1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
2.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Radiochastota spektri toʻgʻrisida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
Ushbu Qonunning maqsadi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
2-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
radiochastotalar (radiotoʻlqinlar) — belgilar, signallarni, yozma matnni, tasvirlar va tovushlarni uzatish yoki qabul qilish maqsadida fazoda sunʼiy toʻlqin oʻtkazgichsiz tarqatiladigan, shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan chastotali elektromagnit toʻlqinlar;
yuqori chastotali qurilmalar — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
radiochastotalar polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar oʻrtasida taqsimlangan radiochastotalar roʻyxati;
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chogʻida bir yoki bir nechta toʻlqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar boʻlishi yoki axborot yoʻqolishida namoyon boʻladigan elektromagnit energiyasining taʼsiri;
industrial radioxalaqitlar — radiotoʻlqinlarni uzatish uchun moʻljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar taʼsir etib turgan bir vaqtning oʻzida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radiochastotalardan foydalanish hamda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
3-modda. Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida radiochastota spektri toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
4-modda. Radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish huquqi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni taqsimlash vakolatli davlat organlarining mutlaq huquqidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish huquqi ommaviy va xususiy mulk asosida faoliyat koʻrsatuvchi foydalanuvchilarga beriladi.
5-modda. Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
6-modda. Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organining vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish boʻyicha davlat standartlari, texnik shartlar, ishlatish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi;
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi, radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali va radioaloqa milliy reglamentini shakllantiradi;
(7-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
radiochastotalar spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet ellardan olib kirish uchun ruxsatnoma beradi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar va texnik normalarga nomuvofiq boʻlgan, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasini taʼminlamagan taqdirda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
foydalanuvchilarga berilgan radiochastotalar hisobini yuritadi, shuningdek radiochastota spektridan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
radioelektron vositalarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan radioelektron vositalariga boʻlgan radioxalaqitlarni bartaraf etadi;
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi.
Radiochastota organlari qonun hujjatlariga muvofiq radiochastota spektri sohasida boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Radiochastotalarni radiochastota spektridan foydalanuvchilar oʻrtasida taqsimlash tanlov asosida yoki kim oshdi savdosi natijalariga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Radiochastota organi va radiochastota spektridan foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
10-modda. Radiochastota spektridan foydalanish muddatlari
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga radiochastota organi ruxsatnomasida yoki foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan muayyan muddatga beriladi.
11-modda. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Radiochastota spektridan foydalanish pullikdir. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shuningdek haq toʻlashdagi imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan tartibda olish (berish);
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash uchun radiochastota organiga murojaat etish va ularni bartaraf qilishda ishtirok etish;
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) uchun radiochastota organining ruxsatnomasini olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni radiochastota organida roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularni ishlatish huquqi uchun ruxsatnoma olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan normalar hamda qoidalarga muvofiq loyihalash, qurish (oʻrnatish) va ishlatishni amalga oshirish;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlash.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
13-modda. Radiochastota spektridan foydalanish huquqini bekor qilish, toʻxtatish yoki cheklash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
Radiochastota organlari radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish xususiyatlari, shuningdek ayrim chastotalardan foydalanish imkoniyatlari bilan bogʻliq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni bekor qilish, toʻxtatish yoki cheklashga haqlidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolar hayoti yoki sogʻligʻiga, shuningdek atrof muhit holatiga aniq xavf yuzaga kelganda;
yuridik shaxsning oʻzi yoki jismoniy shaxsning faoliyati tugatilganda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin:
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasi shartlari buzilganda;
radiochastota spektrining muayyan polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarur boʻlib qolganda;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq toʻlanmaganda.
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi ham qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatishga yoki cheklashga haqlidir.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Davlat mudofaasi, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot maqsadlari uchun ajratilgan radiochastotalardan foydalanish faqat tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda toʻxtatilishi, cheklanishi yoki tugatilishi mumkin.
14-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish, qurish (oʻrnatish), olish (berish), ishlatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, loyihalash va ishlab chiqarish, shuningdek radiochastotalardan foydalanib ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatnoma olganidan va yaratish uchun texnik shartlar kelishilganidan keyingina amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Barcha turdagi va yoʻnalishdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni qurish (oʻrnatish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi boʻlgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash uchun moʻljallangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni, shuningdek fuqaro aviatsiyasida uchishlarni hamda havo harakati xizmatini radionavigatsiya jihatidan taʼminlash maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan bortdagi va yer usti radioelektron vositalarni olish (berish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bevosita tegishli radiochastota organining ruxsatnomasi bilan, xorijiy davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarida oʻrnatilgan shunday vositalar va qurilmalarni ishlatish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlar dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan radioelektron vositalarni, shuningdek savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika buyumlarini olib kirish, olish (berish) va ishlatish uchun tegishli ruxsatnoma talab qilinmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radiochastota organining tegishli ruxsatnomasisiz olib kirishga, olishga (berishga) va ishlatishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar roʻyxati radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Industrial radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalariga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
Yaratilayotgan, loyihalashtirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan turli texnik vositalarning texnik tavsifnomalari radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalari (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr asboblari, avtotransport vositalari va boshqalar) tariqasida industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari normalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Texnik vositalarni radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajadagi normalariga muvofiqligini sinash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi tomonidan belgilanadi.
Barcha foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi qoʻllanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvi qatʼiy tarzda taʼminlangan va ularning oʻlchamlari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiq boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuviga rioya qilinishi hamda oʻlchamlar va tavsiflarning standartlar va texnik normalarga muvofiqligi ustidan nazoratni radiochastota organlari amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Agar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishlashi boshqa foydalanuvchilarning aloqa sifatiga salbiy taʼsir etsa yoki fuqarolarning sogʻligʻi va atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatsa, bu vositalar va qurilmalarni ishlatish toʻxtatiladi yoki bevosita radiochastota organining qaroriga koʻra yoxud tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining asoslantirilgan taqdimnomasiga koʻra tugatiladi.
17-modda. Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot
Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlashni radiochastota organlari radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
18-modda. Harbiy harakatlar va favqulodda holatlar sodir boʻlganda foydalanuvchilarning radioelektron vositalaridan foydalanish
Harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir boʻlganda radiochastota organlari foydalanuvchilarning radioelektron vositalarini ishlatishini cheklashni joriy etishga, shuningdek bu vositalardan davlat xavfsizligini taʼminlash, tabiiy ofatlarni yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadlarida foydalanishga haqlidir.
Radiochastota spektri monitoringini Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Monitoringni amalga oshirish tartibi radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
20-modda. Nizolarni hal etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
21-modda. Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.