletlar
NAMUNALARI
1. Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlari miqdori va soni belgilangan maxsus biletlar:

‎‎LOTEREYA TASHKILOTCHISINING NOMI

‎‎Oʻyin nomi

‎‎Chiqarish raqami ___________

‎‎“NEKSIYA” AVTOMOBILI

‎‎Bahosi _____________________ soʻm

‎‎va 199 ta 1 000 soʻmdan yutuq

2. Seriya raqamlarida minglik va yuzliklarni belgilovchi maxsus biletlar:

‎‎LOTEREYA TASHKILOTCHISINING NOMI

‎‎Oʻyin nomi

‎‎Chiqarish raqami _____________

‎‎LOTEREYA BILETINING SERIYA RAQAMI

‎‎№0000

3. Seriya raqamlarida oʻnlik va birliklarni belgilovchi maxsus biletlar:

‎‎LOTEREYA TASHKILOTCHISINING NOMI

‎‎Oʻyin nomi

‎‎Chiqarish raqami ____________

‎‎LOTEREYA BILETINING SERIYA RAQAMI

‎‎№00

4. Lotereya bileti raqamlarini belgilovchi maxsus biletlar:

‎‎LOTEREYA TASHKILOTCHISINING NOMI

‎‎Oʻyin nomi

‎‎Chiqarish raqami ______________

‎‎LOTEREYA BILETINING RAQAMI

‎‎№000

Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Yutuqli lotereya biletlarining raqami va ularning seriyasi hisobini yuritish
KARTOCHKASI

‎‎Lotereya nomi

‎‎Chiqarish raqami _________________

_____________________________‎

________________________________‎

(kun, oy, yil) ‎

(tirajni oʻtkazish joyi‎,)

‎‎_________________________________________________________________
Seriya raqami ____________________‎ Bilet raqami _____________________‎
‎‎Buyum yutugʻi nomi yoki pul yutugʻi miqdori_______________________________
‎‎Tiraj komissiyasi aʼzosi:___________________________________________
(F.I.O.) (imzo)‎
Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdori va sonini koʻrsatgan holda yutuqli maxsus biletlarni yelimlash
KARTOCHKASI

‎‎Lotereya nomi

‎‎Chiqarish raqami ___________
‎‎

_______________________‎

_______________________‎

(kun, oy, yil) ‎

(tirajni oʻtkazish joyi,‎)

________________________________________________________________________‎‎

‎Seriya raqami ____________‎

‎Bilet raqami ____________‎

Buyum yutuqlari nomi yoki pul yutuqlarining miqdorini koʻrsatgan holda maxsus biletlarni yelimlash uchun joy‎

‎‎

‎Tiraj komissiyasi aʼzosi:__________________________________________________

(F.I.O.) (imzo)‎


Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
“___________________” tirajida oʻynalgan yutuqlar yozuvi uchun
QAYDNOMA

T/r‎

Buyum yutugʻi nomi yoki pul yutugʻi miqdori ‎

Seriya raqami‎

Lotereya bileti raqami‎

Takroran chiqqan raqamlar qaytadan oʻynalganda, yutuqlar quyidagi seriya raqamlariga tushdi‎

‎‎Yozuvni amalga oshirgan

‎‎Yozuvni tekshirgan

‎‎tiraj komissiyasi aʼzosi

‎‎tiraj komissiyasi aʼzosi

‎‎_________________

‎‎_______________________________

‎‎(F.I.O.) (imzo)

‎‎(F.I.O.) (imzo)

‎‎‎‎20______ y. “______” ________________

Izoh: yutuqli lotereya biletlarining seriya va bilet raqamlari qaydnomada barabanlardan maxsus biletlarning olinishi tartibida yoziladi. Qaydnomadagi qatorlar soni, yutuqlar tirajida qoʻllaniladigan biletlar hisobiga mos ravishda belgilanadi.
Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
6-ILOVA
“___________________” tirajida yutuqlar takroriy tushgan lotereya biletlarining seriya raqamlari hisobi uchun
QAYDNOMA

T/r‎

Buyum yutugʻi nomi yoki pul yutugʻi miqdori ‎

Seriya raqami‎

Lotereya bileti raqami‎

Takroran chiqqan raqamlar qaytadan oʻynalganda, yutuqlar quyidagi seriya raqamlariga tushdi‎

‎‎Yozuvni amalga oshirgan

‎‎Yozuvni tekshirgan

‎‎tiraj komissiyasi aʼzosi

‎‎tiraj komissiyasi aʼzosi

‎‎_________________

‎‎_______________________________

‎‎(F.I.O.) (imzo)

‎‎(F.I.O.) (imzo)

‎‎‎‎20______ y. “______” ________________

Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
7-ILOVA
“___________________” tirajini oʻtkazish boʻyicha tiraj komissiyasi aʼzolarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
QAYDNOMA

‎‎“___________________” tirajini oʻtkazish
‎boʻyicha tiraj komissiyasi aʼzolarini
‎ roʻyxatdan oʻtkazish uchun
‎QAYDNOMA

‎‎Sana _________________

‎‎Tirajni oʻtkazish joyi

‎(kun,oy, yil)

T/r‎‏

F.I.O.‎‎‏

Ish joyi‎‎‏

Lavozimi‎‎‏

Tiraj komissiyasi aʼzosining imzosi‎‎‎

dastlabki tashkiliy yigʻilishda

asosiy tiraj boshlangunga qadar‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎


‎‎‎‎Tirajni oʻtkazish boʻyicha tiraj komissiyasi kotibi,
‎ tiraj komissiyasi aʼzosi
‎_____________________ _________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎20___ y. “___” ____________

Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
8-ILOVA
“___________________” tirajidagi yutuqli lotereya biletlarining seriya raqamlarini qayd etish
KITOBI
000‎ 001 ‎ 002 ‎ 003 ‎ 004 ‎ 005 ‎ 006 ‎ 007 ‎ 008 ‎ 009 ‎ 010 ‎ 011 ‎ 012 ‎ 013 ‎ 014 ‎ 015 ‎ 016 ‎ 017 ‎ 018 ‎ 019 ‎ 020 ‎ 021 ‎ 022 ‎ 023 ‎ 024 ‎
025‎ 026 ‎ 027 ‎ 028 ‎ 029 ‎ 030 ‎ 031 ‎ 032 ‎ 033 ‎ 034 ‎ 035 ‎ 036 ‎ 037 ‎ 038 ‎ 039 ‎ 040 ‎ 041 ‎ 042 ‎ 043 ‎ 044 ‎ 045 ‎ 046 ‎ 047 ‎ 048 ‎ 049 ‎
050 ‎ 051 ‎ 052 ‎ 053 ‎ 054 ‎ 055 ‎ 056 ‎ 057 ‎ 058 ‎ 059 ‎ 060 ‎ 061 ‎ 062 ‎ 063 ‎ 064 ‎ 065 ‎ 066 ‎ 067 ‎ 068 ‎ 069 ‎ 070 ‎ 071 ‎ 072 ‎ 073 ‎ 074 ‎
075 ‎ 076 ‎ 077 ‎ 078 ‎ 079 ‎ 080 ‎ 081 ‎ 082 ‎ 083 ‎ 084 ‎ 085 ‎ 086 ‎ 087 ‎ 088 ‎ 089 ‎ 090 ‎ 091 ‎ 092 ‎ 093 ‎ 094 ‎ 095 ‎ 096 ‎ 097 ‎ 098 ‎ 099 ‎
….‎ …. ‎ ...*) ‎
* va h. k. seriya raqamlarining har bir mingtaligining 999 igacha.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 556-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)