toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xususiy tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlar cheklangan sonining belgilangan mezonlariga rioya etishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin, shuningdek yollanadigan xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-iyul,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qaroriga
1-ILOVA
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi.
2. Xodimlarni yollamasdan faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar uchun qonunchilikda xususiy tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi amal qiladi.
3. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni bankda qonunchilikda belgilangan tartibda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi mumkin.
4. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bogʻliq holda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bir nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qatʼi nazar, uch nafardan koʻp boʻlmagan xodimlarni yollash huquqiga ega.
5. Xususiy tadbirkor bilan mehnat munosabatlari oʻrnatgan jismoniy shaxslarga xususiy tadbirkorlar sifatida qaralmaydi va ular xususiy tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas.
II. Mehnat shartnomasini tuzish va yollangan xodimlarning mehnat stajini hisoblash xususiyatlari
6. Xususiy tadbirkor va xususiy tadbirkor tomonidan yollangan xodim (keyingi oʻrinlarda xodim deb ataladi) oʻrtasidagi mehnat munosabatlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
7. Xususiy tadbirkor xodimlarning qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlariga rioya etilishini taʼminlashi shart.
8. Xodimni yollashda (ishga qabul qilishda) xususiy tadbirkor uning bilan ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yozma mehnat shartnomasini tuzadi.
Xodimning ahvolini qonunchilik normalariga nisbatan yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi shartlari haqiqiy hisoblanmaydi.
9. Mehnat shartnomasining muddati xususiy tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
10. Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan bittasi xususiy tadbirkor soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga beriladi, ikkinchisi xususiy tadbirkorda, uchinchisi esa — xodimda qoladi.
11. Mehnat shartnomasida xususiy tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash, shuningdek ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
12. Xodimga xususiy tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
13. Xususiy tadbirkorda yollash boʻyicha ishlagan ish davrlari uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda xodimning mehnat stajiga qoʻshiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
14. Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
III. Xodimlarni yollaydigan xususiy tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga olish xususiyatlari
15. Xususiy tadbirkor yollangan xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza taqdim etadi.
16. Xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xususiy tadbirkor va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi;
xodimning 3 x 4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati;
yollangan xodim pasportining nusxasi.
17. Davlat soliq xizmati organlari xususiy tadbirkorlarning yollangan xodimlari hisobini belgilangan tartibda yuritadilar.
18. Davlat soliq xizmati organlari yollangan xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida xususiy tadbirkorga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Yollangan xodimni hisobga qoʻyish kartochkasini (keyingi oʻrinlarda Hisobga qoʻyish kartochkasi deb ataladi) beradilar.
19. Hisobga qoʻyish kartochkasi xodim va xususiy tadbirkor oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga beriladi.
20. Amal qilish muddati tugagach Hisobga qoʻyish kartochkasi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi va yoʻq qilinadi.
21. Xodim bilan mehnat shartnomasi muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda xususiy tadbirkor soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga xodim bilan mehnat shartnomasi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani va bir vaqtning oʻzida Hisobga qoʻyish kartochkasini topshiradi.
22. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan Hisobga qoʻyish kartochkasi oʻrniga xususiy tadbirkorning arizasiga binoan, ariza berilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida uning dublikati beriladi.
IV. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlarga soliq solish xususiyatlari
23. Xususiy tadbirkor oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallarini;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlovni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
24. Xususiy tadbirkorga oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlarni toʻlash bilan bir qatorda har bir xodim uchun quyidagilarni:
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
soliq agenti sifatida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash majburiyati yuklanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
25. Xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini faqat bitta obyektda amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(26 — 28-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
29. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek, I va II guruh nogironlari hisoblanadigan xodimlar uchun yagona ijtimoiy toʻlov miqdori ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan miqdorning 50 foizini tashkil etishi kerak. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga huquq paydo boʻlganda yoki toʻxtaganda yagona ijtimoiy toʻlovni qayta hisoblash ushbu huquq paydo boʻlgan yoki toʻxtagan oydan boshlab amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
30. Xususiy tadbirkor kasb-hunar kollejini tamomlagan xodimlar uchun qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan xodim kollejni tamomlagan sanadan boshlab oʻn ikki oy mobaynida ozod qilinadi.
31. Xususiy tadbirkor qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan qonunchilikka muvofiq vaqtinchalik ozod qilingan hollarda, mazkur imtiyoz qatʼiy belgilangan soliqni har bir xodim uchun toʻlashga ham tatbiq etiladi.
32. Qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga har bir xodim uchun toʻlash xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
33. Yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlashda toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining (xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiyalash tartib raqami va toʻlovning qaysi davr uchun toʻlanayotgani majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda har bir xodim boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) alohida yoziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
34. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydan boshqa joyda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor qatʼiy belgilangan soliqni har bir xodim uchun uning roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi boʻyicha, roʻyxatdan oʻtkazish joyi va faoliyatni haqiqiy amalga oshirayotgan joyi boʻyicha belgilangan stavkalaridan eng yuqori stavkaning 30 foizi miqdorida toʻlaydi.
35. Agar xususiy tadbirkor oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatib tursa, u tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirgan organga faoliyatning vaqtincha toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida ariza berilgan oy mobaynida har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkalari soliqni hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkasi xususiy tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davrga har bir xodim uchun qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi.
Oʻz faoliyatini toʻxtatib turgan xususiy tadbirkor har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda topshirmagan taqdirda, xususiy tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq va yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab yozish toʻxtatib turilmaydi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
36. Xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni (mehnat shartnomasi mavjud boʻlganda) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilmasdan ularni yollash holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan yillik miqdorlarda undiradi. Xususiy tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasidan boshlab koʻrsatilgan holatlar aniqlangan sanagacha bir oydan kam vaqt oʻtgan taqdirda har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga qoʻshimcha ravishda hisoblash uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasidan boshlab xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻymasdan ularni yollash holatlari aniqlangan sanagacha boʻlgan davr uchun amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
V. Yakunlovchi qoidalar
37. Xususiy tadbirkor bilan mehnat shartnomalari tuzmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlar aniqlangan taqdirda, xususiy tadbirkor xodimlar sonini yashirganlik uchun nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Bunda xususiy tadbirkor bilan mehnat shartnomalari tuzmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlarga davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar sifatida qaraladi va davlat soliq xizmati organlari ulardan qatʼiy belgilangan soliqni qonunchilikda belgilangan tartibda yillik miqdorda undiradilar.
38. Xodimlarni yollaydigan xususiy tadbirkorlar, ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashning toʻgʻriligi hamda ularning qonunchilikka muvofiq oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan javobgardirlar.
39. Xususiy tadbirkorning xodimi savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalarini buzgan taqdirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari tatbiq etiladi, moliyaviy sanksiya esa xodimni yollagan xususiy tadbirkorga nisbatan qoʻllanadi.
40. Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Xodimlarni yollagan holda xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining roʻyxati

T/r

Faoliyat turining nomi

Yollanadigan xodimlarning cheklangan soni (nafar)

1.

Chakana savdo

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 1 — 5-bandlari)

1

2.

Qonunchilikda belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmandchilik faoliyati

3

3.

Maishiy xizmatlar, qonunchilikda belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmandchilik faoliyatidan tashqari

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 6 — 352-bandlari)

3

31

Davlat-xususiy sheriklikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 60-bandi)

4

4.

Faoliyatning boshqa turlari*

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 36 — 41, 51 — 59, 62, 64 — 66, 68 — 74-bandlari, 87-bandi)

2

* Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 42, 50, 61, 63, 67, 75-bandlarida koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor faoliyatining asosiy turi boʻyicha yordamchi ishlarni bajarish uchun bir nafar xodimni yollashi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Xususiy tadbirkor va xususiy tadbirkorning xodimi oʻrtasidagi
‎MEHNAT ShARTNOMASI

‎‎MEHNAT ShARTNOMASI №______

____________________
‎(tuzilgan joyi)‎‎

20__ yil “___” ___________‎‎

‎‎1. STIR kodi ____________________ boʻlgan, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb
‎ataladigan ‎xususiy tadbirkor __________________________________ va keyingi oʻrinlarda

‎‎(F.I.O.)

‎‎“Xodim” deb ataladigan fuqaro _______________________________ ushbu shartnomani

‎‎(F.I.O.)

‎‎quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
‎‎2. Xodim ___________________________ kasbi boʻyicha, faoliyatning quyidagi turlarini

‎‎(kasb, lavozim nomi.)

amalga oshirish uchun ishga qabul qilinadi:‎‎

‎‎____________________________________________________________________________
‎‎‎(faoliyat turi va mehnat funksiyalari)
____________________________________________________________________________

‎‎3. Shartnoma muddati __________________________________________________________

‎‎(oylar soni, belgilanmagan muddat, ishlarni bajarish muddati)

‎‎4. Ishning boshlanish sanasi: 20__ yil “___”___________
‎Mehnat shartnomasining toʻxtatilish sanasi: 20__ yil “___”___________
‎5. Xodimning majburiyatlari:

____________________________________________________________________________
‎‎‎(asosiy majburiya�lar)
‎____________________________________________________________________________

‎‎
‎‎6. Ish beruvchining majburiyatlari:

____________________________________________________________________________
‎‎‎‎‎(asosiy majburiyatlar koʻrsatiladi)
‎____________________________________________________________________________

7. Ish rejimi:
‎ishning boshlanish vaqti _____________
‎ishning tugash vaqti ______________
‎ish haftasining turi: _______________, dam olish kuni: ___________________;
‎mehnat taʼtilining davomiyligi: ________ kun.
‎8. Mehnatga haq toʻlash shartlari: _________________________________________________

____________________________________________________________________________
‎‎‎‎(mehnatga haq toʻlash miqdori, shakli va davriyligi koʻrsatiladi)
‎____________________________________________________________________________

‎‎9. Boshqa shartlar:
‎9.1. Ish beruvchi xodim uchun qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda toʻlash majburiyatini oladi.
‎9.2. Boshqa shartlar (taraflarning xohishiga koʻra) ___________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎Taraflarning manzili va imzolar:

Xodim:
‎________________________
‎‎________________________ ‎‎

Ish beruvchi:
‎________________________
‎‎________________________ ‎‎‎

Manzil:‎

____________________
‎____________________

Manzil:‎

____________________
‎____________________

______________________
‎(imzo)

‎20__ yil “___”___________ ‎‎

______________________
‎(imzo) ‎

‎20__ yil “___”___________ ‎‎ ‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

____________________________________________________________________dan
‎‎(xususiy tadbirkorning F.I.O. )

‎______________________________________________________________ga taqdim etiladi
‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

‎‎Yollanadigan xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎__________________________________________________________________________ni
‎(xodimning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________ni amalga oshirish uchun
‎(faoliyat turi)
‎__________________________________________________________________________ga
‎(faoliyat amalga oshiriladigan joy)

‎‎_________________________________________________ muddatga xususiy tadbirkorning
‎yollanma xodimi sifatida hisobga qoʻyishingizni soʻrayman.

‎Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
‎F.I.O. ______________________________________________________________________
‎Pasport seriyasi ______ № ____________ _______________________ tomonidan berilgan
‎Uy manzili _______________________________________________________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami______________________________________
‎‎
‎Xususiy tadbirkor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
:
‎Pasporti maʼlumotlari: _____________________________________________________

‎‎(seriya №, kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎Uy manzili: _________________________________________________________________
‎Pochta indeksi: __________________________ Bogʻlanish telefoni: ___________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami ________________________________________
‎Arizaga qoʻshimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar:
‎1. __________________________________________________________________________
‎2. __________________________________________________________________________
‎3. __________________________________________________________________________

‎‎_________________________________
‎(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

________________________________
‎(ariza beruvchining imzosi)‎‎

_________________________________
‎(qabul qilingan sanasi va vaqti)‎‎

________________________________
‎(davlat soliq xizmati organi masʼul xodimining imzosi)‎‎

Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎YoLLANGAN XODIMNI HISOBGA QOʻYISh KARTOChKASI
‎№ __________
‎20__ yil “___” ___________

Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Surat uchun joy

‎‎F.I.O. ______________________________________________________________
Pasport seriyasi ______ № ___________ _________________ tomonidan berilgan‎‎
Uy manzili __________________________________________________________‎‎
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami _________________________________

______________________ tumani (shahri) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan xususiy tadbirkorning yollangan xodimi sifatida hisobga qoʻyilgan.

‎‎
‎Ish beruvchi (xususiy tadbirkor) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
‎F.I.O. _______________________________________________________________________
‎Pasport seriyasi ______ № ____________ ________________________ tomonidan berilgan
‎Uy manzili __________________________________________________________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami _________________________________________
‎Amalga oshiriladigan faoliyat turi ______________________________________________
‎Faoliyatni amalga oshirish joyi ________________________________________________
‎‎20__ yil “___”___________ gacha haqiqiydir.

‎ M.Oʻ.

‎DSI rahbari (oʻrinbosari) ____________________________.

(imzo)‎‎

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 411-modda; 2016-y., 8-son, 77-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son, 19.04.2021-y., 09/21/221/0350-son; 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son)