toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Bazaviy oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni oʻqitishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha tadbirlar kompleksi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda taʼlim muassasalarining oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan toʻlaqonli faoliyat yuritishini tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
3. Belgilansinki, oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 2015-yil 1-sentabrdan boshlab 25 foizga koʻpaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining ishlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni va har tomonlama yordam berilishini taʼminlasinlar.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-avgust,
242-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qaroriga
3-ILOVA
Bazaviy oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni oʻqitishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha
TADBIRLAR KOMPLEKSI

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi

Masʼul bajaruvchilar

I. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun qonunchilikni takomillashtirish

1.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2015-yil
25-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

2.

Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining yangilangan malaka talablarini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
25-avgust

Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

3.

Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining oʻtkaziladigan attestatsiyasi sifat darajasi uchun masʼuliyatni belgilagan holda attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash.

2015-yil
25-avgust

Attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Adliya vazirligi

4.

Malaka attestatlarini zarur miqdorda tayyorlash, bunda oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining har yili kutilayotgan kontingentini hisobga olish.

Har yili
2015-yil
1-sentabrgacha

Davlat budjeti mablagʻlari

Malaka attestati

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi

II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma bazasini shakllantirish

5.

Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarini zamonaviy darsliklar, oʻquv-metodik komplekslar hamda oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar, maʼlumotnoma-axborot nashrlari va boshqa oʻquv-ilmiy adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, shu jumladan qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy nashrlar va ilmiy jurnallar bilan muntazam taʼminlash.

2015 2017-yillar

Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

mablagʻlari doirasida

Bajaruvchilarning kompleks chora-tadbirlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

6.

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari modullari boʻyicha oʻquv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish.

2015-yil
31-dekabr

Tasdiqlangan oʻquv-metodik materiallar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz,
bazaviy oliy taʼlim muassasalari

7.

Bosh ilmiy-metodik markaz portali asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot-taʼlim muhitini shakllantirish hamda onlayn-elektron oʻquv materiallari kutubxonasini tashkil etish.

2015-yil
31-dekabr

Resurslardan foydalanishning shaxsiy tizimiga ega boʻlgan Internet resurslar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz,
bazaviy oliy taʼlim muassasalari

III. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va oʻqitishning texnik vositalari bilan jihozlash

8.

Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasalari tomonidan asoslangan ehtiyoj boʻyicha qoʻshimcha oʻquv auditoriyalari va xonalari ajratish.

2015-yil
20-avgust

Vazirliklar va idoralar buyruqlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini oʻtkazish uchun ajratilgan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv auditoriyalarini joriy va mukammal taʼmirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish.

2015-yil
1-sentabr

Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Bajarilgan ishlarning manzilli roʻyxatlari, dalolatnomalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

10.

Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha mebellar, inventarlar, axborot-kommunikatsiya texnikalari hamda oʻqitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash.

2015-yil

Budjet mablagʻlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar

Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 33-son, 442-modda, 52-son, 646-modda; 2017-y., 9-son, 129-modda, 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)