1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-sentabrda 1948-10-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-sentabr,
24/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/3-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, banklar tomonidan milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibini belgilaydi.”.
3. 8-bandning uchinchi hatboshisidan “, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 13-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).”.
5. 18-bandning uchinchi xatboshisidagi “(roʻyxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 97-modda)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 35-banddagi “imzolanib, muhr qoʻyiladi” degan soʻzlar “imzolanadi va muhrlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 36-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur band talablari bank mijozida muhr mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻllaniladi.”.