toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish;
yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;
oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etishi;
oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralarning qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish borasida mamlakatimizning ushbu yo‘nalishlarda Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ilmiy kengashlari, zarur uslubiy, o‘quv-laboratoriya va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega 18 ta yetakchi oliy o‘quv yurti hamda davlat muassasasini oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha Tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilashga doir taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Quyidagilar Tayanch oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
qayta tayyorlashning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
ushbu kurslarda mashg‘ulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada o‘tkazish uchun zarur o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazani shakllantirish;
oliy o‘quv yurtining yetakchi o‘qituvchilarini va Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolarini, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarining yuqori malakali o‘qituvchilari, xorijiy mutaxassislar, o‘quv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun keng jalb etish;
qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumot bazasini shakllantirish, zamonaviy innovatsion pedagogika, multimedia va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va qayta tayyorlash jarayoniga tatbiq etish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun ularning ochiq ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi, o‘tilgan darslarning muhokama qilinishi va tanqidiy tahlil etilishiga asoslangan pedagogik amaliyotni tashkil etish;
kurslarning viloyatlardan kelgan tinglovchilariga qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida oliy o‘quv yurtlari turar joylaridan joy ajratish bo‘yicha choralar ko‘rish.
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilangan oliy o‘quv yurtlari rektorlari zimmasiga qayta tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yuksak saviyada tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, mamlakatimiz ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uch yilda kamida bir marta doimiy asosda 1-ilovaga muvofiq Tayanch o‘quv yurtlarining doimiy faoliyat ko‘rsatadigan kurslarida qayta tayyorlashning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlanishi va malakasini oshirishi shart;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish 2-ilovaga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soatlik maxsus dasturlarning 144 soat hajmi ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish usullari asosida, 144 soati to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 06/19/5789/3659-son)
kurslar yakunida tinglovchilar har bir Tayanch oliy o‘quv yurtida tashkil etiladigan oliy o‘quv yurti rektori yoki Fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi rahbarligidagi ilmiy kengash a’zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislardan tashkil topgan kamida 7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tadi;
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga 3-ilovaga muvofiq davlat namunasidagi qat’iy hisobdorlik hujjati hisoblangan malakaviy attestat beriladi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tolmagan oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari belgilangan muddatda takroriy qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tishi shart;
oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari takroriy attestatsiyadan o‘tolmagan taqdirda, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini yo‘qotadi va ular bilan asosiy ish joyi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlariga ko‘ra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tegishli yo‘nalish bo‘yicha bo‘sh pedagog lavozimini egallash tanlovidan o‘tishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Tayanch oliy o‘quv yurtlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarning asosiy ish joyida egallab turgan lavozimi va o‘rtacha ish haqi o‘qish davrida saqlab qolinadi.
Oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan kurslar faoliyati 2015-yilning 1-sentabridan tashkil etilsin.
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2015-yilning 1-avgustiga qadar oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasining tasdiqlangan Namunali tarkibini inobatga olgan holda, oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy o‘quv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha Tayanch oliy o‘quv yurtlari Attestatsiya komissiyalari raislari lavozim maoshiga 30 foiz miqdorida ustama haq belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda Attestatsiya komissiyalari raislari qayta tayyorlashdan o‘tgan va malaka oshirgan rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning sifat darajasiga, qarorlar qabul qilishda xolislik, oshkoralik va prinsipiallik uchun shaxsan javob berishi belgilab qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin va unda quyidagilar ko‘zda tutilsin:
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
oliy o‘quv yurtlari rahbar va o‘qituvchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Tayanch oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikasi va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash choralari.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-sentabrdagi 273-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoni)”gi qarori.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-iyun,
PF-4732-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv yurtlari rahbar va o‘qituvchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha tayanch o‘quv yurtlari
RO‘YXATI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tayanch oliy o‘quv yurti nomi

Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari

1.

Toshkent davlat texnika universiteti

Energetika

Metallurgiya

Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi

Elektronika va asbobsozlik

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish

Konchilik ishi

Geologiya, foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilish

Neft va gaz konlarini izlab topish va foydalanishga topshirish

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Texnologik mashinalar va jihozlar

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Tashuvlarni tashkil etish va transport logistikasi

Havodagi harakatni boshqarish

2.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Axborot tizimlarini matematik va dasturiy ta’minlash

Informatika va axborot texnologiyalari

Axborot xavfsizligi

Kompyuter grafikasi va dizayn

Telekommunikatsiya texnologiyalari

Televizion texnologiyalar

Maxsus yoritish texnologiyalari

Pochta aloqasi texnologiyasi

Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik

Radioelektron qurilmalar va tizimlar

Kompyuter texnologiyalari va informatika

3.

O‘zbekiston milliy universiteti

Matematika

Tabiiy fanlar

Psixologiya

Sotsiologiya

Falsafa

Jurnalistika

Tarix

Filologiya

4.

Toshkent davlat agrar universiteti

Agronomiya

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

O‘simliklar himoyasi va karantin

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi
Zootexniya

Ipakchilik

O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
Vetenariya

Qishloq xo‘jaligida menejment

5.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Kimyo texnologiyasi

Biotexnologiya

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi

Oziq-ovqat texnologiyasi

6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi

Tasviriy san’at va ?uhandislik grafikasi

Pedagogika va psixologiya

Musiqa ta’limi

Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Boshlang‘ich ta’lim

Maktabgacha ta’lim

Defektologiya

Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat

7.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

8.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

Texnologik mashinalar va jihozlar

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi texnologiyasi va uni qayta ishlash

Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi

9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiyot

Menejment

Marketing

Moliya

Bank ishi

Soliqlar va soliqqa tortish

Buxgalteriya hisobi va audit

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Sug‘urta ishi

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi

Turizm

10.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Arxitektura

Bino va inshootlar qurilishi

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi

Avtomobil yo‘llari va aerodromlar

Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish

Geodeziya, kartografiya va kadastr

11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Davolash ishi

Pediatriya ishi

Tibbiy profilaktika ishi

Stomatologiya

Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

Sanoat farmatsiyasi

Oliy hamshiralik ishi

Harbiy tibbiyot

12.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat

Sport faoliyati

13.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Bastakorlik san’ati

San’atshunoslik

Aktyorlik san’ati

Rejissorlik

Dirijorlik

Vokal va cholg‘u ijrochiligi

Xoreografiya

Kino-teleoperatorlik

Xalq ijodiyoti

14.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Yer tuzish va yer kadastri

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash

Qishloq xo‘jaligini elektrifikatsiya qilish va avtomatlashtirish

15.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Yurisprudensiya

Huquqshunoslik

16.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

O‘zbek tili filologiyasi

O‘zbek tili va adabiyoti

O‘zbek-ingliz tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti

17.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Zooinjeneriya

Veterinariya tibbiyoti

18.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi

Tasviriy va amaliy san’at

Dizayn

San’atshunoslik: tasviriy va amaliy san’at

Muzeyshunoslik (badiiy ta’lim yo‘nalishlarida)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga
2-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasining
NAMUNAVIY TUZILMASI

T/r

O‘quv modullari

O‘quv yuklamasini taqsimlash

1.

Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari

5%

2.

Ta’limning ilg‘or texnologiyalari va pedagogik mahorat

15%

3.

Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash

10%

4.

Xorijiy tilning amaliy kursi

15%

5.

Tizimli tahlil qilish va qarorlar qabul qilish asoslari

10%

6.

Maxsus fanlar

30%

7.

Pedagogik amaliyot

10%

8.

Malakaviy attestatsiya

5%

Jami

100%

Izohlar:
1. Qayta tayyorlash kursining davomiyligi: 288 soat.
2. O‘quv rejaning namunaviy tuzilmasida modullar bo‘yicha o‘quv yuklamalarni o‘rtacha taqsimlash ko‘rsatkichlari joriy qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qayta tayyorlashdagi aniq yo‘nalishlarning o‘quv rejalari sohaning spetsifikasini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi (5 foizdan ortiq og‘ishishga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda yo‘l qo‘yiladi).
(izohning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qayta tayyorlashning o‘quv rejalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tasdiqlanadi.
(izohning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga
3-ILOVA

‎‎
‎ ‎O‘zbekiston Respublikasi gerbi

‎ O’zbekiston Respublikasi

‎‎ Qayta tayyorlash



‎MALAKA ATTESTATI

‎MA №

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil ______________________________________ dan 20________________ gacha

‎ _____________________________________________________________________ da ‎

‎‎(Qayta tayyorlash ta’lim muassasasining nomi)

‎‎_______________________________________________________ soatga ‎‎mo’ljallangan
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(Qayta tayyorlash kursining nomi)
‎‎

‎qayta tayyorlsh kursida ta’lim olib, ‎_____________________________________________
‎___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Attestatsiya
‎‎‎
‎‎komissiyasida ____________________________________________ bahoga himoya qildi.


‎‎‎
‎Muhr o’mi ‎

Rektor _____________‎

‎‎Attestatsiya komissiyasi
raisi
___________

‎‎Sana _______________ ‎‎Qayd raqami __________________
Davlat namunasidagi qayta tayyorlash
MALAKA ATTESTATI
(tavsifi)
Qayta tayyorlash va malaka oshirish to‘g‘risidagi malaka attestati A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash MALAKA ATTESTATI” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MA va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Attestat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda olti karra himoyaga ega.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 24-son, 312-modda; 2016-y., 48-son, 548-modda; 2017-y., 24-son, 490-modda, 37-son, 981-modda; 37-son, 981-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 06/19/5789/3659-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)