1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzstandart” agentligi belgilangan tartibda:
2014-yil 5-aprelgacha akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilishda yangi guvohnomalar ularni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab rasmiylashtirilishini;
muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-oktabr,
292-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga 1-ILOVA
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Milliy akkreditatsiya organi — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
Akkreditatsiya qilish kengashi — Milliy akkreditatsiya organi, muvofiqlikni baholash sohasida vakolatli vazirliklar va idoralar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat boʻlgan doimiy ishlaydigan organ, akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini oʻtkazish ishlari natijalarini koʻrib chiqish hamda tavsiya tusidagi xulosalar berish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
ariza beruvchi — akkreditatsiya olishga talabgor boʻlgan yuridik shaxs;
muvofiqlikni baholash organi — yuridik shaxslar hisoblangan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlarni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
metrologik xizmat — yuridik shaxslarning davlat organlari va metrologik xizmatlari tarmogʻi hamda ularning oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga qaratilgan faoliyati;
akkreditatsiya qilish sohasi — akkreditatsiya qilishda Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan muvofiqlikni baholash organining faoliyati sohasi;
akkreditatsiya qilish obyekti — muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat;
akkreditatsiya qilish shartlari — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarda belgilangan talablar majmui. Akkreditatsiya qilish obyekti ushbu talablarga muvofiq boʻlishi kerak;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma — akkreditatsiya qilish sohasidagi ishlarni bajarish uchun muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning malakali ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
sifat boʻyicha ekspert-auditor — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni bajarish uchun tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassis;
texnik ekspert — muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni tashkil etishga, jarayonga yoki faoliyatga doir maxsus bilimlarga va tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
xodimlar — muvofiqlikni baholash ishlarini oʻtkazish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlgan mutaxassislar;
birinchi tomon — ishlab chiqaruvchining yoki xizmatlar koʻrsatuvchining manfaatlarini ifodalovchi yuridik shaxslar;
ikkinchi tomon — muvofiqligi baholanayotgan obyektdan isteʼmolchi sifatida manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
uchinchi tomon — birinchi va ikkinchi tomondan mustaqil boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
3. Mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, shuningdek metrologik ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda va normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash borasida oʻzining malakali ekanligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan Milliy akkreditatsiya organiga murojaat qilgan talabgor akkreditatsiya qilinadi.
4. Akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilinayotgan obyektning malakali ekanligini va uning mustaqilligini rasman tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.
5. Quyidagilar akkreditatsiya qilishning umumiy shartlari hisoblanadi:
a) shtatida akkreditatsiyaning ariza berilayotgan sohasida malakali xodimlarning mavjudligi;
b) sifat menejmentining amaldagi tizimi mavjudligi;
v) muvofiqligi baholanayotgan obyektlar uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi.
6. Quyidagilar ariza beruvchini mahsulotni sertifikatlashtirish organi va/yoki sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
a) akkreditatsiya qilinayotgan obyektning ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijro etuvchilar va isteʼmolchilardan mustaqilligi;
v) shtatida sifat boʻyicha kamida ikki nafar ekspert-auditorning mavjudligi;
g) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan baholanayotgan obyektning asosiy koʻrsatkichlari aksariyat qismini belgilovchi, oʻzining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining (markazining) mavjudligi;
d) baholanayotgan obyekt asosiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismini aniqlashni taʼminlovchi akkreditatsiya qilingan oʻzga sinov laboratoriya (markaz)lari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimlarning mavjudligi.
7. Quyidagilar ariza beruvchini xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
a) baholanayotgan tarafdan mustaqillik;
b) shtatida sifat boʻyicha kamida ikki nafar ekspert-auditorning mavjudligi.
8. Quyidagilar ariza beruvchini yuk ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
a) mahsulotni sertifikatlashtirish organlari va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimlar;
b) mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob-uskunalar yoki laboratoriyalar;
v) Xalqaro inspeksiya agentliklari federatsiyasining yukni ortishdan oldin inspeksiya oʻtkazishga doir talablariga javob beradigan tashkilotlar bilan bitimlar;
g) Xalqaro inspeksiya agentliklari federatsiyasiga aʼzolikni tasdiqlovchi hujjat (Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun) mavjudligi.
9. Mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni, sertifikatlashtirish organi, sertifikatlash boʻyicha inspeksiya organi va yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtida inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organining rahbari sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
10. Sinov va oʻlchov laboratoriyalarini (markazlarini) va metrologik xizmatni akkreditatsiya qilish uchun quyidagilarning mavjud boʻlishi qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
a) sinov va/yoki oʻlchov usullarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning tegishli talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit sharoitlari;
v) akkreditatsiya qilishning koʻrsatilgan sohasiga muvofiq sinov va/yoki oʻlchovlarni oʻtkazishni taʼminlovchi sinov vositalari va/yoki oʻlchov vositalari.
11. Sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) ularda uchinchi tomon maqomi mavjud boʻlganda mustaqil ekanligi sifatida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
II bob. Akkreditatsiya qilish tartibi
1-§. Akkreditatsiya qilish bosqichlari
12. Ariza beruvchilarni akkreditatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
a) akkreditatsiya qilishga buyurtmanoma berish;
b) taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning butligini va toʻliqligini tahlil qilish hamda akkreditatsiya qilish ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki taqdim etilgan hujjatlarni puxtalashtirish uchun qaytarish, ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirilgan holda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
v) akkreditatsiya obyektini baholash, baholash dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda akkreditatsiya obyektini baholash uchun komissiya tuzish;
g) akkreditatsiya obyektini baholash natijalarini va tuzatish ishlari (baholashda nomuvofiqlar aniqlangan taqdirda) samaradorligini tahlil qilish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan ariza beruvchini akkreditatsiya qilish yoki Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
d) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish va berish.
13. Akkreditatsiya qilishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqichning natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda bajariladi.
14. Akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish) ishlari uchun toʻlov ariza beruvchi tomonidan bosqichma-bosqich, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Ariza beruvchi, akkreditatsiya qilish natijalaridan qatʼi nazar, akkreditatsiya boʻyicha ishlarni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni bosqichma-bosqich tuziladigan shartnomaga muvofiq toʻlashi shart.
16. Takroriy akkreditatsiya qilish ushbu Nizom II bobining 2-paragrafiga muvofiq oʻtkaziladi.
2-§. Akkreditatsiyani oʻtkazish
17. Ariza beruvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha akkreditatsiya qilishga buyurtmanomani Milliy akkreditatsiya organiga yuboradi, unga ushbu Nizomning 19 — 21-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qiladi.
18. Ariza beruvchi akkreditatsiya qilishga buyurtmanomani, unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Buyurtmanoma elektron shaklda berilgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi hujjatlarning rasmi olingan versiyasini ekspertizaga qabul qiladi, soʻngra ularni akkreditatsiya obyektining muvofiqligi baholanadigan joyga borgan vaqtda asl nusxasi bilan taqqoslaydi. Milliy akkreditatsiya organi elektron shakldagi buyurtmanoma olingani toʻgʻrisida ariza beruvchi xabardor qilinishini taʼminlaydi.
19. Mahsulotlar, menejment tizimlari, xodimlarni va sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organini sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilish organiga beriladigan buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) akkreditatsiya qilinishi soʻralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxati;
b) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari va muvofiqlikni tasdiqlash boʻyicha ishlarni bajarish qoidalaridan iborat boʻlgan sifat boʻyicha qoʻllanma;
v) xodimlar va sifat boʻyicha ekspert-auditorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
20. Sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalarini (markazlarini) va/yoki metrologik xizmatni akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi:
a) akkreditatsiya sohasini belgilovchi akkreditatsiya qilish soʻralayotgan sinovlar usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchovlar turlari roʻyxati;
b) sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyasi (markazi)ning va/yoki metrologik xizmatning pasporti;
v) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan iborat boʻlgan sifat boʻyicha qoʻllanmalar.
21. Yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazuvchi inspeksiya organini akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi:
a) akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash obyektlarini akkreditatsiya qilishning soʻralayotgan obyektlari roʻyxati;
b) muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan iborat boʻlgan sifat boʻyicha qoʻllanmalar;
v) xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) yukni ortishdan oldin yoki yukni tushirish vaqtida ariza beruvchi ular bilan birga ishlashni moʻljallayotgan muvofiqlikni baholash organlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
22. Ushbu Nizomning 19 — 21-bandlarida koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Ushbu Nizomning 19 — 21-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
23. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra akkreditatsiya qilish obyektiga taalluqli qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
24. Buyurtmanomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Milliy akkreditatsiya organi tomonidan 3 ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilish ishlarini oʻtkazish yoki hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda ularni puxtalashtirishga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
25. Akrreditatsiya qilish ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi ekspertiza boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 20 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarning ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi. Ekspertiza natijalari xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
26. Ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi mutaxassislari tomonidan yoki uning topshirigʻi boʻyicha boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat boʻyicha ekspert-auditori tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertiza boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat boʻyicha ekspert-auditori tomonidan oʻtkazilgan taqdirda toʻlov ariza beruvchi tomonidan ushbu tashkilotga oʻtkaziladi.
27. Ekspertiza natijalari salbiy boʻlgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi 3 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga uning akkreditatsiya qilish shartlariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda yozma bildirishnoma yuboradi. Bunda ariza beruvchiga koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni 20 ish kuni mobaynida bartaraf etish va hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etish imkoniyati beriladi.
28. Milliy akkreditatsiya organining bildirishnomasida koʻrsatilgan nomuvofiqliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Buyurtmanoma takroriy koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Belgilangan muddat tugagandan keyin berilgan buyurtmanoma yangidan berilgan hisoblanadi.
29. Takroriy ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi yoki dastlabki ekspertizani oʻtkazgan boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat boʻyicha ekspert-auditori tomonidan oʻtkaziladi.
30. Takroriy ekspertiza natijasi salbiy boʻlgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi ariza beruvchini uning akkreditatsiya qilish shartlariga nomuvofiqligi sababli akkreditatsiya qilishning rad etilgani toʻgʻrisida 3 ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
31. Ekspertizaning ijobiy natijalari boʻyicha Milliy akkreditatsiya organi akkreditatsiya qilish obyektining muvofiqligini baholash uchun komissiyani (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) 10 ish kuni mobaynida tuzadi, obyektning haqiqiy holatini oʻrganish hamda uning:
buyurtmanomada taqdim etilgan hujjatlarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va akkreditatsiya qilishning belgilangan shartlariga muvofiqligini;
koʻrsatilgan funksiyalarni bajarishga qodirligini baholash komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
32. Komissiya Milliy akkreditatsiya organi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Buyruqda komissiyaning tarkibi, akkreditatsiya qilish obyektining muvofiqligini baholashning maqsadi, sanasi, muddati va joyi koʻrsatiladi.
33. Komissiya raisi sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar orasidan tayinlanadi.
34. Komissiyani tuzishda komissiya tarkibiga kiritiladigan shaxslarning xolisona baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan layoqati, bilimlari va koʻnikmalari hisobga olinadi.
35. Zarur boʻlgan taqdirda komissiyaga texnik ekspertlar jalb etilishi mumkin. Texnik ekspertlar sifat boʻyicha ekspert-auditor rahbarligida ishlashi kerak.
36. Komissiya ishlarining dasturi Milliy akkreditatsiya organining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va komissiya ishlarining dasturi komissiya baholashni oʻtkazish uchun joʻnab ketgungacha tanishish maqsadida ariza beruvchiga taqdim etiladi.
37. Komissiya ishlarining davom etishi 20 ish kunidan oshmasligi kerak. Akkreditatsiya qilish obyektining muvofiqligini baholash natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq baholash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
38. Ariza beruvchi komissiya xulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda rozi emasligi toʻgʻrisida yozma eʼtiroz taqdim etishi mumkin, u baholash dalolatnomasiga ilova qilinadi.
39. Oʻtkazilgan baholash yakunlari boʻyicha Milliy akkreditatsiya organi masalaning 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
40. Milliy akkreditatsiya organi 3 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashining tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida yoki ariza beruvchiga aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun 30 ish kunidan iborat boʻlgan muddat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
41. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar belgilangan muddatlarda taqdim etilgan taqdirda komissiya Milliy akkreditatsiya organining buyrugʻi asosida 5 ish kunidan oshmaydigan muddatda kamchiliklarni bartaraf etishning holatini oʻrganadi va nazorat dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
42. Oʻtkazilgan takroriy baholash yakunlari boʻyicha hujjatlar komissiya tomonidan taqdim etilgandan keyin masala 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
43. Milliy akkreditatsiya organi 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
44. Aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish taʼminlanmagan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
45. Akkreditatsiyani oʻtkazish muddati akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 130 ish kunidan oshmasligi kerak.
3-§. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish
46. Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ijobiy boʻlgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi ariza beruvchiga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani 3 ish kuni mobaynida beradi.
47. Uchinchi tomon hisoblanadigan sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalariga (markazlariga) texnik jihatdan malakalilik va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalar beriladi. Birinchi yoki ikkinchi tomonning sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalariga (markazlariga) faqat texnik jihatdan malakalilik uchun akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalar beriladi.
48. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestri deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
49. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomada yoki unga ilovada akkreditatsiya qilinganlikning sohasi koʻrsatiladi.
50. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.
51. Akkreditatsiya qilish obyektining faoliyatini akkreditatsiyaning belgilangan shartlariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiya nazoratidan oʻtkazish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan ushbu Nizomning IV bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
III bob. Akkreditatsiya qilish sohasini oʻzgartirish
1-§. Akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish
52. Akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirishga talabgor boʻlgan muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organ va/yoki metrologik xizmat Milliy akkreditatsiya organiga akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish yuzasidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq buyurtmanoma yuboradi.
53. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari va sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organlari uchun:
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini belgilaydigan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxati;
sifat boʻyicha qoʻllanmaga muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini bajarish qoidalari boʻyicha va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari boʻyicha qoʻshimcha;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan akkreditatsiya qilish sohasiga qoʻshimcha ravishda kiritiladigan baholanayotgan obyektlar asosiy koʻrsatkichlarining aksariyat qismini aniqlashni taʼminlaydigan, oʻzining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi)ning mavjudligi toʻgʻrisida axborot;
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasidagi baholanayotgan obyektlar asosiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismini aniqlashni taʼminlovchi akkreditatsiya qilingan oʻzga sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimlarning mavjudligi;
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) xizmatlar, menejment tizimlari va xodimlarni sertifikatlashtirish organlari uchun:
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlaydigan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxati;
sifat boʻyicha qoʻllanmaga muvofiqlikni tasdiqlash boʻyicha ishlarni bajarish qoidalari va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari boʻyicha qoʻshimcha;
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalari (markazlari), metrologik xizmatlar uchun:
sinov usullarining (metodikalarining) va/yoki akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlovchi oʻlchovlar turlarining akkreditatsiya qilishga soʻralayotgan roʻyxati;
sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyasi (markazi)ning va metrologik xizmatining pasporti;
g) yukni ortishdan oldingi va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organlari uchun:
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlaydigan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxati;
muvofiqlikni tasdiqlash va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari boʻyicha ishlarni bajarish qoidalariga qoʻshimcha;
muvofiqlikni baholash organlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ariza beruvchi ular bilan akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlovchi baholash obyektlarini yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazishda ishlashni moʻljallaydi;
akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
54. Akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish ushbu Nizomning 23 — 44-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
55. Muvofiqlikni baholash organini va/yoki metrologik xizmatni akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirishda Milliy akkreditatsiya organi tomonidan ularni akkreditatsiya qilish sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
56. Akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirish Milliy akkreditatsiya organining qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasi;
muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijalari.
57. Muvofiqlikni baholash organini va/yoki metrologik xizmatni akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirishda Milliy akkreditatsiya organi tomonidan ularni akkreditatsiya qilish sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
IV bob. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi
1-§. Umumiy qoidalar
58. Akkreditatsiya qilishda belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning butun amal qilish muddati mobaynida amalga oshiriladi.
59. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qoʻllanishi, sifat menejmenti joriy etilgan tizimining samaradorligi, amalga oshirilayotgan faoliyatning akkreditatsiya qilishning tasdiqlangan sohasiga muvofiqligi, sertifikatlashtirish, inspeksiya nazorati va sinovlar boʻyicha bajarilgan ishlar mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni hamda menejment tizimlarini va inspeksiya organlarini sertifikatlashtirish organlari faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish obyektlari hisoblanadi.
60. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qoʻllanishi, sifat menejmenti joriy etilgan tizimining samaradorligi, akkreditatsiya qilishning belgilangan sohasida amalga oshirilayotgan faoliyatning muvofiqligi, sinov va oʻlchovlar vaqtida rasmiylashtiriladigan protokollar, oʻlchov vositalarini sinov hamda oʻlchov va sinovlar vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish sertifikatlari sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish obyektlari hisoblanadi.
61. Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazorati akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi bitimlar asosida, joyiga borgan holda, har yili koʻpi bilan bir marta, Milliy akkreditatsiya organi rahbari tomonidan har yili tasdiqlanadigan inspeksiya nazoratining reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
62. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish ishlari uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
63. Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini oʻtkazish Milliy akkreditatsiya organiga akkreditatsiya qilish shartlari buzilishining hujjatlar bilan tasdiqlangan holatlari yoki asoslanmagan va noqonuniy harakatlar, shu jumladan tijorat siri hisoblanadigan maʼlumotlarning oshkor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushgan taqdirda amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati oʻtkazilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
2-§. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish
64. Inspeksiya nazorati ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
65. Milliy akkreditatsiya organi rahbarining buyrugʻi muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun asos hisoblanadi, ushbu buyruqda inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi komissiyaning tarkibi va uni oʻtkazishning aniq muddatlari koʻrsatiladi, shuningdek ishlarning obyektlari, roʻyxati va hajmi koʻrsatilgan inspeksiya nazoratining dasturi tasdiqlanadi.
Inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati muvofiqlikni baholash organi va/yoki metrologik xizmat bilan kelishilgan boʻlishi va 20 ish kunidan oshmasligi kerak.
66. Komissiyani sifat boʻyicha ekspert-auditor boshqaradi. Muvofiqlikni baholash organini va metrologik xizmatni akkreditatsiya qilish sohasiga bogʻliq holda komissiya tarkibiga inspeksiya nazoratini oʻtkazishda koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha malakali mutaxassislar (sifat boʻyicha ekspert-auditorlar va (yoki) sinovlar turlari boʻyicha texnik ekspertlar, tayyorlovchilarning, nazorat qilish organlarining, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining vakillari) qoʻshimcha ravishda kiritilishi mumkin.
67. Komissiya aʼzolari maxfiylikni taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etishlari kerak.
68. Komissiya rahbari inspeksiya nazorati boshlanishidan oldin muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat rahbarini inspeksiya nazoratining maqsadi va shartlari, komissiya aʼzolari bilan tanishtirishi, shuningdek unga, olingani toʻgʻrisida imzo qoʻydirgan holda, buyruq va dasturning bir nusxadan taqdim etishi shart.
69. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkaziladigan mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, menejment tizimlarini va inspeksiya organini sertifikatlashtirish boʻyicha organlar faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
a) ularning mustaqilligi va akkreditatsiya shartlarining bajarilishi;
b) akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish (zarur boʻlgan taqdirda);
v) muvofiqlikni baholashning oʻtkazilgan ishlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va muvofiqligi (buyurtmanomalar, muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari, sinovlar dasturlari, sinovlar protokollari, ishlab chiqarishlarni tekshirish dalolatnomalari va boshqalar);
g) muvofiqlikni baholash boʻyicha qarorlar qabul qilishning asoslanganligi;
d) muvofiqlikni baholash boʻyicha ishlarning natijalari hisobini yuritish va roʻyxatdan oʻtkazish;
e) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hisobga olish va koʻrib chiqish;
j) texnik jihatdan tartibga solishga doir tegishli normativ hujjatlar bilan taʼminlanganlik, ularning amal qilish muddatlari, ularga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritilganligi;
z) olingan muvofiqlik sertifikatlarini va muvofiqlik belgisini qoʻllashda buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar qoʻllash holatlari;
i) xodimlarning layoqatliligi va malakasining bajariladigan funksiyalarga muvofiqligi, sertifikatlashtirish organining xodimlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha faoliyati, lavozim yoʻriqnomalarining mavjudligi va muhimligi;
k) sertifikatlashtirishga ariza beruvchilarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan axborotlarning maxfiyligini taʼminlash;
l) ular boʻyicha qatʼiy hisobot beriladigan blankalarning hisobi.
70. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkaziladigan sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) hamda metrologik xizmat faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish vaqtida quyidagilar tekshiriladi:
a) sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari)ning, shuningdek metrologik xizmatning mustaqilligi;
b) sinovlar, tekshirishlar, oʻlchash va metrologik attestatsiya protokollarining va/yoki sertifikatlarining mavjudligi, toʻliqligi va ularni taqdim etish hamda rasmiylashtirishning toʻgʻriligi, shuningdek ularni hisobga olish va saqlash tizimi;
v) oʻlchovlar va sinovlar vositalarining maqbul darajadagi sinovlarini (oʻlchovlarini), tekshirishlarni, oʻlchovlarni hamda metrologik attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
g) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hisobga olish va koʻrib chiqish;
d) texnik jihatdan tartibga solishga doir tegishli normativ hujjatlar bilan taʼminlanganlik, ularning amal qilish muddatlari, ularga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritilganligi;
e) xodimlarning layoqatliligi va malakasining bajariladigan funksiyalarga muvofiqligi, xodimlarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha sertifikatlashtirish organining faoliyati lavozim, yoʻriqnomalarining mavjudligi va dolzarbligi;
j) sinovlar (oʻlchovlar), tekshirishlar, metrologik attestatsiyani oʻtkazish xonalari va shartlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
z) sinov va oʻlchov vositalari va boshqa texnik vositalar, shuningdek davlat standarti namunalari, boshqa toifalardagi standart namunalari, attestatsiyadan oʻtkazilgan aralashmalar bilan taʼminlanganlik, ularning oʻz vaqtida tekshirib koʻrilganligi;
i) sinovlar va oʻlchovlarni, tekshirishlarni, shuningdek sifat menejmenti tizimi tartib-taomillarini reglamentlovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;
k) boshqa sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmatlar, mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni, menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari va inspeksiya organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda axborotlarning maxfiyligini taʼminlash;
l) ular yuzasidan qatʼiy hisobot beriladigan blankalarni hisobga olish;
m) laboratoriyalararo taqqoslashlarning natijalari. Zarurat boʻlganda, laboratoriyalararo taqqoslashlar oʻtkazilmagan taqdirda sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari)ning vakolatliligini tasdiqlash uchun nazorat komissiya tomonidan sinovlar (oʻlchovlar), tekshirishlar, oʻlchashni, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish talab qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Nazorat sinovlari (oʻlchovlari) amalga oshiriladigan mahsulotlarning turi, mahsulotlarning tekshiriladigan tavsiflari, namunalarni (sinovlarni) tayyorlash va tanlab olish, tavsifnomalar maʼlumotlarining anonimligini taʼminlash nazorat sinovlari (oʻlchovlar) dasturida belgilanadi.
Inspeksiya nazorati davomida nomuvofiqliklar aniqlanganda nomuvofiqlik toʻgʻrisida protokol rasmiylashtiriladi.
71. Muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra komissiya tomonidan muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning akkreditatsiya qilish shartlariga muvofiqligi haqidagi umumiy bahodan iborat boʻlgan hujjat ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Uning birinchi nusxasi muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmatning rahbariga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa Milliy akkreditatsiya organiga taqdim etish uchun komissiya rahbarida qoladi. Inspeksiya nazorati dalolatnomasi komissiyaning aʼzolari hamda muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmatning rahbari tomonidan imzolanadi. U inspeksiya nazorati natijalariga qoʻshilmasa, oʻzining alohida fikrini bayon qilishi mumkin.
72. Milliy akkreditatsiya organi inspeksiya nazorati boʻyicha natijalar komissiya tomonidan taqdim etilgandan keyin 5 ish kuni mobaynida Kengashda masalaning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
73. Milliy akkreditatsiya organi 5 ish kuni mobaynida Kengashning tavsiyalarini inobatga olgan holda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani belgilangan tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
V bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish hamda uni bekor qilish
74. Milliy akkreditatsiya organining muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqidagi qarori inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda qabul qilinadi.
75. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi inspeksiya nazorati vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda toʻxtatib turilishi mumkin.
76. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan toʻxtab turiladi. Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa 10 ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
77. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan 3 kundan boshlab kechikmay yozma shaklda muvofiqlikni baholash organiga va metrologik xizmatga yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga, metrologik xizmatga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
78. Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdigʻi olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan Milliy akkreditatsiya organi va sud tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tiklash haqida qaror qabul qilinadi.
79. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat arizasi berish mumkin. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi asossiz toʻxtatib qoʻyilganligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat oldida ularga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
80. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilganligi haqidagi ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs — muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat tugatilganda — ular tugatilgan yoki ularning faoliyati toʻxtatilgan vaqtdan boshlab, ularning qayta tashkil etilishi natijasida — ular qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, ularning qayta oʻzgartirilishi bundan mustasno;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat tomonidan bartaraf etilmaganda;
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat tomonidan muntazam yoki bir necha marotaba qoʻpol tarzda buzilganda;
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi qarorining qonuniy emasligi aniqlanganda;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
81. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 82-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
82. Ushbu Nizom 80-bandining toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarda koʻrsatilgan holatlarda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishining toʻxtatilishi sud qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
83. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan 3 kundan kechikmay yozma shaklda muvofiqlikni baholash organiga va metrologik xizmatga yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga, metrologik xizmatga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
84. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
85. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat arizasi berish mumkin. Sud tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi asossiz toʻxtatib qoʻyilganligi eʼtirof etilgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat oldida ularga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
86. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
87. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
88. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish ushbu Nizom 87-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda sudning qaroriga koʻra, ushbu Nizom 87-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda esa — Milliy akkreditatsiya organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
89. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori u qabul qilingan kundan 3 kundan kechikmay yozma shaklda muvofiqlikni baholash organiga va metrologik xizmatga yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga, metrologik xizmatga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
90. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi, Davlat reyestridan chiqarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
91. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori qabul qilinganda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan kunidan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
92. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilgandan keyin va/yoki u bekor qilingandan keyin akkreditatsiyadan oʻtish uchun takroriy ariza akkreditatsiya talablariga toʻgʻri kelmagan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, biroq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilgandan keyin va/yoki u bekor qilingandan keyin koʻpi bilan 6 oydan keyin berilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi tomonidan ilgari aniqlangan nomuvofiqliklar va/yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
93. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Milliy akkreditatsiya organi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
94. Akkreditatsiyaning amaldagi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzstandart” agentligi saytida joylashtiriladi.
VI bob. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi oʻzgarganda uning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
95. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda ilgari berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, tegishli tartib-taomildan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Milliy akkreditatsiya organiga ariza berishi (akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirishi yoki takroran akkreditatsiya qildirishi) shart.
96. Ariza berilgan vaqtdan boshlab va akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma rasmiylashtirilgunga qadar muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat oʻz faoliyatini ilgari berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida amalga oshiradi.
97. Buyurtmanoma tushganda Milliy akkreditatsiya organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot yuzasidan oʻzaro hamkorlik orqali boshqa davlat organlarida va tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni mustaqil ravishda oladi.
98. Agar ariza beruvchi ilgari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmatning huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizom II bobining 2-paragrafida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
99. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahsulot, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlashtirish organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma akkreditatsiya oʻtkazilmasdan rasmiylashtiriladi.
100. Sinov va oʻlchov laboratoriyasi (markazi) yoki metrologik xizmatning joylashgan joyi oʻzgarganda ushbu Nizom II bobining 2-paragrafida nazarda tutilgan tartibda ular qaytadan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
101. Yangidan rasmiylashtirilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida Milliy akkreditatsiya organi tomonidan beriladi.
VII bob. Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirish
102. Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritilganda ushbu Nizomning 19 — 21-bandlariga muvofiq taqdim etilgan muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlari oʻrniga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi normativ hujjat amalga kiritilganda;
xodimlar tarkibi oʻzgarganda;
oʻlchov vositalari va sinov vositalari almashtirilganda.
103. Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirishda muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat Milliy akkreditatsiya organiga dolzarblashtirish sabablarini koʻrsatgan holda, oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni ilova qilib ikki nusxada buyurtmanoma beradi.
104. Milliy akkreditatsiya organi taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va ilgari tasdiqlangan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi yoki ularning yangi tahrirdagi matnini tasdiqlaydi.
Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
VIII bob. Yakunlovchi qoidalar
105. Milliy akkreditatsiya organining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
106. Akkreditatsiya qilganlik, inspeksiya nazoratini oʻtkazganlik, akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirganlik va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik ishlariga haq toʻlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadi.
107. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Akkreditatsiya qilish
SXEMASI
* Bandlar belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlangan va uni bartaraf etish uchun muddat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bajariladi.
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Milliy akkreditatsiya organi rahbariga ________________________________
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
__________________________________________________________________________ ni
(ariza beruvchining nomi)
____________________________________________________________________ sifatida
______________________________________________________________________ asosida
(baholashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatning nomi, tartib raqami, sanasi) ____________________________________________________________________________
20 yil “___” ___________dan 20 yil “___” ___________ gacha boʻlgan davrda Quyidagi tarkibdagi Komissiya: Komissiya rahbari _____________________________________________________________
(F.I.O., lavozimi)
Komissiya aʼzolari ____________________________________________________________
(F.I.O., lavozimi)
____________________________________________________________________________ _______________________________________ ni akkreditatsiyadan oʻtkazish
______________________________________________________________ ni tavsiya qiladi Xulosa: ______________________________________________________________________
(ariza beruvchining akkreditatsiyasiga nisbatan komissiyaning xulosasi) ____________________________________________________________________________
Komissiya raisi
________________ (imzo)
Komissiya aʼzolari
________________ (imzo)
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan hamda xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni, sinovlar protokollarini va metrologik nazorat natijalarini (turini tasdiqlash, tekshirish, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va oʻlchov maqsadidagi sinovlar natijalarini), oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini (keyingi oʻrinlarda standart namunalar deb ataladi), shuningdek oʻlchovlarni bajarish metodikalarini eʼtirof etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan mahsulotlar, oʻlchov vositalari, sinov vositalari va standartlar namunalariga, shuningdek davlat metrologik nazoratini tatbiq etish sohasida qoʻllash mumkin boʻlgan oʻlchovlarni bajarish metodikasiga tatbiq etiladi.
3. Muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni, sinov protokollarini va metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish import qiluvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
4. Muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinov protokollarini eʼtirof etishni “Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (keyingi oʻrinlarda sertifikatlashtirish organlari deb ataladi) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etishni “Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat metrologik xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) taqdim etiladigan hujjatlarni ekspertiza qilish yoʻli bilan amalga oshiradi.
6. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va sinov protokollari quyidagi holatlarda eʼtirof etiladi:
muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinov protokollarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisida xalqaro bitim mavjud boʻlganda;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hamda ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnologik asbob-uskunalarni va ularning qismlarini olib kirishda;
olib kirilayotgan mahsulotlarning sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlmaganda.
7. Oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini va standart namunalarni (shu jumladan texnologik asbob-uskunalar komplektiga kiradiganlarni), muvofiqlik sertifikatlarini va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni eʼtirof etish faqat oʻlchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan oʻlchov vositalari, sinov vositalari va standart namunalar uchun amalga oshiriladi.
II bob. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinov protokollarini eʼtirof etish tartibi
8. Muvofiqlik sertifikatlarini va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni eʼtirof etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
9. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni eʼtirof etish qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq muvofiqlikni baholash ularning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan mahsulotlar turlariga nisbatan amalga oshiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini eʼtirof etish uchun ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs — import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoxud ularning vakili) tomonidan ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
11. Muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼtirof etish uchun buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
eʼtirof etilayotgan hujjatning asl nusxasi yoki uning tasdiqlangan nusxasi (sertifikatning nusxasi notarius tomonidan tasdiqlanishi yoxud sertifikatning asl nusxasini saqlovchining, ishlab chiqaruvchining rasmiy vakilining yoki sertifikatni bergan organning muhri bilan tasdiqlanishi mumkin);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mahsulotga normativ hujjatning nusxasi (agar normativ hujjat xalqaro va/yoki davlatlararo standartlar toifasiga kirmasa yoki normativ hujjatlarning davlat fondida mavjud boʻlmasa);
vakolatli organ tomonidan berilgan oʻlchov vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining nusxasi, oʻlchov vositalari turining tavsifi bilan birgalikda (sertifikatlashtirilgan mahsulot oʻlchov vositasi hisoblanganda yoki sertifikatlashtirilgan mahsulot tarkibida oʻlchov vositalari mavjud boʻlganda);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativ hujjatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya talablari yoki sertifikatda yoxud deklaratsiyada koʻrsatilgan mahsulotga nisbatan talablar mavjud boʻlganda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalarining yoki ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (eʼtirof etilayotgan hujjatda ekspertizalarning ushbu turlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda);
Tovarga ilova qilinadigan hujjatning nusxasi, unda tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyiladi (transport yuk xati, invoys, schyot-faktura).
12. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼtirof etish uchun buyurtmanomaga ishlab chiqaruvchi tashkilotda barqaror sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudligini tasdiqlaydigan quyidagi hujjatlar qoʻshimcha ravishda ilova qilinadi:
sinovlarni oʻtkazishning davriyligiga rioya etishning tasdiqnomasi bilan birgalikda zavodda yoki akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida mahsulotni sinashning oxirgi protokollari nusxasi;
xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlarni sinash protokollari;
mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat menejmenti tizimiga sertifikat.
13. Sertifikatlashtirish organi 2 ish kun mobaynida, tez buziladigan mahsulotlar uchun — 1 ish kuni mobaynida buyurtmanomani koʻrib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini va ularni toʻldirishning toʻgʻriligini tahlil qiladi, shuningdek mahsulotning tovarga qoʻshib yuborilgan hujjatlarining spetsifikatsiyasi va markirovkasining muvofiqligini tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan belgilari, parametrlari, koʻrsatkichlari boʻyicha mahsulotni identifikatsiyalashni amalga oshiradi.
14. Eʼtirof etilayotgan hujjatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertizani oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshimcha ravishda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya sinovlarini va ekologik ekspertizalarni oʻtkazish talab qilinmaydi.
15. Taqdim etiladigan hujjatlar tahlilining natijalarini hisobga olgan holda muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼtirof etishni amalga oshirishda sertifikatlashtirish organi qoʻshimcha sinovlar oʻtkazishning zarurligini belgilashi mumkin, agar muvofiqligiga eʼtirof etilayotgan hujjat berilgan normativ hujjat talablari Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan xuddi shunday talablarga toʻliq hajmda muvofiq boʻlmasa.
16. Hujjatlarni tahlil qilish va mahsulotni identifikatsiyalash natijalari boʻyicha sertifikatlashtirish organi 1 ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼtirof etish, qoʻshimcha sinovlar oʻtkazishning zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki eʼtirof etishni rad etishning rasman asoslangan hujjatini beradi.
17. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼtirof etish uni Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlik sertifikati yuzasidan qayta rasmiylashtirish va sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatining, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati va keng koʻlamda ishlab chiqarishga rasmiylashtirilgan hujjatning muddati oʻtgan boʻlsa, mahsulot esa uning amal qilish davrida ishlab chiqarilgan boʻlsa, u holda ushbu sertifikat eʼtirof etish uchun taqdim etilishi mumkin.
19. Xorijiy mamlakatlarning akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida bajarilgan sinovlar natijalari toʻgʻrisidagi protokollar yoki shunga oʻxshash hujjatlar eʼtirof etiladi.
20. Sinov protokollarini eʼtirof etish mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillarini oʻtkazishda sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21. Sinov protokollari ariza beruvchida ushbu hujjatlarning asl nusxalari yoki ularning xorijiy sinovlarni oʻtkazgan xorijiy sinov laboratoriyasining yoki saqlovchisi hisoblanadigan tashkilotning yoxud notariusning muhri bilan tasdiqlanadigan nusxalari mavjud boʻlgan taqdirda eʼtirof etiladi.
22. Sinov protokollarini eʼtirof etishda protokolda keltirilgan sinovlar talablari va natijalarining Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tahlil qilinadi.
23. Tahlil natijalari boʻyicha sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishda yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazishda sinovlar protokolini hisobga oladi yoxud 1 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga protokolni eʼtirof etishni rad etishning asoslangan sabablari koʻrsatilgan hujjatni yuboradi.
24. Muvofiqlik sertifikatini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani va sinovlar protokolini eʼtirof etish maqsadida taqdim etiladigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida boʻlishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon qilingan boʻlsa, u holda hujjatlarga ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradigan aynan oʻxshash tarjima ilova qilinadi.
III bob. Oʻlchovlar vositalarini, sinovlar vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini eʼtirof etish tartibi
25. Metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish ushbu Nizomga 5 — 7-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagi tartibda qoʻllanadi:
I sxema — Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni oʻtkazish toʻgʻrisida 1992-yil 13-martdagi Hukumatlararo bitim doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashning (keyingi oʻrinlarda DK deb ataladi) davlatlararo standartlashtirish qoidalariga muvofiq;
II sxema — Metrologik nazorat natijalarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo (idoralararo) bitimlar doirasida;
III sxema — Import qilinayotgan oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini Oʻzbekiston Respublikasida metrologik nazorat qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda;
26. I va II sxemalar boʻyicha eʼtirof etish ishlab chiqaruvchi mamlakatda metrologik nazorat oʻtkazilgan taqdirda amalga oshiriladi.
27. Metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish uchun ariza beruvchi hujjatlarni davlat tilida yoki rus tilida taqdim etishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon qilingan boʻlsa ariza beruvchi ularning davlat tilidagi yoki rus tilidagi aynan oʻxshash tarjimasini qoʻshimcha ravishda taqdim etishi kerak.
Tarjimaning ishonchliligi va taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
1-§. Metrologik nazorat natijalarini 1-sxema boʻyicha eʼtirof etish
28. Metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish DKning Davlatlararo standartlashtirish qoidalarida belgilangan shartlarga va tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Eksportdan va oʻlchov vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va oʻlchovlarni bajarish metodikalarining metrologik natijalarini eʼtirof etishdan manfaatdor boʻlgan tashkilot (ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi) vakolatli organga ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya boʻyicha milliy organi orqali DKning Davlatlararo standartlashtirish qoidalarida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
30. Vakolatli organ buyurtmanomani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, ularning natijalari boʻyicha 3 ish kuni mobaynida eʼtirof etish ishlarini oʻtkazish yoki hujjatlar DKning Davlatlararo standartlashtirish qoidalari talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda ularni puxtalashtirish uchun qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
31. Vakolatli organ DKning Davlatlararo standartlashtirish qoidalarida koʻrsatilgan metrologik nazoratni oʻtkazish shartlarining bajarilishini tekshirishga haqlidir.
32. Metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda “Oʻzstandart” agentligi 5 ish kuni mobaynida eʼtirof etishdan oʻlchov vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini davlat reyestriga kiritadi, vakolatli organ ushbu Nizomga 9 — 14-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish sertifikatini rasmiylashtiradi.
33. Oʻlchov vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini eʼtirof etishda shuningdek ushbu oʻlchov vositalarining dastlabki tekshirish natijalarini eʼtirof etish ham taʼminlanadi.
34. Vakolatli organ ularning metrologik nazoratlari natijalari quyidagi holatlarda eʼtirof etilgan oʻlchov vositalarini navbatdan tashqari tekshirishni tayinlashga haqlidir:
tekshirishlar orasida tuzatishlar kiritish zarur boʻlganda:
oʻlchov vositalarining qoʻllashga yaroqliligini tasdiqlash zarur boʻlganda (oʻlchov vositalarining foydalaniladigan idishi shikastlangan boʻlsa yoki oʻlchov vositalarining dastlabki tekshiruvi vaqtidan keyin tekshirishlar oraligʻidagi muddatning yarmidan koʻpi oʻtgan boʻlsa);
tekshiruv tamgʻasining (plombaning) izi shikastlangan boʻlsa yoki oʻlchov vositalarining dastlabki tekshiruvdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlmasa.
35. Import qilinadigan oʻlchov vositalari turkumi orasidan tanlab olingan oʻlchov vositalari navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshiruv natijalari salbiy boʻlgan taqdirda oʻlchov vositalarining import qilinayotgan barcha turkumlari tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Barcha turkumlarni tekshirish natijalari salbiy boʻlgan taqdirda vakolatli organ metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish sertifikatining amal qilishini toʻxtatadi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya boʻyicha milliy organiga tegishli maʼlumotni 2 ish kuni mobaynida yuboradi.
2-§. Metrologik nazorat natijalarini II sxema boʻyicha eʼtirof etish
36. Metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish metrologik nazorat natijalarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisida ikki tomonlama hukumatlararo (idoralararo) bitimlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
37. Quyidagilar oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini eʼtirof etish shartlari hisoblanadi:
metrologik nazorat akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar (markazlar) yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning ishlarning ushbu turlarini oʻtkazishga vakolatli boʻlgan organlari tomonidan oʻtkazilishi;
oʻlchov vositalarini va standart namunalarning xalqaro etalonlargacha izchilligini taʼminlash;
oʻlchov vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va oʻlchovlarni bajarish metodikalarining Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan normativ hujjatlar talablariga hamda ishlab chiqaruvchining foydalanish hujjatlariga muvofiqligi;
Oʻzbekiston Respublikasida ularning metrologik nazoratini oʻtkazish mavjud boʻlmagan holatlarda ariza beruvchining oʻlchov vositalari, sinov vositalari, standart namunalarning keyingi (davriy) metrologik nazoratini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari.
38. Ariza beruvchi vakolatli organga oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini eʼtirof etish yuzasidan ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtmanoma taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
metrologik nazorat natijalarini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi yoki uning ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya boʻyicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
metrologik nazoratni oʻtkazish usullarini va/yoki metodikasini reglamentlovchi hujjatlarning hamda oʻlchov vositalari, sinov vositalari va standart namunalardan foydalanish qoidalarining nusxasi;
oʻlchovlarni bajarish metodikalarining asl nusxasi yoki ularning asl nusxasini saqlovchining muhri bilan tasdiqlangan nusxasi;
oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarining metrologik nazoratini oʻtkazgan organning akkreditatsiya qilinganligini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatning akkreditatsiya qilingan organ yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya boʻyicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
39. Vakolatli organ buyurtmanomani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi. Ularning natijalari boʻyicha 3 ish kuni mobaynida eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki eʼtirof etishni rasman asoslangan holda rad etadi.
40. Oʻlchov vositalarining metrologik nazorati va navbatdan tashqari tekshiruvi natijalarini eʼtirof etish sertifikatini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 32 — 35-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Metrologik nazorat natijalarini III sxema boʻyicha eʼtirof etish
41. Metrologik nazorat natijalarini III sxema boʻyicha eʼtirof etish import qilinayotgan oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini Oʻzbekiston Respublikasida metrologik nazoratdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
42. Metrologik nazorat natijalarini III sxema boʻyicha eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni vakolatli organ tomonidan ekspertiza qilish natijalarini tahlil qilish asosida “Oʻzstandart” agentligi tomonidan qabul qilinadi.
43. Quyidagilar oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini eʼtirof etish shartlari hisoblanadi:
metrologik nazoratni akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar (markazlar) yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning ushbu ishlarning turlarini oʻtkazishga vakolatli organlari tomonidan oʻtkazish;
oʻlchovlar vositalarining va standart namunalarning xalqaro etalonlargacha izchilligini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasida ularning metrologik nazoratini oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan holatlarda ariza beruvchining oʻlchov vositalari, sinov vositalari va standart namunalarning keyingi (davriy) metrologik nazoratini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari;
metrologik nazorat natijalarini oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni yetkazib berish komplektiga kiradigan hujjatlar bilan tasdiqlash.
44. Ariza beruvchi vakolatli organga oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini eʼtirof etish yuzasidan ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtmanoma taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
metrologik nazorat natijalarini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi yoki uning ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya boʻyicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
metrologik nazoratni oʻtkazish usullarini va/yoki metodikasini reglamentlovchi hujjatlarning hamda oʻlchov vositalari, sinov vositalari va standart namunalardan foydalanish qoidalarining nusxasi;
oʻlchovlarni bajarish metodikalarining asl nusxasi yoki ularning asl nusxasini saqlovchi muhri bilan tasdiqlangan nusxasi;
oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarining metrologik nazoratini oʻtkazgan organning akkreditatsiya qilinganligini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatning akkreditatsiya qilingan organ yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya boʻyicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarining keyingi (davriy) metrologik nazoratini oʻtkazish majburiyati toʻgʻrisidagi kafolat xati.
45. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni mobaynida ekspertizadan oʻtkazadi va natijalarni metrologik nazorat ishlari natijalarini eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun “Oʻzstandart” agentligiga yuboradi yoki ariza beruvchiga eʼtirof etishning rasman asoslangan holdagi hujjatini beradi.
46. “Oʻzstandart” agentligi tomonidan vakolatli organ taqdim etgan hujjatlar puxta oʻrganib chiqiladi va 3 ish kuni mobaynida metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi yoki eʼtirof etish rasman asoslangan holda rad etiladi.
47. Metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda “Oʻzstandart” agentligi 5 ish kuni mobaynida eʼtirof etishdan oʻtgan oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini davlat reyestriga kiritadi, vakolatli organ ushbu Nizomning 9 — 14-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish sertifikatini rasmiylashtiradi.
52. Xorijiy mamlakatlarning muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini va sinov protokollarini, shuningdek oʻlchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarini va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini eʼtirof etish tartib-taomillarini oʻtkazganlik uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
53. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini eʼtirof etish boʻyicha ishlarni oʻtkazishda qoʻshimcha hujjatlarni soʻrashga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu Nizomning 10, 11, 12, 27, 38, 44-bandlarida koʻrsatilganlar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalari va sinovlar protokollari Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etiladigan davlatlar
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini eʼtirof etish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Sertifikatlash organi rahbariga ___________________________________
Muvofiqlik sertifikatini eʼtirof etishga ARIZA
_________________________________________________________ tomonidan tayyorlangan,
(ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi, manzili)
______________________________________________________ talablariga muvofiqlikka
(unga muvofiqlikka sertifikatlashtirish oʻtkazilgan hujjatning belgilanishi, nomi)
____________________________________________________________________________ ______________________________________________da sinovdan oʻtkazilgan
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Sertifikatlash organi rahbariga ___________________________________
Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼtirof etishga ARIZA
_________________________________________________________ tomonidan tayyorlangan,
(ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi, manzili)
______________________________________________________ talablariga muvofiqlikka
(unga muvofiqlikka sertifikatlashtirish oʻtkazilgan hujjatning belgilanishi, nomi)
____________________________________________________________________________ ______________________________________________da sinovdan oʻtkazilgan
(sinov laboratoriyasining nomi, manzili)
__________________________________________________________________________ ga
(mahsulotning nomi, turi, modeli, markasi)
berilgan sertifikatni eʼtirof etishingizni iltimos qilamiz. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya ______________________________________________
(sertifikatlash tizimining nomi yoki bitim raqami) ff
_________________ qoidalari boʻyicha ______________ dan _______________ gacha muddatga ____________________________________________________________________________
(muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazgan tashkilot, firmaning akkreditatsiya qilingan organi nomi, manzili)
_________________________________________________ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Qoʻshimcha maʼlumotlar _________________________________________________________
(sifat tizimiga muvofiqlik sertifikati va shu kabilar)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Oʻlchov vositalari, sinov vositalari, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini metrologik nazorat qilish natijalarini va oʻlchovlarni bajarish metodikalarini eʼtirof etishning
I SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻlchov vositalari, sinov vositalari, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini metrologik nazorat qilish natijalarini va oʻlchashlarni bajarish metodikalarini eʼtirof etishning
II SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Oʻlchov vositalari, sinov vositalari, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini metrologik nazorat qilish natijalarini va oʻlchashlarni bajarish metodikalarini eʼtirof etishning
III SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Oʻlchov vositalari, sinov vositalari, moddalarning tarkibi va xossalari standart namunalarining metrologik nazoratini eʼtirof etishga ARIZA
Ariza beruvchi ________________________________________________________________
(ariza beruvchining nomi, manzili, telefoni, elektron pochtasi)
__________________________________________ tomonidan tayyorlangan (ishlab chiqilgan),
(ishlab chiqaruvchi (ishlab chiquvchi) tashkilotning nomi)
______________________________________________________ tomonidan tasdiqlangan va
(metrologik nazorat natijalarini tasdiqlagan tashkilotning nomi)
______________ raqami bilan _________________________ning davlat reyestrida roʻyxatdan
(mamlakatning nomi)
oʻtkazilgan _______________________________________________________________ning
(oʻlchov vositalari, sinov vositalari, moddalarning tarkibi va xossalari ___________________________________________________________________ standart namunalarining hamda oʻlchovlarni bajarish metodikalarining nomi va ____________________________________________________________________________ belgilanishi, zavod raqami yoki boshqa identifikatsiyalovchi belgisi, ishlab chiqarilgan yili)
metrologik nazoratini eʼtirof etish toʻgʻrisida sertifikat berish uchun hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishni iltimos qiladi.
Oʻlchov vositalari turi ________________________________________________ga muvofiq
(normativ hujjatning belgilanishi)
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: _______________________________________
(hujjatlar roʻyxati)
Ariza beruvchining nomi, manzili va STIR ________________________________________ Ariza beruvchining telefoni/faksi ______________________________________________ Ijro etuvchi xodimning F.I.O., lavozimi va telefoni _________________________________________________________
_______________________________ (rahbar/u vakolat bergan shaxs)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi) ____________________________________________________ (vakolatli organning nomi) Oʻlchov vositalarining tasdiqlangan turini eʼtirof etish SERTIFIKATI № ___________
Oʻlchov vositalari davlat reyestri belgisi
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
Ushbu sertifikat Sinovlar natijalarini oʻzaro eʼtirof etish va oʻlchov vositalari turini tasdiqlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq ________________________________________ ____________________________________________________________________________
(tasdiqlangan turdagi oʻlchov vositalarini ishlab chiqargan tashkilotning nomi)
________________________________________________________________da tayyorlangan, ________________________________________________________ tomonidan tasdiqlangan
(oʻlchov vositalarining turini tasdiqlagan tashkilotning nomi)
________________ning davlat reyestrida ______________________________ raqami bilan
(mamlakatning nomi)
roʻyxatdan oʻtkazilgan ________________________________________________ tur eʼtirof
(oʻlchov vositalarining nomi va ularning turi belgilanishi)
etilganligini tasdiqlaydi. Oʻlchov vositalari turi _______________________________________________ga muvofiq.
(texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning belgilanishi)
___________________________ raqami bilan Oʻlchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruxsat berilgan.
_______________________________ (rahbar/u vakolat bergan shaxs)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi) ____________________________________________________ (vakolatli organning nomi) Oʻlchov vositalarining metrologik nazorati natijalarini eʼtirof etish SERTIFIKATI № ___________
Oʻlchov vositalari davlat reyestri belgisi
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
Ushbu sertifikat _____________________________________________________________, ________________________________________________________ tomonidan tayyorlangan,
(oʻlchov vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakat)
_____________________________________________________________ga tegishli boʻlgan,
(texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning belgilanishi)
_______________________________________________ metrologik tavsiflarga ega boʻlgan
(parametrning nomi, oʻlchash chegaralari,
____________________________________________________________________________, aniqlik darajasi/ yoʻl qoʻyiladigan nuqson chegarasi) _______________________________________________________________ oʻlchov vositasi
(oʻlchov vositasining nomi va turi belgilanishi, zavod raqami yoki boshqa identifikatsiyalovchi belgi)
___________________________ raqami bilan Oʻlchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruxsat berilgan.
_______________________________ (rahbar/u vakolat bergan shaxs)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi) ____________________________________________________ (vakolatli organning nomi) Moddalar va materiallarning tarkibi va xossalari standart namunasi turini tasdiqlash toʻgʻrisida SERTIFIKATI № ___________
Oʻlchov vositalari davlat reyestri belgisi
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
Ushbu sertifikat _____________________________________________________________ _________________________________________________________ tomonidan tayyorlangan
(tasdiqlangan turdagi moddalar va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunasini ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi)
(moddalar va materiallarning tarkibi va xossalari standart namunasining nomi hamda uning turi belgilanishi)
tasdiqlanganligini tasdiqlaydi. Moddalar va materiallarning tarkibi va xossalari standart namunasi turi __________________________________________________________________ga muvofiq,
(texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning belgilanishi)
___________ raqami bilan Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan. Moddalar va materiallarning tarkibi va xossalari standart namunasi turi ________________________________________ga muvofiqlik tasdiqlangan.
(eʼtirof etish uchun asos)
Moddalar tarkibi va xossalari standart namunasi turining taʼrifi ilovada keltirilgan va ushbu sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu sertifikatning amal qilishi _______________________________________________ ______________________________________________________________ga joriy etiladi.
_______________________________ (rahbar/u vakolat bergan shaxs)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi) ____________________________________________________ (vakolatli organning nomi) Moddalar va materiallarning tarkibi va xossalari standart namunasi SERTIFIKATI № ___________
Oʻlchov vositalari davlat reyestri belgisi
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
____________________________________________________________________________ (davlat reyestri boʻyicha standart namunaning nomi va belgilanishi, turkumning raqami)
______________________________________________________ boʻyicha ishlab chiqariladi. Vazifasi va qoʻllash sohasi ______________________________________________________ ____________________________________________________________________________ Taʼrif _____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ Asosiy texnik va metrologik tavsiflar ___________________________________________ ____________________________________________________________________________ Komplektliligi ______________________________________________________________ Texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar _______________________________ ____________________________________________________________________________ Ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) ______________________________________________ ____________________________________________________________________________ Sertifikat ___________________________________________________________ berildi.
_______________________________ (rahbar/u vakolat bergan shaxs)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi) ____________________________________________________ (vakolatli organning nomi) Oʻlchovlarni bajarish metodikasi SERTIFIKATI № ___________
(tashkilotning — ishlab chiquvchining nomi yoki oʻlchovlarni bajarish metodikasi olingan manba)
tomonidan ishlab chiqilgan _____________________________________________________
(oʻlchovlarni bajarish metodikasining nomi)
oʻlchovlarni bajarish metodikasi ________________________________________________ _________________________________________________ asosida eʼtirof etilganligini, ___________ raqami bilan Oʻlchovlarni bajarish metodikalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligini va Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi tarqalishi sohasida qoʻllashga qoʻyilganligini tasdiqlaydi. Oʻlchovlarni bajarish metodikalarining metrologik tavsiflari ushbu sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadigan pasportda keltirilgan.
_______________________________ (rahbar/u vakolat bergan shaxs)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi) ____________________________________________________ (vakolatli organning nomi) Oʻlchov vositalarining metrologik nazorati natijalarini eʼtirof etish SERTIFIKATI № ___________
Oʻlchov vositalari davlat reyestri belgisi
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
Ushbu sertifikat __________________________________________ tomonidan tayyorlangan,
va Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruxsat berilganligini tasdiqlaydi. _____________________________________________________________________ boʻyicha
(sinov metodikasiga hujjatning nomi va belgilanishi (zaruriyat boʻlganda)
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 10-bandidan “turdosh” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda):
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini taʼminlash”;
uchinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish” soʻzidan keyin “, akkreditatsiya qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshidagi “va sertifikatlashtirish” soʻzlari “sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni taʼminlash”;
b) Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish” soʻzidan keyin “va akkreditatsiya qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini taʼminlash”;
uchinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish” soʻzidan keyin “va akkreditatsiya qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshidagi “va sertifikatlashtirish” soʻzlari “sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni taʼminlash”;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini taʼminlash sohasida”;
yettinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish” soʻzidan keyin “va akkreditatsiya qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshidagi “va sertifikatlashtirish” soʻzlari “sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilish milliy tizimining faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnomani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tasdiqlaydi, amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatadi va uni bekor qiladi;
mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish, oʻlchash va sinash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchashlarni bajarish metodikalarini hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
broshyuralar, jurnallar nashr etadi, ommaviy axborot vositalarida yoki rasmiy veb-saytda akkreditatsiya qilish masalalariga oid maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
doimiy ravishda xalqaro amaliyotni oʻrganib boradi, uning natijalari boʻyicha akkreditatsiya qilishning ilgʻor usullarini joriy etishga doir takliflar kiritadi;
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-tamoyillarini qoʻllaydi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga toʻsiqlar yaratilishiga va ular oʻrtasidagi raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaydi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatini va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi”;
“sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, menejment tizimlari, oʻlchash vositalari, sinash vositalari va oʻlchashlarni bajarish metodikalari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari davlat reyestrlarini yuritadi”;
“g” kichik banddagi “va sertifikatlashtirish” soʻzlari “sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) 2-bandning uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Gigiyenik sertifikatsiya qilinadigan (sanitariya-epidemiologik xulosa beriladigan) tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh: gigiyenik sertifikat (sanitariya-epidemiologiya xulosasi) sertifikatlanadigan mahsulotlarga sanitariya qoidalari, normalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda gigiyenik normativlar mavjud boʻlganda rasmiylashtiriladi”.